1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga muvofiq oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlar sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalarida Xalqaro akkreditatsiya forumiga (keyingi o‘rinlarda — IAF) a’zo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari sinovlari uchun zarur bo‘lgan laboratoriya uskunalari, o‘lchash vositalari va jihozlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrosubsidiya” AT — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini ta’minlab beradigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuziladigan Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga ko‘maklashuvchi ishchi guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat sanoati korxonasi — sanoat usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlash asosida tayyor yoki yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlar — laboratoriya sinovlari va tahlillarini amalga oshirishda foydalaniladigan jihozlar (sinov va o‘lchash vositalari, standart namunalar, namunalarni sinovga tayyorlash uchun foydalaniladigan vositalar, sinov jarayonida foydalaniladigan elektron dasturlar, prekursorlar, reagentlar, reaktivlar va kimyoviy vositalar);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat sanoati uskunalari — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan uskunalar va jihozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatni boshqarish tizimiga berilgan muvofiqlik sertifikati — xalqaro standartlar talablariga asosan sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — oziq-ovqat sanoati korxonalariga IAFga a’zo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish, laboratoriyalar uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish hamda ishga tushirish xarajatlarning 50 foizini, biroq 500 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorini qoplash uchun Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — IAFga a’zo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertfikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish hamda laboratoriyalar uchun zarur bo‘lgan uskuna hamda jihozlarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish yuzasidan murojaat qilgan oziq-ovqat sanoati korxonasi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sifatni boshqarish tizimi — xalqaro standart talablariga asosan mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida ish jarayonlarini boshqarishni baholovchi boshqaruv tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa — ishchi guruh tomonidan beriladigan va subsidiya ajratish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya miqdori korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirishga alohida hamda laboratoriya uskunalari va jihozlarini xarid qilib ishga tushirishga alohida hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiya quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriyalar uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish hamda ishga tushirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilgan va sertifikatlashtirgan hamda laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilib ishga tushirgan talabgorga subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorga bajarilgan ishlar uchun faqat bir marotaba subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya olish uchun talabgor tomonidan murojaat qilish tartibi va taqdim etiladigan hujjatlar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgor subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan “Agrosubsidiya” AT orqali ishchi guruhga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilganligi bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi yuzasidan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi nusxasi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlar ishga tushirilganligi bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlar xarid qilinganligini, yetkazib berilganligini va o‘rnatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarning pasportlari nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirilgan laboratoriya uskunalari va jihozlarini talabgor balansiga olganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya o‘lchash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishga tushirilgan laboratoriya uskuna va jihozlarining ishlab chiqarilgan muddati ikki yildan oshmagan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizadagi ma’lumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning to‘g‘riligi hamda haqqoniyligi bo‘yicha talabgor javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talabgor ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirmagan holda taqdim qilganda, ishchi guruh tomonidan ikki ish kuni ichida sabablari ko‘rsatilib, arizani qabul qilish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor tomonidan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar to‘liq bo‘lgan taqdirda, ishchi guruh besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza kelib tushgan kundan boshlab talabgor tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi va sertifikatlashtirilganligi, laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna hamda jihozlar to‘liq ishga tushirilganligini o‘rganadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talabgorga xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy etish va sertifikatlashtirish hamda laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladigan subsidiyaning miqdorini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiradi hamda uni talabgorga, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinda — Agentlik) “Agrosubsidiya” AT orqali elektron shaklda yuboradi;
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtirilganda, talabgorni xulosada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qayta murojaat qilish huquqiga ega ekanligi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish uchun zaruratga qarab, maxsus malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh rahbari va a’zolari xulosaning to‘g‘riligi hamda haqqoniyligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor ishchi guruhning qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi guruh arizani o‘rganishda quyidagi mezonlarga asoslanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza va taqdim etilgan hujjatlar, ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi hamda ushbu Nizomda belgilangan yo‘nalishlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talabgor tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi va sertifikatlashtirganligi, laboratoriya uchun zarur bo‘lgan uskuna hamda jihozlar ishga tushirilganligi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi guruh a’zolari talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga mas’ul hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — ishchi guruh faoliyatini tashkil qilishga va ishchi guruh tomonidan rasmiylashtirilgan xulosaning haqqoniyligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari — ishlab chiqarish korxonasi va uning laboratoriyasi joylashgan joy, maydoni, ishlovchilar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari — faoliyati bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi ijobiy xulosasining haqqoniyligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi “Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori — xarid qilingan laboratoriya uskunalari va jihozlarining ishlab chiqarilganligiga ikki yildan oshmaganligiga, standart talablar asosida ishga tushirilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy bo‘limi boshlig‘i — ishchi guruh kotibi — talabgorga tegishli tartibda hujjatlarni “Agrosubsidiya” ATga kiritishga ko‘maklashish, ishchi guruh tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqishga hamda ko‘rib chiqish natijalarini talabgor va Agentlikka yuborishga.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh tomonidan “Agrosubsidiya” AT orqali taqdim etilgan ijobiy xulosa hamda unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, “Agrosubsidiya” AT orqali ishchi guruhni, ishchi guruh esa talabgorni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor “Agrosubsidiya” AT orqali xabarni olgandan so‘ng o‘n besh kun ichida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmaganda Agentlik tomonidan subsidiya ajratilishi rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilgandan so‘ng o‘n kun ichida talabgorning tijorat bankidagi asosiy hisobvarag‘iga subsidiyani o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar talabgorga subsidiya ajratishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda noaniqliklar yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bilan talabgorga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik har chorak yakunida o‘zining rasmiy veb-saytida ajratilgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining X bobi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga ko‘maklashuvchi ishchi guruh

