08.08.2024 yildagi 488-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalarni xususiy sektor tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga muvofiq Transport vazirligining daryo transportida davlat xizmatlarini koʻrsatish funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kemalarni xususiy sektor tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazilgan kemalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan yuritiladigan kema reyestriga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik subyektlarini tanlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
488-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-avgustdagi 488-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalarni xususiy sektor tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom xususiy sektor tomonidan kemalarni dastlabki, har yillik, navbatdagi va navbatdan tashqari texnik koʻriklardan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema — kemachilik maqsadida foydalanadigan, asosiy dvigateli 75 ot kuchidan kam boʻlmagan oʻziyurar va sigʻimi 80 registr tonnadan kam boʻlmagan oʻziyurmas suzuvchan qurilmalar, shu jumladan, aralash (daryo — dengiz) suzish kemalari, paromlar, suv tubini chuqurlashtiruvchi va tozalovchi zemsnaryadlar, suzuvchan kran va shu kabi texnik qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema reyestri — Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Transport nazorati inspeksiyasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari hududiy boʻlimlarining Kemachilik registri bosh inspektorlari tomonidan yuritiladigan kema hamda uning egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron va qogʻoz shaklda yuritiladigan axborotlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemachilik registri bosh inspektorlari — Transport nazorati inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari hududiy boʻlimlarining kemalarni klassifikatsiya hamda texnik nazorat qilish vakolati berilgan mansabdor shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida Davlat funksiyalarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritishga qaratilgan elektron maydoncha (keyingi oʻrinlarda — Elektron maydoncha) orqali istak bildirgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa tayyorlovchi organ — Transport nazorati inspeksiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kemalar texnik koʻrikdan Kemachilik registri bosh inspektorlari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Daryo transportida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 7-apreldagi 167-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi 462-son qarorlari talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xavfsizlik xizmati hamda Mudofaa vazirligi organlariga tegishli kemalar ushbu tashkilotlar boshliqlarining qaroriga asosan tegishli shartnoma tuzish orqali faqat Kemachilik registri bosh inspektorlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining ichki kema yoʻllarida va suv havzalarida foydalanishda boʻlgan, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, belgilangan tartibda kema reyestriga kiritilgan kemalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan kemalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kema reyestriga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kemachilik registri bosh inspektorlari tomonidan kemalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun toʻlov kema egasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan Daryo transportida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan kemalar texnik koʻrikdan oʻtkazganligi uchun toʻlov miqdorini tadbirkorlik subyektlari mustaqil belgilaydi va kelib tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda oʻzlarining tasarrufida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishga suv transporti sohasi boʻyicha mutaxassislikka ega shaxslarga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kemalar texnik koʻrikdan kema joylashgan manzil boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema joylashgan manzilga borish-kelish shartlari va xarajatlari kema egasi bilan tuziladigan shartnomalarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Texnik koʻrikdan oʻtkazish davrida Kemachilik registri bosh inspektorlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan quyidagi nazorat-oʻlchash vositalaridan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema qobigʻi qalinligini oʻlchash vositasi (0.7 mm dan 100 mm gacha diapazonda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benzin va dizel yoqilgʻisida ishlovchi dvigatellardan chiqadigan gazlar miqdorini oʻlchash vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatellar tirsakli vallarining aylanish chastotasini oʻlchash vositasi (100 — 60000 aylanish chastotasi diapazonida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqinni oʻlchash vositasi (60 — 100 detsibel diapazonida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr uzatkich simlarining texnik holatini aniqlash vositasi (500 — 2500 V diapazonda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllaniladigan nazorat-oʻlchash vositalari muvofiqlik sertifikatiga ega va qonunchilik hujjatlariga muvofiq davriy qiyoslashdan oʻtgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik subyektlarini tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik subyektlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 596-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari, davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish sohasidagi vakolatli organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan Elektron maydonchada koʻrsatilgan soha boʻyicha tajribaga ega ekanligi yoki oʻxshash soha boʻyicha vazifalarni amalga oshirayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi