20.05.2024 yildagi PQ-181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sohalarining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish, ushbu sohalarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki”, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklarining:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharof Rashidov tumanida, shuningdek Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlarini (keyingi oʻrinlarda — sanoat zonalari) tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, charm-poyabzal mahsulotlarini chuqur qayta ishlash uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-143-son qaroriga asosan charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklarida ochilgan 40 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari mablagʻlari Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) qaroriga asosan quyidagi yoʻnalishlarga qayta taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyalarga tijorat banklari orqali 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada — tadbirkorlar talablari asosida ishlab chiqarish binolarini, shuningdek, suv tozalash inshootlarini qurish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) — qiymati 5 million AQSH dollarigacha miqdordagi poyabzal, charm-attorlik mahsulotlari, furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, poyabzal tagliklari, ustki qismlari, sunʼiy charm ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan korxonalarning ustav kapitaliga asbob-uskuna qiymatining 15 foizi miqdorida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi sifatida kiritish uchun. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan shakllanadigan ulush 25 foizdan oshmasligi hamda loyiha tashabbuskori ulush sifatida oʻzining ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan bino, inshoot va boshqa aktivlarini kiritishi talab etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyabzal, charm-attorlik mahsulotlari, furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, poyabzal tagliklari, ustki qismlari, sunʼiy charm ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida yangi uskuna va texnologiyalarni xarid qilishga tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish uchun. Bunda kreditlar tadbirkorlarga 10 yil muddatgacha, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada ajratiladi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-avgustdagi PQ-284-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 07/24/284/0594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari mutanosibligini taʼminlash maqsadida ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6260-son Farmoni asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ochilgan kredit liniyasini maqbullashtirish evaziga ajratilishi inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanoat zonalari hududiga kiritilishi nazarda tutilgan yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun baholangan qiymatda 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan 49 yilga Direksiyalarga ijaraga berilishi, shuningdek, ushbu yer uchastkalarida Direksiyalar tomonidan quriladigan obyektlar yer uchun toʻlov toʻliq toʻlangunga qadar tadbirkorlarga cheklovlarsiz realizatsiya qilinishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari, shu jumladan, Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududida qurilgan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 3 million AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun sarflangan xarajatning 30 ming AQSH dollarigacha qismi qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bir oy muddatda xorijiy brendlarni jalb qilgan har bir korxonaga “sorsing” kompaniyalari uchun sarflangan xarajatning 30 ming AQSH dollarigacha qismini qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Xodjayev va J. Qoʻchqorov bir oy muddatda mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan mablagʻlarni moliyalashtirish va ularni qaytarish mexanizmini belgilab bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Direksiyalar oʻz faoliyatini uning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiradi va ularning faoliyatiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat xaridlarini amalga oshirish, texnik topshiriqlar, shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish, mol-mulkni auksion orqali sotish hamda davlat ulushi mavjud korxonalar uchun belgilangan boshqa talablar tatbiq etilmaydi, shuningdek, ularga obyektlarni xoʻjalik usulida qurishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2026-yil 1-yanvarga qadar Direksiyalar va sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandiga muvofiq, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan korxonalarning ustav kapitaliga kirishda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskori xorijiy brend va investorlar bilan kelishuvga erishishi hamda ularni jalb etishi majburiy hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar boʻyicha ishlab chiqarish rentabelligi koʻrsatkichi 10 foizdan kam boʻlmasligi talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan loyiha doirasida faqat xarid qilinadigan asbob-uskunalar narx parametrlarining joriy bozor konyunkturasiga muvofiqligi koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning muayyan loyihada ishtirok etish shartlari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hukumat komissiyasiga (J. Xodjayev) gilamchilik korxonalariga, ularning buyurtmanomalariga asosan, xomashyo yetkazib berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmoniga asosan aylanma mablagʻlar uchun ajratilgan resurslarni yoʻnaltirishga, shu jumladan tashqi savdo kompaniyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirgan holda, ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini 20 gektar yer uchastkasini ajratish orqali kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi ikki hafta muddatda kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki” hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hududlarda tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonalarida 2024 — 2026-yillarda amalga oshiriladigan, umumiy qiymati kamida 100 million AQSH dollari boʻlgan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini bir oy muddatda shakllantirsin va