24.06.2024 yildagi 352-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan sogʻligʻini yoʻqotgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish va amalga oshirish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy muassasalarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tartibi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy muassasalarning tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini moliyalashtirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar, harbiy pensionerlar va ularning oila aʼzolari bilan doimiy ravishda davolash-profilaktik tadbirlar oʻtkazilishini, ularga tibbiy-ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishini hamda sanatoriy-kurort muassasalarida (pansionatlarda) davolanishi va profilaktik dam olishini tashkil etish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimidagi harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalarni dori vositalari va tibbiy jihozlar, xoʻjalik hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan doimiy ravishda taʼminlab borsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, ularning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, pulli xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 352-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida (keyingi oʻrinlarda — Qurolli Kuchlar) tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining xodimlari, sobiq xodimlaridan boʻlgan pensionerlari hamda ularning oila aʼzolarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining sobiq harbiy xizmatchilaridan boʻlgan pensionerlar va ularning oila aʼzolarining, kursantlari hamda tinglovchilarining tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriy-kurort muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Harbiy prokuraturasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining (keyingi oʻrinlarda — Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar) bepul yoki imtiyozli tibbiy taʼminot olish huquqiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilari va harbiy pensionerlari hamda ularning oila aʼzolarining (keyingi oʻrinlarda — biriktirilgan tarkib) davolanishi, profilaktik dam olishi uchun moʻljallangan muassasalar va dam olish uylari (pansionatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriy-kurort taʼminoti — Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimidagi sanatoriy-kurort muassasalarida koʻrsatiladigan diagnostika, davolash va profilaktik dam olish xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar — Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimida yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishining hamda tarqalishining oldini olishga va ularni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, maʼmuriy, muhandislik-texnik, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy taʼminot — Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimida tibbiy, tibbiy-sanitariya yordami va tibbiy-ijtimoiy yordam (tibbiy maslahat berish, tekshirish, tashxis qoʻyish, ambulator davolash, statsionar davolash, shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish, tibbiy reabilitatsiya qilish) hamda boshqa tibbiy xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish hamda ekspertiza oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-tibbiy muassasa — Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimidagi tibbiyot (davolash-profilaktika), sanatoriy-kurort va tibbiy ekspertiza muassasalari, harbiy qismlarning (muassasalarning) tibbiyot boʻlinmalari, sanitariya-epidemiologiya muassasalari hamda ularning tuzilmasidagi hududiy boʻlinmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda mazkur Nizomga, shuningdek, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida qabul qilinadigan idoraviy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotidan biriktirilgan tarkib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib, shartlar va meʼyorlarda bepul yoki imtiyozli asoslarda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tibbiy taʼminotdan quyidagi tartibda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar va ularning harbiy-tibbiy muassasalarda davolanish huquqiga ega oila aʼzolari — harbiy xizmatni oʻtash (doimiy yashash yoki vaqtincha turgan) joyi boʻyicha biriktirilgan harbiy-tibbiy muassasalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy pensionerlar va ularning harbiy-tibbiy muassasalarda davolanish huquqiga ega oila aʼzolari — ular doimiy yashaydigan hududda joylashgan harbiy-tibbiy muassasalarda (harbiy qism va muassasalarning tibbiyot boʻlinmalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy pensionerlar, ularning oila aʼzolarining bepul yoki imtiyozli asoslarda tibbiy taʼminotdan foydalanish huquqiga ega ekanligi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimidagi pensiya taʼminoti boʻlinmalari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma asosida harbiy-tibbiy muassasalar tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat safarida va taʼtilda boʻlgan harbiy xizmatchilar tibbiy taʼminotdan ular boʻlib turgan joydagi harbiy-tibbiy muassasalarda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning hududiy harbiy-tibbiy muassasalarida tibbiy taʼminotdan foydalanayotgan biriktirilgan tarkib elektron axborot tizimi (“Yagona tibbiy axborot tizimi”) orqali hisobga olinadi (nooshkora maqomga ega alohida toifadagi shaxslar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisobga olingan biriktirilgan tarkib navbat asosida markaziy harbiy-tibbiy muassasalarga ushbu vazirlik va idoralarning bosh (yetakchi) tibbiy mutaxassislari bilan kelishilgan holda, hududiy harbiy-tibbiy muassasalar boshliqlari tomonidan davolanishga yuboriladi (koʻchiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 193-194-bandlariga muvofiq harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatni oʻtash va yashash joylarida, harbiy pensionerlarning yashash joylarida harbiy-tibbiy muassasalar yoki ularda tegishli boʻlimlar yoxud maxsus tibbiy asbob-uskunalar boʻlmagan hamda kechiktirib boʻlmaydigan (shoshilinch) holatlarda tibbiy yordam tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tibbiy muassasalarda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Biriktirilgan