20.02.2024 yildagi KQ-687-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ochiqligini taʼminlash, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlarining faoliyati ustidan deputatlik nazorati taʼsirchanligini oshirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tegishli hududlardagi prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotini eshitish amaliyoti oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2023-yil davomida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan 461 marotaba prokuratura organlari va 1 117 marotaba ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotlari eshitilgan hamda ushbu masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida aniq tartib-taomillar joriy etilmaganligi natijasida prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishda hududlarda oʻz yechimini kutayotgan turli masalalar mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotini eshitish boʻyicha turlicha amaliyot shakllangan boʻlib, bu boradagi ishlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari har yili tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi lozimligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq Dehqonobod, Kasbi, Yakkabogʻ, Mirishkor, Konimex, Qoʻshrabot, Buvayda, Mirzaobod, Yozyovon, Rishton, Hazorasp, Bogʻot, Urganch tumanlari va Xiva, Urganch, Xonobod shaharlari prokurorlari tomonidan 2023-yilda oʻz faoliyati boʻyicha hisobot taqdim qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 131-moddasiga koʻra tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida har chorakda (yiliga 4 marotaba) mahalliy Kengashlarga hisobot berishi nazarda tutilgan boʻlsa-da, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan ham bu borada kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Kitob, Qiziriq, Parkent, Buvayda, Yozyovon, Xiva, Yangibozor tumanlarida ichki ishlar organlari rahbarlarining hisoboti umuman eshitilmagan boʻlsa, Arnasoy, Doʻstlik, Forish, Chiroqchi, Oqoltin, Qumqoʻrgʻon, Boʻka, Ohangaron, Yangiyoʻl, Rishton, Soʻx, Fargʻona, Xonqa, Ulugʻnor tumanlari va Urganch shahrida 1-martadan ularning hisoboti eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga ayrim mahalliy Kengashlarda ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotlari Qonunda belgilangandan koʻp, yaʼni 5-martadan 12-martagacha eshitilish holatlari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunchilikka asosan mahalliy Kengashlarga hisobot berishi belgilangan boʻlsa-da, ayrim hollarda prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan hisobot emas, balki axborot taqdim etib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 126 ta holatda hududiy prokurorlarning, 55 ta holatda ichki ishlar organlari rahbarlarining axboroti eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻz faoliyati boʻyicha hisoboti bilan ushbu organ rahbarlarining sektorlar faoliyatiga doir axboroti bir-biriga aralashib ketmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchidan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlaridagi maʼlumotlar yetarli darajada tahlil qilmasdan, qabul qilingan qarorlarda asosan umumiy masalalar nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu nuqtai nazardan xalq deputatlari Kengashlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining hisobotini eshitishga doir faoliyatini tartibga solish, prokuratura va ichki ishlar organlarining vakillik organlari oldidagi masʼuliyatini oshirish, ushbu organlar tomonidan bir-birini tiyib turish mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlik nazorati sohasidagi faoliyati tartibli yoʻlga qoʻyilishini tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarovning xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tegishli hududlardagi prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotini eshitish amaliyotini oʻrganish natijalari boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar Kengashlari tomonidan viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari hisobotlarini eshitishning namunaviy tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (N. Yoʻldoshev) va Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududiy boʻlinmalari tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobotlar ushbu Qaror bilan tasdiqlanayotgan Tartibga asosan taqdim etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobot taqdim qilmagan tegishli prokuror va ichki ishlar organlari rahbarlarining masʼuliyati oshirilishini, hisobotlarning belgilangan muddatlarda va sifatli tayyorlanishini hamda mahalliy Kengashlarga kiritilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda amalga oshirilgan ishlar natijalari boʻyicha Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (T. Madumarov) va Senat devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi (Q. Muqumov) tegishli hududlardagi prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotini eshitib borish amaliyotini samarali tashkil qilish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari uchun oʻquv seminarlari tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror bilan tasdiqlanayotgan Tartibni oʻz sessiyalarida koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlardagi prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotini eshitishga doir nazorat tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotini eshitishda ularning ish yurituvida boʻlgan muayyan ishlar va materiallarga aralashmaslik tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-687-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi KQ-687-IV-sonli Qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar Kengashlari tomonidan viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) tomonidan viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar prokurorlari hamda Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining (bundan buyon matnda huquqni muhofaza qiluvchi organ deb yuritiladi)ning hisobotlarini eshitish boʻyicha namunaviy tartib (bundan buyon matnda tartib deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur tartib mahalliy Kengashlar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlarini eshitishga doir faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy Kengashlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisobotlarini eshitishdan asosiy maqsad hududiy prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyati ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, hududlarda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ularning ish samaradorligini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning huquqni muhofaza qiluvchi organ hisobotini eshitish huquqni muhofaza qiluvchi organning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududiy prokuratura organlarning hisoboti har yilda bir marotaba eshitilib, mahalliy Kengashga navbatdagi yil birinchi oyining soʻngi ish kuniga