01.04.2024 yildagi PQ-146-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini (keyingi o‘rinlarda — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida 2024-yilda yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash hamda ularni eksport qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan jami 1,5 trillion so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kredit resurslari yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur kredit resurslari hisobidan kreditlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘lari uchun revolver tarzda 1,5 milliard so‘mgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev Savdo-sanoat palatasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq mahalliy mahsulotlar stendlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda jozibador lokatsiyalarda joylashtirish uchun ariza kiritish va Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga amalda ajratilgan mablag‘lar hisobidan oldindan 100 foiz to‘lab berish tartibini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ko‘rgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasiga mutanosib ravishda, jumladan “AAA” bo‘lganda 100 foiz, “AA” — 95 foiz, “A” — 90 foiz, “VVV” — 85 foiz, “VV” — 75 foiz hamda “V” — 65 foiz miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2024-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-yanvarga qadar mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib-sotuvchi jismoniy shaxslar va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qo‘mitasi uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishni ta’minlovchi mobil ilovani ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni o‘zaro shartnoma asosida tashkillashtirilgan tarzda eksport qiluvchi mahalliy eksportyor korxonalarga (eksport klasteri) boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarning 50 foiziga eksportbop ekin turlarini ekishga buyurtmalar berish amaliyoti joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mazkur maydonlarga o‘simliklar karantini davlat inspektorlarini biriktiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlar ishlari agentligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Eksportchilar uyushmasi hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy tillarni o‘zlashtirgan yoshlarni eksport amaliyoti bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda bepul o‘qitish, eksportchi korxonalarga biriktirish tartibini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari joriy yil yakuniga qadar tajribali texnolog va dizaynerlarni jalb qilgan holda har bir hududda mahsulotlar uchun qadoqlar ishlab chiqarish hamda mahsulotlarni saralash, kalibrlash, vakuum-prekuler va boshqa turdagi qadoqlash bo‘yicha bittadan zamonaviy korxonani tashkil qilish hamda foydalanilmayotgan quvvatlarni o‘rganish va ishga tushirishga mas’ul etib belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu loyihalarni amalga oshirishga Jahon bankidan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 30 million AQSH dollari yo‘naltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasiga eksportbop mahsulotlar yetishtirish va tayyorlash, eksport shartnomalarini tuzish hamda xorijiy iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tezkor hal etish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) bir hafta muddatda Respublika komissiyasi orqali eksportchilar bilan doimiy muloqot maydonini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi bir hafta muddatda 2024-yil uchun meva-sabzavot, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin hamda ularning ijrosini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tegishli davlatda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish va realizatsiya qilishda savdo agentlari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi diplomatik vakolatxonalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi eng faol agentlarning ro‘yxatini shakllantiradi va Respublika komissiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi xorijdagi savdo agentlariga doir ma’lumotlarni “Agroko‘makchi” mobil ilovasiga kiritadi hamda yangilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-146-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan nufuzli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xalqaro ko‘rgazma nomi

O‘tkaziladigan joyi

Ko‘rgazma mavzusi

1.

“Gulfood”

Dubay

(BAA)

Oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasi

2.

“SIAL”

Parij

(Fransiya)

Qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi

3.

“Tutto Food”

Milan

(Italiya)

Oziq-ovqat va ichimliklar, iste’mol tovarlari ko‘rgazmasi

4.

“Food Istanbul”

Istanbul

(Turkiya)

Oziq-ovqat ko‘rgazmasi

5.

“World Food Moscow”

Moskva

(Rossiya)

Oziq-ovqat ko‘rgazmasi

6.

“Anuga”

Kyoln

(Germaniya)

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi

7.

“IFE London”

London

(Buyuk Britaniya)

Oziq-ovqat ko‘rgazmasi

8.

“Fruit Logistika”

Berlin

(Germaniya)

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi

9.

