11.03.2024 yildagi PF-46-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga Sirdaryo daryosi oʻzanida ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda suv havzalarini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar izchilligini taʼminlash va Sirdaryo daryosining oʻzanini toʻplanib qolgan noruda materiallardan tozalash hamda qirgʻoqlarini mustahkamlash loyihalarini amalga oshirishda ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-maydan boshlab Sirdaryo daryosi oʻzanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilish, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo daryosining yuvilgan qirgʻoqlarini mustahkamlash, qirgʻoq boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-martdagi PF-46-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddimaning toʻrtinchi xatboshisidagi va 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Chirchiq” soʻzi “Chirchiq, Sirdaryo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-ilova quyidagi mazmundagi 14-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

14.

Sirdaryo daryosining yuvilgan qirgʻoqlarini mustahkamlash, sohil boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarni qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1. Sirdaryo viloyat hokimligi boshchiligida Sirdaryo daryosining yuvilgan qiroqlarini mustahkamlash, sohil boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarni qayta tiklash va reabilitatsiya qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish.

2. Sirdaryo daryosi butun uzunligi boʻylab ekologik, gidrologik, gidrogeologik, toshqin suvlarini xavfsiz oʻtkazish, gidrotexnik, yoʻl-muhandislik obyektlarini muhofaza qilish jihatdan oʻrganishlar asosida muammoli (qiroqlar yuvilgan, noqonuniy qazilgan, buzilgan, chiqindi toʻkilgan, choʻllangan) uchastkalarni aniqlash va ularni qayta tiklash va obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

To-kon sanoati va geologiya vazirligi

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 06/24/46/0200-son)