1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Maktabgacha taʼlimning oʻquv-metodik bazasini takomillashtirish | |||||
1. | Maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich taʼlimning oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash. | 1. Maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich taʼlimning oʻquv dasturlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. | 2024-yil noyabr | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
2. Xalqaro tajribalar asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich taʼlimning oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash maqsadida ushbu dasturlarni qayta koʻrib chiqish. | 2025-yil mart | ||||
3. Takomillashtirilgan oʻquv dasturlarini taʼlim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | ||||
2. | Maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi asosida oʻquv-metodik majmualarni yaratish. | 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun xalqaro standartlar asosida oʻquv-metodik majmualarni yaratish. Bunda: kichik va oʻrta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirishga; katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish. | 2025-yil avgust | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar, Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan xorijiy oʻquv-metodik majmualarni mahalliylashtirish va ushbu oʻquv-metodik majmualarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi nashriyot tashkilotlarida nashr etish. | 2025-yil avgust | ||||
3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun qoʻshimcha didaktik materiallar va bolalar adabiyotini yaratish hamda ularning Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi nashriyot tashkilotlarida chop etilishini tashkil etish. Bunda qoʻshimcha adabiyotlarni yaratish va chop etishni Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish. | 2025-yil sentabr | ||||
3. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining reytingini shakllantirish. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini “Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti” baholash mezoni asosida baholash va ularning reytingini shakllantirish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
4. | Umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish va ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish. | Inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish va ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2024-yil dekabr | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
II. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari salohiyatini oshirish | |||||
5. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni tashkil etish. | 1. Tayanch davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish. | 2024-yil noyabr | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Yu. Risyukova) |
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni tashkil etish tartibini tasdiqlash. Bunda: “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktor oʻrinbosarlaridan iborat trenerlar guruhini shakllantirishni; malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda trenerlar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etilishini; trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlari va pedagoglarga tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari huzuridagi maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalari hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlashni nazarda tutish. | 2024-yil dekabr | ||||
3. Pedagoglarni kasbiy rivojlantirishning namunaviy dasturini tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | ||||
6. | Oliy taʼlim muassasalarida bakalavriatning maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dual taʼlim tizimini joriy etish. | Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarni dual taʼlim asosida oʻqitish mexanizmini ishlab chiqish. Bunda bir haftada kamida ikki kun oliy taʼlim muassasasida taʼlim dasturining nazariy va oʻquv qismi oʻtilishini, qolgan kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotida amaliy qismlari oʻtkazilishini nazarda tutish. | 2025-yil may | Ijrochilar mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
7. | Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirish choralarini koʻrish. | 1. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan malaka oshirish kurslari va oʻquv seminarlari tashkil etish. | 2025-yil mart | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
2. Olis va chekka hududlarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun tajriba-sinov tariqasida 4 ta auditoriya koʻrinishidagi avtobuslar negizida pullik mobil malaka oshirish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil mart | ||||
8. | “Oliy taʼlim — professional taʼlim — maktabgacha taʼlim” tamoyili asosida taʼlim klasterini tajriba-sinov tariqasida joriy etish. | “Oliy taʼlim — professional taʼlim — maktabgacha taʼlim” tamoyili asosida pedagoglarni tayyorlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish. Bunda: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga pedagogika texnikumlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini biriktirish; biriktirilgan taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun taʼlim sohasida yangiliklar, nazariy ishlanmalar va ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etish, kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish uchun sharoit yaratish; maktabgacha taʼlim yoʻnalishida ilmiy ish olib boruvchi izlanuvchilar, yangi tajriba va metodikalarni joriy etayotgan amaliyotchilar uchun doimiy eksperimental maydoncha yaratish. | 2025-yil yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
III. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish | |||||
9. | Zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining idoraviy qurilish normalarini qayta koʻrib chiqish. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining idoraviy qurilish normalarini qayta koʻrib chiqish. Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini zamonaviy, energiya tejamkor, ekologik toza qurilish materiallaridan foydalangan holda qurilishiga alohida eʼtibor qaratish. | 2024-yil dekabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
10. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining foydalanilmasdan boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish. | 1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan, navbatliligi yuqori boʻlgan mahallalardagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining foydalanilmasdan boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tanlovlar eʼlon qilish. | 2025-yil fevral | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) |
2. Tanlov gʻoliblari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qarori talablari asosida bitim tuzish. | Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda | ||||
11. | Davlat oliy taʼlim muassasalariga boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini barpo etish huquqini berish. | 1. Davlat oliy taʼlim muassasalarining boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish. Bunda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va jihozlash xarajatlarini davlat oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ularni saqlash xarajatlarini esa Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirishni nazarda tutish. | 2025-yil avgust | Ijrochilar va budjet mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) |