“Food and Drink Malaysia by SIAL”

Kuala-Lumpur

(Malayziya)

Oziq-ovqat ko‘rgazmasi

10.

“Alimentaria Barcelona”

Barselona

(Ispaniya)

Oziq-ovqat ko‘rgazmasi

11.

“Asia Fruit Logistika”

Gonkong

(XXR)

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi

12.

“Americas Food & Beverage Show”

Mayami

(AQSH)

Oziq-ovqat ko‘rgazmasi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-maydagi PQ-193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/193/0519-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA KOMISSIYASI TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aripov Abdulla Nigmatovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari

Xodjayev Jamshid Abduxakimovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika komissiyasi rahbari o‘rinbosari

Tashkulov Akbar Djurabayevich

adliya vaziri

Qudratov Laziz Shavkatovich

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Ergashev Ibrohim Kenjabayevich

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori

Valiyev Baxriddin Baxadirovich

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari

Xaydarov Axadbek Yaxyobekovich

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

Qosimov Akmaljon Malikjonovich

qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Choriyev Jasurbek Ergashevich

transport vaziri o‘rinbosari

Karimjonov Rustam Olimjon o‘g‘li

raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari

Abubakirov Bobir Yuldashovich

Markaziy bank raisi o‘rinbosari

Musamuxamedov Nodir Kamalitdinovich

Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Sa’dullayev Ulug‘bek Atabayevich

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Hayitov Qobuljon Isoqulovich

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Vaxobov Davron Abdujalolovich

Savdo-sanoat palatasi raisi

Lavozimiga ko‘ra

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori o‘rinbosari

Ablayarov Feruz Karimovich

Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari

Ismoilov Husniddin

Eksportchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari

Raximov Abdushokir Abduzoyitovich

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining o‘rinbosari

Raxmetov Hikmatilla Narzullayevich

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Zaruratga ko‘ra, Respublika komissiyasi faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralarning vakillari hamda ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar va tashabbuslar

Mazmuni

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnoma berish.

Yevropa davlatlariga avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga mavjud xorijiy ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini 25 foizga oshirib, ular sonini 250 000 taga yetkazish.

Fransiya va Ispaniya davlatlarining vakolatli organlari bilan birgalikda muzokaralar o‘tkazib, ruxsatnomalarni ayirboshlashni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Transport vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2.

No‘xat mahsulotlarini yetishtirish va sotishni qo‘llab-quvvatlash.

1. Tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda O‘zbekistonda no‘xat mahsulotlarini yetishtirish va sotish bo‘yicha uyushma tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. No‘xat mahsulotlarini yetishtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablag‘lariga kredit ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil iyun

Savdo-sanoat palatasi

3.

Ulgurji savdo bozorini rivojlantirish.

O‘zbekistonning ulgurji savdo bozorini yanada rivojlantirish maqsadida yirik eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining Butunjahon ulgurji bozorlar uyushmasiga (The World Union of Wholesale Markets) a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish.

Butunjahon ulgurji bozorlar uyushmasining (The World Union of Wholesale Markets) 2025-yildagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Savdo-sanoat palatasi

4.

Xorijdagi savdo uylarini tashkil qilish.

1. Yaponiyaning Nagoya shahri Nanyo bozorida O‘zbekiston-Yaponiya savdo uyini tashkil qilish va ijara to‘lovini kompensatsiya qilish choralarini ko‘rish.

2. Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya, AQSH va Qozog‘iston mamlakatlaridagi savdo uylarini tadbirkorlik subyektlari boshqaruviga o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Bosh vazir o‘rinbosari

(Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi,

Tashqi ishlar vazirligi

3. Tadbirkorlik subyektlari bilan teng miqdorda ulush kiritish orqali Mersin (Turkiya), Rotterdam (Niderlandiya), Sindao (Xitoy), Klaypeda (Litva), Doha (Qatar), Dubay (BAA) kabi yirik port shaharlarida savdo uylarini tashkil qilish hamda ularning ijara xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilib berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil may

Savdo-sanoat palatasi,

Tashqi ishlar vazirligi

5.

