22.01.2024 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Yuk va yoʻlovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yoʻl varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida tashishlar xavfsizligini taʼminlash, haydovchilar va avtotransport vositalari ishini hisobga olish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 141-bandida tovar-moddiy boyliklarni tashish uchun tovar-transport yuk xatlari va yoʻl varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 1-apreldan 2024-yil 1-oktabrga qadar Yuk va yoʻlovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yoʻl varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov loyihasi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yoʻl varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron yoʻl varaqalari tizimi) orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqalari tashkiliy-huquqiy shakli va mansubligidan qatʼi nazar, avtomobil transportida yuk va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl varaqalarining qogʻoz shaklidan foydalanishni cheklamagan holda uning elektron koʻrinishiga bosqichma-bosqich oʻtish taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yoʻnalishsiz taksi sifatida yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqalari tizimi platformasini yaratish, joriy etish va unga xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan texnik talablar asosida manfaatdor tashkilotlar (milliy operatorlar) tanlov asosida jalb etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqalari tizimidan foydalanganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar avtomobil transportida yuk va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun qulay elektron yoʻl varaqalari tizimi platformasi ishlab chiqilishini va joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuk va yoʻlovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yoʻl varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqalariga qoʻyiladigan talablar va ularning turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqalarini rasmiylashtirish, qayta ishlash va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqalari yuritilishini nazorat qilish hamda ular haqidagi maʼlumotlardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2024-yil yakuniga qadar mazkur qarorga asosan amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihasi natijalaridan kelib chiqib, ijobiy va salbiy holatlarini inobatga olgan holda elektron yoʻl varaqalari tizimini takomillashtirish va yoʻl varaqalarining qogʻoz shaklidan toʻliq voz kechish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-yanvardagi 44-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk va yoʻlovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yoʻl varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tijorat asosida yuk va yoʻlovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yoʻl varaqasini (keyingi oʻrinlarda — elektron yoʻl varaqasi) elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektron yoʻl varaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yoʻl varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron yoʻl varaqasi tizimi) orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashish uchun rasmiylashtiriladigan yoʻl varaqasi elektron va anʼanaviy shaklda rasmiylashtiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqasi tizimi — elektron yoʻl varaqasini rasmiylashtirish, qayta ishlash va saqlash funksiyalarini amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi — elektron yoʻl varaqasi tizimidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan, tijorat va notijorat asosida avtotransport vositasida yuk va yoʻlovchilarni tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqasi — hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega boʻlgan, elektron yoʻl varaqasi tizimi orqali yuritiladigan va avtotransport vositalarining ishini belgilab beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan asosiy hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektron yoʻl varaqasiga qoʻyiladigan talablar va ularning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektron yoʻl varaqasida quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl varaqasining turi, raqami, amal qilish muddati, shuningdek, avtotransport vositasining rusumi va egasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish turi, yuk turi, haydovchining kunlik tibbiy koʻrikdan oʻtganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining sozligi va texnik koʻrikdan oʻtganligi, haydovchiga berilgan yoqilgʻi miqdori, avtotransport vositasidagi yoqilgʻi qoldigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va shahar atrofida muntazam yoʻnalishlardagi avtobusga oʻrnatilgan validatorlar orqali amalga oshirilgan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchining ish soati, shu jumladan, kunlik va oylik, tungi vaqtda, bayram va dam olish kunlarida ishlagan soatlari, tejagan va sarf qilgan yoqilgʻisi miqdori, haydovchiga toʻlangan ish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi tomonidan sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron yoʻl varaqasiga kiritiladigan maʼlumotlar foydalanuvchilar hamda ularning tegishli masʼul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektron yoʻl varaqasi avtotransport vositasidan foydalanish maqsadi hamda tashish turlariga qarab quyidagilarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasidan tijorat asosida yoʻlovchi va yuk tashish maqsadida foydalanuvchilar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A-000000 — muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B-000000 — buyurtma asosida yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D-000000 — tijorat asosida foydalaniladigan yuk avtotransport vositalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositalaridan tijorat maqsadida foydalanmasdan, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan yuridik shaxslar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-000000 — yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositalari uchun yoʻl varaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-000000 — yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun yoʻl varaqasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seriya raqamidan oldin foydalanuvchining roʻyxatdan oʻtgan quyidagi hududlar kodi aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri — 01;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati — 10;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati — 20;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati — 25;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati — 30;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati — 40;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati — 50;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati — 60;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati — 70;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati — 75;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati — 80;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati — 85;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati — 90;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 95.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi holatlarda elektron yoʻl varaqasi elektron yoʻl varaqasi tizimi orqali ochilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarga ega boʻlmagan avtotransport vositasidan foydalanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi bilan mehnat shartnomasiga ega boʻlmagan haydovchilar uchun yoʻl varaqasi rasmiylashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi tegishli toifadagi avtotransport vositasini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan yetarli mehnat stajiga ega boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi belgilangan tartibda dastlabki va keyinchalik davriy tibbiy koʻriklardan oʻtmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchining haydovchilik guvohnomasi bekor qilingan davrda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasi belgilangan tartibda davriy texnik koʻrikdan oʻtkazilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasini muntazam yoʻnalishga ishga chiqarishda tashuvchi ushbu yoʻnalishda ishlash huquqini beruvchi tender bitimiga/brutto kontraktga ega boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasini buyurtma asosida ishga chiqarishda tashuvchi ushbu buyurtmani amalga oshirish uchun tegishli shartnomaga ega boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron yoʻl varaqasini ochish, qayta ishlash va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektron yoʻl varaqasi joriy kalendar oyda ochiladi va oyning oxirgi sanasiga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchining xohishiga koʻra ushbu muddat qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron yoʻl varaqasining amal qilish muddati tamom boʻlgach, keyingi kalendar oy uchun yangi yoʻl varaqasi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron yoʻl varaqasi foydalanuvchi tomonidan ochiladi va unga oy yakuniga/yoʻl varaqasi yopilguniga qadar tegishli maʼlumotlar kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elektron yoʻl varaqasi haqidagi maʼlumotlar ishga tushirilgan vaqtdan boshlab elektron yoʻl varaqasi tizimida 5 yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Elektron yoʻl varaqasi yuritilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda elektron yoʻl varaqasining amal qilishi tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda (tugatilgan vaqtdan boshlab);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron yoʻl varaqasini ochish uchun notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, elektron yoʻl varaqasi tizimidagi unga tegishli boʻlgan elektron yoʻl varaqasi avtomatik ravishda foydalanuvchiga yoki uning huquqiy vorisiga qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yuk va yoʻlovchilarni avtotransport vositasida tashishda elektron yoʻl varaqasi mavjudligi hamda undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektron yoʻl varaqasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan maxsus moslamadan (planshet) foydalangan holda elektron yoʻl varaqasi tizimi orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron yoʻl varaqasi avtotransport vositasining davlat raqami, haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron yoʻl varaqasi haqidagi maʼlumotlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektron yoʻl varaqasi haqidagi maʼlumotlar uchinchi shaxslarga taqdim etilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, dastlabki tergov organlari va sudning yozma soʻroviga asosan elektron yoʻl varaqasi haqidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Foydalanuvchilar elektron yoʻl varaqasidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 09/24/44/0064-son)