1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini, konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash, shuningdek, ushbu sohada nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yildan boshlab har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqilishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuman (shahar) hokimlari hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda 1-aprelga qadar joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holatini, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvini, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha keng jamoatchilik fikrini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 1-mayga qadar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining tavsiyalaridan kelib chiqib, Dasturga kiritiladigan loyihalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga shaxsiy kafillik asosida taklif kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi 1-mayga qadar loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni buyurtmachilar kesimida shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi (A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov) 1-iyulga qadar Dasturga kiritish taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqib, ularning dastlabki manzilli ro‘yxatini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar, sohalar va tarmoqlar rahbarlari dastlabki manzilli ro‘yxatga kiritilgan loyihalar bo‘yicha loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini 1-noyabrga qadar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish choralarini ko‘radi va bu borada ularga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kalendar yilining yakuniga qadar kelgusi yillar uchun Dastur tasdiqlanib, unga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tanlov (tender)lar e’lon qilinadi. Bunda, Dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmagan loyihalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud bo‘lmaganda yoki loyiha hujjatlari qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlanganda, ya’ni parallel ravishda olib borilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) o‘tkazilmasdan tanlab olinganda (“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qurilish-pudrat ishlari bo‘yicha tanlov (tender)lar elektron shaklda o‘tkazilmasdan tuzilgan shartnomalar Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan ro‘yxatga olinmaydi va ushbu shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi (“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat tashqi qarzi (xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablag‘lari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 5 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori bo‘lgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari va ularni ishlab chiqish uchun texnik vazifalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 1 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori bo‘lgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish bo‘yicha tender hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 1 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori bo‘lgan, tender hujjatlari kompleks ekspertizadan o‘tkazilmasdan tuzilgan import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar majburiy tartibda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) O‘zbekiston Respublikasi nomidan hamda O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida loyihaoldi va tender hujjatlari ekspertizasi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi tomonidan xalqaro kelishuvlarga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning “v” va “g” kichik bandlari davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati va Hisob palatasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarining (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturlari) shakllantirilishi va ijro etilishini, shuningdek, ushbu dasturlar doirasida mablag‘lar maqsadli ishlatilishini nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy shtablar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) shtablari 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Respublika shtabi (E.T. Yuldashev), hududiy va tuman (shahar) shtablarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlariga kiritish uchun loyihalarni tanlab olishdan ularning dastlabki manzilli ro‘yxatini shakllantirish, loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va dasturlarni tasdiqlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichida nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar doirasida tanlov (tender)lar o‘z vaqtida va shaffof o‘tkazilishini, qurilish-pudrat ishlarining sifatli bajarilishi va loyiha hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini, shuningdek, loyihalar belgilangan muddatlarda yakunlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar ularning tashabbuskorlari (buyurtmachilar) tomonidan o‘z vaqtida moliyalashtirilishi, budjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmagan loyihalar bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilishi va (yoki) ishlar bajarilishiga, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlari parallel ravishda olib borilishiga, pudratchi (loyihachi) tashkilotlarning tanlov (tender) o‘tkazmasdan tanlab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish (“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni tanlab olish, ularni amalga oshirish va ishga tushirish jarayonlarining barcha bosqichida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlarini tahlil qilish, ularni asossiz ravishda oshirishga va tasdiqlangan loyiha hujjatlariga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir loyihani tizimli monitoring qilish, ijrosi kechikayotgan va muammoli loyihalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va mezonlar asosida to‘liq shakllantirilishini tizimli nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlari doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi hamda loyihalarning amalga oshirilishi ustidan, jamoatchilikni keng jalb qilgan holda, nazorat tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat tadbirlari doirasida aniqlanadigan qonun buzilishi holatlarini va ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy va tuman (shahar) shtablari tarkibiga kiruvchi huquq-tartibot idoralari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tezkor-qidiruv vakolatlari doirasida, Davlat dasturlarini moliyalashtirishga ajratiladigan mablag‘larning har bir loyiha kesimida maqsadli sarflanishini ta’minlash va ular talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘yicha tizimli nazorat tadbirlarini o‘tkazib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandiga muvofiq, Dasturga kiritiladigan loyihalar yuzasidan tuman (shahar) va hududlar darajasida shakllantiriladigan takliflar tegishincha tuman (shahar) va hududiy shtablar bilan kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har chorak yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari — Davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘lar hajmi va natijadorligi, har bir loyihaning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusi chorak uchun aniq rejalar yuzasidan tegishli hudud aholisini xabardor qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev, E.T. Yuldashev) — Davlat dasturlarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari, shu jumladan loyihalar doirasida ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali ishlatilishi hamda qurilish-pudrat ishlari sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijadorligi yuzasidan axborot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda ularning faoliyatida “Budjet nazorati” elektron dasturidan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizlik xizmati (A.A. Azizov), Qurilish vazirligi (B.I. Zokirov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qurilish-pudrat tashkilotlarining amaldagi reytinglari haqqoniyligini o‘rganib, ularni yuritish tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida prokuratura organlarining umumiy shtat birliklari doirasida, shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosining shtat birliklari hisobidan 5 ta shtat birligidan iborat Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasini tashkil etsin;