Tadbirkorlik subyektlarini sovitkichli yuk konteynerlari bilan ta’minlash.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari, ulardan tayyorlangan djem (murabbo), salqin ichimliklar hamda tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan manzilga yetkazib berishga mo‘ljallangan sovitkichli yuk konteynerlari bilan xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Temir yo‘l va yuk avtomobillarida mahsulotlarni sovitkichli konteynerlarda tashish bo‘yicha maxsus marshrutlar va tariflarni e’lon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Transport vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

6.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablag‘larini oshirish.

Eksportoldi kreditlar bo‘yicha garov ta’minoti sifatida sug‘urta polisini qabul qilish amaliyotini ommalashtirish.

Har hafta dushanba kuni tijorat banklari tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga ajratilgan mablag‘lari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berish.

Eksport qiluvchilarga televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, qaysi bankda, qanday shartlarda, qancha muddatga aylanma mablag‘ berilishini e’lon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Bosh vazir o‘rinbosari

(Qo‘chqorov),

Markaziy bank,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

7.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tahlil qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari.

1. Yangiyo‘l tumani, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining biotadqiqotlari va texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalarni ishga tushirish va ushbu laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Karantin agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qo‘mitasi

2. Respublikadagi fitosanitar va sanitariya laboratoriyalarida hamda mahsulotlarni zararsizlantirishda foydalaniladigan kimyoviy reaktiv, reagent, praymerlar to‘plami va fumigantlar importida bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilish va majburiy ekologik sertifikat olish talabini bekor qilish tartibini joriy etish chorasini ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyun

3. Mavjud sanitariya laboratoriyalarini qayta xatlovdan o‘tkazish hamda ularda xalqaro tan olinadigan laboratoriya ekspertizalarini o‘tkazish va meva-sabzavotlarda me’yordan ortiq pestitsid, aflotoksin, kaliy sorbat, fungitsid va boshqa moddalarni aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

4. Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Kanada kabi davlatlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini tahlil qilishning milliy talablarini o‘rganib, O‘zbekiston Respublikasida amaliyotga joriy qilish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

5. Eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda sifatli pestitsid va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, kontrafakt va kontrabandaning oldini olish uchun pestitsid va mineral o‘g‘itlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil sentabr

8.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida mahsulotni daladan chet eldagi import qiluvchilarga yetib borishigacha bo‘lgan jarayonlarda ishtirok etadigan mutaxassislarni tayyorlash.

1. Eksportbop ekinlar ekish, ularni yetishtirish, qadoqlash va eksportni tashkil etish tamoyillarini o‘rgatadigan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha Karantin agentligining takliflariga asosan magistraturaning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilish choralarini ko‘rish.

Eksportbop ekinlar ekish, ularni parvarishlash, qadoqlashni o‘rgatadigan mutaxassislar tayyorlash maktabiga respublikadagi agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalaridan malakali professor-o‘qituvchilarni biriktirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bir oy muddatda

Vazirlar Mahkamasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi,

Karantin agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda mahsulotni yetishtirish, saralash, qadoqlash, yuklash, sifati va eksportbopligini saqlagan holda yetkazib berish jarayonlari bo‘yicha har bir mahsulot kesimida uslubiy qo‘llanma (metodologiya) ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

Qo‘llanmalar ishlab chiqish

2024-yil iyul

9.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda tannarxni arzonlashtirish.

2026-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xomashyo hamda qadoqlash uskuna va buyumlarini bojxona bojidan ozod qilish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bir oy muddatda

Bosh vazir o‘rinbosari

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Karantin agentligi

10.

Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan maqsadli foydalanish va yuqori hosil olish.

Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalariga eksportbop ekinlar ekishga ko‘maklashish maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining agronomiya yo‘nalishi tadqiqotchilari va yuqori kurs talabalarini biriktirish.

