30.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3508
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida ilmiy faoliyatni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3508]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PQ-22-son “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarida ilmiy faoliyatni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 13-martdagi 133-son buyrugʻiga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida ilmiy faoliyatni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Ichki ishlar vazirligi deb yuritiladi) idoraviy ilmiy tashkilotlarida (bundan buyon matnda idoraviy ilmiy tashkilotlar deb yuritiladi) ilmiy faoliyatni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ilmiy tashkilotlar — Ichki ishlar vazirligi tizimida ilmiy faoliyatni amalga oshiruvchi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi), Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (bundan buyon matnda Malaka oshirish instituti deb yuritiladi) va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi muammolarini oʻrganish markazi (bundan buyon matnda Yoʻl harakati xavfsizligi muammolarini oʻrganish markazi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlanma — mualliflar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etish uchun taqdim etilgan ilmiy-tadqiqot natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — idoraviy ilmiy tashkilotlarda ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda ilmiy unvon yoki ilmiy daraja olishga daʼvogar shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoraviy ilmiy tashkilotlarda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy faoliyat tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyada “tezkor-qidiruv faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “jazoni ijro etish faoliyati”, “probatsiya faoliyati”, “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” va “tashkiliy-shtab faoliyati” yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish institutida “boshlangʻich kasbiy tayyorlash”, “maxsus kasbiy tayyorlash”, “qayta tayyorlash”, “malaka oshirish”, “yoʻl-patrul”, “pasport tizimini taʼminlash”, “jamoat tartibini saqlash”, “maxsus operatsiyalarni amalga oshirish” va “maʼmuriy-xoʻjalik taʼminoti” yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati xavfsizligi muammolarini oʻrganish markazida “yoʻl harakati xavfsizligi” yoʻnalishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoraviy ilmiy tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot loyihalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Idoraviy ilmiy tashkilotlarda talabgorlarga ilmiy daraja va ilmiy unvon berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Idoraviy ilmiy tashkilotlarda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar vazirligi tarkibiy va hududiy tuzilmalari rahbarlari har chorak yakunida oʻz xizmat faoliyatida yuzaga kelgan muammoli masalalardan kelib chiqib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari mavzulari roʻyxatini yozma yoki elektron shaklda Akademiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademiya falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari mavzularini ular taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida ushbu mavzularning dolzarbligi va amaliy asoslanganligi boʻyicha oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijasiga koʻra, Akademiya falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari mavzularining yagona roʻyxatini shakllantiradi va ushbu roʻyxatni har chorak yakunlangandan soʻng yigirma kun ichida Akademiya rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar ushbu yagona roʻyxatdagi mavzulardan birini ixtiyoriy ravishda tanlab olgan holda dissertatsiya tadqiqotini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgorlarning falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoyasini oʻtkazish Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talabgorlarga falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgorlarga dotsent (katta ilmiy xodim) va professor ilmiy unvonlarini berish Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2793, 2016-yil 3-iyun) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ilmiy ishlanmalarni ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ilmiy ishlanmalarni ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etishni tashkil etish uchun Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy tuzilmalari rahbarlari ichidan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan oʻn bir kishidan iborat tarkibda Ilmiy ishlanmalarni ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etish kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya boshligʻi — Kengash raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish instituti boshligʻi — Kengash raisi oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya masʼul xodimi — Kengash kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash faoliyatini doimiy ravishda jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash yigʻilishi unda Kengash aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganida vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash yigʻilishi har oyda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash yigʻilishi qarori u oʻtkazilgan kunning oʻzida