22.06.2024 yildagi SQ-927-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ishlar holati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament nazorati doirasida Samarqand viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari viloyat mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida qator ijobiy natijalarga erishilganini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 99,8 mingtani, shundan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (yuridik shaxs) 56 mingtani, yakka tartibdagi tadbirkorlar 43,8 mingtani tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish darajasi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Kattaqoʻrgʻon shahri (26 kishiga 1 ta tadbirkor), Samarqand shahri (27/1) va Oqdaryo tumani (36/1) hissasiga toʻgʻri kelgan. Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan 2023-yil boshidan 783,3 mingta xonadon xatlovdan oʻtkazilgan, daromad topishga harakat qilayotgan va ishlash istagida boʻlgan 298 ta xonadon chorvachilik va parrandachilik, 331 ta xonadon savdo va xizmat, 264 ta xonadon dehqonchilik va issiqxona, 123 ta xonadon bogʻdorchilik, 34 ta xonadon kichik ishlab chiqarish, 10 ta xonadon hunarmandchilik va 66 ta xonadon boshqa yoʻnalishlarda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda hokim yordamchilari yordamida hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga jami 423,5 ming kishining bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida oʻqish istagini bildirgan 28 024 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitilgan. Hokim yordamchilarining koʻmagi bilan jami 19 625 ta (12 055 ta YTT va 7 570 ta yuridik) tadbirkorlik subyekti tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari tomonidan “Onlayn mahalla” platformasida 5 441 ta mikroloyiha ishga tushirilishi natijasida 1, 27 trln soʻm (oʻz mablagʻi hisobidan 925,7 mlrd soʻm, bank krediti 331,7 mlrd soʻm) mablagʻ oʻzlashtirilib, 23 507 nafar ishsiz fuqaroning bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz, kam taʼminlangan va kambagʻal oila aʼzolari boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlashiga koʻmak berish maqsadida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2023-yilda 6 695 nafar fuqaroga 30,1 mlrd soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2023-yilda 51,2 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga 902 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar ajratilgan boʻlib, ushbu moliyaviy manbalar mahallalarda ishsizlar, yoshlar va xotin-qizlarning kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalari boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda koʻmak boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish jarayonida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ayrim kamchilik va muammolar ham mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2024-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining soni 2023-yilga nisbatan 10,5 mingtaga kamaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda aholini tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish darajasi Pastdargʻom (58 kishiga 1 ta), Urgut (54/1 ta), Kattaqoʻrgʻon (53/1 ta) tumanlarida past.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 2023-yilda hokim yordamchilarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha viloyatning oʻrtacha koʻrsatkichi 77 ballni (100 baldan) tashkil etgan boʻlsa-da, Jomboy (70,8 bal) va Kattaqoʻrgʻon (73 bal) tumanlarida past natijalar qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyatda 87 ta mahalla hokim yordamchilarining faoliyati qoniqarsiz deb topilgan, xususan, Samarqand shahrida 18 nafar hokim yordamchisi, Urgut, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida 14 nafar, Pastdargʻom tumanida 11 nafar va Payariq, Toyloq tumanlarida 6 nafardan hokim yordamchisi ishlarni yetarli darajada tashkil etmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qaroriga asosan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan oilaviy kreditlardan maqsadli foydalanilishi va kreditlar samaradorligini monitoring qilish choralari koʻrilmaganligi tufayli hokim yordamchilari tavsiyasi asosida ajratilgan 1,5 trln soʻmlik kreditning 72,3 mlrd soʻmi (4,9 foiz) muammoli kreditga aylangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muammoli kreditlar Ishtixon tumanida (11,8 mlrd soʻm), Kattaqoʻrgʻon, Payariq va Paxtachi tumanlarida (6 mlrd soʻmdan ortiq) va Kattaqoʻrgʻon shahrida (5,1 mlrd soʻm) eng koʻp boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Kattaqoʻrgʻon tumanida 8 nafar hokim yordamchisi, Oqdaryo, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida 6 nafardan, Jomboy tumanida 5 nafar, Qoʻshrabot, Payariq, Paxtachi tumanlarida 4 nafardan hokim yordamchisi oilaviy tadbirkorlik uchun kredit ajratish soʻralgan murojaatlarni koʻrib chiqish muddatini buzgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlik maqsadida elektron onlayn-auksion orqali savdoga chiqarilgan 14 ta va ijaraga chiqarilgan 15 ta davlat mulki obyekti Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan asossiz ravishda rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tahlillarga koʻra viloyatda tovar aylanmasi “nol” boʻlgan 13 mingdan ziyod korxonaning 1 136 tasida 46 mlrd soʻmdan koʻp tovar aylanmasi borligi, ishchi sonini umuman koʻrsatmagan 6 mingdan ziyod korxonaning 322 tasida jami 500 nafardan ortiq nolegal ishchilar ishlayotgani aniqlangan va ularning hisobidan bir yilda kamida 800 mln soʻm daromad soligʻi yoʻqotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda agrar sohada aholini band qilish orqali uning daromadini koʻpaytirishga qaratilgan ishlarga toʻliq eʼtibor berilmagan. Jumladan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Samarqand filiali tomonidan 70 ta mahallada 38 ta holatda suv taʼminoti muammoli boʻlgan 154 gektar yer maydoni auksionga chiqarilgan, natijada mazkur yer maydonlari uzoq muddatdan beri sotilmasdan qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-sonli