06.03.2019 yildagi PQ-4230-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun raqobat muhitini hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va “O‘zstandart” agentligining 2019-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan tyagach (shatakchi) avtomobillarga litsenziya kartochkalari berilishi uchun davlat boji to‘lash tartibini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlashni;
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chek berish yoki yo‘lovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud bo‘lishi sharti bilan yo‘lovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalarida nazorat-kassa apparati mavjud bo‘lishi haqidagi talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi yakka tadbirkorlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona shtatida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan avtotransport vositalaridan foydalanish va tashish xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassisning alohida birligi mavjud bo‘lishi sharti bilan yuridik shaxs rahbarining malaka talablariga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishda yuridik shaxslarning balansida transport vositalari mavjud bo‘lishi haqidagi talablarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019-yil 1-apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori ikki marotaba kamaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar, shu jumladan, quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) yaratilishini ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatlarning shaxsiy kabineti faoliyat yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar o‘rtasida avtomatik ravishda choraklar bo‘yicha taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar, avtomobilda xalqaro tashishga xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalar, shuningdek, YUXYT daftarchasini qo‘llagan holda Yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi konvensiyaga (Jeneva shahri, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq YUXYT (CARNET TIR) daftarchasidan foydalanishga ruxsatnomalar olishga talabgorlarning arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish bosqichini ko‘rsatgan holda qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatlar va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan avtotransport vositalarining ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘n kun muddatda axborot tizimi joriy etilguniga qadar mamlakatlar bo‘yicha xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalar mavjudligi to‘g‘risida doimiy yangilanadigan axborotning vazirlik veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2019-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksi uchun talab etiladigan to‘lov terminallari, hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) almashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni bo‘yamasdan o‘zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan yengil avtomobillar yo‘nalishli transport vositalari uchun maxsus harakat yo‘nalishida harakatlanishi hamda “To‘xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to‘xtashi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar ular olingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega yuridik shaxslarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi mavjud bo‘lmaganda, uning rasmiylashtirilishini ta’minlagan holda, ularning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalaridan litsenziya kartochkalarisiz foydalanilayotgan davlat raqami belgilari qaytarilishi choralarini ko‘rgan holda yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalariga maxsus seriyalardan berilgan davlat raqami belgilarining amaldagi litsenziya kartochkalariga muvofiqligi yuzasidan xatlov o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) himoyalangan telekommunikatsiya kanallari yordamida “Transport vositalari hisobi”, “Texnik ko‘rik” va “UzTrans” axborot tizimlarining samarali idoralararo integratsiyasini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llarida transport vositalarining og‘irlik va gabarit parametrlarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar va ko‘chma shoxobchalarni tashkil etish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi 2019-yil 1-avgustga qadar avtomobil yo‘llarida davlat-xususiy sheriklik obyektlari ro‘yxatini, reglamentni va investorlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tanlab olish mexanizmini nazarda tutuvchi og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha maxsus punktlarni tashkil etish yuzasidan faoliyatni amalga oshirish tartibini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport-logistika sohasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish va minimallashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini berish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat buyurtmachilari, shu jumladan, xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari ko‘rsatishni maxsus elektron savdo maydonchasida elektron savdo yakunlari bo‘yicha xarid qilish va xizmat ko‘rsatishini nazarda tutuvchi tartibni joriy etish haqidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi, tranzit o‘tishi (alohida yuklar va harbiy kontingentlardan tashqari) va hududda bo‘lishi tartibini, shu jumladan, respublikaga kirayotgan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining bo‘lishi muddatlarini optimallashtirishni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy tashuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ikki punkt oralig‘ida yuk va yo‘lovchilar tashish amalga oshirilganligi, shuningdek, ruxsat etilgan og‘irlik va gabarit parametrlari oshirilganligi uchun ta’sir choralarini qo‘llash yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 20-fevralda Jeneva shahrida imzolangan elektron yuk xatiga tegishli Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish (YUXYT) shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiyaning Qo‘shimcha bayonnomasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda milliy transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, mazkur shartnomalarni tuzgan tashkilotlar ro‘yxatini oshkora e’lon qilish tartibini o‘rnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokomotivlar, temir yo‘l vagonlari va butlovchilar (TIF TN kodi 8601–8607), barcha tipdagi yuk konteynerlari (TIF TN kodi 8609), uchish apparatlari (TIF TN kodi 8802) bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8704 21 (refrijeratorlar), 8704 23 (samosvallardan tashqari) va aviatsiya yoqilg‘isi bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son — 2021-yil 20-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 6-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4230-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Transport sohasini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish

1.

