25.03.2024 yildagi 153-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi maxsus vakolatli davlat organi va (yoki) vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida texnik reglamentlar loyihalarini, ularga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflar hamda ularga oid xulosalar tayyorlash uchun tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnik reglament ishlab chiqilgan yoki amaldagilariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) aʼzo davlatlar va manfaatdor tomonlarga Axborot markazi orqali tegishli axborot (xabarnoma)larni taqdim qilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. JSTning Savdodagi texnik toʻsiqlar (keyingi oʻrinlarda — STT) toʻgʻrisidagi bitimi doirasida maʼlumot almashish va STT masalalari boʻyicha xabar berish funksiyalarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston Standartlar instituti tuzilmasida xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida 4 ta shtat birligi ajratilgan holda, Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi (keyingi oʻrinlarda — Axborot markazi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot markaziga respublikada texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-qoidalarini ishlab chiqish, qabul qilish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha JST kotibiyati, JSTga aʼzo davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan axborot almashish boʻyicha hamkorlik qilish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi hokimiyat organlari JST kotibiyati va unga aʼzo davlatlarni STT masalalari boʻyicha xabardor qilish va ular tomonidan kelib tushgan soʻrovlarga oʻz vakolati doirasida batafsil javob tayyorlashi hamda zarur maʼlumotlar bilan birga Axborot markaziga taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyasini shakllantirishning umumiy qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyasining vazifa va huquqlari, komissiya aʼzolarining majburiyatlari va javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyasi faoliyatini tashkil etish, komissiyaning ishchi organlari vakolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan texnik reglamentlar, ularga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, texnik reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JST Kotibiyatiga va boshqa manfaatdor tomonlarga xabarnomalarni tayyorlash va taqdim etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSTga aʼzo mamlakatlardan STT sohasida ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan yoki qabul qilingan hujjatlar toʻgʻrisidagi xabarnomalarni qabul qilish, qayta ishlash va muhokama qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSTning STT boʻyicha xabarnomasi shakli, uni toʻldirish yoʻriqnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini (keyingi oʻrinlarda — ekspert komissiyasi) shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspert komissiyasi ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — texnik reglamentlar loyihalari) ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va (yoki) tegishli sohada davlat siyosatini yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) huzurida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik reglamentlar loyihalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini baholash, shuningdek, mahsulotlar va (yoki) jarayonning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan minimal talablar yetarli darajada belgilanganligini, ular respublikaning xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini, moddiy-texnik bazani hamda ilmiy-texnik jihatdan rivojlantirish darajasiga muvofiqligini tahlil qilish maqsadida ekspertizaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspert komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekspert komissiyasining tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Ekspert komissiyasining vazifalari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar ekspert komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan texnik reglament loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarni qabul qilishga asos boʻlgan holatlar yoki sabablar endilikda mavjud boʻlmasa yoxud ushbu holatlar yoki sabablarning oʻzgarishi savdoga nisbatan kamroq cheklovli taʼsir koʻrsatadigan usullardan foydalanishga imkon beradigan hollarda texnik reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xulosalar berish, texnik reglamentlarni tasdiqlash yoki takomillashtirishga qaytadan yuborish boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspert komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazishga davlat organlari va tashkilotlari, loyihalashtirish, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiquvchi tashkilotlardan, yaʼni davlat organlari va tashkilotlaridan texnik reglamentlar loyihalari boʻyicha zarur axborotni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida tegishli vakolatli organ orqali Vazirlar Mahkamasiga texnik reglamentlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglament loyihasining talablari boʻyicha tushuntirish berish uchun ishlab chiquvchilarni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Ekspert komissiyasi aʼzolarining majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekspert komissiyasi aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyasi ishida, qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan texnik reglamentlarning loyihalari boʻyicha tegishli xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom talablariga rioya qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspert komissiyasi aʼzolari ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari, texnik reglamentlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish boʻyicha oʻtkazilgan ekspertizaning toʻliqligi va xolisligi, shuningdek, texnik reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflar, ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishi hamda taqdim etilishi uchun javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Ekspert komissiyasini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekspert komissiyasi komissiya raisi, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasining aʼzolari soni toq va komissiya raisini oʻz ichiga olgan holda kamida 7 kishidan iborat boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organning rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari ekspert komissiyasi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspert komissiyasi tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan vakolatli organlar va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlaridagi tadbirkorlik subyektlari (umumiy tarkibga nisbatan 30 foizdan kam boʻlmasligi kerak), Savdo-sanoat palatasi vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda laboratoriyalar mutaxassislari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnik jihatdan tartibga solish obyektining tarmoq mansubligidan kelib chiqqan holda texnik reglament koʻrib chiqilishidan manfaatdor boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentni joriy etadigan davlat organlari va tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta koʻrib chiqilishi, oʻzgartirishlar kiritilishi yoki texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilinishi lozim boʻlgan mahsulotga, jarayonlarga oʻzaro bogʻliq normativ hujjatlarni tasdiqlagan (qoʻllaydigan) davlat organlari va tashkilotlari, texnik qoʻmitalarning yetakchi olimlari va mutaxassislari ham ekspert komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspert komissiyasi tarkibi