08.07.2022 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga asosan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasidan foydalanish, shu jumladan, kreditlarni ajratish, rasmiylashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga muvofiq “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron platforma) orqali ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlari doirasida kredit olish uchun arizalarni barcha bosqichlarda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali onlayn tarzda ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit ajratish bo‘yicha hujjatlarni elektron ko‘rinishda shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni Yagona elektron platforma orqali, belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra avtomatlashtirilgan holda ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari tomonidan kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosalarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va xizmatlarni Yagona elektron platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida erkin sotib olish yoki sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan qarz oluvchilarga marketpleys tizimida tanlagan tovar va xizmatlarni yetkazib berish va ushbu tizim orqali elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yagona elektron platformani takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, aholi o‘rtasida keng yoritilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlarini Yagona elektron platformada ishtirok etishga jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar va loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga oid maxsus ko‘rsatuvlar, ijtimoiy reklamalar va roliklarning muntazam namoyishini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari hokim yordamchilari bilan birgalikda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib borish hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishga mas’ul etib belgilansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — dasturlar) doirasida tijorat banklari tomonidan kreditlarni Yagona elektron platforma orqali ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturlar doirasida kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish, hunarmandchilikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, aholiga qo‘shimcha daromad manbai yaratish va ularning bandligini ta’minlash maqsadlari uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy markazlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, sanoat va savdo, soliq, oila va xotin-qizlar, statistika bo‘linmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘linmalarining rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) markazlari — tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, sanoat va savdo, soliq, oila va xotin-qizlar, statistika bo‘linmalari, tuman Savdo-sanoat palatasi bo‘limi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘linmalarining rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi — har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi lavozimiga tayinlangan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan va o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari hamda hunarmandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyanoma — hokim yordamchisi tomonidan o‘ziga biriktirilgan mahallada qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, dasturlar doirasida kreditlar hisobidan o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan aholi va tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatlari, sharoitlari hamda yetarli bilim va tajribasini puxta o‘rganish orqali kredit ajratish to‘g‘risidagi xulosa asosida beriladigan tavsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron platforma — dasturlar doirasidagi kreditlarning to‘liq raqamlashgan holda ajratilishini ta’minlaydigan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (oilakredit.uz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, qarz oluvchi tomonidan tanlangan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketpleys tizimi — Yagona elektron platformada ajratiladigan kreditlar hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda qarz oluvchilar tomonidan mahsulot yetkazib beruvchilarni mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nohalol ta’minotchilar reyestri — mazkur Nizomning 8-bobida belgilangan talablar asosida marketpleys tizimidan chetlatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar faqat Yagona elektron platforma orqali ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturlar doirasida arizalarni Yagona elektron platforma orqali belgilangan tartibda ko‘rib chiqmasdan aholiga tovarlarni markazlashgan tartibda olib kelib, oldindan tarqatish va tavsiyanomalar berish masalasida hokim yordamchilariga tazyiq o‘tkazish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dasturlar doirasida kreditlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-vositachilikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni (mebel, uyali telefon, maishiy texnika va boshqalar) sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil avtotransport vositalari (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi kichik mototransport vositalari bundan mustasno), jumladan, yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan, xizmat avtomobillari ta’minoti;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar sotib olish va qurish (Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi, Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dala do‘koni, urug‘lik, mineral o‘g‘it va ko‘chat do‘konlari tashkil qilish hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar qurish, kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida qurilishi 25 — 30 foiz yakuniga yetkazilmagan binolar qurilishini yakuniga yetkazish, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq binolarni ta’mirlash bundan mustasno) uchun ajratilmaydi.