tarkib fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasalarida ham tibbiy taʼminotdan foydalanish kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, katta ofitserlarining oila aʼzolari (eri, xotini, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasidan oldin nogiron boʻlib qolgan oʻn sakkiz yoshdan oshgan farzandlari, taʼlim muassasalarida taʼlimning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan yigirma uch yoshgacha boʻlgan farzandlari), taʼlim muassasalari kursantlari (tinglovchilari) belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalarga asosan statsionar va ambulator sharoitda davolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalari tomonidan tibbiy xizmatlar koʻrsatishda Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya ovqatlanish, kommunal xizmatlar, hammom-kirxona xizmati, dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qilingan xarajatlarni Mudofaa vazirligiga qoplab beradi, ushbu mablagʻlar keyinchalik Mudofaa vazirligining moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalarida tegishlicha pulli tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotidan biriktirilgan tarkib manfaatlari hamda ushbu muassasalarning xavfsizligi va jangovar tayyorgarligi darajasiga taʼsir qilmaydigan shartlarda, ushbu muassasalar bilan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlar uchun tegishli hududda joylashgan davlat va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining boshqa tibbiyot muassasalari koʻrsatadigan oʻxshash tibbiy xizmatlar narxlarining oʻrtacha narxi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pulli tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotidan foydalanishdan tushadigan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi uchun shaxsiy javobgarlik harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalari boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalarida pulli tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari (eri, xotini, otasi, onasi, farzandlari, qaramogʻidagi shaxslar) tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha mazkur bandga muvofiq tibbiy yordam olish (davolanish) uchun xorijiy davlatlarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida vazirlik va idoralar rahbarlarining ruxsati bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarda tibbiy yordam olish (davolanish) uchun xarajatlarning 50 foizi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida hamda qolgan 50 foizi ushbu vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat (xizmat) majburiyatlarini bajarish vaqtida ogʻir kasallik orttirgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar, shu jumladan, sobiq kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar hamda ularning nogironligi va ogʻir kasalligi boʻlgan oila aʼzolariga xorijiy davlatlarda tibbiy yordam olish (davolanish) uchun mablagʻlar birinchi navbatda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tibbiy taʼminotdan foydalanish shifokorning tibbiy taʼminotga muhtojligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasiga asosan quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomida, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning idoraviy hujjatlarida belgilangan tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy pensionerlar va ularning oila aʼzolari uchun — ularning murojaatlari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi va xususiy tibbiyot (davolash-profilaktika) muassasalariga biriktirilgan tarkib uchun — biriktirilgan harbiy-tibbiy muassasalar boshliqlarining (harbiy qism va muassasalarning tibbiyot boʻlinmalari boshliqlari bundan mustasno) yoʻllanmalari asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiy taʼminotdan foydalanish uchun amalga oshirilgan sarf-xarajatlar davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi va xususiy tibbiyot (davolash-profilaktika) tashkilotlari bilan harbiy-tibbiy muassasalar oʻrtasida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotidan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshinlarning (kuchlarning) kundalik xizmat-jangovar va oʻquv-jangovar qobiliyatini saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, shaxsiy tarkibning sogʻligʻini saqlash hamda mustahkamlash, yuqumli va kasb kasalliklarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy tibbiyot yutuqlarini keng qoʻllagan holda, kasallangan biriktirilgan tarkibning sogʻligʻi va kuch-quvvatini tiklash, ularni tibbiy parvarishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyenaga doir va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni, kasalliklarning tibbiy profilaktikasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar harbiy-tibbiy muassasalarning tibbiy taʼminot sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va targʻib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, shaxsiy tarkibning tibbiy madaniyatini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarni belgilangan tartib va muddatlarda dispanserizatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud kuch va vositalarni safarbar qilgan holda bemorlarga sifatli va malakali tibbiy xizmatlar koʻrsatish. Bunda tibbiy muolajalarni amalga oshirishda sohaga joriy etilgan davolashning eng samarali usullaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar safini sogʻlom fuqarolar bilan butlashda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlarni belgilangan tartibda ajratilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda shaxsiy tarkibning sogʻligʻi bilan bogʻliq koʻrsatkichlar monitoringini yuritish va monitoring natijalari asosida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar markaziy devonlari tibbiyot boʻlinmalari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar ishchi va xizmatchilari hisoblangan tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda vazirlik va idoralar markaziy devonlari tibbiyot boʻlinmalariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy harbiy majburiyatni bajarish, harbiy xizmatni, shu jumladan, kundalik va jangovar xizmatni oʻtash belgilangan qonunchilik hujjatlari, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning idoraviy hujjatlari talablarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa tegishli vazifalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Harbiy xizmatchilarning sogʻligʻini saqlash, shaxsiy tarkib orasida oʻlim holatlarini kamaytirish, harbiy xizmatchilarni sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatdan barvaqt boʻshatish holatlarining oldini olish, shuningdek, yuqori darajadagi jangovar shaylikni taʼminlash maqsadida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar har yili bir marotaba harbiy-tibbiy muassasalar tomonidan majburiy chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni majburiy chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar tibbiy koʻrikdan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar ishchi va xizmatchilari tibbiy koʻrikdan ularning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot (davolash-profilaktika) muassasalarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar ishchi va xizmatchilari orasidan dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi shart boʻlgan xodimlar ular mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy-tibbiy muassasalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bilan kasallangan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar markaziy devonlarining tibbiyot boʻlinmalari tomonidan nazoratga olinadi, ular ishlari harbiy-tibbiy muassasalarda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot (davolash-profilaktika) muassasalarida davolanadi va sogʻlomlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning nogironligi boʻlgan farzandlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, shuningdek, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qarori bilan tasdiqlangan Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning sanatoriy-kurort muassasalarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort muassasalarida bir yilda bir marotaba davolanish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjet mablagʻlari hisobidan bepul asosda — harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan davolashni davom ettirish uchun bevosita harbiy-tibbiy muassasalardan sanatoriy-kurort muassasalariga yuborilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), shuningdek, uchuvchilar tarkibidan boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoʻllanma qiymatining 25 foizini toʻlash sharti bilan (yoʻllanma narxining qolgan 75 foizi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq boʻlib, kontrakt muddati tugaganligi, harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetganligi yoki sogʻligʻining holatiga koʻra rezervga (isteʼfoga) boʻshatilgan (chiqarilgan) general va katta ofitserlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchuvchilar tarkibidan boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning eri (xotini);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoʻllanma qiymatining 75 foizini toʻlash sharti bilan (yoʻllanma narxining qolgan 25 foizi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning eri (xotini):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning sanatoriy-kurort muassasalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort muassasalariga uzoq muddatli davolanishda boʻlgan va sogʻlomlashtirish tadbirlari talab etadigan kasalliklar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilarga qonunchilikda belgilangan tartib va shartlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi sanatoriylarda davolash xizmati koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar orasidan boʻlgan pensionerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻzi ojiz I guruh nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar orasidan boʻlgan pensionerni (harbiy-tibbiy komissiyaning kuzatuvchiga muhtojligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida) kuzatib boruvchi shaxsga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar hamda ularning eri (xotini) bir yilda bir marotaba xorijiy davlatlarda joylashgan “Oʻzbekiston” sanatoriylarida davolanish va profilaktik dam olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarda joylashgan “Oʻzbekiston” sanatoriylariga yuboriladigan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va ularning eri (xotini)ning umumiy soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladigan kvotadan kelib chiqib belgilanadi va quyidagi tartibda moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga — yoʻllanma qiymatining 25 foizini toʻlash sharti bilan (yoʻllanma qiymatining qolgan 75 foizi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b)kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning eri (xotini)ga — yoʻllanma qiymatining 50 foizini toʻlash sharti bilan (yoʻllanma narxining qolgan 50 foizi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, yoʻllanma qiymatining harbiy xizmatchining eri (xotini) oʻz hisobidan toʻlashi lozim boʻlgan qismi toʻliq yoki qisman Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarda joylashgan “Oʻzbekiston” sanatoriylariga davolanishga muhtoj boʻlgan harbiy xizmatchilar va ularning eri (xotini)ga yoʻllanmalar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning maxsus komissiyasi tomonidan taqdim etilgan bayonnoma asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar berish navbati boʻyicha harbiy xizmatchilarga ustuvorlik huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimidagi xoʻjalik hisobidagi (oʻzini oʻzi moliyaviy taʼminlaydigan) tashkilotlarda harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga ushbu tashkilotlarning oʻz ixtiyorida qoladigan sof foyda hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sanatoriy-kurortda davolanishni tashkil etish (sanatoriy-kurort davolanishga saralash, yoʻllanmalarni taqsimlash va tarqatish, davolanishga qabul qilish, davolanish muddatini uzaytirish, davolanishdan chiqarish) tartibi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalarida biriktirilgan tarkibning ovqatlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining oziq-ovqat payoklari meʼyorlariga muvofiq taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish davrida oziq-ovqat taʼminotidan foydalanadi va shu davr uchun oziq-ovqat payogi