ushbu Nizomning 12-13-bandlarida koʻrsatilgan tashkilotlar taklifi boʻyicha vakolatli organning qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Ekspert komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekspert komissiyasiga rais rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibini belgilaydi va ekspert komissiyasining majlislarini chaqiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha komissiya aʼzolari ishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert komissiyasining samarali ishlashini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekspert komissiyasi majlisini rais olib boradi. Ekspert komissiyasi majlisi unda komissiya aʼzolarining toʻrtdan uch qismi qatnashganda huquqiy vakolatli boʻladi. Komissiya raisi ishtirok etmagan taqdirda, majlisni uning oʻrinbosari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspert komissiyasining kotibi etib vakolatli organning masʼul xodimi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizaga kelib tushgan texnik reglament loyihalari va tegishli hujjatlar toʻplamini ekspert komissiyasi aʼzolariga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi majlisga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar boʻyicha ekspert komissiyasi majlislarini oʻtkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etiluvchilarni ekspert komissiyasi raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasining aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti hamda joyi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uzrli sabablarga koʻra majlisda qatnashmagan komissiya aʼzolarini, ularning ovoz berish huquqisiz qatnashayotgan vakillari bilan almashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Ekspert komissiyasiga hujjatlar toʻplamini taqdim etish va ekspertiza oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnik reglament loyihalari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga asosan ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat organlari va tashkilotlari texnik reglamentlar loyihalarini vakolatli organlar huzuridagi ekspert komissiyasiga ekspertizadan oʻtkazish uchun quyidagilarni ilova qilgan holda kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglament yoki texnik reglamentga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganligini tasdiqlovchi loyihani ishlab chiqish toʻgʻrisidagi xabarnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglament loyihasi boʻyicha manfaatdor tomonlarning hamda jamoatchilik muhokamalari natijasida olingan mulohazalar haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglament loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish natijalari toʻgʻrisida kelishmovchiliklar jadvali (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinishi texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan standartlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentda belgilangan mahsulotlar muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspert komissiyasi texnik reglament loyihasini koʻrib chiqish davomida qoʻshimcha materiallarni, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha hisobotlarni (ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash natijalarini, sinash laboratoriyalari akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqalar) soʻrashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnik reglament loyihasi ekspert komissiyasi tomonidan uning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat siyosatiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament loyihasining ekspertizasi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglament loyihasi sifatli ishlab chiqilganligi, asoslanganligi, dolzarbligi va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar va (yoki) jarayonning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur minimal talablar yetarli belgilanganligi, ushbu talablar respublikaning xalqaro majburiyatlariga muvofiqligi, moddiy-texnik bazani hamda ilmiy-texnik jihatdan rivojlantirish darajasiga muvofiqligi tahlil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentni qabul qilishdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar tahlil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglament loyihasi texnik reglament bayoni va mazmunining toʻgʻriligi, ekologik norma va talablarga muvofiqligi, oʻlchashlarni yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimiga muvofiqligi hamda davlat va tarmoq terminologik standartlarida belgilangan ilmiy-texnik atamalar qoʻllanilishi nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekspert komissiyasi aʼzosi texnik reglament loyihasi olingan paytdan boshlab 15 kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda ekspertiza natijalari boʻyicha oʻz mulohaza va takliflarini ekspert komissiyasi kotibiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Ekspert komissiyasi tomonidan qaror qabul qilish va uning bajarilishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekspert komissiyasi majlisida texnik reglament loyihasi yuzasidan ekspertiza natijalari asosidagi mulohaza va takliflar boʻyicha maʼlumotnomalar yoki texnik reglamentlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflar va ular yuzasidan xulosalar koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik reglamentni ishlab chiquvchi ekspert komissiyasining yakuniy yigʻilishida ishtirok etadi. Munozarali masalalar yuzaga kelganda, ishlab chiquvchi ekspert komissiyasiga tegishli xalqaro va (yoki) mintaqaviy standartlarni, qoidalarni hisobga olgan holda ilmiy maʼlumotlarga asoslangan maʼlumotlarni taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ekspert komissiyasi qarori majlisda ishtirok etgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert komissiyasi aʼzosining komissiyaning qabul qilingan qaroridan farq qiladigan alohida fikri majlis bayonida aks ettiriladi yoki yozma shaklda alohida rasmiylashtiriladi hamda ekspert komissiyasi majlisi bayonining uzviy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ekspert komissiyasi texnik reglament loyihasi ekspertizasini yakunlab qaror qabul qilgandan soʻng ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq xulosa tayyorlaydi, unda texnik reglamentning Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, xalqaro normalar va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan asosli xulosalar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ekspertiza natijalari boʻyicha xulosaga ekspert komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzo (viza) qoʻyiladi, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda komissiya aʼzolariga hamda manfaatdor tomonlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ekspert komissiyasining xulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda, texnik reglamentlar loyihalari tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vakolatli organlar ekspert komissiyasining yakuniy xulosasini veb-saytda eʼlon qiladi, shuningdek, belgilangan tartibda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi masʼul vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga rasmiy veb-saytida eʼlon qilish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Texnik reglament loyihasi boʻyicha ekspert komissiyasi xulosasini berishning umumiy muddati loyiha kelib tushgan sanadan boshlab 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ekspert komissiyasi xulosasining asl nusxasi va unga doir materiallar vakolatli organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Texnik reglament loyihasini ishlab chiquvchi tashkilot