(5-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) va Qurilish vazirligi (B.I. Zokirov) bilan birgalikda uch oy muddatda “Budjet nazorati” elektron dasturi, “Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” dasturi va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini tegishli qismlarida o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2022-yil 1-yanvardan boshlab Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisob raqamiga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash uchun kelib tushadigan mablag‘larning (obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha smeta xarajatlari doirasida jami qurilish xarajatlarining 0,05 foizi miqdorida) 30 foizi “Budjet nazorati” elektron dasturini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisob palatasi (B.T. Turabov) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Davlat dasturlari doirasida ajratiladigan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish doirasida “Budjet nazorati” elektron dasturi, “Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi” dasturi va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali kunlik monitoring o‘rnatsin va aniqlanadigan qonun buzilishi holatlari yuzasidan tegishincha Respublika shtabi, hududiy va tuman (shahar) shtablariga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurilish vazirligi (B.I. Zokirov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Kadastr agentligi (F.K. Umarov) hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi mavjud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus savolnoma ishlab chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlovdan o‘tkazilgan obyektlarning, shu jumladan kadastr raqami hamda pasportini o‘z ichiga olgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) bilan birgalikda uch oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, milliy qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlar, shu jumladan Yevrokod standartlarini amaliyotga joriy etish dasturini nazarda tutuvchi qaror loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) hamda Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6300-son Farmoniga muvofiq, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirish va undagi texnik imkoniyatlarni kengaytirish ishlarini yakunlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajriba asosida 2022-yil 1-iyunga qadar ijtimoiy soha obyektlaridan samarali foydalanish, ularda resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ekspluatatsiya xarajatlarini maqbullashtirishni inobatga olgan holda, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa sohalar uchun yangi zamonaviy idoraviy qurilish normalarini joriy etish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshiriladigan qurilish sohasidagi davlat nazorati tadbirlari natijasida aniqlanadigan qonun buzilishi holatlari yuzasidan tegishincha Respublika shtabi, hududiy va tuman (shahar) shtablariga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus savolnoma asosida hududlardagi mavjud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini xatlovdan o‘tkazish hamda joylarda yangi obyektlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlarini shakllantirish va qurilish-pudrat ishlarini amalga oshirishdan loyihalarni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, ularning ijrosi ustidan nazorat tadbirlariga keng jamoatchilikni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyihalarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar kiritilmasligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektor rahbarlari tomonidan tegishli hududlarda loyihalarning amalga oshirilishi holati yuzasidan har oyda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga hisobot kiritib borilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxonov) va Hisob palatasi (B.T. Turabov) 2022-yil 1-avgustga qadar konsolidatsiyalashgan budjet mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan Davlat dasturlari va loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini forenzik-auditdan o‘tkazish uchun xalqaro konsalting va audit kompaniyalarini jalb qilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 07/22/139/0159-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlari misolida loyihalarni tanlab olish, loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, davlat xaridlarini amalga oshirish, qurilish-pudrat ishlari ustidan nazorat qilish va obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini baholab, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul etib Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev, Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov, Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov va S.O‘. Umurzoqov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-43-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Respublika shtabi a’zolari:
E. Yuldashev
—
Bosh prokuror o‘rinbosari, Respublika shtabi rahbari
B. Jo‘rayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi
M. Djurayev
—
Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi
D. Raximov
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i
D. Adilov
—
qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari
A. Boboyev
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari
A. Xaydarov
—
moliya vazirining o‘rinbosari
Sh. Vafayev
—
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari
M. Mirzayev
—
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
T. Xaydarov
—
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari
II. Respublika shtabi ishchi guruhi:
D. Mamatqulov
—
Hisob palatasi mas’ul xodimi
Z. Xalilov
—
Hisob palatasi mas’ul xodimi
M. Jumaniyazov
—
Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi
A. Abduraxmonov
—
Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi
M. Eshnazarov
—
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i
F. Ochilov
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i
B. Utambetov
—
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti boshlig‘i
A. Soatov
—
Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy shtablarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Hududiy shtab a’zolari:
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, Hududiy shtab rahbari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
lavozimi bo‘yicha
—
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
lavozimi bo‘yicha
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari
II. Hududiy shtab ishchi guruhi:
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari bo‘lim boshliqlari
lavozimi bo‘yicha
—
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g‘aznachilik boshqarmalari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) shtablarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Tuman (shahar) shtabi a’zolari:
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) shtabi rahbari
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
lavozimi bo‘yicha
—
Davlat xavfsizlik xizmati tuman (shahar) bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlari
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlari
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari
lavozimi bo‘yicha
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari
II. Tuman (shahar) shtabi ishchi guruhi:
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) prokurorlarining (katta) yordamchilari
lavozimi bo‘yicha
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
tuman (shahar) qurilish bo‘limlari xodimlari
lavozimi bo‘yicha
—
qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining tuman (shahar)larga biriktirilgan xodimlari
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2021-y., 07/21/43/1154-son, 22.02.2022-y., 07/22/139/0159-son; 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son)