19.06.2024 yildagi PF-91-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda davlat boshqaruvini samarali tashkil etish, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, fuqarolar va xalqaro hamkorlar uchun ochiq, shaffof va samarali muhit yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar natijasida mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlari tobora yaxshilanib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, keyingi besh yilda O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 16, Korrupsiyani qabul qilish indeksida 32, Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida 18, Iqtisodiy erkinlik indeksida 31, Logistika samaradorligi hamda Global innovatsiya indekslarida 11 pog‘onaga yuqorilashga erishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, respublikamizda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament rolini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida (keyingi o‘rinlarda — Oliy Majlis Senati) O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani (keyingi o‘rinlarda — milliy ma’ruza) muhokama qilish tartibini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro‘yxatini tasdiqlashda tegishli xalqaro reyting hamda indekslarga mutasaddi vazirlik va idoralar biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddi vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rni yaxshilanishi, shuningdek, ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga (keyingi o‘rinlarda — maqsadli ko‘rsatkichlar) erishilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yildan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri sifatida ularning ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan faoliyati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rnini yaxshilashda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rnini yaxshilash, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalarini biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ma’ruza tayyorlanishini tashkil etish va uni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xalqaro tajribalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yarim yilda ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rnini yaxshilash hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobotlar taqdim etib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi Respublika kengashining ishchi organlari etib belgilanganligi hamda ularga quyidagi vazifalar yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar bilan birgalikda ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rnini yaxshilash, shuningdek, ushbu sohadagi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Respublika kengashiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati va Respublika kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda belgilangan chora-tadbirlarning vazirlik va idoralar tomonidan ijrosini doimiy monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili milliy ma’ruza tayyorlanishini ta’minlash va uni dastlabki ko‘rib chiqish uchun Respublika kengashiga hamda muhokama qilish uchun Oliy Majlis Senatiga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud tizimli muammolar, shu jumladan vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatidagi kamchiliklari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni Respublika kengashiga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari, mustaqil nashrlar va nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro ekspert va konsultantlar bilan samarali xalqaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro reyting va indekslar natijalari bo‘yicha e’lon qilingan hisobotlarni ommaviy axborot vositalarida hamda xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarida aks ettirish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid xalqaro va xorijiy tadbirlarda ishtirok etish, respublikada davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy Majlis Senatiga bir oy muddatda vazirlik va idoralarni biriktirgan holda, ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro‘yxatini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro reyting va indekslarning ustuvor sohalari hamda ularning ishchi organlar bo‘yicha taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi organlar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) takomillashtirilgan holda ishga tushirilishini hamda kelgusida uning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Yagona portalda ustuvor xalqaro reyting va indekslar sohasida maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni shakllantirish, ularning ijrosini monitoring hamda tahlil qilish tizimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda yuqori o‘rinlarni egallagan ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur tahlil qilgan holda, ularni O‘zbekiston sharoitida tatbiq qilish imkoniyatlarini baholab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-sentabrga qadar mamlakatimizning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish bo‘yicha yangi taklif va tashabbuslarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Respublika kengashiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mutasaddi vazirlik va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan axborotni, shuningdek, tegishli ma’lumotlar, statistika axborotlari va boshqa materiallarni ishchi organlarga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli reyting hisobotlari e’lon qilingandan so‘ng bir hafta muddatda ishchi organlarga tahliliy ma’lumotlar taqdim etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-dekabrga qadar o‘zlariga biriktirilgan xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari kesimida kelgusi yil uchun amaliy chora-tadbirlar dasturiga kiritish uchun takliflarni ishlab chiqib, ishchi organlarga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, ularga obuna bo‘lish, reyting agentliklari mutaxassislarini, xalqaro ekspert va konsultantlarni jalb qilish, respublikada forumlar hamda boshqa tadbirlar tashkil etish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, Yagona portalni takomillashtirish va uni saqlab turish hamda ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan bog‘liq boshqa xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ishchi organlar hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublikaning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari, ularning jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni hamda mohiyatini aholi orasida keng yoritib borish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-91-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA KENGASHINING TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

T.K. Narbayeva

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Respublika kengashi raisi

2.

A.X. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Respublika kengashi raisining o‘rinbosari

3.

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

4.

B.M. Mavlonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi

5.

B.J. Islamov

Oliy sud raisi

6.

N.T. Yo‘ldoshev

Bosh prokuror

7.

A.J. Tashkulov

adliya vaziri

8.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

9.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

10.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri

11.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

12.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

13.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

14.

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

15.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

16.

B.A. Musayev

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

17.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

18.

Lavozim bo‘yicha

sog‘liqni saqlash vaziri

19.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

20.

X.X. Meliyev

adliya vaziri o‘rinbosari

21.

M.B. Nurmuratov

Markaziy bank raisi

22.

Lavozim bo‘yicha

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi

23.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qo‘mitasi raisi

24.

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qo‘mitasi raisi

25.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qo‘mitasi raisi

26.

A.E. Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

27.

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

28.

D.M. Saidjonov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

29.

K.N. Ishanxodjayev

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi

30.

A.T. Orinbayev

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari

31.

Lavozimi bo‘yicha

viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro reyting va indekslarning ustuvor sohalari va ularning ishchi organlar bo‘yicha taqsimoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

1. Iqtisodiy samaradorlik.

2. Inson kamoloti, barqaror rivojlanish va turizm.

3. Sog‘liqni saqlash.

4. Elektron hukumat.

5. Global raqobatbardoshlik.

6. Ta’lim.

7. Gender tenglik va ijtimoiy inklyuzivlik.

Adliya vazirligi:

1. Huquq ustuvorligi.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik.

3. Boshqaruv sifati.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4210-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Respublikadagi tadqiqot institutlariga ularga biriktirilgan alohida xalqaro reytinglar bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-246-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “Moliya va Adliya vazirliklari” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha har yili bir marotaba qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (keyingi o‘rinlarda — malaka oshirish kurslari) joriy etilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5635-son Farmoni 15-bandining to‘rtinchi xatboshisi va Farmonga 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi PF-5687-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoniga 2-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-6268-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-6280-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-197-son Farmoniga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmonining 11-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-257-son Farmoniga 5-ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-son Farmoniga 5-ilovaning 4 va 12-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4210-son qarorining 7-bandi va qarorga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorining 12-bandi va qarorga 6-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-246-son qarorining 1, 3, 4-bandlari hamda qarorga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-462-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)