Texnik reglament loyihasini ekspert komissiyasining kotibiga taqdim etadi.

Kelib tushgan sana

2-bosqich

Ekspert komissiyasining kotibi

Komissiya aʼzolariga texnik reglament loyihasini yuboradi.

Shu kunning oʻzida

3-bosqich

Komissiya aʼzolari

Texnik reglament loyihasi boʻyicha oʻzining takliflari va mulohazalarini ekspert komissiyasi kotibiga yuboradi.

Zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab 15 kalendar kun ichida

4-bosqich

Ekspert komissiyasining kotibi

Komissiya majlislarini oʻtkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etiluvchilarni komissiya raisi bilan kelishadi. Komissiya aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi haqida xabardor qiladi.

Komissiya aʼzolari taklif va mulohazalarni olganidan soʻng

5-bosqich

Ekspert komissiyasi

Ekspertiza natijalari boʻyicha xulosaga ekspert komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Shu kunning oʻzida

6-bosqich

Ekspert komissiyasining kotibi

Ekspertiza natijalari boʻyicha xulosani komissiya aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.

Bir hafta muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament ekspertizasi natijalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi xulosasining shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________________________________________________

(texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining nomi)

“Tasdiqlayman”

Ekspert komissiyasi raisi

_________________________

(F.I.O. va imzo)

Texnik reglament loyihasi, texnik reglamentlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek, amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilishga doir takliflar va ular yuzasidan xulosalar boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasining 20__ yil __ _______dagi ____-son

XULOSASI

_________________________ rais ________________________ va aʼzolar ____________lardan

(texnik reglamentning nomi)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

iborat tarkibdagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi tomonidan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom asosida _______________________________________ ekspertizasi oʻtkazildi.

(texnik reglamentning nomi, texnik reglamentlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar)

Ekspertiza natijalari boʻyicha quyidagilar aniqlandi:

1. _________________________________________________________________;

2. _________________________________________________________________;

3. ...

Izohlar:

Texnik reglament loyihasi boʻyicha mulohazalar va takliflar mavjud boʻlmagan taqdirda, texnik reglament loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq keyinchalik tasdiqlash uchun yuboriladi.

Texnik reglament loyihasi boʻyicha mulohazalar va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning toʻliq roʻyxati keltiriladi va texnik reglament loyihasi puxta ishlash hamda Ekspert komissiyasiga takroran taqdim etish uchun ishlab chiquvchiga yuboriladi.

