29.07.2024 yildagi KQ-787-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi farovonligini taʼminlash va hududlardagi masalalarni hal etishda aholining rolini oshirish, budjet mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishini taʼminlash va tashabbusli budjet jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili ovoz berish jarayonlari boshlanishidan avval fuqarolarni xabardor qilish maqsadida maxsus bepul “SMS” xabarnomalar yuborilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibiga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni aholiga yetkazish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har mavsum davomida aholi ichida mashhur sanʼat vakillari ishtirokida maxsus “chellenjlar” ishlab chiqib, aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ovoz berish jarayonlarida budjet tashkiloti xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarining oldini olish maqsadida “qaynoq liniya” qisqa raqamini ishga tushirsin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashabbusli budjet loyihalarini ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-sonli qarori bilan tashkil etilgan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha shtablariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-787-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-band quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“monitoring” moduli — Portalda loyihalar ijrosi boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijalari aks ettirib boriladigan maxsus boʻlim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 12-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har oy (chorak) yakuni boʻyicha yakunlangan va foydalanishga topshirilgan loyihalar yuzasidan tejalgan mablagʻlar (kafolat summasi bundan mustasno) avtomatik tarzda Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi orqali tegishli tuman (shahar) Jamgʻarmasida tiklanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“17. Har bir mavsum qoida tariqasida quyidagi bosqichlarda va muddatlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish — 20 kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi komissiya tomonidan loyihalarni saralab olish — 20 kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralashdan oʻtgan loyihalar boʻyicha targʻibot bosqichi — 7 kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

saralashdan oʻtgan loyihalarga ovoz berish — 10 kun.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlarning davomiyligiga vakolatli organ tomonidan har bir mavsumning oʻziga xosligidan hamda texnologik shartlarni inobatga olgan holda aniqlik kiritilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 19-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, barcha mahallalar uchun gʻolib boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida tashabbusli budjet doirasida soʻnggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba gʻolib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23. Ilgari surilgan loyihalar Ishchi komissiya tomonidan quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihada aks etgan muammo/tadbir tegishli tuman (shahar) hududiga tegishli boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha tashkilotlari bino va inshootlarini taʼmirlash yoki jihozlash, bunda tashabbusli budjet jarayonida ishtirok etishi ruxsat etilgan tashkilotlar roʻyxati vakolatli organ tomonidan har mavsum boshida “Ochiq budjet” axborot portalida eʼlon qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (yoʻllarni taʼmirlash, xiyobonlar va bolalar maydonchalarini barpo etish, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suv taʼminotini yaxshilash, koʻcha chiroqlarini oʻrnatish (taʼmirlash) va mahalla hududini obod qilish boʻyicha tadbirlar;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega boʻlmasligi (shaxsiy avtomashina, turar joy, bino-inshootlarni xarid qilish, maʼmuriy binolarni taʼmirlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida faoliyat yuritmasligi va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlamasligi hamda loyihani amalga oshirish natijasida pullik xizmat asosida foydalanilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotini saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzida aks ettirmasligi (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kommunal, aloqa va Internet xizmati uchun toʻlovlar, shuningdek, kanstovar va boshqa tez eskiruvchi moddiy qiymatliklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati, davlat organlarining binolarini shuningdek, ushbu organlar balansida boʻlgan obyektlarni qurish, taʼmirlash va jihozlashga qaratilgan boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa dastur yoki Hukumat topshiriqlari asosida moliyalashtirish manbasi aniq belgilab berilgan obyekt yoki ishlarni oʻz ichiga olmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshmasligi lozim.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir xil mazmundagi bir necha loyihalar ilgari surilgan boʻlsa, ulardan maʼlumoti toʻliq koʻrsatilgan dastlabki kiritilgan loyiha qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“34. Saralash bosqichi yakunlariga koʻra loyihalarni targʻib qilish uchun targʻibot bosqichi oʻtkaziladi. Bunda tashabbuskorlar loyihalariga ovoz toʻplash uchun oʻz loyihalarini targʻib qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bunda targʻibot bosqichi boshlangunga qadar kelib tushgan barcha loyihalar saralashdan oʻtkazilishiga shaxsan Ishchi komissiya masʼul hisoblanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Targʻibot bosqichi yakunlariga koʻra Portalda ovoz berish jarayonlari oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 38-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ovoz berish bosqichi yakunlangan kun holatiga Portalda tegishli mavsum uchun yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan mablagʻlarga aniqlik kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) quyidagi 381-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“381. Ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan loyihalarga majburiy ovoz toʻplashga jalb etilishi yuzasidan shikoyatlar kelib tushsa, vakolatli organ tomonidan mazkur holatga aniqlik kiritish yuzasidan tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga taqdimnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Agar holat oʻz tasdigʻini topsa tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga majburiy ovoz toʻplangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yoki gʻoliblar roʻyxatidan chiqarish vakolati beriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyiha gʻolib loyiha sifatida aniqlangandan soʻng Kengash tomonidan majburiy ravishda ovoz toʻplagan deb topilib rad etilganda, rad etilgan loyihaga ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlar doirasida keyingi oʻrindagi loyiha(lar) gʻolib deb eʼlon qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 40-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Gʻolib loyihalar aniqlangandan soʻng xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan keyingi oʻrinlardagi loyihalarni qoʻshimcha tarzda gʻolib deb eʼlon qilish vakolati beriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari Jamgʻarmaga mablagʻlar oʻtkazilganligi hamda qoʻshimcha gʻoliblarni aniqlash yuzasidan vakolatli organga ovoz berish jarayoni yakunlangan kundan boshlab 10 kun ichida murojaat yuborishi lozim.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 44-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon yoki qarorlari” degan soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon yoki qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari” degan soʻzlarga almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 55-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Bunda, Jamgʻarma hisobidan loyihaga ajratiladigan mablagʻ tegishli mavsum oʻtkazilgan holatga amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshib ketmasligi lozim. Loyiha qiymati ushbu miqdordan oshgan hollarda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻ tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga asosan qoplab berilishi mumkin.”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) quyidagi 791-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“791. Loyihalarning amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borish va monitoringini kuchaytirish maqsadida Portalda Sayyor-monitoring boʻlimi ishga tushiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tumandagi ishchi organ har oy loyihalarni bevosita joyiga chiqqan holda doimiy tarzda nazorat qilib borish hamda pudratchilar uchun toʻlov qilishdan avval Sayyor-monitoring boʻlimi orqali obyektning joriy holatini oʻrganish va Portalda qayd etish imkoniyati yaratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 90-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda ushbu xabar Portalda tegishli hudud sahifasida muammoli holat sifatida aks ettiriladi va tashabbuskor tomonidan koʻrsatib oʻtilgan vajlarga aniqlik kiritilib xabarda koʻrsatilgan holat bartaraf etilmagunga qadar Portalda nazoratdan olinmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 92-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“92. Ishlar toʻliq yakunlangan loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga topshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 93-bandning ikkinchi xatboshisidagi “idoralarga” degan soʻz “ushbu reyestrni yuritishga vakolatli boʻlgan organga” degan soʻz bilan almashtirilsin.