Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestridan foydalanishga ruxsat etiladigan shaxslar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3514]
Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestridan foydalanishga ruxsat etiladigan shaxslar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-may,
11-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 15-maydagi 11-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestridan foydalanishga ruxsat etiladigan shaxslarning
1. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri administratorlari:
1) Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiy markazi direktori;
2) Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiy markazi direktori oʻrinbosarlari;
3) Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiy markazining Tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri;
Bunda, administratorlarga ushbu yagona elektron reyestrdagi barcha maʼlumotlarni koʻrish va koʻchirib olish, tahlil qilish, davlat psixiatriya muassasalari xodimlariga kirish imkonipyatini berish yoki taʼqiqlash vakolati beriladi.
2. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri foydalanuvchilari:
1) Davlat psixiatriya muassasalari bosh shifokorlari;
2) Davlat psixiatriya muassasalari ambulator tizimi shifokor psixiatrlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shifokor psixiatrlari;
3) Davlat psixiatriya muassasalari tibbiy statistlari;
Bunda, foydalanuvchilarga ushbu yagona elektron reyestrdagi barcha maʼlumotlarni koʻrish va koʻchirib olish, tahlil qilish hamda maʼlumotlar kiritish imkoniyati beriladi, shuningdek, davlat psixiatriya muassasalari bosh shifokorlariga mazkur muassasalarning xodimlariga kirish imkoniyatini berish yoki taʼqiqlash vakolati beriladi.
3. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri kuzatuvchilari:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti boshligʻi, Ixtisoslashgan va statsionar tibbiy yordam boʻlimining boshligʻi va Statistika va samaradorlikni baholash boʻlimining boshligʻi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ruhiy salomatlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassislari va konsultantlari;
3) Davlat psixiatriya muassasalari statsionar boʻlimlari shifokor psixiatrlari, davlat psixiatriya muassasalari tibbiy roʻyxatchi va arxiv xodimlari;
Bunda, kuzatuvchilarga ushbu yagona elektron reyestrdagi barcha maʼlumotlarni koʻrish va koʻchirib olish, tahlil qilish imkoniyati beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 10/24/3514/0387-son)