Komissiya aʼzolari:

____________________

____________

(F.I.O.)

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi toʻgʻrisidagi ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi (keyingi oʻrinlarda — Axborot markazi) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot markazi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston Standartlar instituti tuzilmasida alohida boʻlinma shaklida Jahon savdo tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — JST) kotibiyati, JST aʼzolari xalqaro va xorijiy standartlashtirish tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan texnik reglamentlar, standartlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ishlab chiqish, qabul qilish va qoʻllash masalalari yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish maqsadida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot markazi Oʻzbekiston Respublikasi JSTga aʼzo boʻlgan paytdan boshlab, shuningdek, tegishli shartnomalar kuchga kirgandan keyin faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Axborot markazining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Axborot markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) JSTga aʼzo davlatlarni Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro standartlarga asoslanmagan yoki mavjud xalqaro standartlardan sezilarli darajada farq qiladigan, qonuniy maqsadlarga erishish uchun zarur va JSTga aʼzo boshqa davlatlar bilan tovarlar savdosiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yangi texnik reglamentlar yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillari ishlab chiqilayotganligi yoxud mavjud texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga oʻzgartirishlar kiritilayotganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida, ularni ishlab chiqish bosqichida xabarnomalar berish orqali xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) JSTga aʼzo davlatlarning axborot markazlari va boshqa manfaatdor tomonlarning barcha asoslangan soʻrovlariga tegishli vakolatga ega ijro etuvchi hokimiyat va muvofiqlikni baholovchi organlar bilan hamkorlikda javob berilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) JSTga aʼzo davlatlarning ishlab chiqilayotgan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi xabarnomalarga sharhlarini va (yoki) eʼtirozlarini tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlariga ularni muhokama qilish, ishlab chiqilayotgan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari loyihalariga zarur oʻzgartirishlar kiritish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) JSTga aʼzo davlatlarning Savdodagi texnik toʻsiqlar (keyingi oʻrinlarda — STT) sohasida rejalashtirilgan yoki qabul qilingan choralari toʻgʻrisidagi xabarnomalarni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalari va boshqa manfaatdor tomonlarga ularning soʻroviga koʻra taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. JSTga aʼzo davlatlarga xabarnomalarni tayyorlash va taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Axborot markazi tomonidan xabarnomalar berish va soʻrovlarga javob berish mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Axborot markazi JSTga aʼzo davlatlarning texnik reglamentlarni va muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi xabarnomalarini elektron joʻnatish yagona portaliga obuna boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Standartlar va texnik reglamentlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini ishlab chiqish va qabul qilishning yillik rejalari mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xabarnomalar mazkur Nizomga 3-ilovadagi shaklda taqdim etiladi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqish bosqichida boʻlgan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha xalqaro yoki mintaqaviy tashkilotlarga aʼzolik yoki ishtirokchi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilayotgan loyihaning yakuniy matnini yuklab olish manzili toʻgʻrisida maʼlumot, shu jumladan, veb-sayt manzilini (havolasini) koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STT bitimi qoidalarini bajarish bilan bevosita bogʻliq boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xabarnomada aniq bir mahsulot, mahsulotlar guruhi yoki umumiy mahsulotlarga tegishli bir yoki bir nechta texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. JSTga aʼzo davlatlarni xabardor qilish rejalashtirilayotgan choralar toʻgʻrisidagi xabarnomalar JST Kotibiyatiga yuborilishidan oldin Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Rejalashtirilgan choralar toʻgʻrisida JST Kotibiyatiga xabarnomalar JSTga aʼzo davlatlar yangi choralar loyihasi bilan tanishishi, ularni muhokama qilish va qabul qilishda hisobga olinishi lozim boʻlgan oʻz sharhlari va (yoki) eʼtirozlarini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, kelishish uchun kamida 60 kun nazarda tutilgan holda joʻnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari JSTga aʼzo davlatlar va mahalliy sanoat korxonalari yangi choralarga moslashish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun ularni qabul qilish va rasmiy nashrdan soʻng 6 oy oʻtgach kuchga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. JSTga aʼzo davlatlarning soʻrovlariga javoblar, qoʻshimcha maʼlumotlar ingliz tilida taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatlar hajmi katta boʻlsa, asosiy qoidalarni koʻrsatgan holda xabardor qilinayotgan choralar mazmunini ingliz tilida berish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. JSTga aʼzo davlatlar va manfaatdor tomonlarning soʻroviga binoan hujjatlar nusxalarini taqdim etishda uning toʻlov miqdori taqdim etish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarga mutanosib boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. JSTga aʼzo davlatlarning xabarnomalarini qabul qilish, qayta ishlash va muhokama qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Axborot markazi JSTga aʼzo davlatlarning STT sohasida reja qilingan yoki qabul qilingan choralari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalari va boshqa manfaatdor tomonlarga ularning soʻroviga binoan xabarnomalar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. JSTga aʼzo davlatlarning xabardor qilingan choralari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalari va boshqa manfaatdorlar tomonida savollar tugʻilsa, Axborot markazi JSTga aʼzo tegishli davlatga soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Axborot markazi JSTga aʼzo davlatlardan soʻrovlarga javob oladi va olingan javoblarni oʻzbek tiliga tarjima qiladi hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalari va boshqa manfaatdor tomonlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot markazining xabarnomalar berish va soʻrovlarga javob berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Axborot markazi

