13.09.2024 yildagi 573-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga muvofiq sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish muddatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganda, uni yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasasiga kompozit shaklda hisobga qoʻyish.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati koʻrsatilishi ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat hamda monitoring oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
573-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi 573-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga (tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar) (keyingi oʻrinlarda — davlat tibbiyot muassasalari) hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasida berilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega boʻlishi zarur.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxslar davlat tibbiyot muassasalariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilgan bolani onasining yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turgan manzilidagi davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha — tugʻilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning yashash yoki turgan joyi boʻyicha manzili oʻzgarganda ixtiyoriy ravishda yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasalariga kompozit shaklda hisobga qoʻyish boʻyicha — yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish jarayonida;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning bevosita davlat tibbiyot muassasalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali bergan murojaatlari asosida hisobga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy shaxslar davlat tibbiyot muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali hisobga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tugʻilgan bola onasining yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatda turgan manzilidagi davlat tibbiyot muassasalariga Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda hisobga qoʻyiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy shaxs yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganda, uning xohishiga koʻra ushbu manzildagi davlat tibbiyot muassasalariga mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq hisobga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxsning yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik haqidagi maʼlumotlar “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga real vaqt rejimida yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jismoniy shaxslar bevosita davlat tibbiyot muassasalariga murojaati asosida yoki YIDXP orqali davlat tibbiyot muassasalariga ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq hisobga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslar bevosita oʻzi kelib murojaat qilganda, davlat tibbiyot muassasasi xodimi tomonidan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxslar davlat tibbiyot muassasasiga ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan hisobga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan davlat tibbiyot muassasasiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jismoniy shaxslar YIDXP orqali murojaat etganda, oʻzi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soʻrovnoma avtomatik ravishda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga yuboriladi hamda jismoniy shaxs davlat tibbiyot muassasasiga yashash yoki turgan joyi boʻyicha real vaqt rejimida hisobga qoʻyiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jismoniy shaxs xohishiga koʻra davlat tibbiyot muassasasi xodimi ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq davlat tibbiyot muassasasiga hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi yoki jismoniy shaxs YIDXP orqali ushbu maʼlumotnomani bevosita oʻzi olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jismoniy shaxslar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida hisobga qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotnoma jismoniy shaxsning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jismoniy shaxs istalgan vaqtda YIDXPdagi shaxsiy kabinetidan davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyilganligi haqida maʼlumotnomani olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organlar va davlat tibbiyot muassasalari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Adliya vazirligi va uning hududiy organlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarni yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganda, davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

Jismoniy shaxslarning yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga yuboradi.

Jismoniy shaxslarning yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgandan boshlab real vaqt rejimida

2-bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyadi.

“Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan maʼlumot kelib tushgandan boshlab real vaqt rejimida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarni bevosita davlat tibbiyot muassasalariga murojaati asosida yoki YIDXP orqali davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Jismoniy shaxs davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat tibbiyot muassasalariga shaxsan oʻzi kelgan holda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat tibbiyot muassasalari

1. Davlat tibbiyot muassasasi xodimi jismoniy shaxsni shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida davlat tibbiyot muassasasiga “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida hisobga Qoʻyadi.

1. Murojaat qilgan vaqtda

(10 daqiqa ichida)

2. YIDXP

2. Soʻrovnoma YIDXP orqali berilganda, jismoniy shaxs davlat tibbiyot muassasasiga “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida hisobga qoʻyiladi.

Jismoniy shaxs davlat tibbiyot muassasasiga hisobga qoʻyilganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnoma jismoniy shaxsning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan joyi va sanasi

3. Biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) seriyasi va raqami

4. JSHSHIR

5. Yashash joyi yoki roʻyxatda turgan joyi manzili

6. Telefon raqami

7. Voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakilligini tasdiqlovchi hujjat (zarurat boʻlganda);

II. Voyaga yetmagan shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

8. F.I.O.

9. Tugʻilganlik haqida guvohnoma seriyasi va raqami:

10. JSHSHIR

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Jismoniy shaxs davlat tibbiyot muassasasiga hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida

MAʼLUMOTNOMA

____-son

Jismoniy shaxsning F.I.O.:

Tugilgan sanasi:

JSHSHIR:

Jismoniy shaxs hisob qoʻyilgan

davlat tibbiyot muassasasi:

Maʼlumotnoma berilgan sana:

Sogʻliqni saqlash vazirligi

QR-kod

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2024-y., 09/24/573/0718-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)