Farmoniga muvofiq “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tegishli 1 igi boʻyicha hokim yordamchisi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 35 ta tadbirkorning arizasi muddatida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-sonli qarori asosida joriy etilgan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ijrosi doirasida kredit resurslaridan foydalanish darajasi past. 2024-yil 1-aprel holatiga dasturda ishtirok etish uchun kelib tushgan 12 990 ta arizadan atigi 287 ta arizaga (2,2 foiz) kredit mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bugungi kunda kompleks dasturida ishtirok etib, sertifikat olgan 609 nafar talabgorga bank kreditlari ajratilmagan. Jumladan, Biznesni rivojlantirish bankidan 188 ta talabgorga, Xalq bankidan 154 ta talabgorga, Mikrokreditbankdan 103 ta talabgorga, boshqa banklardan 164 ta talabgorga kreditlar ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda yangi tadbirkorlikni tashkil etish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha shahar va tumanlarning markaziy hududlaridan oʻtgan jami uzunligi 312,5 km boʻlgan kanalning 52 km qirgʻoq qismida xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish boʻyicha hokim yordamchilari tomonidan aniq takliflar kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2018-2019-yillarda tijorat maqsadi uchun 710 gektar boʻlgan 6 mingta yer maydoni sotilgan boʻlib, ularning 3 017 tasida, yaʼni 314,6 gektar maydonda (50,3 foiz) qurilish ishlari hanuzgacha boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishiga qaramasdan, murojaatlarning 22 foizini (205 ta) koʻrib chiqish muddatlari buzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarining ayrim yoʻnalishlarida belgilangan reja bajarilmagan. Jumladan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oʻquv muassasalarida oʻqitilishi rejalashtirilgan 2 345 nafar xotin-qizdan faqatgina 15 nafari (0,6 foizi) oʻqishga jalb qilingan xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyatda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitilgan 2 162 nafar xotin-qizning faqat 30 foizigina (659 nafariga) kredit olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish borasida xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashidan boshqa birorta ham tuman shahar kengashida joriy yilning aprel-may oylari davomida ushbu masala muhokama qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning Samarqand viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ishlar holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosariga viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Samarqand viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Samarqand viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahri, Pastdargʻom, Payariq va Kattaqoʻrgʻon tumanlaridagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan taʼsirchan choralar qoʻllash masalasini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim sabablarga koʻra faoliyatini toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam berish, faoliyatini qayta tiklashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarini hal etish boʻyicha barcha zarur ishlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash borasida tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda yangi tadbirkorlikni tashkil etish va yangi ish oʻrinlarini yaratish uchun Kattaqoʻrgʻon shahri markazidan va Paxtachi tumanidan oʻtgan Narpay kanali hamda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Kattaqoʻrgʻon kirish kanali” qismida xizmat koʻrsatish va dam olish obyektlarini joylashtirish bilan bogʻliq mavjud imkoniyatlarni oʻrganib chiqib, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion orqali ijaraga berish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotni joriy yilning 15-oktabriga qadar Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi imkoniyatlaridan tadbirkorlar kengroq foydalanishini taʼminlash hamda hududlarda yangi ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish maqsadida dastur ishtirokchilariga qoʻyilgan talablarni tegishli idora va tashkilotlar bilan birga qayta koʻrib chiqib, takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilarining faoliyati qoniqarsiz deb topilgan Samarqand shahrida, Urgut, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom, Payariq va Toyloq tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan tizimli ish tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda hududlarning xususiyatlari, “oʻsish nuqtalari” va salohiyatini inobatga olib, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda uning bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sohasida mavjud talablar va tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha oʻrganish oʻtkazib, mavjud muammolar va aniqlangan byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “Onlayn mahalla” elektron platformasining “E-ijara”, “E-auksion” hamda “K-SAVDO” avtomatlashgan axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotni joriy yilning 15-oktabriga qadar Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uch oy muddatda aholini band qilish orqali daromadini oshirish maqsadida yashash punktlaridan uzoq joylashgan va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan hududdan aholiga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ijara asosida elektron auksionga chiqariladigan yer maydonlarini ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq deputatlari Samarqand viloyati, tuman va shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish, xotin-qizlarni iqtisodiy faolligini oshirish, kasb-hunarga oʻqitish va ularni tadbirkorlikka jalb qilish hamda tadbirkorlar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish hamda ularni hal etish boʻyicha muntazam choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-927-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 22-iyundagi SQ-927-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Aniqlangan kamchiliklar