Ular tomonidan o‘z tajriba-sinov va tadqiqot ishlarini bevosita tomorqalarda amalga oshirish amaliyotini joriy etish.

Ilmiy xodimlar tomonidan tomorqa egalariga urug‘ va ko‘chat ekish, parvarishlash, o‘g‘it berish, yuqori hosildorlikka erishishni o‘rgatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bir oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Karantin agentligi

11.

Eksport va import qilingan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Bojxona qo‘mitasining axborot tizimlaridagi eksport va import qilingan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona yuk deklaratsiyasida mavjud barcha ma’lumotlarini Karantin agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali almashinuvini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Bojxona qo‘mitasi,

Karantin agentligi

12.

Xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini tekshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha referens laboratoriya tashkil etish va xususiy laboratoriyalar ishini xalqaro standartlarga mosligini tekshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Karantin agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

13.

Eksport qiluvchi korxonalarni zaruriy ma’lumotlar bilan tezkor xabardor qilib borish.

“Agroko‘makchi” mobil ilovasi hamda “Asiaexport.se” platformasini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bepul muntazam yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida haftasiga uch marotaba

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

14.

Respublikaning har bir hududida maxsus qadoqlash idishlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etish.

Tabiiy yo‘qotish va sifat buzilishini kamaytirish maqsadida Respublikaning har bir hududida meva-sabzavot mahsulotlari, ulardan tayyorlangan djem (murabbo), salqin ichimliklar hamda tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan maxsus qadoqlash idishlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Bojxona qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

15.

Transport xarajati kompensatsiyasini takomillashtirish.

Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mahalliy eksport qiluvchi korxonalar, shu jumladan qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilar (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yo‘l, dengiz va havo transportida tashish xarajatlarini quyidagi miqdorda kompensatsiya qilish:

Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Afg‘oniston Islom Respublikasiga 30 foizigacha;

qolgan davlatlarga (chegaradosh davlatlardan tashqari) 50 foizigacha.

Bunda, kalibrovka qilinmagan hamda maxsus idishlarda qadoqlanmagan mahsulotlar kompensatsiya miqdoriga 0,5 koeffitsiyentni qo‘llagan holda hisoblash.

Hukumat komissiyasi bayoni

2024-yil aprel

Bosh vazir o‘rinbosari

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

16.

Fitosanitar ruxsatlar olingan xorijiy davlatlar har birining kamida ikkitadan yirik ulgurji markazlarida savdo nuqtalarini tashkil etish.

1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orqali fitosanitar ruxsatlar olingan mahalliy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga xorijiy davlatlar har birining kamida ikkitadan yirik ulgurji markazlarida savdo nuqtalarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishib, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasiga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bir oy muddatda

Tashqi ishlar vazirligi,

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar

2. Fitosanitar ruxsatlar olingan mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining dastlabki partiyalarini xorijiy davlatlardagi yirik ulgurji savdo markazlariga yetkazib berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Xorijdagi vakolatxonalar tomonidan xorijiy ulgurji savdo markazlarida sotilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha foto va video materiallarni (mahsulot turi, qadog‘i, kalibri, narxi va boshqa talablar) “Agroko‘makchi” mobil ilovasida joylashtirish uchun Karantin agentligiga muntazam taqdim etib borish.

Har haftada

Tashqi ishlar vazirligi,

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar

17.

“Ilg‘or eksportchi” ko‘krak nishonini joriy qilish.

Zamonaviy texnologiyalar, samarali boshqaruv va marketing tizimini qo‘llash orqali eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, o‘zbek brendining xalqaro maydondagi mavqeyi hamda eksport hajmlarini oshirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan mahalliy tadbirkorlarga “Ilg‘or eksportchi” ko‘krak nishonini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil 15-iyun

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Karantin agentligi,

Eksportchilar uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi

18.

Eksport prognoz hajmlari ko‘rsatkichlarining bajarilishiga erishish.