2. Davlat oliy taʼlim muassasalari huzuridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu muassasalar xodimlari va talabalarining farzandlarini ustuvor ravishda qabul qilish tartibini joriy etish. | 2026-yil yanvar | ||||
IV. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish | |||||
12. | Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan mahsulotlar bilan ovqatlanishini tashkil etish. | 1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan qadoqlangan yoki quritilgan sut mahsulotlarini xarid qilishni tashkil etish. 2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini sifatli non mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida: tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun non mahsulotlarini tayyorlashda yodlangan tuz ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (yetkazib beriladigan non mahsulotlarining har bir turkumi uchun) talab qilib olish tartibini joriy qilish; ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar zimmasiga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazib beriladigan non mahsulotlarini haftada kamida bir marotaba akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda sinovdan oʻtkazib, non mahsulotlari tarkibidagi zarur elementlar mavjudligi toʻgʻrisida xulosa nusxasini buyurtmachiga taqdim etish vazifasini yuklash. | 2024-yil noyabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
13. | Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlanishini taʼminlash jarayonlarini hamda ularga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish. | Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida sifatli va xavfsiz ovqatlanish tizimini joriy etish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida Taʼlim sohasida ovqatlanishni tashkil etish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi kiritish. | 2024-yil dekabr | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) |
V. Maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish | |||||
14. | Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlarni elektron shaklda imzolash tartibini joriy etish. | Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun elektron arizalarni qabul qilish tizimini joriy etish. Bunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish uchun taqdim etilgan arizalarga ijobiy xulosa berilganidan soʻng axborot tizimida avtomatik ravishda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni shakllantirish va imzolash uchun xususiy sherikka elektron shaklda joʻnatishni nazarda tutish. | 2024-yil noyabr | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
15. | Maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berishni yoʻlga qoʻyish. | Maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berish tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash. | 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkich |
Axborot manbalari |
Kesimi |
|
Maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan 3 — 7 yoshdagi bolalar | |||
|
1. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — MTT) soni |
MMTV va Statistika agentligi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
2. |
Ularning umumiy sonida nodavlat MTT ulushi |
MMTV va Statistika agentligi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
3. |
Amaldagi oilaviy MTTlar soni |
MMTV va Statistika agentligi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
4. |
MTTga qatnaydigan bolalar soni |
MMTV va Statistika agentligi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
5. |
Tarbiyalanuvchilar umumiy sonida nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar ulushi |
MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
6. |
Oilaviy nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar soni |
MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
7. |
Tarbiyalanuvchilar umumiy sonida oilaviy nodavlat MTTga qatnaydigan bolalar ulushi |
MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
8. |
MTTdagi joylar soni |
3-4 yosh va 5-6 yoshli bolalar uchun joylar boʻyicha alohida hisobga olinadigan MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
9. |
Ularning umumiy sonida nodavlat MTTdagi joylarning ulushi |
3-4 yosh va 5-6 yoshli bolalar uchun joylarni alohida hisobga olgan holda MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
10. |
3-4 yosh va 5-6 yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim xizmatlari bilan qamrab olinishi (MTTga qatnovchi bolalar sonining shu yoshdagi bolalarning doimiy aholi tarkibidagi umumiy soniga foizli nisbati) |
MMTV va Statistika agentligi (demografik statistika) |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
Kadrlar salohiyati koʻrsatkichlari | |||
|
11. |
MTT pedagog xodimlari soni |
MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
12. |
Oliy maʼlumotli pedagog xodimlar ulushi |
OTFIV va MMTV maʼlumotlari |
MTT, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
13. |
Soʻnggi 5 yil ichida malakasini oshirgan MTT pedagog xodimlari ulushi |
MMTV maʼlumotlari |
MTT, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
14. |
Davlat MTT pedagog xodimlari oʻrtacha ish haqining mamlakat boʻyicha oʻrtacha ish haqiga nisbati |
Bandlik vazirligi va MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar boʻyicha |
|
15. |
5-6 yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlari bilan ishlaydigan bitta pedagogga toʻgʻri keladigan 5-6 yoshdagi tarbiyalanuvchilar soni |
MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
16. |
MTTdagi boʻsh ish oʻrinlari soni |
MTT maʼlumotlari |
Tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
Bolalarning rivojlanishi va ularning umumiy boshlangʻich taʼlimga tayyorligi darajasi koʻrsatkichlari | |||
|
17. |
MTTni bitirgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga Davlat talablarida hamda “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturida nazarda tutilgan maktabga tayyorlikning eng past darajasidan ham past rivojlanish koʻrsatkichlariga ega 6-7 yoshdagi bolalarning ulushi |
Har bir oʻquv yili yakunlari boʻyicha MTT tarbiyalanuvchilari haqida maʼlumotlar natijalarini toʻplash |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
18. |
Birinchi yillik attestatsiya yakunlariga koʻra qoniqarsiz baho olgan umumiy boshlangʻich taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ulushi |
MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
Bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish koʻrsatkichlari | |||
|
19. |
Maktabga chiqqanda rivojlanishidagi oqsoqliklar yoki surunkali kasalliklar birinchi marta aniqlangan bolalar soni |
SSV va MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
20. |
Tibbiy koʻrsatmalarga koʻra tibbiy xizmat koʻrsatilayotgan va parvarishlanayotgan maxsus ehtiyojli MTT tarbiyalanuvchilari ulushi |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
21. |
Oʻquv yili davomida kamida bir marta pediatrning profilaktik koʻrigidan oʻtgan MTT tarbiyalanuvchilari soni |
SSV va MMTV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
22. |
MTTda boʻlgan paytda bolalarning yuqumli kasalliklarni yuqtirishi hollari soni |
SSV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
23. |
MTTda boʻlgan paytda bolalarning ovqatdan zaharlanishi va jarohat olishi hollari soni |
SSV maʼlumotlari |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha |
|
”. | |||
3-ILOVA