01.05.2024 yildagi PF-71-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish, sohaning eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarining xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yangi sifat bosqichiga olib chiqishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazlama, trikotaj mato ishlab chiqarish va boʻyash hajmini oshirish uchun infratuzilmaviy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash darajasini 2027-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich 100 foizga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki bosqichda toʻqimachilikka ixtisoslashgan Andijon va Namangan viloyatlaridagi kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatidagi industrial texnoparkni (keyingi oʻrinlarda — toʻqimachilik sanoat zonalari) toʻliq infratuzilma bilan taʼminlash, shu jumladan suv tozalash inshootlarini qurish ishlarini 2024-yil yakuniga qadar yakunlash, shuningdek, ularda gazlama, trikotaj mato va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va boʻyash uchun zarur bino va inshootlarni tadbirkorlarning talablari va loyihalari asosida qurib, tayyor holatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan yoki ijara asosida berish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani “toʻqimachilik xabi”ga aylantirish va kamida xalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratish ustida ishlarni manzilli tashkil etish, korxonalarga ichki va tashqi bozorlarda oʻz mahsulotlarini sotishga koʻmaklashish boʻyicha samarali va manzilli choralarni koʻrib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmoni bilan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari uchun tijorat banklarida ochilgan 12 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari hamda ajratilishi nazarda tutilgan 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) qaroriga asosan quyidagi yoʻnalishlarga qayta taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalariga 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada va qolgan davr uchun yillik 5 foiz stavkada — tadbirkorlar talablari asosida ishlab chiqarish binolarini, shuningdek, suv tozalash inshootlarini qurish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) — qiymati 10 million AQSH dollarigacha miqdordagi gazlama, trikotaj mato, boʻyash-pardozlash, sochiq va parda mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan korxonalarning ustav kapitaliga asbob-uskuna qiymatining 15 foizi miqdorida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi sifatida kiritish uchun. Bunda Jamgʻarma mablagʻlaridan shakllanadigan ulush 25 foizdan oshmasligi hamda loyiha tashabbuskori ulush sifatida oʻzining ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan bino, inshoot va boshqa aktivlarini kiritishi talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻqimachilik sanoat zonalarida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash yoki ijara asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) gazlama, trikotaj mato, tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va boʻyash uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning kredit summasidan qatʼi nazar 7 million AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan “1+2” tamoyili asosida kompensatsiya qilib beriladi.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2026-yil 1-yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha import qilinadigan xom ashyo va boshqa materiallar, butlovchilar va ehtiyot qismlar 2027-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Tarif va notarif tartibga solish kengashi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida har chorakda ushbu roʻyxatga tegishli oʻzgartirish kiritib borishi mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) 2024-yil 15-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini elektron tijorat platformalarida joylashtirish, reklama va targʻib qilish uchun moliyaviy koʻmaklashish tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻyalgan mato va tikuv-trikotaj mahsulotlarini tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibini takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati sohasida dizayner, marketolog va konstruktorlar markazlarini va sinov laboratoriyalarini tashkil etish chora-tadbirlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, moda va dizayn sohalari rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish orqali milliy brendlarni yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda markazlarga kamida 10 nafardan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahri hokimligi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga oʻtgan hududda xizmat koʻrsatish obyektlarini qurishga qulay boʻlgan 30 gektar yer maydonida mahalliy yengil sanoat mahsulotlari hamda zaruriy import xom ashyosining ulgurji bozorini va markazini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga respublika budjetidan mablagʻ ajratilishini taʼminlasin hamda kelgusi yillarda budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablagʻlari, bojxona boji, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlardan shakllanadigan mablagʻlarini ularning manbalari va foydalanish yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda qoldiq mablagʻlari bilan birga Savdo-sanoat palatasining Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida hisobraqami yuritiladigan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi) oʻtkazish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlarning toʻliqligini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Savdo-sanoat palatasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va hudud rahbarlari bilan birga tikuv-trikotaj korxonalarini xalqaro brendlar talablariga toʻliq moslashtirish boʻyicha yaxlit tizim joriy etsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brendlar bilan ishlashning yaxlit tizimini yoʻlga qoʻyish orqali Yevropa davlatlarida keng qamrovli targʻibot kampaniyalarini tashkil qilish, tajribali savdo agentlarini ishga yollagan holda yetakchi sorsing kompaniyalari, brend va riteylerlarni jalb qilish, ularning buyurtmasini korxonalarga joylashtirish yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari ITMF (Xalqaro toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi) va IAF (Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi) federatsiyalari xalqaro forumini 2024-yilda Samarqand shahrida oʻtkazish, tadbirkorlarga ishlab chiqarish, eksport va brendlar jalb qilish, tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, biznes missiyalar va koʻrgazmalarda ishtirokini tashkillashtirish, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy brendlar savdosini rivojlantirish, toʻqimachilikka bagʻishlangan xalqaro tadbirlarni oʻtkazish va qatnashish, toʻqimachilik sanoati yagona elektron platformasini yuritish uchun grant, subsidiya va boshqa imtiyozlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda xalqaro brendlar talablariga toʻliq moslashtiriladigan korxonalar roʻyxati hamda ularni qoʻllab-quvvatlash tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasi ikki hafta muddatda xorijiy davlatlar fuqarolari Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan tovarlarni sotib olganda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish (“tax free”) tizimini yanada kengaytirish choralari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonning 2-bandi “a” kichik bandiga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan korxonalarning ustav kapitaliga kirishda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskori xorijiy brend va investorlar bilan kelishuvga erishishi hamda ularni jalb etishi majburiy hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar boʻyicha ishlab chiqarish rentabelligi koʻrsatkichi 10 foizdan kam boʻlmagan miqdorda boʻlishi talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan loyiha doirasida faqat xarid qilinadigan asbob-uskunalarning narx parametrlarining joriy bozor konyunkturasiga muvofiqligi koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning muayyan loyihada ishtirok etish shartlari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlash uchun Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, 2024-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-mayga qadar “A” va undan yuqori toifadagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarga toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi eksportchilarning eksport shartnomasi boʻyicha toʻlov talab qilish huquqini, jumladan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari hisobidan bank xizmatlari uchun xarajatlarni chegirgan holda sotib olishga ruxsat beriladi. Bunda, pul kelib tushishini kafolatlash uchun eksportchi bankka oʻz mulkini garovga qoʻyadi yoki boshqacha taʼminot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” va undan yuqori toifadagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi eksportchi korxonalarga akkreditivni garovga olgan holda uning 70 foizi miqdorida ajratiladigan kreditlar uchun banklarga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan mablagʻ taqdim qilish tizimi joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda respublikada ishlab chiqarilgan trikotaj matolarini sotish va qayta ishlash uchun Bangladesh, Misr, Marokash va Vyetnam davlatlarining erkin iqtisodiy zonalarida savdo uylarini ochish va omborlarni ijaraga olishni tashkil etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda toʻqimachilik korxonalariga oʻz obyektlarini xoʻjalik yoʻli bilan qurishga ruxsat berish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent shahrida va bosqichma-bosqich hudud markazlaridagi yirik savdo komplekslarida “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” (Made in Uzbekistan) brendi ostida milliy mahsulotlar doʻkonlarini tashkil qilsin. Ushbu doʻkonlarni tashkil etish uchun Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi har oyda toʻqimachilik, tikuv-trikotaj korxonalari va paxta-toʻqimachilik klasterlarining muammolarini muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralarni koʻrib borsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-71-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xomashyo va boshqa materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

TIF TN kodi

Tovar nomi

 

I. Xomashyo va boshqa materiallar

 

1.

3206190000

Boshqa rang beruvchi moddalar; 3203, 3204 yoki 3205-tovar pozitsiyalaridagi preparatlardan farqlanuvchi, ushbu guruhning 3-izohida koʻrsatilgan preparatlar; kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq boʻlgan, lyuminoforlar sifatida ishlatiladigan noorganik mahsulotlar; titan dioksidi asosida tayyorlangan pigmentlar va preparatlar; boshqalar

 

2.

3208901909

Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan boʻyoqlar va laklar (shu jumladan, emallar va politurlar); ushbu guruhning 4-izohida koʻrsatilgan eritmalar; boshqalar

 

3.

3209900000

Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvli muhitda eritilgan boʻyoq va laklar (shu jumladan, emal va politurlar); boshqalar

 

4.

3215110000

Poligrafik boʻyoq, yozish yoki chizish uchun siyoh yoxud tush va konsentratsiyalangan yoki konsentratsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq boʻlmagan boshqa siyohlar; qora; boshqalar

 

3215190000

 

5.

3506100000

Netto ogʻirligi 1 kg dan koʻp boʻlmagan, yelimlar yoki adgezivlar sifatida chakana savdo uchun qadoqlangan, yelimlar va adgezivlar sifatida ishlatish uchun yaroqli boʻlgan mahsulotlar

 

6.

5407201900

Kompleks sintetik iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5404-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar

 

5407209000

 

5407300000

 

5407430000

 

5407440000

 

5407510000

 

5407530000

 

5407540000

 

5407710000

 

5407810000

 

5407910000

 

7.

5408100000

Sunʼiy kompleks iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5405-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar

 

5408210000

 

5408221000

 

5408320000

 

5408330000

 

8.

5512110000

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% yoki undan ortiq boʻlgan sintetik tolalardan gazlamalar

 

5512191000

 

5512910000

 

9.