JSTga aʼzo davlatlarning xabarnomalarini elektron joʻnatish portali (https://eping.wto.org)ga obuna boʻladi.

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlganida

2-bosqich

Axborot markazi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Standartlar, texnik reglamentlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini ishlab chiqish va qabul qilishning yillik rejalarini taqdim etadi.

Har yil yakuni bilan (20-dekabrga qadar)

3-bosqich

Axborot markazi,

texnik reglamentni ishlab chiquvchi tashkilot

Quyidagilarni ilova qilgan holda xabarnoma tayyorlaydi va yuboradi:

ishlab chiqish bosqichida boʻlgan texnik reglament va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari haqida maʼlumot;

ishlab chiqilayotgan yoki qabul qilinayotgan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari toʻgʻrisida dastlabki xabarnomaga qoʻshimchalar.

Ushbu hujjat loyihalari ishlab chiqilgan dastlabki bosqichlarda

4-bosqich

Axborot markazi

Xabarnomada koʻrsatilgan ishlab chiqilgan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari loyihalari boʻyicha JST Kotibiyati va aʼzo davlatlar tomonidan taqdim etilgan sharhlar va (yoki) eʼtirozlarni qabul qiladi.

60 kun mobaynida

5-bosqich

Axborot markazi,

texnik reglamentni ishlab chiquvchi tashkilot

JST Kotibiyati va unga aʼzo davlatlardan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari loyihalari boʻyicha sharhlar va (yoki) eʼtirozlarni tarjima qiladi va tegishli loyiha ishlab chiquvchilariga yuboradi.

Sharhlar va eʼtirozlar qabul qilingan kunda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar va texnik reglamentlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini ishlab chiqish rejasi shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Meʼyoriy hujjatning nomi va belgilanishi

Ishlab chiqish uchun asos

Taqdim etish muddati

Ishlab chiqish uchun masʼul

1

2

3

4

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha xabarnomasi shakli va uni toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Xabar beruvchi bitim ishtirokchisi: Oʻzbekiston Respublikasi

2.

Hujjat ishlab chiquvchi masʼul organ:

Masʼul organ nomi va manzili (jumladan, telefon va faks raqami, elektron pochta manzili, veb-sayt):

3.

Xabarnoma quyidagi moddalarga muvofiq tayyorlandi:

2.9.2 [ ],

2.10.1 [ ],

5.6.2 [ ],

5.7.1 [ ],

boshqalar:

4.

Tovarlarning (tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) kodlari (qoʻshimcha tarzda xalqaro standartlar klassifikatori kodlari koʻrsatilishi mumkin):

5

Hujjat nomi, qaysi tildaligi, sahifalari soni:

6.

Choralarning mazmuni tavsifi:

7.

Maqsad va asoslash, jumladan, agar zarur boʻlsa, hujjatni qabul qilish uchun yuzaga kelgan dolzarb muammo:

8.

Boshqa tegishli hujjatlar:

9.

Taxminiy qabul qilish (tasdiqlash) sanasi:

Taxminiy joriy qilish sanasi:

10.

Sharhlar taqdim etishning yakuniy sanasi:

11.