(5-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yagona elektron platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy ma’lumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar ajratishda asosiy e’tibor sut yo‘nalishidagi qoramol hamda sovliq qo‘y va echki sotib olishga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotiladigan chorva mollarining har biri bo‘yicha veterinariya xizmatining veterinariya pasporti bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishidagi kreditlar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan) va veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kreditlar tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun beriladigan kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Issiqxonalarni tashkil etish yo‘nalishida kredit ajratishda ustuvorlik hududlardagi o‘zlashtirilmagan adir yerlardan foydalanilayotgan loyihalarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki turizmni rivojlantirish yo‘nalishida kredit ajratishda ustuvorlik oilaviy mehmon uylar, xostellar va ekouylar majmuasini tashkil etish va ularni ta’mirlash bo‘yicha loyihalarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki turizmni rivojlantirish yo‘nalishida aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar 18 oy muddatgacha ajratiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona elektron platforma orqali arizalarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dasturlar doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki hokim yordamchilarining ko‘magi bilan Yagona elektron platforma orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit ajratish to‘g‘risidagi arizalar barcha bosqichlarda Yagona elektron platformada onlayn ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma orqali (telegram bot, SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) ma’lumot berib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qarz oluvchi ariza bilan birgalikda kreditdan samarali foydalanish bo‘yicha o‘zining dastlabki hisob-kitoblarini elektron ko‘rinishda Yagona elektron platforma orqali taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kredit ajratilishida hokim yordamchisining tavsiyanomasi asos hisoblanadi. Bunda tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalaydi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida kredit ajratiladi.
(13-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari inobatga olingan holda, 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda imtiyozli kredit ajratiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari hamda hunarmandlar kredit olish uchun Yagona elektron platforma orqali biznes-reja va qonunchilikda belgilangan tartibda garov ta’minoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Tomorqa xizmati” MCHJlarga urug‘lik va ko‘chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag‘ uchun ajratiladigan garovsiz kreditlar 3 yilgacha muddatga parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) va bir oylik oziqa uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda Kambag‘alchilikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari “Tomorqa xizmati” MCHJlarga beriladigan kreditlar bo‘yicha garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur garovsiz kreditlarning qaytarilmaslik xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin sug‘urtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy vositalarga tijorat banki tomonidan taqiq qo‘yiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. “Temir daftar”, “Ayollar” daftari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning kredit olish yuzasidan arizalari alohida navbat asosida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Dasturlar doirasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va o‘z vaqtida so‘ndirilishi yuzasidan mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini o‘rnatadi.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Skoring baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yagona elektron platforma orqali arizalar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi hollarda qarz oluvchining arizasi Yagona elektron platforma tomonidan skoring ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining Yagona elektron platformada ko‘rib chiqish jarayonida arizasi mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshga to‘lmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan yoxud mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining dastur doirasida to‘liq qaytarilmagan krediti mavjud bo‘lganda (Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar bundan mustasno);
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Skoring natijasiga ko‘ra qarz oluvchining ijobiy baholangan arizasi ko‘rib chiqish uchun hokim yordamchisiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hokim yordamchisi qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, uning faoliyat turi bo‘yicha shart-sharoitlari, imkoniyati hamda yetarli ko‘nikmasi mavjudligini o‘rganib, o‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va qarz oluvchining xaritadagi joylashuvini ilova qilgan holda kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani besh ish kuni mobaynida Yagona elektron platformaga joylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari tomonidan kredit ajratish uchun tavsiyanomalar ustuvor ravishda, kreditlardan avval foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga beriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hokim yordamchisi tavsiyanoma berishdan avval amalga oshirilayotgan loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari va mavsumiyligini inobatga olgan holda “Hunarmand” uyushmasi, Bandlikka ko‘maklashish va mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda sohaga mas’ul uyushma va tashkilotlarning xulosalarini olish, ular orqali tegishli qaror qabul qilish vakolatiga ega.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisining Yagona elektron platforma orqali yuborgan so‘roviga tegishli tashkilotlar tomonidan uch ish kuni mobaynida javob berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha tavsiyanoma berish uchun hokim yordamchisi tomonidan tegishli tashkilotlarning xulosasini olish zarur bo‘lganda, qaror qabul qilish tegishli muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisi qarz oluvchining loyihasini o‘rganish jarayonida loyihani amalga oshirish imkoniyatlari va mavsumiyligidan kelib chiqib, loyihaga qarz oluvchi bilan kelishgan holda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermerlar kengashlari tavsiyanomasiga ko‘ra ajratiladi.