5513119000

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/m² dan ortiq boʻlmagan sintetik tolalardan gazlamalar

 

5513120000

 

5513130000

 

5513190000

 

5513231000

 

5513239000

 

5513310000

 

10.

5514120000

Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/m² dan ortiq boʻlgan sintetik tolalardan gazlamalar

 

5514191000

 

5514199000

 

5514230000

 

5514305000

 

5514430000

 

11.

5515113000

Sintetik tolalardan boshqa gazlamalar

 

5515123000

 

5515131900

 

5515199000

 

12.

5516120000

Sunʼiy tolalardan gazlamalar

 

5516210000

 

5516240000

 

13.

5810929000

Bir toʻqima boʻlagida, lentada yoki alohida ornamentlar koʻrinishida tikilgan kashtalar: kimyoviy iplardan toʻqilgan

14.

5804219000

Tyul va boshqa setkasimon matolar, gazlama matolardan va mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan tashqari; krujeva boʻlak, lenta yoki alohida bezaklar (ornament) koʻrinishida, tyul va boshqa setkasimon matolar

15.

5903209000

Plastmassa shimdirilgan, qoplangan yoki ikkilangan toʻqimachilik materiallari, 5902-tovar pozitsiyasining materiallardan tashqari: poliuretan bilan: — qoplangan yoki ikkilangan

 

16.

5801270000

Tukli gazlamalar va baxmal ipdan (sinel) tayyorlangan gazlamalar

 

5801330000

 

5801360000

 

5801909000

 

17.

5804101000

Tyul va boshqa setkasimon matolar

 

5804109000

 

18.

5806329000

Tor gazlamalar, 5807-tovar pozitsiyasi buyumlaridan tashqari; arqoqsiz tor gazlamalar, yelimlab mahkamlangan (boldyuk)

 

19.

5911311100

Texnik maqsadlar uchun toʻqimachilik materiallari

 

5911321900

 

5911329000

 

20.

6001100000

Kimyoviy iplardan toʻqilgan tukli trikotaj matolar yoki paxmoq matolar

 

6001220000

 

6001920000

 

21.

6005210000

Asosi toʻqilgan matolar (shu jumladan, galunlarni ishlab chiqarish uchun trikotaj mashinalarida toʻqilganlar), 6001 — 6004-tovar pozitsiyalarining trikotaj matolaridan tashqari

 

22.

6006329000

Mashinada yoki qoʻlda sintetik iplardan toʻqilgan trikotaj matolarning boshqalari: boʻyalgani

 

II. Butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar

 

23.

2710198200

Motor moylari, kompressor yogʻlash moyi, turbina yogʻlash moyi

 

2710199800

 

24.

2710198800

Shesternyalar uchun moy va reduktor moyi

 

25.

2710199400

Elektr izolyatsiyalash moylari

 

26.

3917290000

Plastmassadan tayyorlangan quvurlar, naychalar, shlanglar va ularning fitinglari (masalan, birikmalar, tirsaklar, gardishlar); boshqa plastmassadan tayyorlangan qattiq quvurlar, naychalar va shlanglar; boshqalar; choksiz va ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan yuzali, uzunligi koʻndalang kesim maksimal oʻlchamidan oshadigan, lekin ishlov berilmagan fitinglar

 

3917400000

 

27.

3919900000

Plastmassadan tayyorlangan oʻzi yopishadigan, rulonlarda yoki rulonsiz plitalar, listlar, plyonka, lenta, tasma va boshqa yassi formalar; boshqalar

 

28.

3926909709

Plastmassalar va ulardan tayyorlangan buyumlar; boshqalar

 

29.

8311100009

Yoyli elektr payvandlashda ishlatiladigan qimmatbaho boʻlmagan metalldan yasalgan, qoplamali elektrodlar

 

30.

8415810010

Maxsus ishlab chiqarish binolarida mikroiqlimni saqlab turish uchun harorat va namlikni avtomatik tarzda rostlaydigan sanoat konditsionerlari

 

31.

8481109908

Quvur oʻtkazgichlar, qozonlar, rezervuarlar, sisternalar, baklar yoki shunga oʻxshash sigʻimlar uchun kranlar, klapanlar, ventillar va shunga oʻxshash armaturalar, shu jumladan reduksion va haroratni tartibga soluvchi klapanlar; boshqalar

 

8481808190

 

32.

8481409000

Saqlovchi yoki yuk tushiruvchi klapanlar; boshqalar

 

33.

8481209009

Pnevmatik kuch transmissiyalari uchun tartibga soluvchi klapanlar; boshqalar

 

34.

8504409100

Elektr transformatorlar, statik elektr oʻzgartirgichlar (masalan toʻgʻrilagichlar), induktivlik gʻaltagi va drosellar; statik oʻzgartirgichlar; boshqalar

 

35.

8536900100

Elektr zanjirlar uchun dastlabki yigʻilgan elementlar

 

36.