1. 2024-yil uchun belgilangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport prognoz hajmlari asosida mahsulotni eksportga yuklash grafigini o‘n kunlik, oylar va choraklar kesimida tasdiqlash va Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasiga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Bir hafta muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

2. Tasdiqlangan grafikka muvofiq belgilangan eksport prognoz hajmlari ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida eksportbop ekinlarni joylashtirish va mahsulotlar yetishtirilishini tashkil qilish.

Grafikka muvofiq

19.

Meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarida “texnologiya — samarali menejment — brend — eksport” tamoyili asosida ishlash tizimini joriy qilish.

1. Hududlardagi meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarini xatlovdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Ushbu korxonalarda “texnologiya — samarali menejment — brend — eksport” tamoyili asosida rivojlanish dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish.

Bunda, xorijiy texnologlarni jalb qilish, menejment va marketing tizimini samarali tashkil etish, mahsulot tannarxiga ta’sir ko‘rsatuvchi xarajatlarni kamaytirish, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar talabiga mos saralash, brend ostida qadoqlash va eksportga chiqarishni joriy qilish.

2024-yil iyun

20.

Mahalliy meva-sabzavotlardan tayyorlangan turli mahsulotlar namunalarini yaratish.

Mahalliy meva-sabzavotlardan tayyorlangan pyure, jem, ziravorlar, sous, ketchup va tuzlama kabi turli mahsulotlar namunalarini yaratish.

Ishlab chiqaruvchi korxonalarga tavsiyalar berish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

21.

Xorijiy davlatlarning top brend kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Har bir xorijiy davlat kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kamida 10 ta top brend kompaniyalarning ro‘yxatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Tashqi ishlar vazirligi,

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar,

Savdo-sanoat palatasi

2. O‘zbekistonda mazkur kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

Doimiy

3. Har bir xorijiy davlat kesimida kamida 5 ta top brend kompaniyalar bilan O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim qilish.

2024-yil may

22.

Viloyatlarda top brend kompaniyalar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash-qadoqlash orqali qayta ishlash va ularni eksport qilishni qamrab oluvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

1. Har bir viloyatda kamida 2 ta top brend kompaniyalar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash-qadoqlash orqali qayta ishlash va ularni eksport qilishni qamrab oluvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni tahlil qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil dekabr

Hisob palatasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportbopligini ta’minlash yuzasidan ilmiy loyihalar ishlab chiqish.

Eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish bo‘yicha ilmiy loyihalar dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

24.

Yuqori malakali xorijiy texnologlarni jalb qilish.

Yuqori malakali xorijiy texnologlar ro‘yxatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklariga yetkazish, texnologlarni jalb qilish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Tashqi ishlar vazirligi,

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar

25.

Mahsulot yetishtiruvchi va eksport qiluvchi korxonalarni ichki va tashqi bozorlardagi ma’lumotlar bilan ta’minlash.

1. Karantin agentligiga quyidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda taqdim etib borish:

Amaliy chora-tadbirlar

eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga doir rasmiy statistik ma’lumotlar;

Doimiy

Milliy statistika qo‘mitasi,

Bojxona qo‘mitasi,

Eksportchilar uyushmasi

xorijiy import qiluvchi korxonalar va xorijiy ulgurji savdo markazlari ro‘yxati;

Doimiy

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

xorijdan kirib kelgan yuksiz transport vositalariga doir (chet el logistika kompaniyalarining kontaktlari) ma’lumotlar;

Doimiy

Transport vazirligi

eksport va import qilingan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari haqidagi rasmiy statistik ma’lumotlar.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar

Bojxona qo‘mitasi,

Milliy statistika qo‘mitasi

2. Taqdim etilgan ma’lumotlarni “Agroko‘makchi” mobil ilovasiga kiritish hamda doimiy yangilab borish.

Doimiy

Karantin agentligi

3. “Agroko‘makchi” mobil ilovasiga kiritilgan ma’lumotlarni eksportchi korxonalarga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida haftada uch marotaba “praym taym” davrlarda doimiy yoritib borish.

