15.08.2024 yildagi PQ-293-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda respublikada axborotni kriptografik himoyalashni taʼminlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan davr mobaynida respublikaning qator oliy taʼlim muassasalarida axborot tizimlari va texnologiyalari, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik injiniringi hamda kriptografiya va kriptotahlil yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi zamonaviy tahdidlarning oshib borishi, kvant texnologiyasiga asoslangan tezkor kompyuterlarning yaratilishi va kelgusida ulardan noqonuniy maqsadlarda foydalanish imkoniyatining mavjudligi, axborotni himoyalashda qoʻllanadigan kriptografik algoritmlarni doimiy ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohada ilgʻor xorijiy davlatlar erishgan yutuqlar milliy kriptologiya maktabini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik himoyalashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-614-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni hamda axborotni kriptografik himoyalash milliy tizimini yanada rivojlantirish maqsadida:
(muqaddimaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida milliy kriptologiya sohasini rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha 2024 — 2028-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturga kiritilgan mavzularning ijrosi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida respublikaning sohaviy tashkilotlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizlik xizmati buyurtmasiga muvofiq Dasturga kiritilgan mavzularni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tanlovlari doirasida bajarilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida erishilgan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlar Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufidagi Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xavfsizlik xizmati huzurida respublikaning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ekspert guruhi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Ekspert guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kriptologiya sohasida dolzarb muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalari asosida kriptologiya sohasiga oid fan dasturlari, darsliklar va boshqa oʻquv materiallariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish hamda ular boʻyicha ekspert xulosalarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriptologiya sohasida milliy standartlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda ularning axborot xavfsizligi va zamonaviy kiberxavfsizlik talablariga mosligi yuzasidan xulosalar berish, shuningdek, ularni takomillashtirish boʻyicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhi Davlat xavfsizlik xizmati huzurida doimiy faoliyat yuritadigan idoralararo kollegial organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhining faoliyati moddiy-texnik jihatdan qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat xavfsizlik xizmati ikki oy muddatda Ekspert guruhining tarkibini va nizomini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilsin, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-293-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi PQ-293-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. KRIPTOLOGIYA SOHASIGA OID TAʼLIMNING USLUBIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Respublikada kriptologiya fanlari boʻyicha taʼlimni rivojlantirish

1. Kriptologiyaga oid fanlarning oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

2024-yil sentabr

Moliyalashtirish talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Davlat xavfsizlik xizmati

2. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi va milliy ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublika oliy taʼlim muassasalarida kriptologiyaga oid fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish yuzasidan xulosalar tayyorlash hamda ularni Ekspert guruhi bilan kelishish.

2024-yil oktabr

3. Ishchi guruh xulosalarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlarini qayta ishlab chiqish.

2024-2025 yy.

2.

Kriptologiya fanlari boʻyicha zamonaviy oʻquv-metodik majmualarni yaratish

1. Kriptologiyaga oid fanlar boʻyicha zamonaviy oʻquv-metodik majmualarni tayyorlash boʻyicha mualliflar guruhini shakllantirish.

2024-yil oktabr

Respublika budjeti va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati

2. Kriptologiyaga oid fanlar boʻyicha zamonaviy oʻquv-metodik majmualarni tayyorlash rejasini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

3. Rejaga muvofiq zamonaviy oʻquv-metodik majmualarni tayyorlash.

2024-2025 yy.

3.

Kriptologiya fanlari oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish

1. Kriptologiyaga oid fan oʻqituvchilarining malakasini oshirishga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.

2024-yil sentabr

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati

2. Malaka oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish.

2024-yil oktabr

3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bazasida kriptologiyaga oid fanlardan dars berayotgan professor-oʻqituvchilar uchun sohaning yetuk mutaxassislarini jalb qilgan holda malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Alohida rejaga muvofiq,

doimiy

4.

Respublika oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli yoshlari oʻrtasida kriptologiya boʻyicha fan olimpiadasini tashkil etish

1. Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli yoshlari oʻrtasida kriptologiya boʻyicha har yili oʻtkaziladigan fan olimpiadasini taʼsis etish va uning nizomini ishlab chiqish.

2024-yil sentabr

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar (tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud)

2. Kriptologiya boʻyicha fan olimpiadasini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.

2024-yil oktabr

3. Rejaga muvofiq kriptologiya boʻyicha fan olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish.

Har yili noyabr oyida

II. KRIPTOLOGIYA SOHASIDAGI ILMIY-TADQIQOTLAR KOʻLAMI VA AMALIY AHAMIYATINI OSHIRISH

5.