qadar hududiy prokuror tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, shuningdek, jamoat xavfsizligi haqida har yarim yilda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har yarim yillik yakuni boʻyicha hisobot navbatdagi yarim yillik birinchi oyining soʻngi ish kuniga qadar tegishli hudud ichki ishlar organining rahbari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, shuningdek, jamoat xavfsizligi haqida har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har chorak yakuni boʻyicha hisobot navbatdagi chorak birinchi oyining oʻn beshinchi sanasiga qadar tegishli hudud ichki ishlar organining rahbari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisobot va unga doir hujjatlarning elektron nusxalari elektron pochta tizimi yoki elektron axborot tashish vositalari orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisoboti mahalliy Kengash kotibiyatida roʻyxatga olingan kundan boshlab taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotida hisobot davri mobaynida qilingan ishlar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisoboti, qoida tariqasida, mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini mahalliy Kengashning doimiy komissiyasida dastlabki tarzda koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisoboti mahalliy Kengash kotibiyatida belgilangan tartibda roʻyxatga olingandan soʻng mahalliy Kengash raisiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash raisi huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha doimiy komissiyaga (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organning hisoboti dastlabki tarzda koʻrib chiqish mahalliy Kengash raisi tomonidan belgilangan muddatda amalga oshiriladi. Qoida tariqasida, ushbu muddat oʻn kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash raisi bir vaqtning oʻzida huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun mahalliy Kengashning boshqa doimiy komissiyalariga ham topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini puxta tahlil qilish, tegishli materiallar va hujjatlarni sifatli tayyorlash, ularning faoliyatida muntazam uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilish, huquqni qoʻllash amaliyoti va ish usullarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish uchun Komissiya tomonidan ishchi guruh tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga mahalliy Kengash deputatlari, hududiy davlat organlari, ekspertlar, mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi ishchi guruh faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini tahlil qiladi, ushbu masala yuzasidan ilgari qabul qilingan mahalliy Kengash qarorlari ijro etilishining holatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organ zimmasiga yuklangan vazifalar samarali bajarilayotganligini va ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyati bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, xalq qabulxonalari, mahalliy Kengashga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyati bilan bogʻliq mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirilgan materiallarni tahlil qiladi va eng dolzarb materiallarni saralab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyatida muntazam uchraydigan kamchilik hamda huquqbuzarliklarga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish va yangi ish usullarini tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud materiallar va oʻrganish natijalari asosida huquqni muhofaza qiluvchi organning hisoboti yuzasidan Komissiyaga ekspert xulosalarini taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh bilan birgalikda huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish bilan bogʻliq zarur materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organ zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishining samaradorligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hisobot va axborotni koʻrib chiqish bilan bogʻliq hujjatlar, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqishga doir Komissiya majlislarining bayonnomalari, oʻtkazilgan majlislar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarini oʻz vaqtida rasmiylashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash raisiga Komissiya zimmasiga huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish boʻyicha yuklangan vazifalarning bajarilishi haqida muntazam ravishda axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini eshitish haqidagi masalani xalq deputatlari mahalliy Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida qarorlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini eshitish masalasi boʻyicha mahalliy Kengashning qaror loyihalarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisoboti ishchi guruh tomonidan zarur materiallar tayyorlangandan soʻng Komissiya majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya majlisida Komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya majlisi ochiq oʻtkaziladi. Zarur hollarda Komissiya yopiq majlis oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya majlisiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa hududiy nazorat idoralarining rahbarlari taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisiga hududiy davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya majlisida ushbu tartibning 4 va 5-bandlarida qayd etilgan shaxs yoki uning oʻrinbosari maʼruza bilan chiqadi va bu haqda Komissiyaga majlisdan kamida bir kun oldin xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya majlisi davomida Komissiya aʼzolari taqdim etilgan hisobotni aniqlashtirish maqsadida maʼruzachiga, shuningdek, taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorida quyidagi masalalar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibi loyihasiga kiritish haqida taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini eshitish boʻyicha mahalliy Kengash qarori loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etish boʻyicha masʼullarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini eshitish boʻyicha soʻzga chiquvchi mahalliy Kengash deputatini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori Komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish haqidagi masala boʻyicha mahalliy Kengash qarorining loyihasi mavjud materiallar, shu jumladan ishchi guruh tomonidan tayyorlangan maʼlumotlar asosida Komissiya qarorida masʼul etib belgilangan deputat va mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan besh kun muddatda ishlab chiqiladi va kelishuv tartib-taomillari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish haqidagi masala boʻyicha mahalliy Kengash qarorining loyihasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ularning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashishning ahvoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyatini yanada takomillashtirish, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish va ilgʻor xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi asosida yangicha ish usullarini joriy qilish boʻyicha tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning ijro etilishi muddatlari va boshqa masalalar bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoboti mahalliy Kengash qaroriga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish haqidagi masala boʻyicha mahalliy Kengash qarorining loyihasi agar normativ-huquqiy xususiyatga ega boʻlsa, tegishli hududiy adliya organiga huquqiy, gender-huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash qarori loyihasi, qoida tariqasida, uch kundan koʻp boʻlmagan muddatda tegishli ekspertizalardan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish haqidagi masala boʻyicha mahalliy Kengash qarorining loyihasi maromiga yetkazilgandan (zarur boʻlgan hollarda, tegishli ekspertizalardan va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilgandan) soʻng belgilangan tartibda barcha zarur materiallar ilova qilingan holda koʻrib chiqish uchun mahalliy Kengash raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish haqidagi masala boʻyicha mahalliy Kengash qarorining loyihasi bilan bir vaqtda mahalliy Kengash kotibiyati bilan kelishilgan holda Komissiya tomonidan ushbu qaror loyihasini tarqatish varagʻi tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini mahalliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mahalliy Kengash sessiyasida huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish haqidagi masala mahalliy Kengash raisining qisqa kirish soʻzi bilan boshlanadi, bunda muhokama qilinadigan masala, huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini eshitish tartibi, hisobot boʻyicha taklif etilgan shaxslar toʻgʻrisida axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini mahalliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqish jarayonida, qoida tariqasida, hisobot beruvchi shaxsga hisobot uchun 30 daqiqagacha, boshqa mansabdor shaxslarga esa, qoʻshimcha axborot yoki deputatlarning munozara nutqlari uchun 5 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning savollari va ular boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organning javoblari uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan masʼul Komissiya vakilining davomiyligi 10 daqiqagacha boʻlgan soʻzga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengash raisi tomonidan sessiyada soʻzga chiqishlar uchun ajratiladigan vaqtning boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini eshitish tartibi mahalliy Kengash sessiyasida qabul qilingan reglament doirasidan chiqmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mahalliy Kengash raisining kirish soʻzidan soʻng muhokama qilinayotgan masala yuzasidan maʼruza qilish uchun soʻz hisobot beruvchi shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hududiy prokuratura organining hisobotida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha hududiy prokuratura organi zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilidan avvalgi yildagi hududiy prokuratura organining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan mahalliy Kengash qarorlari ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda jinoyatchilikni tahlil qilish, qaysi hududlarga birinchi navbatda eʼtibor berilishi, onalar va bolalar oʻlimining tahlili, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida koʻrilgan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy davlat organlari (moliya, soliq, qurilish, taʼlim, sogʻliqni saqlash organlari va boshqalar) tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish, shu jumladan ularning faoliyatida muntazam uchraydigan kamchilik hamda huquqbuzarliklarga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar va boshqa masalalar qamrab olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Hududiy ichki ishlar organining hisobotida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklangan boshqa vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organining avvalgi hisobotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan mahalliy Kengash qarorlari ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash maqsadida qilingan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish, shu jumladan ularning faoliyatida muntazam uchraydigan kamchilik hamda huquqbuzarliklarga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar va boshqa masalalar qamrab olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotidan soʻng mahalliy Kengash raisining ruxsati bilan sessiya ishtirokchilari eshituvda koʻrib chiqilayotgan masalalarni muhokama qilishga oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda deputatlar munozaralar bilan chiqishi, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga yoki sessiyaning boshqa ishtirokchilariga savollar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha mahalliy Kengash qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan mahalliy Kengash qarori nusxalari qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida ushbu qarorni tarqatish varagʻida koʻrsatilgan tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan mahalliy Kengash qarorining ijrosini nazorat qilish mahalliy Kengashning tegishli Komissiyasi zimmasiga yuklatiladi. Komissiya raisi mahalliy Kengash qarorining ijro etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan mahalliy Kengash qarori huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan, agar ushbu qaror hududiy davlat organlari faoliyatiga taalluqli boʻlsa, davlat organlari tomonidan koʻrib chiqiladi va ijro etiladi. Bunda qarorning ijro etilishi bilan bogʻliq axborot va materiallar unda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Zarur hollarda Komissiya huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalaridan, hududiy davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan mahalliy Kengash qarori ijro etilishi bilan bogʻliq qoʻshimcha hujjatlar, xulosalar, statistik hamda boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Komissiya mahalliy Kengash kotibiyati bilan birgalikda mahalliy Kengash qarorining ijro etilishi natijalari boʻyicha kelib tushayotgan axborotlarni umumlashtirib, tahlil qilib boradi va olib borilgan ishlar yuzasidan mahalliy Kengash raisiga zarur axborotlar taqdim etib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida mahalliy Kengash qarorining ijro etilish holati tizimli ravishda muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Huquqni muhofaza qiluvchi organning hisobotini koʻrib chiqishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida hisobotni koʻrib chiqishga doir materiallar belgilangan muddatlarda tayyorlanishi, qonunchilikka muvofiqligi, unda koʻrsatilayotgan maʼlumotlar asosliligi uchun mahalliy Kengashning masʼul Komissiyasi raisi va mahalliy Kengash kotibiyati shaxsan javobgar hisoblanadi.