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼullar

1.

Samarqand viloyatida 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining soni 2023-yilga nisbatan 10,5 mingtaga kamaygan.

Shuningdek, 3 497 ta tadbirkorlik subyekti iqtisodiy qiyinchiliklar sababli oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Xususan, 3 197 ta yuridik shaxs faoliyatini tugatish jarayonini boshlagan, 36 ta yuridik shaxs mahsulotini realizatsiya qila olmayapti, 9 ta yuridik shaxs xomashyo mahsulotlarini topishda muammolar mavjudligi sababli faoliyat koʻrsatmayapti.

1. Faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlar masalalarini oʻrganish boʻyicha viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari boshchiligida Ishchi guruh tashkil etish.

2024-yil avgust

Savdo-sanoat palatasi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Samarqand viloyati hokimligi

2. Ishchi guruh tomonidan hudud va tarmoqlar kesimida tahlil qilish, muammolarini aniqlash va faoliyatini davom ettirishga toʻsiq boʻlayotgan holatlarni bartaraf etish choralarini koʻrish.

2024-yil avgust-sentyabr

3. Hududlardagi hokim yordamchilari va Savdo-sanoat palatasi xodimlari faoliyatini toʻxtatayotgan korxona va tashkilotlar muammolari bilan ishlash va yechimi boʻyicha tuman (shahar) hokimlariga taklif kiritish.

2024-yil davomida

2.

Viloyatda tahlillarga koʻra 13 218 ta tovar aylanmasi “nol” koʻrsatgan korxonalarning 1 136 tasida 46,2 mlrd soʻmlik tovar aylanmasi aniqlangan. Jumladan, Samarqand shahrida 181 ta korxonada 13,8 mlrd soʻm, Samarqand tumanida 111 ta korxonada 4,6 mlrd soʻm, Pastdargʻom tumanida 89 ta korxonada 4.1 mlrd soʻm, Urgut tumanida 85 ta korxonada 3,8 mlrd soʻm tovar aylanmasi amalga oshirilgan.