Hukumat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi ushbu investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlab, bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Savdo-sanoat palatasi xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda uch oy muddatda toʻqimachilik va charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishning 10 yillik strategiyalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-71-son Farmonining 7-bandiga muvofiq ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi strategiyalar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xalqaro ekspertlarni jalb qilib, 2024-2025-yillarda reja-jadval asosida kamida 10 ta mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish korxonasida xalqaro sifat sertifikatlari (“LWG” xalqaro tashkilotining sifat sertifikati darajasidan past boʻlmagan) joriy qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan soʻyish korxonalari tomonidan import qilingan chorva mollaridan hosil boʻlgan goʻshtning (TIF TN kodlari 0201 va 0202) umumiy vaznidan 50 foizgacha miqdorini eksport qilishga Vazirlar Mahkamasi tomonidan ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2024-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarga charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati yoʻnalishidagi eksportchi korxonalarning eksport shartnomasi boʻyicha toʻlov talab qilish huquqini, jumladan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari hisobidan bank xizmatlari uchun xarajatlarni chegirgan holda sotib olishga ruxsat beriladi. Bunda pul kelib tushishini kafolatlash uchun eksportchi bankka oʻz mulkini garovga qoʻyadi yoki boshqacha taʼminot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” va undan yuqori toifadagi charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati yoʻnalishidagi eksportchi korxonalarga akkreditivni garovga olgan holda uning 70 foizi miqdorida ajratiladigan kreditlar uchun banklarga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan mablagʻ taqdim qilish tizimi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy gilam mahsulotlarini xalqaro koʻrgazmalarga chiqarishda 300 kvadrat metrgacha boʻlgan maydonlar uchun davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poyabzal, charm-attorlik, jundan tayyorlangan va moʻynachilik mahsulotlari haqida maʼlumotlarni Elektron kooperatsiya portaliga va Davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish ushbu mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasi kamida 30 foiz boʻlgan taqdirda beriladigan tovarning kelib chiqish sertifikati asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Savdo-sanoat palatasi va tarmoq uyushmalarining xorijiy davlatlarda mahalliy mahsulotlarni sotishga moʻljallangan savdo uylari va omborxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur savdo uylari va omborxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tashkil qilinadi va mahalliy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda foydalanishga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini tashkil qilishga Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarda savdo uylari va omborxonalar faoliyatini tashkil qilish va ularni tadbirkorlik subyektlariga berish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-71-son Farmonining 6-bandiga asosan tashkil etiladigan mahalliy yengil sanoat mahsulotlari hamda zaruriy import xomashyosining ulgurji bozorida charm-poyabzal mahsulotlari, ularning import xomashyosi va butlovchi buyumlar sotuvchilari joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Charm-poyabzal sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadida dastlab Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida charm-poyabzal sohasi korxonalari uchun qisqa muddatli tayyorlov oʻquv kurslari tashkil etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari qisqa tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish uchun tadbirkorlarga qulay boʻlgan oliy taʼlim muassasalaridan zarur bino va xonalar ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Turkiya, Xitoy, Hindiston davlatlaridan yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Savdo-sanoat palatasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda charm-poyabzal, toʻqimachilik va ipak mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlangan hududlarda mavjud kollejlarni yengil sanoat sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan kollejlarga aylantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ichki ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ikki hafta muddatda xorijdan jalb qilingan mutaxassislarni vaqtinchalik yashash manzili boʻyicha roʻyxatga olish muddatini ularga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun beriladigan tasdiqnomaning amal qilish muddati bilan bir xil qilib belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Belgilansinki, jami maydoni 2 gektar va undan katta boʻlgan tutzorlar chetida namunaviy loyiha asosida pilla yetishtirish uchun vaqtinchalik imorat shaklida beton poydevorli maxsus qurtxonalarni vaqtinchalik joylashtirishga ruxsat beriladi. Bunda namunaviy loyihadan chetga chiqilganda yoki obyektdan boshqa maqsadlarda foydalanilganda ushbu obyektlarni sud qarorisiz mulkdor hisobidan buzish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi hamda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda bir oy muddatda tutzorlar chetida maxsus qurtxonalarni vaqtinchalik joylashtirish boʻyicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-181-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-maydagi PQ-181-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoniga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi “Charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 531-son qaroriga ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5.

Jizzax viloyati

Sharof Rashidov tumani

19

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 12 va 13-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

12.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

35,7

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2024-y., 07/24/181/0360-son; 08.08.2024-y., 07/24/284/0594-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son; 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)