Kriptologiya sohasidagi ilmiy faoliyat natijalarini ommalashtirish

1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik, xususan, kriptologiyaning fundamental va amaliy yoʻnalishlari muammolari boʻyicha tayyorlangan ilmiy maqolalarni oʻz ichiga qamrab oluvchi “Axborot xavfsizligi muammolari” ilmiy jurnalini taʼsis etish, tahrir hayʼati va uning ish tartibi haqidagi nizom hamda nashriyot ishini moliyalashtirish tartibini belgilovchi idoraviy hujjatni ishlab chiqish.

2024-yil sentabr

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Davlat xavfsizlik xizmati

2. “Axborot xavfsizligi muammolari” ilmiy jurnalining muntazam faoliyat olib borishini taʼminlash hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritish.

2024-yil dekabr

3. Estafeta tartibida tegishli muassasalarda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik, xususan kriptologiyaning fundamental va amaliy yoʻnalishlari muammolarini muhokama qilish boʻyicha oʻtkaziladigan “CyberCryptUz” ilmiy-texnik konferensiyasini taʼsis etish, tahrir hayʼati va uning ish tartibi haqidagi nizom hamda konferensiya ishi va materiallarini nashr etishni moliyalashtirish tartibini belgilovchi hujjatni ishlab chiqish.

2025-yil aprel

4. “CyberCryptUz” respublika ilmiy-texnik konferensiyasining muntazam tashkil etilishini taʼminlash.

Har yili oktabr oyida

6.

Fanlar akademiyasi tizimida kriptologiya muammolarini tadqiq etish bilan shugʻullanuvchi ilmiy tuzilmani tashkil etish choralarini koʻrish

1. Fanlar akademiyasi tizimida kriptologiyaning matematik, fizik va texnik muammolarini tadqiq etish bilan shugʻullanuvchi ilmiy tuzilmalar va laboratoriyalarni tashkil etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-yil sentabr

Moliyalashtirish talab etilmaydi

Fanlar akademiyasi

2. Fanlar akademiyasi tizimida kriptologiya muammolarini tadqiq etuvchi tuzilmalar va laboratoriyalarni tashkil etish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, “Kvant axboroti”, “Kvant kriptografiyasi” va boshqa shu yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni nazarda tutish.

2024-yil oktabr

7.

Oʻzbekiston Milliy universitetida kriptologiya fanini yanada rivojlantirish choralarini koʻrish

1. Oʻzbekiston milliy universiteti tarkibida kriptologiyaning matematik va kompyuter asoslarini tadqiq etish bilan shugʻullanuvchi oʻquv va ilmiy tuzilmalar tashkil etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-yil sentabr

Moliyalashtirish talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Oʻzbekiston milliy universiteti tarkibida kriptologiya yoʻnalishi boʻyicha oʻquv va ilmiy tuzilmalar tashkil etishga oid tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, “Kvant axboroti”, “Kvant kompyuteri”, “Postkvant kriptografiyasi”, “Kriptotahlil” va boshqa shu yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar va taʼlim jarayonlarini amalga oshirishni nazarda tutish.

2024-yil oktabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi PQ-293-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida milliy kriptologiya sohasini rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha 2024 — 2028-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ilmiy loyiha mavzusi

Amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natijalar

Loyihani bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

Loyihani moliyalashtirish hajmi*

1.

Kriptografiya fani boʻyicha elektron oʻquv qoʻllanma yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida qoʻllanma tarkibi va mazmuni boʻyicha talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida zamonaviy kriptografiyaning asosiy masalalari va instrumentlarini mujassam etgan elektron oʻquv qoʻllanmani yaratish.

Qoʻllanmani uslubiy ishlanmalarga qoʻyilgan talablarga mosligini tekshirish, virtual platformalarda sinovdan oʻtkazish, axborot xavfsizligi yoʻnalishidagi malakaviy talablarga muvofiqligi va samaradorligi boʻyicha baholash.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

2.

Kriptotahlil fani boʻyicha elektron oʻquv qoʻllanma yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida qoʻllanma tarkibi va mazmuni boʻyicha talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida zamonaviy kriptotahlilning asosiy masalalari va instrumentlarini mujassam etgan elektron oʻquv qoʻllanmani yaratish.

Qoʻllanmani uslubiy ishlanmalarga qoʻyilgan tegishli talablarga mosligini tekshirish, virtual platformalarda sinovdan oʻtkazish, axborot xavfsizligi yoʻnalishidagi malakaviy talablarga muvofiqligi va samaradorligi boʻyicha baholash.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

3.