oʻrniga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish davrida oziq-ovqat taʼminoti uchun toʻlovlarni ixtiyoriy ravishda oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashi mumkin. Bunda oziq-ovqat payogi oʻrniga pul kompensatsiyasi toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bepul oziq-ovqat taʼminotidan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar oziq-ovqat taʼminotidan ularning oʻz mablagʻlari hisobidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat sanitariya-epidemiologiya muassasalari hamda ularning tuzilmasidagi hududiy boʻlinmalari boshliqlari va harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Harbiy xizmatchilarni ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash reja boʻyicha yoki epidemik vaziyatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Harbiy-tibbiy muassasalarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Harbiy-tibbiy muassasalar dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Harbiy-tibbiy muassasalarda tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish, kasalliklarni davolash va oldini olish uchun sarflanadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan bepul taʼminlash ularga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Harbiy-tibbiy muassasalarda dori vositalari va tibbiy jihozlarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash, qoʻllash va ulardan foydalanish ustidan nazorat Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning nazorat-taftish va boshqa ichki audit boʻlinmalari hamda qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Harbiy-tibbiy muassasalarning tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar orasidan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga toifa darajalarini berish, tasdiqlash va mahrum qilish Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar xizmatchilari orasidan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-sentabrdagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar orasidan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan berilgan toifa darajalari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-sentabrdagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq berilgan malaka toifalariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari orasidan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari boshqa tibbiy lavozimga oʻtkazilishi munosabati bilan mutaxassisligining nomi oʻzgarganda, ularning oldingi mutaxassisligi boʻyicha olgan malaka toifasi (toifa darajasi) va u boʻyicha pul mukofoti (ustama) toʻlovi saqlanadi, keyinchalik yangi nomdagi mutaxassislik boʻyicha malaka toifasini (toifa darajasini) olish uchun murojaat qilganda, oldingi mutaxassisligi boʻyicha xizmat muddati (ish staji) va olgan malaka toifasi (toifa darajasi) inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimiga yoki aksincha, ishga (xizmatga) oʻtgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining (kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning, Qurolli Kuchlar xizmatchilarining) mutaxassislik boʻyicha olgan malaka toifasi (toifa darajasi) saqlanib qoladi hamda malaka toifasining (toifa darajasining) amal qilish muddati tugagandan soʻng ushbu malaka toifasini (toifa darajasini) tasdiqlash yoki keyingi malaka toifasini (toifa darajasini) berish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotini moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Harbiy-tibbiy muassasalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalar narxi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlarining soha boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanma narxi sanatoriy-kurort davolash va profilaktik dam olishni (oziq-ovqat, kommunal, davolanish, koyka kun va boshqalar) tashkil etish uchun sarflangan xarajatlardan kam boʻlmagan holda respublikada mavjud oʻxshash profildagi sanatoriy-kurort muassasalari tomonidan belgilangan narxlarning oʻrtacha narxidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sanatoriy-kurort muassasalariga beriladigan yoʻllanmalarni sotishdan tushgan mablagʻlar sanatoriy-kurort muassasalarining moddiy-texnika bazasini va taʼminotini mustahkamlashga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalari boshliqlari ushbu muassasalar faoliyatining toʻgʻri va samarali tashkil etilishi uchun bevosita javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalarining faoliyati Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar markaziy devonlari hamda harbiy okrugi boshqaruv apparatining (birlashmasining, boshqarmasining) tibbiyot boʻlinmalari tomonidan boʻysunuv tartibida muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Biriktirilgan tarkibning harbiy-tibbiy va sanatoriy-kurort muassasalarida foydalangan tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminotidan norozi boʻlib yozgan murojaatlari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni oʻrganish jarayonida qayta tibbiy tekshiruv oʻtkazishga (toʻgʻri tashxis qoʻyilganligini, davo va boshqa tibbiy yordam choralari toʻgʻri qoʻllanilganligini aniqlash) zarurat tugʻilsa, biriktirilgan tarkib Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar markaziy devonlarining tibbiyot boʻlinmalari boshliqlari tomonidan beriladigan yoʻllanmalar asosida harbiy-tibbiy muassasalarda ambulator yoki statsionar sharoitda takroriy tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi va davolash choralari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaatni oʻrganish jarayonida aniqlangan qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarning javobgarligi masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 352-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlariga tibbiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1996-yil 27-sentabrdagi 336-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 1-fevraldagi 26-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 104-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 4-avgustdagi 462-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 18-noyabrdagi OʻRQ-647-son Qonuni)” 2021-yil 10-iyundagi 363-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/352/0444-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)