Doimiy

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

26.

Hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish.

Jizzax viloyatidagi “BMB NRC Agrologistics” logistika markazi namunasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish va samarali ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xarita”larni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

27.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yuqori narxlarda salohiyatli xorijiy bozorlarda sotilishini ta’minlash.

1. Xorijiy davlatlardan olingan fitosanitar ruxsatlarga asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinmagan hamda yuqori narxlarda sotiladigan kamida 25 ta salohiyatli xorijiy bozorlarni aniqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Ikki hafta muddatda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

Soliq qo‘mitasi,

Karantin agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Eksportchilar uyushmasi

2. Xorijiy davlatlarning tashqi savdoni rivojlantirishga mas’ul organlari, savdo-sanoat palatalari, tashqi savdoga ko‘maklashuvchi tashkilotlari bilan eksport hajmini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda muzokaralar o‘tkazish.

Doimiy

3. Xorijiy davlatlarning import qiluvchi korxonalar ro‘yxatini shakllantirish.

Ikki hafta muddatda

4. Xorijiy davlatlar kesimida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari uchun import bojlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqa importda yuzaga keladigan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.

2024-yil aprel

5. Importchi korxonalar bilan 500 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport qilinishi bo‘yicha kelishuvlarga erishish.

2024-yil aprel

6. Ho‘l mahsulotlar uchun alohida va quritilgan mahsulotlar uchun alohida respublika hududida va xorijda o‘tkaziladigan “B2B” uchrashuvlari grafigini tasdiqlash.

2024-yil aprel

7. Tasdiqlangan grafikka muvofiq uchrashuvlarni tashkil etish.

Grafikka muvofiq

28.

Xorijiy davlatlarda respublikadan eksport qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish va tarqatish markazlarini ochish.

Xorijiy davlatlardagi yirik ulgurji markazlar hamda katta bozorlarga yaqin va qulay hududlarda O‘zbekistondan kirib keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish va tarqatish bo‘yicha markazlarni ochish choralarini ko‘rish.

Bunda, mazkur markazlar orqali mahsulotlarni kichik hajmdagi taralarda qadoqlab, savdo tarmoqlariga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Transport vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar

29.

Xalqaro aeroportlar hududlarida mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti uchun ixtisoslashtirilgan yangi zamonaviy infratuzilmalarni tashkil etish.

1. Farg‘ona, Samarqand va Toshkent xalqaro aeroportlari hududlarida mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish, saqlash (sovitkichli ombor) va yuklashga ixtisoslashtirilgan infratuzilmalarni tahlil qilish va Hukumatga asosli takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyun

Transport vazirligi,

“Uzairports” AJ,

Bojxona qo‘mitasi,

Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari,

Karantin agentligi

2. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Farg‘ona, Samarqand va Toshkent xalqaro aeroportlari hududlarida mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish, saqlash (sovitkichli ombor) va yuklashga ixtisoslashtirilgan yangi zamonaviy infratuzilmalar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

30.

Mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jozibadorligini va eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish.

Xalqaro aviaqatnovlarda hamda “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarida mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan videoroliklarni muntazam ravishda namoyish qilib borilishini hamda “Agroko‘makchi” mobil ilovasini havo kemalarining o‘rindiq tablosiga joylashtirilishini ta’minlash.

Mahalliy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini istiqbolli bozorlarga yo‘naltirishda tezkorlik va qulaylikni oshirish maqsadida xalqaro aeroportlarda imtiyozli narxlarda navbatchi yuk va fuqaro tashuvchi samolyotlar xizmatini yo‘lga qo‘yish.

Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun mahsulotlar kesimida tariflarni belgilash va rasmiy veb-saytda e’lon qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Transport vazirligi,

Karantin agentligi,

“O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

31.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro fitosanitar va GSR+ tizimi talablari asosida yetishtirishni tashkil etish.