Transport sohasida milliy qonunchilikni xatlovdan o‘tkazish va uni xalqaro normalar bilan uyg‘unlashtirish.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish

2019-yil 1-dekabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Adliya vazirligi (Istamov), O‘zstandart (Sattarov),

Bosh prokuratura (Saidkarimov)

2.

Tashish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlashi va transport vositalarining yo‘llardagi harakatlanish tezligini masofadan kuzatish, avtotransport vositalarining texnik holati va safar oldi texnik ko‘rikdan o‘tganligi hamda haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini nazorat qilish imkoniyatini beruvchi elektron tizimining yagona minimal standartlarini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

IIV (Bobojonov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov)

3.

Yo‘lovchilar va yuk tashishlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish tartibi to‘g‘risida Nizom loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2019-yil

1-avgustgacha

IIB (Bobojonov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

5.

Jamoatchilik kuzatuvi mexanizmlaridan foydalangan holda avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Tashkiliy

tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

IIV (Bobojonov).

6.

Yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda, Toshkent shahrida yo‘lovchi transporti faoliyatini tubdan takomillashtirish Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2019-yil 1-iyulgacha

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (Valiyev)

7.

“Toshshahartransxizmat” AJning avtobus parklaridagi hissasini ishonchli boshqaruvga o‘tkazish yoki xususiy mulkka sotish chora-tadbirlarini ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Davlat aktivlarin�

boshqarish agentligi (Jo‘rayev),

Transport vazirligi (Dexkanov),

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev)

8.

Temir yo‘l va havo tashishlari sohasida:

yuk hujjatlarini rasmiylashtirishni amalga oshirish, tashish uchun hisob-kitoblar qilish;

havo kemalari, vagonlar va konteynerlarning to‘lganligi darajasi hamda poyezdlar harakatini onlayn tarzda monitoring qilish;

vagonlar va konteynerlar harakatlarini, shu jumladan mobil telefonlar uchun ilovalardan foydalangan holda, masofadan kuzatish imkoniyatini yaratuvchi elektron tizimni joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xosilov), “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ (Xakimov)

9.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga litsenziyalashni soddalashtirish va nazorat tizimini takomillashtirishni hisobga olib, shu jumladan “tijorat asosida amalga oshiriladigan tashishlar” tushunchasini izohlashni nazarda tutgan holda, o‘zgartirishlar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

IIV (Bobojonov),

Adliya vazirligi (Davletov)

10.

Ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarining narx siyosatini, texnik konfiguratsiyasi va turlarini milliy avtotransport kompaniyalarining real ehtiyojlarini hisobga olib, qayta ko‘rib chiqish.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-aprelgacha

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (G‘ulomov), O‘zavtosanoat (Umurzoqov), Monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi (Sharipov), Moliya vazirligi (Xaydarov)

11.

Milliy eksport qiluvchilarni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish, shu jumladan eksport qilinadigan milliy tovarlar tashishni subsidiyalash tartibini joriy etish yo‘li bilan.

Tahliliy ma’lumot shaklida xulosa

2019-yil1-aprelgacha

Moliya vazirligi (Xaydarov),Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

12.

O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro yuk tashishlariga ixtisoslashtirilgan transport-logistika qo‘shma korxonalarini tashkil etish uchun yetakchi xorijiy transport kompaniyalarni jalb etish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-oktabrgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

13.

Milliy, shu jumladan milliy tashuvchilarning xorijdan orqaga qaytishida yuklar yuklanishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va yagona elektron logistik portalning operatori hisoblangan milliy ekspeditorlik kompaniyasini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)

14.