IoT qurilmalari uchun shifrlash algoritmini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida kichik xotira va kam hisoblash quvvatini talab qiladigan hamda mobil va mini-qurilmalar uchun tezkor ishlovchi shifrlash algoritmini yaratish.

Algoritmni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritm uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

4.

Xesh-funksiya algoritmini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida oʻzgaruvchan uzunlikdagi xesh-qiymatni shakllantirish va turli platformalarda qulay realizatsiya qilish imkoniyatiga ega kalitli va kalitsiz xesh-funksiya algoritmlarini yaratish.

Algoritmlarni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritmlar uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

5.

Psevdotasodifiy sonlar generatorlarini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan sonlar generatori uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida tekis taqsimlangan va katta davrga ega boʻlgan psevdotasodifiy sonlarni hosil qiluvchi algoritmlarni yaratish.

Algoritmlarni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritmlar uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

6.

Transport pogʻonasida xavfsiz aloqani oʻrnatish uchun kalitlarni generatsiya qilish algoritmini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida transport pogʻonasida foydalanuvchilar oʻrtasida xavfsiz aloqani oʻrnatishda maxfiylik, toʻlalik va autentifikatsiya mexanizmlari uchun kalitlarni generatsiya qilish algoritmini yaratish.

Algoritmni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritm uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

7.

Asimmetrik kriptotizim parametrlarini generatsiya qilish algoritmlarini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida elliptik egri chiziq asosidagi asimmetrik shifrlash, elektron raqamli imzo va kalitlarni generatsiyalash algoritmlari parametrlarini generatsiya qilish algoritmlarini yaratish.

Algoritmlarni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritm uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

8.

Postkvant asimmetrik shifrlash algoritmini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida kvant hujumlarga bardoshli postkvant asimmetrik shifrlash algoritmini yaratish.

Algoritmni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritm uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

9.

Postkvant elektron raqamli imzo algoritmini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida kvant hujumlarga bardoshli postkvant elektron raqamli imzo algoritmini yaratish.

Algoritmni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritm uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

10.

Postkvant kalitlarni generatsiya qilish protokolini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan protokol uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida kvant hujumlariga bardoshli postkvant kalitlarni generatsiya qilish protokolini yaratish.

Protokolni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Protokol uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

11.

Elektron raqamli imzo algoritmlarini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida turli matematik masalalar murakkabliklariga asoslangan koʻr-koʻrona, jamoaviy va anonim imzo qoʻyish maxsus algoritmlarini yaratish.

Algoritmlarni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritmlar uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

12.

Bulutli hisoblash tizimlari uchun maxsus shifrlash algoritmini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida bulutli hisoblash tizimlarida katta hajmdagi maʼlumotlarni shifrlashga moʻljallangan algoritm yaratish.

Algoritmni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Algoritm uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

13.

Katta razryadli tub sonlarni ishlab chiqish algoritmlarini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan algoritm uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida katta razryadli tub sonlarni ishlab chiqish va tublikka tekshirishning yangi algoritmlarini yaratish.

Algoritmlarni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish, samaradorligini baholash.

Algoritmlar uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

14.

Obyektni autentifikatsiya qilish protokollarini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan protokol uchun texnik topshiriq va talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida obyektni autentifikatsiya qilishning zamonaviy yondashuvlarga asoslangan protokollarini yaratish.

Protokollarni zamonaviy kriptografik talablar boʻyicha tekshirish va kriptografik bardoshliligini baholash, ishlash tezligi, dasturiy va apparat-dasturiy realizatsiyasini sinovdan oʻtkazish.

Yaratilgan protokollar uchun zamonaviy dasturlash tillarida kutubxonalar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

15.

Zamonaviy kriptotahlil usullarini yaratish

Respublika va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida yaratiladigan kriptotahlil usullariga talablarni ishlab chiqish.

Tanlov asosida zamonaviy kriptografik algoritmlarning kriptobardoshliligini baholash va tahlil qilishning yangi usullarini yaratish.

Yaratilgan usullar orqali kriptografik algoritmlarni baholash murakkabliklari boʻyicha tajriba-sinovlarini oʻtkazish, ularning samaradorligini baholash

Yaratilgan usullar uchun dasturiy taʼminotlar ishlab chiqish.

2024 — 2028-yillar davomida, oʻtkaziladigan tanlovga muvofiq

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1 719 317 958 soʻm

Jami summa:

25 789 769 370 soʻm

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish hajmi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu dasturdagi ilmiy-tadqiqot ishlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda Davlat xavfsizlik xizmatiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 07/24/293/0617-son)