Shuningdek, 6 269 ta ishchi sonini umuman koʻrsatmagan korxonalarning 322 tasida jami 518 nafar nolegal ishchi mavjud boʻlib, ulardan bir yilda kamida 800 mln soʻm daromad soligʻi yoʻqotilgan.

1. Tovar aylanmasini “nol” koʻrsatgan va ishchi sonini koʻrsatmagan korxonalarni soliq organlari tomonidan kameral nazoratdan oʻtkazish hamda zarur hollarda joyiga chiqqan holda tahlil etish.

2024-yil iyul-avgust

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Samarqand viloyati hokimligi

2. Kameral nazorat va tahlil natijasida aniqlangan tovar aylanmasi va haqiqiy ishchilar sonidan kelib chiqib, tadbirkorlarga taqdimnomalar kiritish.

2024-yil sentyabr

3. Hududlardagi hokim yordamchilari va Savdo-sanoat palatasi xodimlari tomonidan korxona va tashkilotlar muammolari bilan ishlash va yechimi boʻyicha tuman (shahar) hokimlariga taklif kiritish.

2024-yil sentyabr — dekabr

4. Soliq organlari tomonidan qayta hisobotlarni qabul qilinishini taʼminlash.

2024-yil davomida

3.

2023-yilda hokim yordamchilarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha viloyatning oʻrtacha koʻrsatkichi 77 ballni (100 baldan) tashkil etib, bunda Jomboy (70.8 bal) va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida (73 bal) tumani eng past natijalarni qayt etgan.

Viloyatda 87 ta mahallada hokim yordamchilarining faoliyati qoniqarsiz deb topilgan, jumladan Samarqand shahrida 18 ta, Urgut, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida 14 tadan, Pastdargʻom tumanida 11 ta va Payariq, Toyloq tumanlarida 6 tadan hokim yordamchilari oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashib, yetarli darajada ish tashkil etilmagan.

1. Past natija qayt etgan hokim yordamchilari faoliyatini tahlil qilish.

2024-yil avgust

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Samarqand viloyati hokimligi

2. Tahlil natijalari yuzasidan hokim yordamchilarining faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish, ularning doimiy bilim va koʻnikmalarini oshirib borish.

2024-yil har chorakda

4.

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyasi asosida ajratilgan 1,5 trln soʻmlik kreditning 72,3 mlrd soʻmi (4,9 foiz) muammoli kreditga aylangan.

Muammoli kreditlar ulushi boʻyicha eng koʻpi Ishtixon tumanida 11,8 mlrd soʻmni, Kattaqoʻrgʻon. Payariq va Paxtachi tumanlarida 6 mlrd soʻmdan ortigʻini va Kattaqoʻrgʻon shahrida 5,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Hokim yordamchilari tomonidan oilaviy tadbirkorlik uchun kredit ajratishni soʻrab qilgan murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlari buzilgan.

1. Tuman (shahar) va tijorat banklari kesimida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida vujudga kelgan muammoli kreditlarni qisqartirish grafigini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

Markaziy bank,

Tijorat bank rahbarlari,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Samarqand viloyati hokimligi

2. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar maqsadliligi va qaytishi boʻyicha vakolatli tijorat banklaridan mahallalarga biriktirilgan masʼul xodimlar va hokim yordamchilari tomonidan oʻrganish olib borish va tuman (shahar) hokimlariga muntazam axborot kiritish.

2024-yil davomida

3. Muammoli kreditlarning belgilangan muddatlarda soʻndirilishi taʼminlanmagan holatlar yuzasidan tegishli chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga materiallar yuborish.

2024-yil davomida aniqlangan holat boʻyicha

5.