Respublikada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro fitosanitar va GSR+ tizimi talablari asosida yetishtirishni jadallashtirish maqsadida ularni yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash qoidalariga rioya qilish hamda o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi ustidan nazorat tadbirlari, karantin inspektorlari tomonidan tekshiruvlarini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Biznes ombudsman,

Adliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Karantin agentligi

32.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish.

8 ta davlatga 25 turdagi mahsulot eksportiga fitosanitar ruxsatlarni olish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Karantin agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar

33.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun tarif-notarif baryerlarni maqbullashtirish.

Hindiston, Koreya, Yaponiya, Vyetnam, Singapur, Tailand, Indoneziya, Malayziya davlatlariga gilos, uzum, o‘rik, olxo‘ri, qovun, xurmo, mosh, loviya va quritilgan meva-sabzavotlar kabi mahsulotlar eksporti uchun tarif-notarif baryerlarni kamaytirish, shu jumladan, import boji va boshqa kirish xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning mutasaddi idoralari bilan muzokaralar o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Karantin agentligi

34.

Xitoy Xalq Respublikasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish.

Xitoy Xalq Respublikasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi,

Karantin agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Eksportchilar uyushmasi

35.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga istiqbolli bozorlar uchun zarur bo‘lgan laboratoriya xulosalarini beruvchi laboratoriyalarni tashkil qilish.

1. Sanitariya laboratoriyalarini xatlovdan o‘tkazib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga istiqbolli bozorlar uchun zarur bo‘lgan laboratoriya xulosalarini beruvchi laboratoriyalarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda laboratoriyalarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Bunda, laboratoriyalarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga mos ravishda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash (zarur asbob-uskuna, reagentlar, mutaxassislar malakasini oshirish, metodologiyalarni takomillashtirish) va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

36.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish.

Turkiya tajribasi (“BILGE” elektron tizimi — “OneClickStop”) asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini (bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish) soddalashtirishga qaratilgan elektron tizimni joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Bojxona qo‘mitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

37.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini an’anaviy bozorlardan istiqbolli bozorlarga yo‘naltirish.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda istiqbolli bozorlarning talablariga javob beradigan zamonaviy qadoqlarni ishlab chiqaruvchilarni tahlil qilgan holda an’anaviy yog‘och yashik qadoqlaridan bosqichma-bosqich voz kechishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Eksportchilar uyushmasi,

mahalliy hokimliklar

38.

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararli organizmlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash (IPM) tizimini joriy qilish.

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararli organizmlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash (IPM) tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Xavfli zararkunanda va kasallik o‘choqlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga qarshi samarali kurashish choralarini belgilash va monitoring yuritish uchun kerakli miqdorda feromon tutqichlarni xarid qilish va hududlarda o‘rnatish.

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan “Dala daftari”ni yuritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Karantin agentligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

39.

Eksport va import qilingan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Bojxona qo‘mitasining axborot tizimlaridagi eksport va import qilingan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona yuk deklaratsiyasida mavjud barcha ma’lumotlarni Karantin agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali elektron almashinuvini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Bojxona qo‘mitasi,

Karantin agentligi

40.

Oliy va yuqori darajadagi davlat tashriflari doirasida mahalliy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqishda qulayliklar yaratish.

Oliy va yuqori darajadagi davlat tashriflari doirasida karantin ostidagi mahsulotlarga fitosanitar sertifikatlarni to‘lovlarsiz rasmiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Karantin agentligi

41.

“Agroko‘makchi” mobil ilovasini keng targ‘ib qilish.

Agentlikning “Agroko‘makchi” mobil ilovasi afzalliklari haqidagi ma’lumotlarni, videoroliklarni barcha O‘zbekiston telekanallari orqali bepul yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Karantin agentligi

42.

