O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
Dorixona muassasalarida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash, qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi texnika vositalari bilan jihozlashga doir namunaviy talabnomani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 690-1]
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1999-yil 5-martda 4/6-108-son bilan tasdiqlangan Dorixona muassasalarida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash, qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi texnika vositalari bilan jihozlashga doir namunaviy talabnoma (ro‘yxat raqami 690, 1999-yil 2-aprel) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-yanvar,
78-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
2017-yil 21-yanvar
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 5-son, 68-modda)