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan, tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohasi, hunarmandchilik hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida kredit ajratiladigan loyihalarda tashabbuskor kamida o‘ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishiga e’tibor qaratilishi lozim.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit mavjud bo‘lmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil mavsumiyligidan kelib chiqib, mavsumga xos bo‘lmagan holda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturlar doirasida avval berilgan kreditlarning o‘z vaqtida so‘ndirilmasligi natijasida resurslar yetarli bo‘lmaganda.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hokim yordamchisi tomonidan kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada uning sabablari ko‘rsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisining ijobiy tavsiyanomasi asosida qarz oluvchining arizasi ko‘rib chiqish uchun Yagona elektron platforma orqali tijorat bankiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tijorat bankida yetarli resurs mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, hokim yordamchisi tomonidan arizalar avval berilgan kreditlarning so‘ndirilishi hamda qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi hisobidan resurs shakllantirilgunga qadar Yagona elektron platformada elektron navbat asosida yuritiladi va bu borada qarz oluvchiga tegishli ma’lumotlar berib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar tashabbuskorlarga loyihabay shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga Jamg‘arma resurslarini tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan Yagona elektron platforma orqali rasmiylashtirish jarayonlarini to‘liq muvofiqlashtirish vakolati beriladi.
(23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yagona elektron platformaga garov ta’minoti bilan bog‘liq ma’lumotlar qarz oluvchi tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Moliyalashtiriladigan loyihalarning xususiyatidan kelib chiqib, bankning ichki kredit siyosati talablarini inobatga olgan holda, qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlar so‘rab olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tijorat banklariga taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda hamda zarur garov ta’minotlari taqdim etilmaganda, kredit ajratilishi rad etiladi va bu to‘g‘risida hokim yordamchisi va qarz oluvchi Yagona elektron platforma orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qarz oluvchi bir oy ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ularni tijorat bankiga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos bo‘lgan kamchiliklar qarz oluvchi tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, tijorat bankiga taqdim qilinganda, hujjatlarni ko‘rib chiqish qarz oluvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror uch ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi, hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi bank tomonidan imzolangan holda taqdim etilgan kredit shartnomasini 10 kun mobaynida imzolamasa, fuqaroning kredit olish to‘g‘risidagi arizasi rad etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilganda, bu haqidagi qaror Yagona elektron platformaga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, qarz oluvchiga kredit hisobidan sotib olinadigan mahsulot va xizmatlarni elektron savdo maydonidan tanlash haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kredit bo‘yicha foizlar qarz oluvchi tomonidan mahsulot qabul qilinib, kredit shartnomasiga asosan haqiqatda to‘lab berilgan mablag‘ uchun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mos ravishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlar bazasidan avtomatik tarzda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda uzoq muddatga ijaraga olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlarining kredit olish bo‘yicha arizalariga avtomatik tarzda “E-auksion” platformasi orqali biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Dasturlar doirasida ilgari olingan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirish uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga o‘tkazib beriladi.
(304-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit olish yuzasidan platformaga ariza qoldirish vaqtida kreditni qisman (10 million so‘mgacha, “hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha”) bank kartasiga o‘tkazib berish to‘g‘risida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli tijorat banklari tomonidan alohida bank kartasi ochilib, arizada ko‘rsatilgan mablag‘lar qarz oluvchilarga o‘tkazib beriladi.
(304-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisi mijozlarning bank kartasiga o‘tkazib berilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida loyiha amalga oshirilayotgan hududga borib, haqiqatda mahsulot olinganligini doimiy ravishda o‘rganib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish yo‘nalishida dehqon xo‘jaliklariga 3 million so‘mgacha mikrokreditlar beriladi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta konturda joylashgan kamida uchta dehqon xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bitta katta hajmdagi vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash va ishga tushirish uchun tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi.