Hujjat loyihasi mavjud manzil:

[ ] Axborot markazi yoki boshqa organning manzili

aloqa uchun shaxs (I.F.O va egallagan lavozimi)

elektron pochta manzili

telefon/faks

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻri toʻldirish boʻyicha qoʻllanma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-grafa: har doim Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-grafa: hujjat loyihasini ishlab chiqqan organ nomi koʻrsatiladi. Bundan tashqari, ushbu loyiha boʻyicha sharh, eʼtiroz va savollarni koʻrib chiqish uchun tayinlangan organ yoki tashkilotning nomi koʻrsatilishi kerak (tashkilotning toʻliq manzili, telefon va faks raqamlari (agar mavjud boʻlsa), uchinchi tomon soʻrovlari uchun elektron pochta va rasmiy veb-sayt manzili ham koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-grafa: JSTning STT toʻgʻrisidagi bitimi qoidalariga muvofiq tegishli hujjat loyihasi yonidagi maydonga [x] belgisi qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9.2 modda: texnik reglament loyihasi haqida xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10.1 modda: xavfsizlik, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki milliy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha favqulodda vaziyat yoki dolzarb muammolar yuzaga kelish xavfi tugʻilganda qabul qilingan texnik reglament toʻgʻrisidagi xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6.2-modda: muvofiqlikni baholash tartib-taomili loyihasi toʻgʻrisidagi xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7.1-modda: xavfsizlik, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki milliy xavfsizlikni taʼminlashda dolzarb muammolar yuzaga kelganda yoki yuzaga kelish xavfi tugʻilganda muvofiqlikni baholash tartib-taomili toʻgʻrisidagi xabarnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-grafa: odatda erkin matn shaklida va/yoki TIF TN kodlari yoki xalqaro standartlar klassifikatori kodlari yordamida beriladigan tartibga solinadigan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi. Mutaxassislar va tarjimonlar uchun xabarnomalar tushunarli boʻlishi uchun tovar nomenklaturasini aniq tavsifi zarur, shuning uchun qisqartmalardan foydalanmaslik lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-grafa: ishlab chiqilayotgan yoki qabul qilingan texnik reglamentlar yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillarining nomi, shuningdek, xabarnoma hujjatidagi sahifalar soni koʻrsatilgan. Shu bilan birga, xabarnoma hujjatlari taqdim etiladigan til(lar) koʻrsatilishi kerak, shuningdek, hujjatni tarjima qilish rejalashtirilganligi yoki tarjima qilingan qisqacha mazmuni mavjudligi qayd etilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-grafa: taklif qilingan yoki qabul qilingan texnik reglamentlar yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillarning annotatsiyasi boʻlishi kerak. Bu taklif qilinayotgan yoki qabul qilingan choraning asosiy xususiyatlarini aniq va tushunarli (xususan, agar xabarnoma berilgan hujjat JSTning rasmiy tilida boʻlmasa) tavsifi boʻlishi kerak. Bu mutaxassis va tarjimonlar tomonidan xabarnomalarni tushunish uchun muhim. Qisqartmalardan foydalanmaslik kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-grafa: texnik reglament yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillari loyihasining maqsadi va asosiga bagʻishlangan, jumladan, shoshilinch sabablar tavsifi (agar mavjud boʻlsa). Texnik reglamentlar uchun STT bitimi 2.2-moddasiga, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari uchun STT bitimi 5.4-moddasi yoʻnalishida boʻlishi lozim. Misollar: aholi hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalar 6-qatorda keltirilganlari bilan bir xilda. Texnik reglamentlar yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillari bir emas, bir nechta qonuniy maqsadlarni nazarda tutishi mumkin, bunday holda barcha tegishli qonuniy maqsadlar koʻrsatilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-grafa: quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xabarnoma eʼlon qilingan nashr/veb-sayt nomi, jumladan, sana va raqam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hujjat qabul qilinganidan keyin joylashtiriladigan nashr/veb-sayt nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tegishli xalqaro standart yoki boshqa meʼyoriy hujjatga havola;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) agar hujjatni taqdim etish uchun toʻlov belgilangan boʻlsa, toʻlov miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-grafa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) texnik reglamentlar yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillari qabul qilinishi kutilayotgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) STT bitimining 2.12 va 5.9-moddalari qoidalariga muvofiq texnik reglamentlar yoki muvofiqlikni baholash tartib-taomillari kuchga kirishining kutilayotgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-grafa: JSTga aʼzo davlatlar STT bitimining 2.9.4; 2.10.3; 3.1. moddalariga muvofiq sharh berishi mumkin boʻlgan sana. Bunda aniq sana belgilanishi lozim. STT bitimining qoidalariga koʻra sharhlarni topshirish muddati 60 kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-grafa: Agar matn Axborot markazida mavjud boʻlsa, unda tegishli maydonga [ x ] belgisi qoʻyilishi kerak. Agar matnni boshqa organdan olish mumkin boʻlsa, ushbu organ bilan aloqa maʼlumotlarini (yaʼni, aloqa qiladigan shaxs, elektron pochta, telefon, pochta manzili va veb-sayt manzili) koʻrsatish kerak. Tegishli xabarnoma yuborilgan texnik reglamentlar va muvofiqlikni baholash tartib-taomillari matnlariga kirishni yanada osonlashtirish uchun veb-sayt manzilini koʻrsatish tavsiya etiladi, u yerdan