Kengashning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ilmiy ishlanma ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etilishi uchun muallif ilmiy ishlanmasini ushbu ilmiy ishlanmasi tayyor boʻlgan kunning oʻzida Akademiya ilmiy-amaliy jurnali tahririyatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akademiya ilmiy-amaliy jurnali tahririyati muallifning ilmiy ishlanmasi kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muallifning ilmiy ishlanmasi ilmiy maqolaga qoʻyiladigan talablarga javob bermasa (mualliflik huquqini oʻzlashtirib olishga (plagiatga) yoʻl qoʻyganligi yoki soxta maʼlumotdan foydalanganligi aniqlangan hollarda), Akademiya ilmiy-amaliy jurnali tahririyati muallifga kamchiliklarni bartaraf etib, ilmiy ishlanmani qayta topshirishi mumkinligi toʻgʻrisida u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Akademiya ilmiy-amaliy jurnali tahririyati oʻrganish natijasiga koʻra ilmiy maqolaga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan ilmiy ishlanmani u taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda Akademiya ilmiy-amaliy jurnalining navbatdagi sonida chop etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Akademiya chop etilgan ilmiy ishlanmani u chop etilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida ichki ishlar organlarining faoliyatiga joriy etish (qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda foydalanish) uchun Ichki ishlar vazirligining tegishli tarkibiy yoki hududiy tuzilmasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki ishlar vazirligining tegishli tarkibiy yoki hududiy tuzilmasi ilmiy ishlanmani u taqdim etilgan vaqtdan boshlab olti oy ichida ichki ishlar organlarining faoliyatiga joriy etish (qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda foydalanish) choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, muallif ilmiy ishlanmani ichki ishlar organlarining faoliyatiga joriy etish jarayonida ekspertlik jihatidan koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ichki ishlar vazirligining tegishli tarkibiy yoki hududiy tuzilmasi rahbari ilmiy ishlanma ichki ishlar organlarining faoliyatiga joriy etilgan (qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda foydalanilgan) vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida bu toʻgʻrisida maʼlumotnomani tasdiqlaydi va uni koʻrib chiqish uchun Kengashga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kengash taqdim etilgan maʼlumotnomadagi faktlarning haqqoniy ekanligini u taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kengash taqdim etilgan maʼlumotnomani koʻrib chiqish natijasiga koʻra quyidagi xulosalardan birini tasdiqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnomadagi faktlar haqqoniy boʻlsa, ilmiy ishlanmaning ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etilganligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnomadagi faktlar haqqoniy boʻlmasa, ilmiy ishlanmani ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etish boʻyicha bajarilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ilmiy ishlanmaning ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etilganligi haqidagi xulosa Kengash tomonidan Ichki ishlar vazirligining blankasida rasmiylashtiriladi va unda quyidagi maʼlumotlar bayon etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosaning nomi, raqami va tasdiqlangan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallifning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlanma ichki ishlar organlarining qaysi faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tayyorlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlanmaning Akademiya ilmiy-amaliy jurnalida eʼlon qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlanmada ishlab chiqilgan mualliflik taʼrifi, tasnifi yoki taklifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklifning joriy etilganligi (qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda foydalanilganligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutilayotgan natija.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengash kotibi ilmiy ishlanmaning ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etilganligi haqidagi xulosalarning hisobini tizimli ravishda yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xulosalar alohida yigʻmajildda jamlanadi va ularning raqami qatʼiy ketma-ketlikda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ishlanmaning ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etilganligi haqidagi xulosalar har oy yakunida Akademiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi, bundan yopiq xulosalar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mualliflarning apellatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan besh nafar ilmiy darajaga ega ichki ishlar organlari rahbar xodimlaridan iborat tarkibda Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolarining Apellatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kengashning xulosasidan norozi boʻlgan mualliflar Kengash yigʻilishi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan muallifni shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan muallif mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Apellatsiya komissiyasi ilmiy ishlanmani, ilmiy ishlanmaning ichki ishlar organlarining