18.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3531
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”ni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3531]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 23-dekabrda 65-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 12-son BHMS “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” (roʻyxat raqami 596, 1999-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 3-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-son

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 138-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur BHMSning maqsadi budjet, sugʻurta tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha yuridik shaxslarda (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) moliyaviy investitsiyalarini hisobga olish usulini aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibini belgilash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur BHMS tashkilotlar tomonidan moliyaviy investitsiyalarni va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni buxgalteriya hisobida yoritib berish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilot moliyaviy investitsiyalar hisobini mazkur BHMSning 7 — 28-bandlariga muvofiq yuritadi va ular quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy investitsiyalarni (qisqa muddatli va uzoq muddatli) toifalariga qarab tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy investitsiyalar qiymatini aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy investitsiyalar qiymatining qaytarilmaydigan pasayishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur BHMS quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi shaklidagi investitsiyalar boʻyicha olingan daromadlarni tan olish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻba jamiyatlarga investitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda faoliyatga investitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gudvill, patentlar, savdo belgilari va boshqa nomoddiy aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”da (roʻyxat raqami 1946, 2009-yil 24-aprel) keltirilgan taʼrifga mos keladigan moliyaviy lizing.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur BHMSda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy investitsiyalar — tashkilot tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) moʻljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar — muomalada boʻlish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan moliyaviy investitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar — qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalardan tashqari barcha moliyaviy investitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka investitsiya — investitsiya qiluvchi tashkilotning yoki investitsiya qiluvchi tashkilot guruhiga kiruvchi boshqa tashkilotning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga moliyaviy investitsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy qiymat — bir-biriga qaram boʻlmagan, lekin sotib olishni xohlagan xabardor xaridor bilan sotishni xohlayotgan xabardor sotuvchi oʻrtasida aktiv almashtiriladigan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor qiymati — moliyaviy investitsiyalarning aktiv bozorda aniqlanadigan summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Moliyaviy investitsiyalarni tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzining moliyaviy hisobotlarida aylanma mablagʻlar va uzoq muddatli aktivlar oʻrtasidagi tafovutni koʻrsatuvchi tashkilotlar muomalada boʻlish muddati 1 yilgacha boʻlgan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni aylanma mablagʻ sifatida, muomalada boʻlish muddati 1 yildan oshadigan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa uzoq muddatli aktivlar sifatida koʻrsatishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzining balanslarida qisqa muddatli va uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni farqlamaydigan tashkilotlar mazkur BHMSning 13 va 15-bandlariga muvofiq moliyaviy investitsiyalarni baholash va balansdagi qiymatni aniqlash maqsadlarida ushbu farqlashni amalga oshirishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Moliyaviy investitsiyalarni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xarid qilinganda moliyaviy investitsiyalar sotib olish qiymati boʻyicha baholanadi va bu qiymatga brokerlar xizmati uchun toʻlangan haq, bank xizmati uchun toʻlovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar moliyaviy investitsiya toʻlaligicha yoki qisman aksiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qogʻozlar chiqarish yoʻli bilan xarid qilinayotgan boʻlsa, xarid qilish qiymati chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatiga emas, balki ularni joriy qiymatiga teng boʻladi. Agar investitsiya toʻlaligicha yoki qisman boshqa aktivga almashtirish yoʻli bilan xarid qilinayotgan boʻlsa, uning xarid qiymati berilayotgan aktivning joriy qiymati boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xarid qilingan paytgacha boʻlgan davr uchun foizlar ulushi hisoblangan dividendlarni oʻz ichiga olgan qiymat boʻyicha xarid qilingan moliyaviy investitsiyalar xaridor tomonidan sotuvchiga toʻlangan foizlar summasini chegirib tashlab, xarid qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qarz qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarning xarid qiymati bilan toʻlash qiymati oʻrtasidagi tafovut (diskont yoki xarid qilishdagi mukofot) investitsiyalar boʻyicha doimiy daromad mavjud boʻlishi uchun investor tomonidan xarid qilingan paytdan boshlab qarz toʻlangunga qadar hisobdan chiqarib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Moliyaviy investitsiyalarning balans qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida tasnif qilingan moliyaviy investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagi usullar orqali hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid qiymati va bozor qiymatlaridan eng kichigi bahosi boʻyicha hisobga olinadigan boʻlsa, balans qiymati investitsiya portfelining umumiy qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari boʻyicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatining oʻzgarishidan keladigan daromad yoki zarar oʻzgarish sodir boʻlgan hisobot davrida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif qilingan moliyaviy investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagi usullar orqali hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta baholashni hisobga olgan qiymat boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya portfeli usuli boʻyicha aniqlangan, xarid qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi bahosi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashni amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymati pasayganda barcha uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning balans qiymati pasaytiriladi, bundan balans qiymatining vaqtincha pasayishi mustasno. Bunday pasaytirish har bir alohida moliyaviy qoʻyilma boʻyicha aniqlanadi va tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uzoq muddatli investitsiyalar xarid qiymati boʻyicha hisobga