(306-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dala chetlari, kanallar, kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlari atrofidagi maydonlar, aholi tomorqasi, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallaning ichki ko‘chalaridan samarali foydalangan mahsulot yetishtiruvchilarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 100 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar saralash, saqlash, quritish va qadoqlash sexlari hamda sovitkichli omborxonalarni xarid qilish uchun 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida saralash, saqlash, quritish va qadoqlash sexlari hamda sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi bilan ajratiladi.
(306-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jalb qilingan har bir kasanachi uchun 2 million so‘mgacha, biroq jami 300 million so‘mgacha yillik 14 foiz stavkada, 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga revolver kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kreditlar tadbirkorlik subyektlarining talabiga binoan kasanachilarning bank kartalariga o‘tkazib beriladi.
(301 — 307-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Aholiga ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3010. 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3011. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotga tegishli zarur ma’lumotlar (motoroller, motokultivator, tikuv mashinalarining motor, dvigatel yoki kuzov seriya raqami) shartnomaga kiritilmasa, marketpleys tizimida shartnoma rasmiylashtirish imkoniyati avtomatik tarzda cheklanadi.
(308 — 3011-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3012. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 25 — 30 foizi qurib bitkazilmagan binolar qurilishini yakuniga yetkazish uchun belgilangan tartibda kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyiha tashkilotlari tomonidan loyiha-smeta hujjatida belgilangan ishlar 70 foiz va undan ortiq bajarilganligi to‘g‘risida berilgan ma’lumot hokim yordamchisiga Yagona elektron platformaga kiritish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladi.
(3012-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3013. Dasturlar doirasida “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalar uchun tijorat banklari orqali 4 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha miqdorda kredit oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish, shu jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish uchun ajratiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit bir yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oila a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lgan chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni kredit hisobidan olishda hokim yordamchisi va mahalla bankiri ko‘maklashadi hamda loyiha daromadga kirguncha ushbu oilaga hamrohlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit foiz stavkasi dasturlar doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar uchun oshirilgan va (yoki) qo‘shimcha foizlar hamda neustoyka (jarima, penya) hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblangan foiz bo‘yicha ustama haqi miqdori har oyning yakuni bilan, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit va unga hisoblanadigan foizlar bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga ro‘yxat taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblangan foizlar taqdim etilgan ro‘yxat asosida hisobot oyining 10-sanasiga qadar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga (ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzasidan oshirilgan va (yoki) qo‘shimcha foizlar hamda neustoyka (jarima va penyalar) hisoblanmaydi, shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasidan qoplab berilmaydi) qoplab beriladi.
(3013-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Marketpleys tizimining ishlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Marketpleys tizimi mahsulot va xizmatlarni sotish istagi bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun ochiq elektron savdo maydoni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Barcha tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining elektron raqamli imzolari yordamida marketpleys tizimiga kirib, o‘z tovar va xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda joylashtirishi hamda tizimning imkoniyatlaridan erkin foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Marketpleys tizimida tadbirkorlik subyektlari undan foydalanish tartibi va shartlari bilan tanishganligi hamda ushbu shartlarga rozi ekanligi to‘g‘risida elektron shakldagi ommaviy ofertani imzolash orqali ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy ofertaga asosan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha xizmatlar taqdim etilishi mumkin.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlaridan o‘z tovar va xizmatlarini marketpleys tizimiga joylashtirganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ta’minotchilarga O‘zbekiston rezidentlariga belgilangan talablar doirasida ortiqcha hujjatlarsiz Marketpleys tizimiga kirish huquqi beriladi.