aʼzolar xabardor qilingan choraning toʻliq matnini yoki matnga tez va oson kirish uchun foydalaniladigan boshqa manbalarni yuklab olish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-iyundagi 451-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qaror nomidagi, 1, 3 va 4-bandlardagi, qarorga ilova nomidagi “umumiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentning 1-bandidagi “umumiy” va “(keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarorga ilovaning toʻrtinchi bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-bob. Muvofiqligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Bolalar oʻyinchoqlari erkin muomalaga chiqarilishidan oldin mazkur texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar oʻyinchoqlarining muvofiqligini tasdiqlash sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organlari tomonidan 1s, 2s 3s sertifikatlashtirish sxemalarini qoʻllagan holda sertifikatlashtirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirish uchun sinashlar Milliy akkreditatsiya tizimi reyestriga kiritilgan sinash laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar oʻyinchoqlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatidagi hujjatlar qoʻllanmagan hollarda yoki ushbu hujjatlar boʻlmaganda, bolalar oʻyinchoqlarining muvofiqligi ushbu texnik reglamentni 68-bandining b) kichik bandiga asosan (1s, 2s, 3s sxemalar) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlarini sertifikatlashtirish 1s, 2s sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish uchun bolalar oʻyinchoqlari namunalari sertifikatlashtirish organi yoki uning vakolatli vakili tomonidan tanlanadi. Bolalar oʻyinchoqlari partiyasini sertifikatlashtirish 3s sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bolalar oʻyinchoqlari partiyasi import qiluvchi yoki ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingunga qadar sertifikatlashtiriladi. Sertifikatlash uchun bolalar oʻyinchoqlari namunalari sertifikatlashtirish organi tomonidan tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Bolalar oʻyinchoqlarini sertifikatlashtirishda (1s, 2s, 3s sxemalar) ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, import qiluvchi sertifikatlashtirish organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarish uchun foydalanilgan hujjatlar (1s, 2s sxemalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarining rangli tasvirdagi namunalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarining konstruktorlik yoki texnik xususiyatlari berilgan hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek, ularni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish boʻyicha hujjatlari (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar oʻyinchoqlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishga sifat menejment tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati (2s sxema);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) yoki joʻnatish hujjatlari (bolalar oʻyinchoqlar partiyasi uchun) (2s sxema).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirish organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarini identifikatsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglament talablarini qoʻllash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur namunalarni tanlash qoidalari belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirishni tashkil qiladi va sinov bayonnomalarini tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish holatini tahlil qiladi (1s sxema).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlari uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 5 yilga, bolalar oʻyinchoqlari partiyasi uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati cheklanmagan vaqtga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchini vakolatli vakili), import qiluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlari tamgʻasiga muvofiqlik belgisini joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqligi tasdiqlangandan soʻng quyidagi hujjatlarni shakllantiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu texnik reglamentning 68-bandi a) kichik bandida keltirilgan hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinash bayonnomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish holatining tahlili natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirish organi sertifikatlangan bolalar oʻyinchoqlari ustidan inspeksiya nazoratini quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan oʻtkazish va (yoki) ishlab chiqarish holatini tahlil qilish (1s sxema);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarish obyektini sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirgan sertifikatlashtirish organi tomonidan oʻtkazilgan inspeksiya nazorati natijalarini tahlil qilish (2s sxema).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan bolalar oʻyinchoqlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan standartlashtirishga doir hamda mahsulotlarning namunalarini olish, sinov va oʻlchov usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatidagi hujjatlar qoʻllanilmagan hollarda yoki ushbu hujjatlar boʻlmaganda (1s, 2s, 3s sxemalar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchi bolalar oʻyinchoqlari ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar toʻplamini sertifikatlashtirish organiga taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishda foydalanilgan hujjat (1s, 2s sxemalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarining rangli tasvirdagi namunalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarining konstruktorlik yoki texnik xususiyatlari berilgan hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish boʻyicha hujjatlar (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek, ularni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (1s, 2s sxemalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi qabul qilingan texnik yechimlarning tavsifi va xatarlarni baholash hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishga sifat menejment tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati (2s sxema);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) yoki joʻnatish hujjatlari (bolalar oʻyinchoqlar partiyasi uchun) (3s sxema).