olinganda, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymati qaytarib boʻlmaydigan darajada pasaygan taqdirda, bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya boʻyicha alohida kamaytirilishi kerak. Bunda, xatarning turlari, investitsiya qilinayotgan tashkilotda investorning ulushi eʼtiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha pasayishi hisobda aks ettirilmaydi. Moliyaviy investitsiyalar qiymati pasayishining boshqa hollari mazkur BHMSning 21-bandiga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Moliyaviy investitsiyalar balans qiymatini qayta baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni bozor qiymati boʻyicha hisobga oluvchi tashkilot hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayishi yoki koʻpayishini quyidagicha aks ettiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad yoki xarajat sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur BHMSning 21-bandiga muvofiq ravishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasidagi qoʻshimcha baholash summasi xususiy kapitalga qayta baholashdan daromad sifatida qoʻshiladi. Moliyaviy investitsiyalar qiymati pasayganda kamaytirish xususiy kapitalda aks ettirilgan oʻsha investitsiyalarni qoʻshimcha baholash summasi hisobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamaytirish summasi qayta baholashdan olingan daromad summasidan oshsa, bu farq xarajat sifatida tan olinishi kerak. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qoʻshimcha baholash miqdori shu investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan soʻng xususiy kapital koʻpayishiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Moliyaviy investitsiyalarni sotish va ularni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moliyaviy investitsiyalarni sotishda sotishdan olingan tushum bilan balans qiymati oʻrtasidagi farq tegishli xarajatlarni (broker yoki diler xizmati haqi) chegirib tashlangandan soʻng daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda portfel usuli boʻyicha, xarid qiymati yoki bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng pastida hisobga olingan boʻlsa, qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromad yoki xarajat ularni realizatsiya qilish narxi bilan xarid qilish narxi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar investitsiya ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati boʻyicha hisobga olingan, balans qiymati esa qoʻshimcha baholash qiymatini hisobga olgan holda koʻpaytirilgan boʻlsa, tashkilot qoʻshimcha baholashni qoldiq summasini daromad hisobvaragʻiga kreditlashi yoki uni taqsimlanmagan foyda hisobiga oʻtkazishini hisob siyosatida tasdiqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid qiymati va bozor qiymatining eng kichigi boʻyicha hisobga olinadigan boʻlsa, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarga oʻtkazish ham xarid qiymati va balans qiymatining eng kichigi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar ilgari qayta baholangan boʻlsa, ularni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar toifasiga oʻtkazishda va bu qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bozor qiymati boʻyicha hisobga olingan boʻlsa, qayta baholash qiymati balans qiymatidan chiqarib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning bozor qiymatidagi oʻzgarish daromadga kiritiladigan boʻlsa, qoʻshimcha baholashning qolgan har qanday miqdori daromadga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar toifasiga oʻtkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi yoki bozor qiymati boʻyicha, agar investitsiya ilgari shu qiymat boʻyicha hisobga olingan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Moliyaviy investitsiyalar boʻyicha operatsiyalardan moliyaviy natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Moliyaviy natijalarga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) moliyaviy investitsiyalar boʻyicha quyidagi koʻrinishdagi daromadlar/xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʻyicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur BHMSning 20-bandiga muvofiq bozor qiymati boʻyicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar boʻyicha realizatsiya qilinmagan daromadlar va zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi boʻyicha baholangan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni taqdim qilish uchun talab qilinadigan bozor qiymatining kamaytirilishi va bunday kamaytirishning qaytadan tiklanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining vaqtinchalik kamayishidan tashqari balans qiymatining pasayishi va bunday pasayishlar qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur BHMSning 22-bandiga muvofiq hisoblangan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur BHMSni qoʻllanish natijasida yuzaga keladigan soliq oqibatlarini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yoritib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Moliyaviy hisobotlarda quyidagilar yoritib berilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hisob siyosatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy investitsiyalarning balans qiymatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor qiymati boʻyicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarning bozor qiymatidagi oʻzgarishlarni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta baholangan moliyaviy investitsiyalarni sotishda qoʻshimcha baholash summasini aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi koʻrinishda olingan daromadga kiritilgan katta miqdordagi summalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli va qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar boʻyicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdagi daromadlar va zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday moliyaviy investitsiyalar qiymatidagi oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) realizatsiya qilinayotgan investitsiyalarning bozor qiymati, agar ular balansda bozor qiymati boʻyicha hisobga olinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻchmas mulkka moliyaviy investitsiyalarning joriy qiymati, agar ular uzoq muddatli investitsiya sifatida hisobga olingan boʻlsa va joriy qiymati boʻyicha aks ettirilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) investitsiyalarga muhim cheklashlar yoki investitsiyalarni realizatsiyasidan daromad va tushumni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qayta baholash summasi boʻyicha hisobga olingan uzoq muddatli investitsiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta baholash oʻtkazilishini davriyligini aniqlash siyosati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi marta qayta baholangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta baholash asosi va tashqi baholovchini jalb etish fakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davr ichida bahosining oshirilishi summasidagi oʻzgarishlar hamda bu oʻzgarishlarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) asosiy faoliyati investitsiya faoliyatidan iborat boʻlgan tashkilotlar uchun investitsiya portfelini tahlil qilish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 10/24/3531/0528-son)