8537109900

Pultlar, panellar, konsollar, stollar, taqsimlovchi shitlar va elektr tokini boshqarish yoki taqsimlash uchun 8535 yoki 8536-tovar pozitsiyalaridagi ikki yoki undan ortiq uskunalar bilan jihozlangan, shu jumladan 8517-tovar pozitsiyasidagi kommutatsion qurilmalardan tashqari, 90-guruhdagi asboblar yoki moslamalarni va raqamli boshqaruv apparatlarini oʻz ichiga olgan elektr apparaturalar uchun boshqa asoslar; boshqalar

 

37.

8501522009

Boshqa koʻp fazali oʻzgaruvchan tok dvigatellari (AC motor)

 

38.

8501320002

Elektr dvigatellar va generatorlar (elektr generator qurilmalaridan tashqari) (DC motor)

 

39.

8538909200

Elektron modullar

 

40.

8540890000

Termokatodli, sovuq katodli yoki fotokatodli lampalar va elektron naychalar (masalan, vakuum yoki bugʻ yoxud gaz bilan toʻldirilgan lampalar va naychalar, simobli yoy toʻgʻrilagich lampalar va naychalar hamda elektron nurli naychalar, televizion uzatuvchi naychalar); elektron lampalar va boshqa naychalar

 

41.

8542319010

Elektron integral mikrosxemalar; monolit integral mikrosxemalar

 

42.

9032890000

Avtomatik sozlash va boshqarish uchun asbob-uskunalar va moslamalar

 

43.

9603500009

Mexanizm, asbob-uskuna va transport vositalarining qismi boʻlgan choʻtkalar; boshqalar

 

 

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmonining 5-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moliyaviy resurslardan ajratilayotgan kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddati uni ajratish muddatining uchdan bir qismini tashkil etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlariga hamda “2024-yil avgustdan boshlab 2026-yil 1-yanvarga qadar qaytarish sharti bilan” soʻzlari “2028-yil 1-yanvarga qadar qaytarish sharti bilan” soʻzlariga almashtirilsin.;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, 3 yil muddatgacha berilgan kreditlarning maʼlum bir qismi belgilangan muddatlarda soʻndirilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-banddan “va charm” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HUDUDLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman nomi

Mahalla nomi

Kontur

Yer maydoni

(ga)

1.

Andijon viloyati

Paxtaobod tumani

Doʻstlik massivi “Hayotbaxsh” MFY

266, 267, 268, 269, 270, 271, 272, 273, 274, 275, 276, 277, 278, 279, 280, 282, 283, 285, 286

55

2.

Qashqadaryo viloyati

Koson tumani

“Doʻstlik” MFY

61, 62, 63, 64, 65, 66, 138, 140 13009q

27,4

“Gulbogʻ” MFY

2011, 2013q

2,6

3.

Namangan viloyati

Chortoq tumani

“Oʻrikzor” MFY

363, 146, 459, 364, 365, 369, 368, 370, 378, 377, 376, 379, 380, 384, 383, 382, 381, 149, 135, 145, 386, 387, 388, 385, 389

106,1

4.

Toshkent viloyati

Yuqori Chirchiq tumani

“Qursoy” va “Nurli zamin” MFY

4185, 4186, 4187, 4188, 4189, 4190, 4191-k, 4023 qk

69

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Savdo-sanoat palatasi tomonidan Andijon va Namangan viloyatidagi toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari direksiyalari funksiyalari Toshkent viloyatida toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark direksiyasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon va Namangan viloyatidagi toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hududiga kiritilishi nazarda tutilgan boʻsh yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun baholangan qiymatda 10 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan 49 yilga Savdo-sanoat palatasi muassisligidagi direksiyaga ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu yer uchastkalarida direksiya tomonidan quriladigan obyektlar yer uchun toʻlov toʻliq toʻlangunga qadar tadbirkorlarga cheklovlarsiz realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Namangan viloyati kichik sanoat zonasi yer uchastkalari belgilangan tartibda sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-son qarori 4-bandining yettinchi xatboshisidan “, shu jumladan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan kreditlar ajratish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-332-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisidan “, shu jumladan Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisidan “, Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi “Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi PQ-397-son qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tegishli tarmoqning ilmiy-texnik kengashi tomonidan va loyiha doirasidagi import kontarktlari “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-126-son qarorining 5-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “2024-yil 1-iyuldan” soʻzlari “2024-yil 1-maydan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 397-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 352-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi 792 pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

792.

8415 81 001 0

Toʻqimachilik sanoatida foydalaniladigan sanoat konditsionerlari***

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“*** toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan olib kiriladigan toʻqimachilik sanoatida foydalaniladigan sanoat konditsionerlariga nisbatan 2026-yil 1-yanvarga qadar tatbiq etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son; 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)