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Sertifikatlashtirish organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar oʻyinchoqlarini identifikatsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlarini mazkur texnik reglament talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtiradi. Bunda sertifikatlashtirish organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu texnik reglamentning xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, sertifikatlashtirilayotgan bolalar oʻyinchoqlari uchun aniq xavfsizlik talablarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan ushbu texnik reglamentlarning xavfsizlik talablari bajarilishini tasdiqlovchi qabul qilingan texnik yechimlarni tahlil qilish va xatarlarni baholashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchoqlarning muvofiqligini tasdiqlash uchun Texnik reglament talablarini qoʻllash va bajarish hamda mahsulotning muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun zarur boʻlgan namunalarni tanlash qoidalarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatidan ushbu belgilangan aniq xavfsizlik talablarini aniqlash uchun sinov usullari standartlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar oʻtkazilishini tashkil etadi va sinash bayonnomalarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish holatini tahlil qiladi (1s sxema).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seriyali ishlab chiqarilgan bolalar oʻyinchoqlari uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 5 yilga, bolalar oʻyinchoqlari partiyasi uchun muvofiqlik sertifikatining amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili), import qiluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻyinchoqlari tamgʻasiga muvofiqlik belgisini joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqligi tasdiqlangandan soʻng quyidagi hujjatlarni shakllantiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu texnik reglamentning 69-bandida keltirilgan hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinash bayonnomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish holati tahlili natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirish organi sertifikatlangan bolalar oʻyinchoqlari ustidan inspeksiya nazoratini quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan oʻtkazish va (yoki) ishlab chiqarish holatini tahlil qilish (1s sxema);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida (markazda) sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarish obyektini sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirgan sertifikatlashtirish organi tomonidan oʻtkazilgan audit natijalarini tahlil qilish (2s sxema).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Bolalar oʻyinchoqlariga tegishli hujjatlar toʻplami ishlab chiqaruvchilar tomonidan bolalar oʻyinchoqlarining ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan (bekor qilingan) kundan, bolalar oʻyinchoqlarini import qiluvchilar tomonidan soʻnggi mahsulot sotilgan kundan boshlab kamida 10 yil davomida saqlanishi kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2022-yil 1-martdagi 91-son qarorida qaror nomidagi, 1, 3 va 5-bandlardagi, qarorga ilovalar nomidagi, qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentning 1-bandidagi “umumiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin oʻchirish vositalariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2022-yil 28-sentabrdagi 536-son qarorida qaror nomidagi, 1-bandidagi, qarorga ilova nomidagi, qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentning 1-bandidagi, qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentga ilova nomidagi “umumiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2022-yil 28-sentabrdagi 537-son qarorida qaror nomidagi, 1 va 4-bandlaridagi, qarorga ilovalar nomidagi, qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentning 1-bandidagi, qarorga ikkinchi ilova birinchi bosqichining chora-tadbirlar ustunidagi “umumiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26 dekabdagi 886-sonli qaroriga asosan 5-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 25-iyun — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/886/1078-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 28-dekabrdagi 726-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qaror nomidagi, 1-bandidagi, qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentning nomidagi, qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentning 1-bobi birinchi paragrafidagi, qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentning 43-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “umumiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarorga ilova bilan tasdiqlangan texnik reglamentning 1-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida”gi 2010-yil 10-maydagi 86-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-sentabrdagi 289-son qaroriga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 16-yanvardagi 30-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qaroriga 3-ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son; 28.12.2024-y., 09/24/886/1078-son)