“Tadbirkorlarni manfaatli hamkorlik asosida kambagʻallikka qarshi kurashish jarayonlariga jalb qilish boʻyicha joriy qilingan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga koʻra tegishliligi boʻyicha hokim yordamchisi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimi tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihani joyiga chiqqan holda 5 kun muddatda oʻrganib, natijalari boʻyicha taklifi va fotosuratlarini “Hamkor tadbirkor” axborot tizimiga kiritishi belgilangan. Biroq 35 tadbirkorning arizasi muddati oʻtgan boʻlishiga qaramasdan koʻrib chiqilmagan.

1. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va hokim yordamchilar tomonidan tadbirkorlarning koʻrib chiqilmagan arizalari yuzasidan qisqa muddatda xulosa berilishini taʼminlash.

2024-yil avgust

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Savdo-sanoat palatasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Savdo-sanoat palatasining “Hamkor tadbirkor” elektron dasturi orqali tadbirkorlar tomonidan berilgan arizalar kelib tushgandan soʻng hokim yordamchilari tomonidan oʻz vaqtida xulosalar berilishini nazoratga olish.

2024-yil sentyabr

3. Adliya organlarining huquqiy xulosasi bilan qaytarilgan “hamkorlik shartnomasi” loyihasini qayta ishlab chiqib kiritish.

2024-yil oktyabr

4. Vakolatli organ yoki hokim yordamchilari tomonidan “hamkorlik shartnomasi” loyihasining Adliya organlariga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash.

belgilangan muddatda

5. Adliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalaridan huquqiy ekspertiza natijalari yuzasidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, “hamkorlik shartnomasi” loyihasi taraflarga imzolash uchun yuborilishini nazoratga olish.

belgilangan muddatda

6.

Viloyatda hokim yordamchilari tomonidan 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qarori talablari asosida tadbirkorlik maqsadida 61 ta davlat mulki savdoga hamda 90 ta davlat mulkini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion chiqarilgan boʻlsa-da. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 14 ta savdoga va 15 ta ijaraga chiqarilgan davlat mulklari asossiz ravishda rad etilgan.

1. Er maydonlaridan uzoq muddat foydalanish huquqini auksionga quyish uchun materiallarni tayyorlash.

2024-yil avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Payariq, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Bulungʻur, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Toyloq tuman hokimligi

2. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKga buyurtma topshirish.

2024-yil sentyabr

3. Elektron onlayn-auksion savdolari natijasi yuzasidan davlat aktivlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

auksion natijasi boʻyicha

7.

Viloyatda agrar sohada aholini band qilish orqali uning daromadini koʻpaytirishga qaratilgan ishlarga toʻliq eʼtibor berilmagan. Jumladan, Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Samarqand filiali tomonidan 70 ta mahallada 38 ta holatda suv taʼminoti muammoli boʻlgan 154 gektar yer maydoni auksionga chiqarilgan, natijada mazkur yer maydonlari uzoq muddatdan beri sotilmasdan qolgan.

1. Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Samarqand filiali tomonidan aholi dehqon xoʻjaligi bilan shugʻullanishi uchun yashash punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan hududdan yer maydonlarini aniqlash.

2024-yil avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Samarqand viloyat hokimligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Er maydonlaridan uzoq muddat foydalanish huquqini auksionga quyish uchun materiallarni tayyorlash.

2024-yil sentyabr

3. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKga buyurtma topshirish.

2024-yil oktyabr

4. Elektron onlayn-auksion savdolari natijasi boʻyicha gʻolib boʻlgan talabgorga belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirishini taʼminlash.

auksion natijasi boʻyicha

8.

Viloyat shahar va tumanlarining markaziy hududlaridan jami uzunligi 312,5 km boʻlgan 16 ta kanal oʻtgan boʻlib, 52 km qismida xizmat koʻrsatish obyektini joylashtirish imkoniyati bor.

Jumladan, Kattaqoʻrgʻon shahar markazidan oʻtgan Narpay kanalining 1,1 km qismida, Paxtachi tumanidan oʻtgan Narpay kanalining 5 km qismida, Kattaqoʻrgʻon tumanida “Kattaqoʻrgʻon kirish kanalining 1,5 km qismida xizmat koʻrsatish va dam olish obyektlarini joylashtirish imkoniyati mavjud.

