Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 18-may,
SQ-912-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 18-maydagi SQ-912-IV-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 16-apreldagi “Andijon, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash va “mahallabay” ishlashda yangi “yettilik” tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazorati toʻgʻrisida”gi KQ-712-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 20-apreldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida”gi KQ-714-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 20-apreldagi “Mamlakatning migratsiya siyosati yoʻnalishini yanada takomillashtirish masalalari haqida”gi KQ-717-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 23-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-719-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 23-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonida mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-720-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 6-maydagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatida investitsiyalarni jalb qilish hamda eksportni koʻpaytirishga oid vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi KQ-723-IV-sonli qarori.