dastlabki olingan maʼlumotlar boʻyicha tanlab olingan tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatini baholash uchun tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini shakllantiradi va Transport nazorati inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha imkoniyatini baholashda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Daryo transportida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 7-apreldagi 167-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi 462-son qarorlari talablariga rioya etilishi va kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarining tashkil etilganligi oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatiga baho berish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarida Oʻzbekiston Respublikasining daryo transporti sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, ularning natijalarini tahlil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarida kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun yetarli malakaga ega boʻlgan xodimlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tizimi, jarayonlari va sifatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻlchash vositalarining roʻyxati va ularning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻlchash vositalarining davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan oʻtkazilganligi va muvofiqlik sertifikatlari yoki chet el muvofiqlik sertifikatlarining eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikastlanishlar mezoni va oʻlchash uslublari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurish va shvartov sinovlaridan oʻtkazish boʻyicha texnologik jarayonlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatiladigan faoliyat turi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibini tahlil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizomning 14-bandida keltirilgan talablar Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan oʻn kun muddat ichida oʻrganib chiqiladi va xulosa tayyorlanib, bir kun muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Transport nazorati inspeksiyasi zarur hollarda, oʻz mablagʻlari hisobidan tegishli xulosalarni tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan tayyorlangan xulosaga muvofiq kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha ijobiy baho berilgan tadbirkorlik subyektlarini tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tanlangan tadbirkorlik subyektlarida koʻrsatilgan soha boʻyicha funksiyalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtkazilgan, kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish-texnik bazasiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishlab chiqarish-texnik bazasi texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqarish-texnik bazasi texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtkazilgan va kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestri yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Transport nazorati inspeksiyasi mazkur reyestrni oʻzlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlariga va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, bu haqida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tadbirkorlik subyektlarining kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish samaradorligi va sifati quyidagi koʻrsatkichlar (KPI) bilan baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema konstruksiyasi, qobigʻi, toʻplamlari, mexanizmlari, qurilmalari va tizimlarida shikastlanish va nuqsonlarning belgilangan chegara doirasida boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemaning choʻkmasligi uchun moʻljallangan avariya-qutqaruv vositalari, yonginga qarshi inventarlar va individual qutqaruv vositalarining mavjudligi va butligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemada Kemachilik registri bosh inspektorlari tomonidan yuritiladigan kema hujjatlari (kema guvohnomasi nusxasi, suzishga yaroqliligi toʻgʻrisida guvohnoma, klassifikatsiya guvohnomasi, ichki suzish kemalaridan ifloslanishning oldini olish toʻgʻrisida guvohnoma, oxirgi oʻtkazilgan texnik koʻrik dalolatnomasi), kema daftari va jurnallari (kema jurnali, vaxta jurnali, mashina jurnali) va ularda tegishli yozuvlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema boshqaruvchisida kemani boshqarish huquqini beruvchi kema haydovchisi guvohnomasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemada xavfni bildiruvchi signal jadvalining mavjudligi va ularning koʻrinadigan joyga toʻgʻri joylashtirilganligi. Xavfni bildiruvchi signal jadvalida barcha ekipaj aʼzolarining vazifalari va harakatlari (kemani boshqarish, havo va suv muhitini kuzatish, kemaning zichligi, kemaning choʻkmasligi uchun choralar koʻrish, yongʻin va suvga qarshi kurashish, kemada oʻrnatilgan maxsus vositalardan foydalanish, kema ekipaji va yoʻlovchilarga tibbiy yordam koʻrsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, suvda insonni qutqarish, odamlarni toʻliq evakuatsiya qilgan holda kemani tark etish) belgilab qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemani texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida dalolatnomada kema konstruksiyasi, qobigʻi, toʻplamlari, mexanizmlari, qurilmalari va tizimlarining texnik holati boʻyicha toʻliq maʼlumotlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Transport nazorati inspeksiyasi tadbirkorlik subyektlarining kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha ishlarini belgilangan tartibda monitoring qilib boradi va maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tadbirkorlik subyektlari kemalar mazkur Nizom talablariga muvofiq holda sifatli texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash uchun masʼul boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 09/24/488/0601-son)