(33-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng o‘n besh ish kuni mobaynida marketpleys tizimida qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzilib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma belgilangan muddatlarda imzolanmagan taqdirda, Yagona elektron platforma orqali kredit shartnomasi va tavsiyanoma avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan majburiyatlarning to‘liq bajarilishini kafolatlash maqsadida shartnoma belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar shartnoma qiymatining 3 foizi miqdoridagi zakalat summasi tizim tomonidan band qilib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qarz oluvchiga marketpleys tizimida tanlagan tovar(lar) shartnoma tuzilgan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yetkazib berilishi, xizmatlar esa yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Mahsulot yetkazib berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mahsulot yetkazib berilgan yoki xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng ularni topshirish-qabul qilish maqsadida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan Yagona elektron platformaning o‘zida elektron hisob-faktura rasmiylashtiriladi. Qarz oluvchi mahsulot va xizmatlarni qabul qilib olib, qoniqish hosil qilganidan so‘ng elektron hisob-fakturani imzolaydi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilganligiga (xizmatlar ko‘rsatilganligiga) e’tibor qaratiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Hisob-faktura imzolanganligi to‘g‘risida hokim yordamchisiga Yagona elektron platforma orqali xabar beriladi. Hokim yordamchisi uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tovarlar haqiqatdan yetkazib berilganligi yoki berilmaganligi (xizmatlar ko‘rsatilganligi yoki ko‘rsatilmaganligi) to‘g‘risida fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi. Bunda hokim yordamchisi qarz oluvchining shaxsini tasdiqlash uchun biometrik identifikatsiyalashdan foydalanadi (Touch ID va Face ID).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tijorat banklariga to‘liq imzolangan elektron hisob-faktura hamda hokim yordamchisi tomonidan tasdiqlangan elektron dalolatnoma ushbu mahsulotlar (xizmatlar) uchun to‘lovni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi tadbirkorlik subyektlarining talabiga ko‘ra sotib olinadigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar (avans) mahsulot yetkazib berish shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlar bank tomonidan uch bank ish kunida mahsulot yetkazib beruvchiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shundan so‘ng mahsulot yetkazib beruvchining zakalat summasidan marketpleys tizimining xizmati uchun belgilangan to‘lov ommaviy ofertaga asosan avtomatik tarzda undiriladi va zakalat summasining qoldiq qismi mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib beriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Hokim yordamchisi tomonidan mahsulot yetkazib berilmaganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilmaganligi to‘g‘risida elektron dalolatnoma rasmiylashtirilganda, qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari to‘liq bajarilishi yoki shartnoma bekor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilgan holda mahsulot yetkazib berilib, shartnoma shartlari to‘liq bajarilganda, hokim yordamchisi uch ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda takroran o‘rganish o‘tkazadi va fotohisobot shaklida qaytadan elektron dalolatnoma tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy o‘rganishlarda mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmaganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilmaganligi aniqlangan taqdirda, hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanomani bekor qilish bo‘yicha elektron dalolatnoma rasmiylashtiriladi va Yagona elektron platforma orqali kredit shartnomasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilgan mahsulot (xizmat) sifati ta’minlanganligi va belgilangan talablarga rioya etilganligi fuqarolar tomonidan baholanadi va ushbu baholash natijalari jamoatchilik uchun e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Mahsulot yetkazib beruvchilarni marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tuman (shahar) markazlari quyidagi hollarda mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi va qarz oluvchi o‘zaro kelishgan holda kredit mablag‘ini naqdlashtirish orqali maqsadsiz ishlatganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar malaka, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi kreditni ajratish va (yoki) mahsulotlarni tanlash (yetkazib berish) jarayonida qarz oluvchilar tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo‘llanilishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida qarz oluvchining, tijorat banklarining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to‘g‘risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot yetkazib beruvchilar quyidagi hollarda marketpleys tizimida avtomatlashtirilgan holda Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq hisobotida tegishli mahsulot kirim bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unda soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi 5 va undan ortiq shartnoma bo‘yicha mahsulotlar yetkazib berilganligi to‘g‘risida hisob-faktura rasmiylashtirilgan, biroq hokim yordamchisi tomonidan haqiqatda mahsulot yetkazib berilmaganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 43-bandiga muvofiq xizmat ko‘rsatilgan fuqarolarning 30 foizidan ko‘pi tomonidan salbiy baholanganda”.