1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024 — 2027-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish bo‘yicha talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu subsidiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — 2024-yilda Amudaryo, To‘rtko‘l va Beruniy tumanlaridagi loyihalarni, agar ushbu tumanlardagi loyihalarga ajratilgan mablag‘lar iqtisod qilinsa, boshqa tumanlardagi loyihalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi bosqichda — 2025 — 2027-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga 2024-yil may oyidan boshlab lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda ushbu subsidiyalar 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini lazerli qurilmaga ega tekislagich agregatlar bilan ta’minlash uchun subsidiyalarda nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan 2025 — 2027-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiyalarga talab etiladigan mablag‘larning nazarda tutilishini ta’minlasin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 348-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom 2024 — 2027-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga (keyingi o‘rinlarda — talabgor) lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan maydonlarga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Vaqtinchalik nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan sug‘oriladigan ekin maydonlariga tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab beriladigan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlari, jumladan fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, agroklasterlar hamda kooperatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrosubsidiya” AT — Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kredit va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini ta’minlab beradigan axborot tizimi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Talabgorga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini qoplash maqsadida, biroq 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 2024-yilda ushbu subsidiyalar 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini lazerli qurilmaga ega tekislagich agregatlar bilan ta’minlash uchun subsidiyalarda nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomasiga asosan 2025 — 2027-yillar uchun talab etiladigan subsidiya mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida Qishloq xo‘jaligi vazirligi uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgorga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplash maqsadida har bir kontur uchun bir marta subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2024 — 2027-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiyalar ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya ajratish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlari uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — tuman ishchi guruhi) mazkur Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda har bir tumanda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor yerlarni lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislab bo‘lgandan so‘ng 5 ish kuni ichida tuman ishchi guruhiga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha “Agrosubsidiya” AT orqali ariza bilan murojaat qiladi hamda quyidagilarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislash bo‘yicha tuzilgan pudrat shartnomasining nusxasi (agar lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat talabgorning o‘ziga tegishli bo‘lsa, shartnoma talab etilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallarini xarid qilish bo‘yicha hisob-faktura nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor arizadagi ma’lumotlar va ilova qilingan hujjatlarning to‘g‘riligiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Talabgorning murojaatlarini ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talabgorga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni to‘plash, tuman ishchi guruhi xulosasini tayyorlash hamda zarur ma’lumotlarni “Agrosubsidiya” AT ga kiritish bilan bog‘liq barcha tadbirlar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman ishchi guruhi ariza tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ushbu Vaqtinchalik nizomning7-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq talabgor tomonidan taqdim etilganligini o‘rganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyiga chiqqan holda talabgor tomonidan yerlarni lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan belgilangan talablar darajasida tekislanganligini va sifatini konturlar kesimida o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yerlar talab darajasida tekislanganligi aniqlanganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi mazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga muvofiq tayyorlangan xulosani “Agrosubsidiya” AT orqali elektron imzo bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgorga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplashni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning o‘z arizasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Vaqtinchalik nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan soxta hujjatlar, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor bo‘lgan qishloq xo‘jaligi subyekti tugatilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bilan talabgorga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman ishchi guruhi subsidiya ajratishni rad etgan taqdirda, talabgorga bir kun muddatda “Agrosubsidiya” AT orqali rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratish rad etilgan talabgor tuman ishchi guruhining qarorida ko‘rsatilgan rad etish sabablarini xabarnomani olgan kundan boshlab besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tuman ishchi guruhining subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman ishchi guruhi talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosani rasmiylashtirishda quyidagilarga shaxsan mas’ul hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimi — ishchi guruh faoliyatini tashkil qilishga va ishchi guruh tomonidan talabgorning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi arizasini joyiga chiqqan holda muddatida va to‘liq o‘rganilishiga hamda rasmiylashtirilgan