faoliyatiga joriy etilganligi (qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda foydalanilganligi) haqidagi maʼlumotnomani va xulosani oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning ilmiy ishlanmani ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etish boʻyicha bajarilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar haqidagi qarorini oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning ilmiy ishlanmani ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etish boʻyicha bajarilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar haqidagi qarorini bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning qarori bekor qilingan hollarda Kengash Apellatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan kunning oʻzida ilmiy ishlanmaning ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etilganligi haqidagi xulosani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan muallifga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan muallif yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Idoraviy ilmiy tashkilotlarning ilmiy darajaga ega xodimlari va xizmatchilariga qoʻshimcha haq belgilash boʻyicha kollegial organi ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Idoraviy ilmiy tashkilotlarning ilmiy darajaga ega xodimlari va xizmatchilariga qoʻshimcha haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son “Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, idoraviy ilmiy tashkilotlarning ilmiy darajaga ega xodimlari va xizmatchilariga qoʻshimcha haq belgilash boʻyicha kollegial organi (bundan buyon matnda Kollegial organ deb yuritiladi) Akademiya kengashi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoʻshimcha haq olish huquqiga ega boʻlgan idoraviy ilmiy tashkilotlar xodimlari va xizmatchilarining arizalarini umumlashtirish va Kollegial organ yigʻilishida koʻrib chiqish uchun hujjatlarni tayyorlash boʻyicha ishchi komissiya (bundan buyon matnda Ishchi komissiya deb yuritiladi) tarkibi har yili dekabr oyida Kollegial organ qarori bilan yetti kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ishchi komissiya tarkibi Akademiya boshligʻining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari va mutaxassislik kafedralari boshliqlari hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Idoraviy ilmiy tashkilotlarning ilmiy darajaga ega xodimlari va xizmatchilari har oyning oʻninchi sanasiga qadar Ishchi komissiyaga quyidagi hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha haq belgilash haqida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita rahbarining taqdimnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar va nashr etilgan ilmiy, oʻquv, uslubiy ishlanmalar nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ishchi komissiya har oyning yigirmanchi sanasiga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha haq belgilash haqida kelib tushgan arizalarni umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar va nashr etilgan ilmiy, oʻquv, uslubiy ishlanmalar nusxalarini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha haq belgilash yoki uni belgilashni rad etish haqida xulosa qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Idoraviy ilmiy tashkilotlarning ilmiy darajaga ega xodimlari va xizmatchilari tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar va nashr etilgan ilmiy, oʻquv, uslubiy ishlanmalar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2, 3-boblarida belgilangan talablarga muvofiq kelmagan hollarda Ishchi komissiya unga qoʻshimcha haq belgilashni rad etish haqida xulosa qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi komissiya ariza bilan murojaat qilgan xodimni (xizmatchini) oʻz qarori haqida u qabul qilingan kunning oʻzida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ishchi komissiya qoʻshimcha haq belgilash haqida xulosa qabul qilgan hollarda ushbu xulosa qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida uni koʻrib chiqish uchun Kollegial organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollegial organ Ishchi komissiya xulosasi kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida ushbu xulosadagi maʼlumotlarni (qoʻshimcha haq belgilash miqdori va muddatini) koʻrib chiqib, idoraviy ilmiy tashkilotlarning ilmiy darajaga ega xodimlari va xizmatchilariga qoʻshimcha haq belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya Kollegial organning qoʻshimcha haq belgilash toʻgʻrisidagi qarori nusxasini ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida vakolatli rahbarga (ariza bilan murojaat qilgan xodim yoki xizmatchiga qoʻshimcha haq toʻlash haqidagi buyruqni qabul qilish vakolatiga ega mansabdor shaxsga) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollegial organning qarori asosida ushbu qaror taqdim etilgan kundan boshlab bir oy muddatda vakolatli rahbar ariza bilan murojaat qilgan xodim yoki xizmatchiga qoʻshimcha haq toʻlash toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ichki ishlar organlarining ilmiy tashkilot hisoblanmagan tuzilmalari ilmiy darajaga ega xodimlari, xizmatchilari, harbiy xizmatchilari va Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritilgan xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandida va ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2024-y., 10/24/3508/0252-son)