Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 10-fevraldagi SQ-877-IV-sonli qaroriga
ILOVA
|
T/r |
Aniqlangan kamchiliklar |
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar |
Ijro muddati |
Masʼullar |
|
1. |
Toshkent viloyatida 2023-yilning 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 9,4 mingtaga kamaygan. Tahlil natijalariga koʻra faoliyat koʻrsatmayotgan 15 276 ta yuridik shaxsga tegishli yerlar olib qoʻyilganligi, 1 646 tasi iqtisodiy qiyinchiliklar bois faoliyat koʻrsatmayotganligi sababli oʻz faoliyatini toʻxtatgan. |
1. Faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlar masalalarini oʻrganish boʻyicha viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari boshchiligida Ishchi guruh tashkil etish. |
2024-yil mart |
Toshkent viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
2. Ishchi guruh tomonidan hudud va tarmoqlar kesimida tahlil qilish, muammolarini aniqlash va faoliyatini davom ettirishga toʻsiq boʻlayotgan holatlarni bartaraf etish choralarini koʻrish. |
2024-yil mart — may |
|||
|
3. Hududlardagi hokim yordamchilari va Savdo-sanoat palatasi xodimlari faoliyatini toʻxtatayotgan korxona va tashkilotlar muammolari bilan ishlash va yechimi boʻyicha tuman (shahar) hokimlariga taklif kiritish. |
2024-yil davomida |
|||
|
2. |
Viloyatda 2023-yilning 1-dekabr holatiga xususiylashtirish dasturlari doirasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan 619,0 mlrd soʻmlik 196 ta obyekt sotilmagan. Mazkur obyektlarning 52 tasi uzoq muddatdan buyon sotilmasdan qolgan. |
1. Elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan davlat aktivlari boʻyicha Savdo-sanoat palatasining viloyatdagi barcha hududiy boʻlinmalarida alohida onlayn maʼlumotlar burchagin� tashkil etish. |
2024-yil mart |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Elektron onlayn-auksion savdolarida uzoq muddatdan buyon sotilmasdan turgan obyektlarni qonunchilikda belgilangan tartib asosida xususiylashtirishning boshqa usullarini qoʻllash. |
2024-yil davomida |
|||
|
3. Ommaviy savdolarga ch�qarilgan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning salohiyatli investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga yetkazilishini taʼminlash. |
2024-yil may-iyun |
|||
|
4. Xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari toʻgʻrisida doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida “Road Shou”lar tashkil etib borish. |
2024-yil davomida |
|||
|
3. |
Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 16 ta korxonaning davlat aktivlari vazirlik va idoralar tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilmaganligi oqibatida 2023-yilda elektron savdoga chiqarilmasdan qoldirilgan. |
1. Vazirlik va idoralar tomonidan xususiylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarning davlat aktivlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilishini taʼminlash. |
2024-yil 10-fevral |
“Oʻzkimyosanoat” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ va “Oʻzbekneftegaz” AJ |
|
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga korxonalar yuqoridagi korxonalarning urushlari topshirilganidan soʻng belgilangan tartibda baholatib, xususiylashtirish choralarini koʻrish. |
2024-yil davomida |
|||
|
4. |
Viloyatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan 218 ta boʻsh turgan 88,1 gektar yer uchastkalaridan jami 428 ta holatda vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishish yoki xulosa berish muddatlari buzilgan. |
1. Onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan yer uchastkalari boʻyicha 3 ish kunida vakolatli tashkilotlarning kelishuvi va xulosasi olinishini taʼminlash. |
2024-yil mart |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
2. Vakolatli organ tomonidan “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz vaqtida kelishilishi va xulosa berilishini monitoring yuritish. |
2024-yil davomida |
|||
|
3. Monitoring natijasida kelishuv muddatlari buzilgan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoniga murojaat yuborish. |
monitoring asosida |
|||
|
5. |
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dastur doirasida tegishliligi boʻyicha hokim yordamchilari yoki Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha boʻyicha 13 ta tadbirkor arizasi koʻrib chiqilmagan. |
1. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va hokim yordamchilar tomonidan tadbirkorlarning koʻrib chiqilmagan arizalari yuzasidan qisqa muddatda xulosa berilishini taʼminlash. |
2024-yil fevral |
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
2. “Onlayn mahalla” elektron dasturi orqali tadbirkorlar tomonidan berilgan arizalar kelib tushgandan soʻng hokim yordamchilar tomonidan vaqtida xulosalar berilishini nazoratga olish. |
2024-yil davomida |
|||
|
6. |
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dastur doirasida 27 ta shartnoma Adliya organlari tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlash uchun qaytarilgan boʻlsa-da, unga masʼul boʻlgan tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ekspertizaga yoʻnaltirish yuzasidan hech qanday choralar koʻrilmagan. |
1. Adliya organlarining huquqiy xulosasi bilan qaytarilgan “hamkorlik shartnomasi” loyihasini qayta ishlab chiqib kiritish. |
2024-yil fevral |
Toshkent viloyati tuman (shahar) hokimliklar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
2. Vakolatli organ yoki hokim yordamchilar tomonidan “hamkorlik shartnomasi” loyihasining Adliya organlariga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash. |
2024-yil mart |
|||
|
3. Adliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalaridan huquqiy ekspertiza natijalari yuzasidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, “hamkorlik shartnomasi” loyihasi taraflarga imzolash uchun yuborilishini nazoratga olish. |
2024-yil mart |
|||
|
7. |
Investitsiya dasturlari hududlar kesimida Yuqori Chirchiq tumanida 5,3 min dollarga (20 foizga), Qibray tumanida 6,9 mln dollarga (31 foizga), Ohangaron shahrida 400 ming dollarga (0,2 foizga), Boʻka tumanida 200 ming dollarga (0,3 foizga) bajarilmagan. |
1. Investitsiya dasturlari doirasida ishga tushmagan loyihalarni joyiga chiqib oʻrgangan holda muammolarni aniqlash. |
2024-yil fevral |
Toshkent viloyati hokimligi, Yuqori Chirchiq, Qibray, Boʻka tumanlari, Ohangaron shahar hokimliklari |
|
2. Aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hal etish choralarini koʻrish. |
2024-yil mart — iyun |
|||
|
8. |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasi bilan taʼminlash masalalari hal etilmaganligi oqibatida 2023-yilda investitsiya dasturiga kirgan Nurafshon shahridagi “Data Space System” MChJ QK tomonidan 25 mln dollarlik maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini tashkil etish loyihasi bajarilmasdan qolmoqda. Shu kabi Yangiyoʻl tumanidagi “International paper” MChJga 40 ming kv/soatlik transformator shu kungacha oʻrnatilmaganligi oqibatida qogʻoz va salfetka mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati 29,3 mlrd soʻmga pasaygan hamda 1,5 — 2,0 mln dollarlik eksport hajmi yoʻqolgan. |
1. Energetika vazirligi va “Hudu�iy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan masalani joyiga chiqqan holda oʻrganish. |
2024-yil mart |
Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Toshkent viloyati hokimligi |
|
2. Korxonalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash masalalari hal etish yuzasidan tarmoq jadvalini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. Tarmoq jadvaliga muvofiq korxonalarni zarur quvvatdagi elektr energiyasi bilan taʼminlash. |
tarmoq jadvaliga koʻra |
|||
|
9. |
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi yerlar yirik sanoat loyihalariga ajratib berilmaganligi oqibatida, “Angren-1” blokida 250 mln dollarlik 30 ta investitsiya loyihasi, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritiladigan “Ohangaron” blokida “Quality Device” MChJ QKning elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan 21,6 mln dollarlik loyiha va “Aqcha” blokida “Mareven Food Pamir” MChJning oziq-ovqat ishlab chiqarish boʻyicha 60,8 mln dollarlik loyiha ishga tushirilmasdan qolmoqda. |
1. “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tomonidan tegishli yer maydonlari boʻyicha hujjatlarni va maʼlumotlarni yigʻish hamda ularni vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki xulosasini olish uchun yuborish. |
2024-yil aprel |
Inv�stitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
2. Er maydonlaridan uzoq muddat foydalanish huquqini auksionga quyish uchun materiallarni tayyorlash. |
2024-yil may — iyul |
|||
|
3. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKga buyurtma topshirish. |
2024-yil avgust |
|||
|
10. |
“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida ajratilgan kreditlarning muammoli qismi viloyat boʻyicha joriy yilning 1-dekabr holatiga 67,5 mlrd soʻmni tashkil etib, jami kredit qoldigʻiga nisbatan muammoli kreditlarning ulushi ortgan. |
1. Tuman (shahar) va tijorat banklari kesimida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida vujudga kelgan muammoli kreditlarni qisqartirish grafigini ishlab chiqish. |
2024-yil mart |
Toshkent viloyati hokimligi, Markaziy bank, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
2. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar maqsadliligi va qaytishi boʻyicha hokim yordamchilari tomonidan oʻrganib borish va tuman (shahar) hokimlariga axborot kiritib borish. |
2024-yil har oyda |
|||
|
3. Muammoga aylanib borayotgan kreditlarning oldini olish boʻyicha profilaktika choralarini koʻrish. 4. Muammoli kreditlarning belgilangan muddatlarda soʻndirilishi taʼminlanmagan holatlar yuzasidan tegishli chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga materiallar yuborish. |
2024-yil davomida |
|||
|
11. |
Viloyatning tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligidagi Oilaviy tadbirkorlik markazlari tomonidan 25 mlrd soʻm soliq q�rzdorligi mavjud 743 ta hamda 68,8 mlrd soʻmlik mahsulotlarni yetkazib berish shartlarini buzgan 394 ta taʼminotchilar “marketpleys” dasturidan chetlatilmagan. |
1. Tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining majburiyatlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish. |
2024-yil mart-aprel |
Tuman shahar hokimliklari, Markaziy bank |
|
2. Monitoring natijalariga koʻra mahsulot yetkazib beruvchining marketpleys tizimidagi oʻz xizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda oʻrganib chiqib, tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga nohalol tadbirkorlar yuzasidan axborot kiritish. |
doimiy |
|||
|
3. Tuman (shahar) markazlarining mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilish va jamoatchilik uchun eʼlon qilish. |
monitoring asosida |
|||
|
12. |
“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishiga qaramasdan murojaatlarning 21,9 foizi (126 ta) boʻyicha koʻrib chiqish muddati buzilgan. |
1. Tadbirkorlarning murojaatlarda keltirilgan masallarni joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2. Murojaatda keltirilgan muammolarning hal etilishini taʼminlash. 3. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini buzgan masʼul xodimlarga nisbatan taʼsirchan choralar qoʻllash. |
Toshkent viloyati tuman (shahar) hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
|
doimiy |
||||