hujjatlarning haqqoniyligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — subsidiya ajratish to‘g‘risidagi hujjatlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi va muvofiqlashtirilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i — tekislangan maydonning o‘lchami, kontur raqamini aniqlash, ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislash ishlarining konturlar kesimida to‘liq va sifatli bajarilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i — talabgorga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki va hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi rahbari — yerlarni lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislashda yonilg‘i-moylash mahsulotlarining sarflangan miqdoriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi — pudrat tashkilotlari bilan ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislash bo‘yicha tuzilgan pudrat shartnomasida talabgorning huquqi himoya qilinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman prokurori va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i umumiy nazorat amalga oshirilishiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman ishchi guruhi talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosani rasmiylashtirgandan so‘ng bir ish kuni ichida xulosani ko‘rib chiqish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislagan talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislagan talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra talabgorlarga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish haqidagi xulosani “Agrosubsidiya” AT orqali elektron imzo bilan tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan xulosaga muvofiq uch ish kuni ichida talabgorning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tuman ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarda ma’lumotlarning noto‘g‘riligi aniqlansa, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuman ishchi guruhi rahbari nomiga aniqlangan kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda xulosani qayta taqdim etishi to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlarini qoplab berish maqsadida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining X bobi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyekt
(keyingi o‘rinlarda — talabgor)
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlari uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhiga (keyingi o‘rinlarda — tuman ishchi guruhi) “Agrosubsidiya” AT orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Ixtiyoriy ravishda, ekin maydonini tekislab bo‘lgandan so‘ng 5 ish kuni ichida
2-bosqich
Tuman ishchi guruhi
1. Joyiga chiqqan holda talabgor tomonidan yerlarni lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan talab darajasida tekislanganligini va sifatini konturlar kesimida o‘rganadi.
3 ish kuni ichida
2. O‘rganish natijalariga ko‘ra “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratish yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
3. Talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosani rasmiylashtirgandan so‘ng ko‘rib chiqish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboradi.
1 ish kuni ichida
3-bosqich
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
1. Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda ekin maydoni lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislagan talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
3 ish kuni ichida
2. Xulosa va hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra talabgorlarga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish haqidagi xulosani tasdiqlaydi.
3. Tasdiqlangan xulosa va ro‘yxatga muvofiq talabgorning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.
3 ish kuni ichida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlari uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman prokurori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga 3-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLAYMAN”
______________ tumani hokimi,
tuman ishchi guruhi rahbari
________ ___________________
__(imzo)______________(F.I.O.)________
20___ yil “____” _____________
Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlariniqoplash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhining
XULOSASI
__________ tumanida paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yoqilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi “_____________” MCHJ/fermer xo‘jaligi/dehqon xo‘jaligining 20___ yil “___”_________ dagi ____-son murojaati o‘rganib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:
1. Qishloq xo‘jaligi subyektining nomi: ____________________________.
2. Ekin maydoni to‘g‘risida ma’lumotlar:
jami ekin maydoni: ______ gektar; konturlar soni: ______;
shundan lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan:
ekin maydoni: ______ gektar; kontur raqami: ______.
3. Qishloq xo‘jaligi texnikasi to‘g‘risida ma’lumotlar:
texnika rusumi: ____________; yonilg‘i-moylash materiallari sarfi _________ ga/l.
4. Lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan ekin maydonini tekislash bo‘yicha shartnoma tuzgan pudrat tashkiloti nomi: ____________, u bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi: _____-sonli shartnoma, 202__ yil “____” ________ (agar agregat talabgorga tegishli bo‘lmasa)
5. Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki nomi: “___________” ATB ________ filiali.
XULOSA:
“______________” MCHJ/fermer xo‘jaligi/dehqon xo‘jaligi tomonidan ____-konturdagi _____ gektar ekin maydonini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislash uchun sarflangan jami _____ litr yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplash maqsadida ______ mln so‘m subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.
Tuman ishchi guruhi a’zolari:
T/r
F.I.O.
Imzo
Lavozimi
1.
tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2.
tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
3.
tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i
4.
“O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi rahbari
5.
tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
6.
tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshlig‘i
7.
tuman prokurori
8.
tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/348/0440-son)