TARKIBI

1.
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari
2.
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
3.
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari
4.
Lavozimi bo‘yicha
—
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori
5.
Lavozimi bo‘yicha
—
Agrosanoatni rivojlantirish agentligining hududiy bo‘limi boshlig‘i, Ishchi guruh kotibi
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
Subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali arizaga hujjatlarni ilova qilgan holda ishchi guruhga murojaat qiladi.
Ishlar to‘liq bajarilgandan so‘ng
2-bosqich
Ishchi guruh
1. Talabgorning arizasini o‘rganib chiqadi.
2. Subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiradi hamda uni talabgorga, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Agentlikka yuboradi.
5 ish kuni ichida
3-bosqich
1. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
2. Ishchi guruh
1. Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ishchi guruhga yuboradi.
2. Hujjatlardagi kamchiliklar to‘g‘risida talabgorni xabardor qiladi.
5 ish kuni ichida
4-bosqich
1. Talabgor
2. Ishchi guruh
1. Kamchiliklarni bartaraf qilgandan so‘ng tegishli hujjatlarni ishchi guruhga yuboradi.
2. Talabgor taqdim etgan hujjatlarni Agentlikka yuboradi.
15 kun ichida
5-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Subsidiyani talabgorning xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida ochilgan asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
10 kun ichida
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

ARIZA
__________________________________________________________________________da faoliyat yuritayotgan
(hudud nomi)
______________________________________________________________korxonasi 20___ yilda “___”_____________
____________________________(talabgor tashkilot nomi)
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilib sertifikatlashtirdi va quyidagi laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna hamda jihozlarni xarid qilib ishga tushirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmonida belgilangan subsidiya ajratilishi uchun xulosa berishingizni so‘rayman.
Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki nomi:__________________________________________________________
Tijorat bankidagi asosiy hisobvaraq va boshqa ma’lumotlar:
Subsidiya olish uchun qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etmoqdaman (ilova qilinadi). Ularning haqiqiyligini kafolatlayman hamda javobgarlikni o‘z zimmamga olaman.
Talabgor__________________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga ko‘maklashuvchi ishchi guruh
XULOSASI
_______________________________________________________________da faoliyat yuritayotgan
(hudud nomi)
____________________________________________________korxonasi 20___ yilda “___”___________
_________________(talabgor tashkilot nomi)
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilib sertifikatlashtirgan va quyidagi zarur uskuna hamda laboratoriya jihozlarini xarid qilib ishga tushirgan:
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga asosan “__________________” korxonasiga __________________________so‘m miqdorida subsidiya ajratish maqsadga _________________________ deb topildi.
muvofiq/muvofiq emas
Ishchi guruh a’zolari:
T/r
F.I.O
Imzo
Lavozimi
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari
2.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
3.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari
4.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori
5.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligining hududiy bo‘limi boshlig‘i, Ishchi guruh kotibi
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)