ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Axborot beruvchilar |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlarini oshirish, eksportoldi kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sifatida sugʻurta polisini qabul qilish amaliyotini ommalashtirish, eksport qiluvchilarga televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali qaysi bankda, qanday shartlarda, qancha muddatga aylanma mablagʻ berilishini eʼlon qilib borish, “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasi hamda “Asiaexport.se” platformasini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bepul muntazam yoritib borish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish |
2024-yil iyun |
Axborot beruvchilar — Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari va Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitalari |
|
2. |
Hududlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini tahlil qilish, Yangiyoʻl tumani, Fargʻona va Samarqand shaharlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining biotadqiqotlari va texnologiyalari boʻyicha zamonaviy laboratoriyalarni ishga tushirish va ushbu laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, mavjud sanitariya laboratoriyalarini qayta xatlovdan oʻtkazish hamda ularda xalqaro tan olinadigan laboratoriya ekspertizalarini oʻtkazish va meva-sabzavotlarda meʼyordan ortiq pestitsid, aflo-toksin, kaliy-sorbat, fungitsid va boshqa moddalarni aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish, Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini tahlil qilishning milliy talablarini oʻrganib, respublikamizda amaliyotga joriy qilish, kontrafakt va kontrabandaning oldini olish uchun pestitsid va mineral oʻgʻitlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish, xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini tekshirish tizimini yoʻlga qoʻyish �orasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish |
2024-yil avgust |
Asosiy axborot beruvchilar — Qishloq xoʻjaligi, Sogʻliqni saqlash, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Soliq qoʻmitasi, Karantin agentligi, Yangiyoʻl tumani, Fargʻona va Samarqand shaharlari hokimliklari Qoʻshimcha axborot beruvchilar — Savdo-sanoat palatasi, Toshkent viloyati hokimligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitalari |
|
3. |
Oziq-ovqat ulgurji savdo bozorini rivojlantirish, xorijdagi savdo uylarini tashkil qilish, yevropa davlatlariga avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga mavjud xorijiy ruxsatnomalarni ayirboshlash, tadbirkorlik subyektlarini sovitkichli yuk konteynerlari bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan masʼul vazirliklar va idoralar rahbarlari axborotlarini Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish |
2024-yil sentyabr |
Axborot beruvchilar — Qishloq xoʻjaligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Tashqi ishlar, Transport vazirliklari, Bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitalari |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportida mahsulotni daladan chet eldagi import qiluvchilarga yetib borishigacha boʻlgan jarayonlarda ishtirok etadigan, eksportbop ekinlar ekish, ularni yetishtirish, qadoqlash va eksportni tashkil etish tamoyillarini oʻrgatadigan mutaxassislar tayyorlash, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda mahsulotni yetishtirish, saralash, qadoqlash, yuklash, sifati va eksportbopligini saqlagan holda yetkazib berish jarayonlari boʻyicha har bir mahsulot kesimida uslubiy qoʻllanma (metodologiya) ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalariga eksportbop ekinlar ekishga koʻmaklashish maqsadida qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining agronomiya yoʻnalishi tadqiqotchilari va yuqori kurs talabalarini biriktirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Oliy Ma�lis Senatining tegishli qoʻmitalari majlislarida eshitish |
2024-yil oktyabr |
Asosiy axborot beruvchilar — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Karantin agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Eksportchilar uyushmasi Qoʻshimcha axborot beruvchilar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari hamda Yoshlar, madaniyat va sport, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitalari |