ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan taʼminlash | |||||
1. | Hududlardagi mavjud sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish. | 1. Xatlov oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish. 2. Ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish. 3. Xatlov natijalari yuzasidan oʻtkaziladigan sport turlari boʻyicha inshootlarning moddiy-texnik bazasini taʼminlash uchun tegishli vazirlik va idoralarga taklif yuborish. 4. Sport inshootlarining zarur moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganlik holatini monitoring qilib borish. | 2022-yil noyabr | - | Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Yu. Absoatov), Xalq taʼlimi vazirligi (R. Karimjonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. | Sport musobaqalarining respublika final bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u yerda joylashgan infratuzilma obyektlarini talab darajasida tayyorlash. | 1. Ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish joylarini aniqlash. 2. Musobaqalarni sifatli oʻtkazish uchun maqbul sport inshootlari va yotoqxonalarni tanlab olish hamda belgilangan tartibda musobaqa jarayonlariga tayyorlash. | 2022-yil iyun — dekabr | Homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar | Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Yu. Absoatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3. | Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha musobaqalar samaradorligini baholash reytingini joriy etish. | 1. Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni shakllantirish. | 2022-yil may | - | Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Baholash mezonini ishlab chiqish. Bunda, har bir mahalladagi yoshlar ishtirokiga qarab, ularni “namunaviy”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratish. | 2022-yil may | ||||
3. Baholash mezoniga asosan mahallalar reytinglarini belgilash. | 2022-yil iyul — dekabr | ||||
4. Mahallalar reytingini yuritish uchun maxsus axborot dasturini ishga tushirish. | 2022-yil sentabr | ||||
5. Reyting natijalariga koʻra mahallalar samaradorligini koʻrib chiqish. | 2022-yil dekabr | ||||
6. “Qoniqarsiz” deb topilgan mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2022-yil dekabr | ||||
4. | Yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini joriy etish. | 1. Tajribali va taniqli sportchilar roʻyxatlarini shakllantirish. 2. Motivatsion uchrashuvlar reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Hududlarda master-klass koʻrgazmali chiqishlarni tashkil etish. | Har yili may — iyul | - | Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
5. | “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish. | 1. Stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish. 2. Sport maydonchalarida mini-futbol, basketbol, voleybol, gandbol va badminton kabi sport turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish. 3. Sport maydonchalari atrofini ipli himoya toʻrlari bilan oʻrash, yer maydonini qayta ishlangan shina mahsulotlaridan olingan rezina bilan qoplash va foydalanishga topshirish. | 2022-yil davomida reja-grafik asosida | Sportni rivojlantirish vazirligi mablagʻlari | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov) |
II. Aholining keng qatlamlari, ayniqsa, oʻquvchi va talaba yoshlarni sogʻlomlashtirish hamda ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish | |||||
6. | Anʼanaviy tarzda ikki mavsumda oʻtkaziladigan (1-mavsum 30-iyun — Yoshlar kuniga hamda 2-mavsum — Yoshlar forumiga bagʻishlangan) ommaviy sport musobaqalarining besh bosqichli tizimini joriy etish. | 1. Anʼanaviy tarzda ikki mavsumda oʻtkaziladigan ommaviy sport musobaqalarining nizomini ishlab chiqish. | Har yili 1-fevral | - | Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Musobaqani oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Har yili 1-mart | ||||
3. Musobaqalarni oʻtkazish muddati, joyi va sanasini belgilash. Bunda, sport musobaqalari sport maktablari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarining sport inshootlarida oʻtkazilishini nazarda tutish. | Har yili 1-aprel | ||||
4. Cport maktablarining trenerlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini har bir mahalla koʻchalariga biriktirish. | Har yili 1-aprel | ||||
7. | “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha besh bosqichli umumrespublika musobaqalarini tashkil etish. | 1. Sport musobaqalarini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. | 2023-yildan boshlab | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida | Sport vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
2. Sport musobaqalari oʻtkaziladigan sport obyektlari infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash. | 2023-yil mart | ||||
3. Sport musobaqalarini yuqori darajada tashkil etish hamda gʻolib va sovrindorlarni munosib ragʻbatlantirishga asosiy eʼtibor qaratish. | 2023-yil aprel | ||||
8. | Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining yoʻriqchi-uslubchi shtat birliklari doirasida bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimini joriy etish. | 1. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida yoʻriqchi-uslubchi shtat birliklarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni tahlil qilish. 2. Tegishli Hukumat qarori va loyihalariga bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga ustama haqlarini belgilash boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish. 3. Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga namunaviy yoʻriqnomani ishlab chiqish. | 2022-yil iyun | - | Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov), Moliya vazirligi (J. Abruyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (B. Umurzakov) |
9. | Sport turlari boʻyicha tuman (shahar)larning terma va sektor jamoalarini shakllantirish va sport-taʼlim muassasalariga yashirin iqtidor egalarinisaralab olish boʻyicha tizim yaratish. | 1. Sport musobaqalarida iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya) tizimini yaratish. 2. Seleksiya boʻyicha trener hamda sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borish. 3. Ommaviy sport musobaqalaridan tanlab olingan yoshlarni sport maktablariga sport turlari boʻyicha seksiyalarga jalb etish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | - | Sport vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari |
III. Ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirishda faollik koʻrsatgan tadbir ishtirokchilarini munosib ragʻbatlantirish | |||||
10. | Musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari hamda trenerlarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. | Musobaqalarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan mahalla terma jamoasini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va trenerlarni ragʻbatlantirish sifatida; ularning malaka toifalarini koʻtarish; “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoniga tavsiya etish; bir martalik sport anjomlari toʻplamlarini ajratish; ish joyi hisobidan dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlariga bir martalik bepul yoʻllanmalar taqdim etish. | 2022-yildan boshlab doimiy | Mahalliy va ijrochilar budjet mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Sport vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
11. | Musobaqalarning birinchi bosqichi (mahalla bosqichi)ni namunali tashkil etgan tashkilotchi va hakamlarni munosib ragʻbatlantirish. | 1. Tashkilotchi va hakamlarni diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlash. 2. Esdalik sovgʻalar (futbolka va kepka) bilan taqdirlash. | Mahalliy bosqich yakuni bilan | Ijrochilar budjet mablagʻlari | Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
12. | Musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilarni va mahalla yoshlar yetakchilarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. | Musobaqalarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan mahalla terma jamoa ishtirokchilarini hamda mahalla yoshlar yetakchilarini esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash. | Musobaqalar oʻtkazish grafigi asosida | Ijrochilar va mahalliy budjet mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
13. | Ommaviy sport musobaqalari davomida oʻrnak koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, trenerlar, yoshlar yetakchilari va sportchilar faoliyatini yoritish. | Musobaqalar davomida oʻzining tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan alohida oʻrnak koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, trenerlar, yoshlar yetakchilari va sportchilar toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash. | Media-rejaga asosan 2022-yil davomida Rejani tasdiqlash — 2022-yil aprel | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
14. | Hududlarda ommaviy sport musobaqalarini tizimli ravishda oʻtkazish. | Ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash: musobaqalarda gʻolib va sovrindorlarni diplom, medal, kubok, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash; sport musobaqalarining respublika (final) bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar infratuzilmalarini talab darajasida tayyorlash; sport inshootlarini sport jihozlari bilan taʼminlash; tuman (shahar) va viloyat bosqichi gʻoliblari uchun hokim sovrinini taʼsis etish. | Har yili 1-fevral | Mahalliy va ijrochilar budjet mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi (A. Ikramov) |
15. | Sport musobaqalarini namunali tashkil etgan yoshlar yetakchilari va boshqa masʼullar uchun oʻquv seminarlari tashkil etish va maxsus sertifikat berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Ommaviy tadbirlarni tashkil etish maqsadida qisqa muddatlarda oʻquv seminari va leksiyalar metodikasini ishlab chiqish. 2. Onlayn tizim orqali oʻquv seminarlarini tashkil etish. 3. Oʻquv seminarlarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga QR-kodli sertifikatlarni joriy etish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | - | Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov), Xalq taʼlimi vazirligi (R. Karimjonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
IV. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan fuqarolar, oʻquvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish | |||||
16. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi tomonidan kamida 1 ta sport turi boʻyicha bepul toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish. | 1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ommaviylashgan va oʻquvchilar tomonidan shugʻullanishga ishtiyoq bildirilgan sport turlarini aniqlash. 2. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida belgilangan sport turlari boʻyicha sport toʻgaraklarini tashkil etish. 3. Barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sport toʻgaraklari jadvalini ishlab chiqish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | - | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
17. | Har bir umumiy oʻrta taʼlim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish. | 1. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. 2. Musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizom ishlab chiqish. 3. Maktablarning jamoalari oʻrtasida doimiy musobaqalar oʻtkazish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
18. | Talabalar sportini yanada rivojlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish. | 1. Oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan sport klublarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. 3. Musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizom ishlab chiqish. 4. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining xohish va istaklariga qarab sport klublari oʻrtasida doimiy ravishda sport musobaqalarini tashkil qilish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
19. | Yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”, xususan, ommaviy sportni targʻib qiluvchi materiallarni (buklet, banner va boshqalar) kreativ vositalardan foydalangan holda tayyorlash va mahallalarga tarqatish choralarini koʻrish. | 1. Mahallalarda istiqomat qiluvchi oilalarga, xususan yoshlarga tarqatiladigan ommaviy sportni targʻib qiluvchi bukletlar namunalarini ishlab chiqish. 2. Ommaviy sportni targʻib qiluvchi bukletlarni mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarga tarqatish. | 2022-yil iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
20. | Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirishga qaratilgan motivatsion roliklar tayyorlash. | 1. Olimpiya, Paralimpiya, Jahon va Osiyo musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan taniqli sportchilarni jalb qilgan holda yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga chorlovchi roliklarni tasvirga olish. 2. Sport orqali yuqori darajaga erishgan sportchilarning hayot tarzini aks ettiruvchi telekoʻrsatuvlar sonini oshirish. 3. Ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib borish. | 2022-yil iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
21. | Oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish roʻyxatini talabalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda qatʼiy ravishda qayta koʻrib chiqish. | 1. Oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish. 2. Oliy taʼlim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish boʻyicha roʻyxatni talabalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish. 3. Oʻrganish natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasalarini ixtisoslashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritgan holda oliy taʼlim muassasalarini qayta ixtisoslashtirish. | 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab | - | Sport vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |