4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ovoz berish jarayonlarida budjet tashkiloti xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarining oldini olish maqsadida “qaynoq liniya” qisqa raqamini ishga tushirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qaroriga
ILOVA
saralashdan oʻtgan loyihalarga ovoz berish — 10 kun.
jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (yoʻllarni taʼmirlash, xiyobonlar va bolalar maydonchalarini barpo etish, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suv taʼminotini yaxshilash, koʻcha chiroqlarini oʻrnatish (taʼmirlash) va mahalla hududini obod qilish boʻyicha tadbirlar;
loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshmasligi lozim.
Bunda targʻibot bosqichi boshlangunga qadar kelib tushgan barcha loyihalar saralashdan oʻtkazilishiga shaxsan Ishchi komissiya masʼul hisoblanadi.
Agar holat oʻz tasdigʻini topsa tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga majburiy ovoz toʻplangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yoki gʻoliblar roʻyxatidan chiqarish vakolati beriladi.
“Gʻolib loyihalar aniqlangandan soʻng xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan keyingi oʻrinlardagi loyihalarni qoʻshimcha tarzda gʻolib deb eʼlon qilish vakolati beriladi.
“Bunda, Jamgʻarma hisobidan loyihaga ajratiladigan mablagʻ tegishli mavsum oʻtkazilgan holatga amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshib ketmasligi lozim. Loyiha qiymati ushbu miqdordan oshgan hollarda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻ tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga asosan qoplab berilishi mumkin.”;
“791. Loyihalarning amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borish va monitoringini kuchaytirish maqsadida Portalda Sayyor-monitoring boʻlimi ishga tushiriladi.