Idoralararo elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Davlatlar va mahsulotlar kesimida eksport va import qilingan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarning Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Statistika agentligi, Bojxona qo‘mitasi va Karantin agentligi o‘rtasida elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

Statistika agentligi,

Karantin agentligi

43.

Eksport qiluvchi korxonalarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish.

Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun namunaviy tijorat takliflarini ishlab chiqish va ularga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Eksportchilar uyushmasi

44.

Eksport strategiyasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasining 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan eksport strategiyasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil oktabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

45.

“Eksportchilar ko‘rgazma markazi”ni tashkil etish.

Toshkent shahrida “Eksportchilar ko‘rgazma markazi”ni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha taklif va ushbu markazning konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda ushbu markaz uchun Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan “Food City” majmuasi atrofidan 5 gektar yer maydoni ajratishni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Toshkent shahar hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

46.

Istiqbolli tashqi bozorlarda meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda mahsulotlarning tarkibiga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish.

Yevropa va boshqa istiqbolli tashqi bozorlarda meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda mahsulotlarning tarkibiga (kimyoviy moddalar miqdori) qo‘yiladigan talablarni o‘rganish hamda talab qilinadigan barcha tekshiruvlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega laboratoriyalar tashkil etish, jumladan talab etiladigan mablag‘lar va moliyalashtirish manbalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Karantin agentligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

47.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

Hududlarning tuproq va iqlim sharoitlari hamda tashqi bozorlardagi talablardan kelib chiqqan holda Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda eksportbop, jumladan organik meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini plantatsiya usulida yetishtirishni keng yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

48.

Mahsulot yetishtiruvchilar va ilmiy muassasalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Urug‘chilikni rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va ilmiy muassasalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa

yer egalari kengashi

49.

Yagona elektron platformani yaratish.

Mavjud axborot tizimlari, elektron platforma va dasturlarning imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, ularning biri negizida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, eksportga tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar, eksport qiluvchilar, xorijiy xaridorlar va xalqaro yuk tashuvchilarni o‘zaro bog‘lovchi barcha zarur axborot tizimlariga integratsiyalashgan yagona elektron platformani yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-may

Karantin agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Bojxona qo‘mitasi

50.

Eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha garov ta’minoti imkoniyatlarini kengaytirish.

Eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha garov ta’minoti sifatida davlat sug‘urta kompaniyalari tomonidan beriladigan sug‘urta polisini hamda eksport shartnomalarini garov sifatida qabul qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-may

Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

51.

Kuz-qish mavsumida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish korxonalarida gaz va elektr energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash.

Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish korxonalarini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan grafik asosida uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rish.

Bunda korxonalarning ro‘yxati Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksport qiluvchilar uyushmasi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan shakllantirib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

(kelishilgan grafik asosida)

Energetika vazirligi,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududgazta’minot” AJ

52.

Dehqon, fermer xo‘jaliklari, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Mahsulot yetishtiruvchilar, yig‘uvchilar, tayyorlovchilar, eksportchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillarda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

53.

Organik mahsulotlar yetishtiriladigan hududlarni belgilash.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport ko‘rsatkichlarini 30 — 50 foizga ko‘paytirish maqsadida respublikada mavjud biologik toza hududlar ro‘yxatini shakllantirish, eksportchi tadbirkorlarga yetkazish va mazkur hududlarda xalqaro standartlar asosida mahsulot yetishtirilishini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

54.

Tadbirkorlarning eksport faoliyati bo‘yicha murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

Korxonalarning eksport hajmini oshirishga oid murojaatlarni (xorijiy davlatlarga viza olish, tashqi bozorlarning statistik ma’lumotlarini olish, mahsulotlarni shourumlarga jo‘natish, “B2B” uchrashuvlar tashkil etish va boshqalar) qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish va amaliy ko‘maklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Savdo-sanoat palatasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/146/0266-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 21.05.2026-y., 07/26/193/0519-son)