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tuman (shahar) markazlarining mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng avtomatik ravishda marketpleys tizimidan chetlatiladi hamda Nohalol ta’minotchilar reyestri marketpleys tizimida jamoatchilik uchun e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritilgan ta’minotchining bir yil davomida marketpleys tizimida ishtirok etishi mumkin emas, ushbu muddat tugaganidan keyin ta’minotchi Nohalol ta’minotchilar reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’minotchi tuman (shahar) markazlarining mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Hududiy va tuman (shahar) markazlarining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Hududiy va tuman (shahar) markazlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda faoliyat yuritayotgan mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni shakllantirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari talablarini to‘liq qondirish imkoniyatlarini o‘rganib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda tuman (shahar)dagi mavjud talabdan kelib chiqib yangi mahsulot yetkazib beruvchi korxonalarni jalb qilish va mavjud korxonalar quvvatlarini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulotlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlarining hududdagi ichki bozorga mutanosib bo‘lishini ta’minlash hamda narxlar sun’iy oshirilishining oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilayotgan mahsulotlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati kafolatlanishini hamda o‘z vaqtida yetkazib berilishini (ko‘rsatilishini) nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi bilan birgalikda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib borish hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha tijorat banklari bilan birgalikda tegishli choralar ko‘rish;
(47-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning maqsadsiz ishlatilishi aniqlangan taqdirda, bu haqda hokim yordamchisi bilan birgalikda tijorat bankiga xabar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik yo‘nalishlaridagi arizalar bo‘yicha xulosalar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan) chorva mollarini yetkazib beruvchining mavjud chorva mollari soniga mutanosib tarzda taqdim etilishini hamda chorva mollarining sog‘lomligi to‘g‘risida veterinariya pasporti bo‘lishini ta’minlash.
(47-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mahsulot yetkazib beruvchining majburiyatlari o‘z vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan monitoring tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga ko‘ra mahsulot yetkazib beruvchining marketpleys tizimidagi o‘z xizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda o‘rganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tuman (shahar) markazlari har oy yakuni bilan hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanomalar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida va ushbu Nizom talablariga muvofiq hududning ixtisoslashuvi, drayver yo‘nalishi va doimiy ish o‘rinlari yaratilishiga e’tibor qaratilgan holda berilganligini o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Soliq qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan marketpleys tizimidagi savdo maydoni orqali ma’lum bir davr mobaynida katta miqdorda tovar aylanmasini amalga oshirgan korxonalarda haqiqatda tovarlarning mavjudligi doimiy tahlil qilib boriladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har oyda ushbu korxonalar bo‘yicha Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
511. Hokim yordamchisi tomonidan vakolatli banklarning xodimlari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda, tavsiyanoma asosida ajratilgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanilishi monitoring qilinadi hamda monitoring natijasi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, platformaga yuklab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
512. Hokim yordamchisi tijorat banklari bilan birgalikda samaradorligi past bo‘lgan, pul aylanmasi amalga oshirilmayotgan (biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi ta’minlanmagan) loyihalarni monitoring qilgan holda, mavjud muammolarni hal etishda loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513. Hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va ularning tijorat banklariga o‘z vaqtida qaytarilishi yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini o‘rnatadi.
(511 — 513-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tijorat banklari dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi monitoringini o‘tkazishda ulardan boshqa maqsadda foydalanilgan holatlarni aniqlagan taqdirda, belgilangan tartibda kreditlarni muddatidan oldin undirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga asosan belgilangan dastur koordinatorlari marketpleys tizimida ishtirok etadigan mahsulot yetkazib beruvchilarga qo‘yiladigan talablarni belgilash hamda ularga o‘zgartirish kiritish vakolatiga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/373/0612-son; 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)