1. Viloyatning Kattaqoʻrgʻon shahri va Paxtachi tumanidan oʻtgan Narpay kanalini hamda Kattaqoʻrgʻon tumanida “Kattaqoʻrgʻon kirish kanali”ning qirgʻoqlarida xizmat koʻrsatish obyektini joylashtirish masalasini belgilangan tartibda oʻrganib chiqish.

2024-yil avgust

Samarqand viloyat hokimligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Savdo-sanoat pal�tasi

2. Oʻrganish natijalari yuzasidan tegishli idoralarining xulosa va takliflarini olish.

2024-yil sentyabr

3. Er maydonlaridan uzoq muddat foydalanish huquqini auksionga quyish uchun materiallarni tayyorlash.

2024-yil oktyabr

4. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKga buyurtma topshirish.

2024-yil oktyabr

5. Elektron onlayn-auksion savdolari natijasi boʻyicha gʻolib boʻlgan talabgorga belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilishini taʼminlash.

auksion natijasi boʻyicha

9.

“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishiga qaramasdan murojaatlarning 22 foizi (205 ta) boʻyicha koʻrib chiqish muddati buzilgan.

1. Tadbirkorlarning murojaatlarda keltirilgan masalalarni joyiga chiqqan holda oʻrganish.

2. Murojaatda keltirilgan muammolarning hal etilishini taʼminlash.

3. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini buzgan masʼul xodimlarga nisbatan taʼsirchan choralar qoʻllash.

2024-yil davomida

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Savdo-sanoat palatasi

10.

Tadbirkorlik subyektlarini turli xil risklardan (pandemiya, anomal sovuq va boshqa favqulodda sharoitlarda) himoya qilish mexanizmi ishlab chiqilmagan.

1. Tadbirkorlarni favqulodda holatlarda moliyaviy va bozor risklaridan himoya qilishning huquqiy mexanizmini ishlab chiqish uchun ishchi guruhi tashkil etish.

2024-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

2. Ishchi guruhi tomonidan huquqiy-meʼyoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil sentyabr

3. Tadbirkorlik subyektlarini favqulodda holatlarda moliyaviy va bozor risklaridan himoya qilish borasidagi huquqiy-meʼyoriy loyihani huquqiy xulosa olish uchun Adliya vaz�rligiga kiritish.

2024-yil oktyabr

11.

Hokim yordamchilari tomonidan turizmni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni ishga solishga, shu jumladan qadimiy ziyoratgohlar, mahalliy xalqning shakllangan oʻziga xos anʼanalari, dam olish joylari, koʻngilochar maskanlar va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha takliflarini (rasmlar, videolavhalar va boshqalar) “online-mahalla.uz” elektron platformasi orqali Turizm qoʻmitasiga yuborish imkoniyatli mavjud emas.

1. Mahallabay ishlash markazi va mahalla fuqarolar yigʻini faoliyatini oʻzaro bogʻliq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi, amaliyotga joriy qilingan “online-mahalla.uz” elektron platformasiga Turizm qoʻmitasi maʼlumotlar bazasini integratsiya qilish yuzasidan texnik topshiriq ishlab chiqish va uni ishga tushirish.

2024-yil sentyabr

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Turizm qoʻmitasi

2. Hokim yordamchilari biriktirilgan mahallasidagi turizmni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar, qadimiy ziyoratgohlar, mahalliy xalqning shakllangan oʻziga xos anʼanalari, dam olish joylari, koʻngilochar maskanlar va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha takliflarini (rasmlar, videolavhalar va boshqalar) online-mahalla.uz elektron platformasi orqali Turizm qoʻmitasiga yuborilishini taʼminlash.

doimiy

3. Turizm qoʻmitasi tomonidan joylarda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha takliflarni oʻrganib, samarali va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ijobiy baholangan loyihalarni hokim yordamchilari bilan hamkorlikda amalga oshirish.

doimiy