11.09.2023 yildagi 462-son
ONLINE TRANSLATE
66. Mazkur Qoidalarning 65-bandida ko‘rsatilgan halokat yoki yordam zarurligi to‘g‘risidagi signallarni boshqa maqsadlarda qo‘llash yoki o‘rnatish taqiqlanadi.
156. Mazkur Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan yuklar bilan yuklangan yoki tushirgandan so‘ng ularning qoldig‘i bo‘lgan kemalar portda yoki reydlarda boshqa kemalardan alohida qo‘yilishi shart. Bunday kemalarni reydda ikki yoki undan ko‘p yonma-yon bog‘lash yoki qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi.

Kema bilan sodir etilgan avariya to‘g‘risida
DALOLATNOMA

20___ yil __________ oyi _____ kuni __________________________________

(tuzilgan joyi)

Biz, quyida imzo chekuvchilar___________________________________________

(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

_________________________________________________________________________________________________

(boshqa guvohlar uchun — har birining yashash manzili)

quyidagilar to‘g‘risida dalolatnoma tuzdik:
Teploxod _______________________________________________________________________________________________________
quvvati _____________________________________ ot kuchi, suvga botishi _____________________________________________ sm,
tegishliligi____________________________________________________________________________________________________
harakatlanishi _____________________ bo‘sh yoki ______________ kemadan iborat tarkib bilan.

(daryo bo‘yicha yuqori, quyi)

tarkib uzunligi ____________________________ metr, eni _________________________ metr,

(har bir kemaning suvga botishi ko‘rsatilsin)

tarkib kemalarining suvga botishi ________ metr
Tarkibni bog‘lash usuli quyidagicha _________________________________________________________________________________

(bayon etilsin)

Agar sollar tarkibi shatakka olingan bo‘lsa, uning raqami va egasi hamda gabarit o‘lchamlari (uzunligi, eni, suvga botishi, biriktirish usuli ko‘rsatilsin) ______________________________________________________________________________________________
Olib borayotgan kemaning paluba bo‘yicha vaxtadagilari _______________________________________________________________________________________________________________

(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi)

mashina bo‘yicha komandasi ________________________________________________________________________________________

(lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi)

Ob-havo holati: shamol yo‘nalishi va kuchi, ko‘rinishi, farvaterdagi kemachilik jihozlarining holati: lozim bo‘lgan qirg‘oq va suzuvchi belgilarning mavjudligi, ularning joylashishi va yoritishi, navigatsiya belgisida ko‘rsatilgan chuqurlikning haqiqiy chuqurlik bilan mosligi.
Avariya quyidagi sharoitlarda sodir etildi (avariya sodir etilgan joyning aniq manzili, vaqti, bajarilgan barcha manyovrlar, avariyagacha va avariya vaqtida yurish tezligi, shatakka olgan kemaning vaxta boshlig‘i tomonidan avariya sodir etilishidan oldin va avariya vaqtida kema shkiperi yoki sol brigadiriga berilgan barcha ko‘rsatmalar batafsil ko‘rsatib bayon etilsin).
Avariyani zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ko‘rsatilsin. Agar kemalar va sollarning to‘qnashuvi sodir etilgan bo‘lsa, qarama-qarshi yoki o‘zib ketayotgan kemalar (sollar) tegishli tovush va ko‘rish signallari bilan jihozlanganligi, ularning to‘g‘ri qo‘llanilganligi, signallar bilan o‘zaro almashish vaqtlari bayon etilsin.
Agar avariya kema yoki sol to‘xtab turgan joyda sodir etilgan bo‘lsa (suv sathining tushib ketishi, suv kirganligidan cho‘kib qolishi, yong‘in va boshqalar), u sodir etilgan barcha sharoit va vaziyatlar bayon etilsin.
Mexanizm yoki ularning detallari, harakatlantiruvchi va kemaning boshqa qurilmalari singanda yoki shikastlanganda, shikastlanish nimadan iboratligi, mexanizmlar va detallarning avariyagacha to‘g‘ri ishlaganligi, oxirgi qishki to‘xtab turish davrida va qaysi kema ta’mirlash ustaxonasi yoki zavodda shikastlangan detal ta’mirga jalb etilganligi bayon etilsin.
Sol shikastlanganda uning biriktirilishi. Biriktirish, shakllantirish va jihozlash qoidalari talablariga muvofiqligi ko‘rsatilsin (shatakka olingan sol bilan avariya sodir bo‘lganda avariya to‘g‘risidagi dalolatnoma sol brigadiri ishtirokida tuziladi).
Dalolatnomaning xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilsin:
a) odamlar bilan baxtsiz holatlar bo‘lganmi, agar yuz bergan bo‘lsa, baxtsiz hodisalarning oldini olish va odamlarni qutqarish uchun qanday choralar ko‘rilganligi qayd etilsin;
Halok bo‘lganlarning yoki jarohatlanganlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili;
b) yuklar yo‘qotilishi yoki ishdan chiqishi, xususan, qaysilari va qancha miqdorda;
v) avariyada ishtirok etgan kemalarning to‘xtab qolganligi vaqti (soatlarda);
g) avariyani bartaraf etish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun boshqa kemalarning sarflagan vaqti (soatlarda).
Dalolatnomani tuzgan shaxslar va uni tuzishda ishtirok etgan shaxslarning (avariya holati guvohlarining) imzolari.
Dalolatnomaga avariya joyining quyidagilar ko‘rsatilgan sxematik chizmasi ilova qilinadi:
Oqim yo‘nalishi, kemalarning avariyagacha, avariya vaqtida va avariyadan keyingi joylashuvi, farvater jihozlari belgilarining joylashuvi.

6. Tashishning umumiy shartlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
15. Mazkur Qoidalarning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar yuz berganligi sababli kemaning manzil portiga kelishining imkoni bo‘lmasa, yuk tashuvchi bu haqda yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchini xabardor qilishi lozim.
29. Bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati Bojxona kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kema kapitani yoki shkiper mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun taqdim etishi, zarur hollarda, bojxona organining mansabdor shaxslariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun maishiy va xizmat xonalarini ajratib berishi shart.
Yo‘lovchilarning va kema ekipaji a’zolarining shaxsiy buyumlari Bojxona kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning egalari yoki ularning ishonchli vakillari ishtirokida bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratidan o‘tkaziladi.
47. Davlat nazorati organlari xodimlari kema bortiga kelgandan so‘ng mazkur Qoidalarning 35-bandida nazarda tutilgan hujjatlar shkiper tomonidan jo‘natish bojxona posti xodimiga taqdim etiladi.
66. Qo‘shma naryad o‘z faoliyatini mazkur Qoidalarning 59-bandida ko‘rsatib o‘tilgan davlat nazorati organlari xodimlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar natijasida yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar uchun yuk jo‘natuvchi tomonidan haq to‘lanadi.