26.08.2024 yildagi PF-124-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va sogʻlom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini, shuningdek, ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy va gumanitar sohalarni rivojlantirishda ularning salohiyatidan toʻlaqonli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini koʻzlagan, joylarda saqlanib qolayotgan dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga koʻmaklashish yoʻlida taʼsirchan jamoatchilik nazorati olib borilishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda ularning xorijdagi uyushmalari bilan hamkorligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularga oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy kengashlar) hamda ularning huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining quyidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy kengashlar huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarini qoʻshib yuborish va ularning negizida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — Fond) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi alohida boʻlinmalarini (keyingi oʻrinlarda — alohida boʻlinmalar) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolaridan iborat boʻlgan parlament palatalari vakillari har yili navbatma-navbat raislik qiladigan Parlament komissiyasini (keyingi oʻrinlarda — Parlament komissiyasi) tuzish, uning faoliyatiga manfaatdor vazirlik va idoralar hamda faol jamoatchilik vakillarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va tashabbuskor fuqarolarni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash vakolatini Parlament komissiyasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy kengashlar huzurida ularning vakolatiga kiradigan vazifalarni samarali amalga oshirishga koʻmaklashuvchi fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan maslahat guruhlari faoliyatini jamoatchilik asosida yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond jami 45 ta, shu jumladan, ijro etuvchi devon — 17 ta, alohida boʻlinmalar — 28 ta shtat birligidan iborat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond ijro etuvchi devoni faoliyatini saqlash, xodimlarining mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, alohida boʻlinmalarning xuddi shunday xarajatlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyatini tashkil etish tartibi va uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy Majlis palatalariga ikki oy muddatda fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda oʻz qarorlarini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-oktabrga qadar Fond mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida toʻlanadigan quyidagi soliq turlari boʻyicha belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaga mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilingan mutaxassislarning mehnatga haq toʻlash tarzida olgan daromadlaridan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mehnatga haq toʻlashga doir xarajatlari boʻyicha toʻlanadigan ijtimoiy soliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolariga homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan pul mablagʻlari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini oʻn besh million soʻmdan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha oshirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvardan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini ikki baravarga kamaytirilgan holda undirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi boʻlmagan jamoat fondlari uchun ushbu kalendar yilda oʻz faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy buyurtma berish boʻyicha tanlovlar tashkil etadi. Bunda tanlovlar ustuvor ravishda inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga murosasiz muhitni shakllantirish hamda taʼlim, tibbiyot, ekologiya, qurilish, transport, kommunal xoʻjaligi, bandlik, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va boshqa sohalarning eng dolzarb muammolari yechimiga qaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili kamida bir marotaba vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlariga tegishli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning taʼsirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish toʻgʻrisida manfaatdor davlat organiga taklif kiritish huquqi beriladi. Bunda tashabbusli loyiha belgilangan tartibga muvofiq davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan ijobiy baholangan taqdirda, uning tashabbuskoriga davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan ijtimoiy buyurtma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — jamoatchilik kengashlari) raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili jamoatchilik kengashlarining faoliyati samaradorligi baholanadi va uning natijalari eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashlarining faol aʼzolari davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuksalish” harakatiga har yili jamoatchilik kengashlari faoliyat samaradorligini baholash va uning natijalarini oʻz rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda oʻzlarining huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hamda mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan talablar asosida qayta tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuksalish” harakatiga uning soʻroviga asosan jamoatchilik kengashlari faoliyatiga doir maʼlumotlarni taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunini jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada kengaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratining ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan taʼsirchan shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratining har bir shaklini amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratining natijalariga koʻra yakuniy hujjatlarni rasmiylashtirish, jamoatchilik nazorati obyektiga kiritish va ularni koʻrib chiqishning aniq tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, “Yuksalish” harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni oʻtkazib borish, uning doirasida Oliy Majlis, Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv va muloqot oʻtkazish, fuqarolik jamiyati institutlarini ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlar tashkil etish, shu jumladan, “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki yilda Fond tomonidan taqdirlanadigan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofotini taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalistlar oʻrtasida har yili anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yoritish yoʻnalishida nominatsiya tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bir oy muddatda “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Fondga ajratiladigan mablagʻlar, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi aʼzolarining mazkur assotsiatsiya raisiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va uning qoʻmitalari (komissiyalar) majlislarida nodavlat notijorat tashkilotlarining vakili sifatida ishtirok etish huquqini berish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarining vakili ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratining taʼsirchan mexanizmlarini joriy qilish, ularni amaliyotga toʻgʻri qoʻllash yuzasidan takliflar kiritishi hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining huquq va manfaatlarini ifoda etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Raqamli texnologiyalar vazirligi Fond bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrdan boshlab fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bogʻliq barcha jarayonlarning shaffofligini taʼminlashga qaratilgan quyidagi asosiy imkoniyatlarni nazarda tutuvchi yagona elektron platformani ishga tushirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilik tomonidan tanlovlar yoʻnalishlarini shakllantirish hamda ularning muhokamasida bevosita ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovlarda ishtirok etish uchun loyihalarni topshirish va davlat subsidiyasini olish uchun buyurtmalarni yuborish, ularni koʻrib chiqish va baholash jarayonlarini kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilaridan talab etiladigan hujjatlarni elektron platformani davlat organlarining maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish orqali onlayn olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Adliya vazirligi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining Tugatish komissiyasi bilan birgalikda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining mol-mulki ushbu sohada faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ehtiyoji uchun yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili Parlament komissiyasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini nazorat qilish va masʼul ijrochilarning faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-124-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 06/24/124/0649-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)