Qora dengiz havzasi, Kaspiy va O‘rta yer dengizlari, Fors ko‘rfazining yirik dengiz portlarida hamda transkontinental dengiz tutashmalarida joylashgan portlarda vakolatxonalar, front-ofislar va stividor kompaniyalarni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Savdo sanoat palatasi (Ikramov)

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabida “Logistika va yetkazib berish tizimini boshqarish” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash jarayoni tashkil qilish, bunda yetakchi xorijiy mutaxassislar hamda logistika va yetkazib berish tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasalarini jalb qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Davlat boshqaruvi Akademiyasi (Kasimov Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabi (Abduraupov)

16.

“Transport logistikasi” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlarini tayyorlashni tashkil etish samaradorligini oshirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

1-aprelgacha

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

17.

Milliy oliy ta’lim muassasalarida aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni tiklash bo‘yicha takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Transport vazirligi (Maxkamov)

18.

Ilg‘or xorijiy ishlanmalarni joriy etgan holda, hududiy rejalashtirish uchun transport makro va mikro modellashtirishni ishlab chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov)

19.

Taqsimlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etgan holda avtomobilda xalqaro tashishlar uchun xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni taqsimlash shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Bosh prokuratura (Mavlonov)

20.

Amalga oshirilayotgan xalqaro avtomobilda yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil 1-iyulgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

DBQ (Azimov)

21.

“O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy” yo‘nalishi bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvonini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

II. Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashish jarayonlarini takomillashtirish

22.

Yo‘nalishli taksilar uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarining maxsus seriyali davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

IIV (Bobojonov)

III. Yo‘l, yo‘l yoqasi va boshqa infratuzilmalarni takomillashtirish

23.

Janubiy-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, MDH va Yevropa punktlari o‘rtasida �ransfert oqimiga xizmat ko‘rsatish markazini bosqichma-bosqich tashkil etishga qaratilgan Markaziy Osiyo xabi Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

24.

Xalqaro standartlarga yetkazish maqsadida aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda aerodromlarni samolyotlar oqimi ko‘payishi ehtimoliga tayyorlash (zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, uchish-qo‘nish yo‘lagi va perronlar turargohlari sonini ko‘paytirish).

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov)

25.

Aeroportlarning noaviatsiya daromadlarini oshirish uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish, aeroportlar hududida xizmatlarni taqdim etish uchun xususiy sektorga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov)

26.

Yo‘lovchilarga zarur qulayliklar va xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab turgan temir yo‘l vokzallarini xalqaro normalar va standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida (simsiz internetdan erkin foydalanish, chipta kassalariga elektron navbatlar, yo‘lovchilarni xabardor qilishning markazlashgan tizimi, xavfsizlik choralarini ko‘rish, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar yoki og‘ir bagaj bilan sayohat qilayotganlarga qulaylik yaratish) modernizatsiya qilish va jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-dekabrgacha

“O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ (Xasilov),

27.

Ishlab turgan avtovokzallar, avtostansiyalar va to‘xtash bekatlariga egalik qilish shartlarini qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Avtovokzallar, avtostansiyalar, to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va boshqarishga, tomonlarning majburiyatlari va obyektlar joylashuvi standartlarini aniq belgilab, tadbirkorlik subyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy asosda

Transport vazirligi (Maxkamov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Davletov)

29.

Axborotlarni maxsus saytda joylashtirish, aholi va yo‘lovchilar uchun yo‘nalishlar, harakat jadvallari, xizmatlar va boshqa zaruriy ma’lumotlar haqida axborot bazalaridan erkin foydalanishni nazarda tutuvchi, jamoat transporti faoliyati haqida xabardor qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish yo‘li bilan yo‘lovchilarni axborot bilan ta’minlash darajasini oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-sentabrgacha

Transport vazirligi (Maxkamov),

“Toshshahartransxizmat” AJ (Valiyev)

30.

Aviatsiya yoqilg‘isini import qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish, shu jumladan aeroportlar hududida havo kemalariga uzluksiz xizmat ko‘rsatish uchun tadbirkorlik subyektlari va xorijiy kompaniyalarni jalb qilishni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil 1-aprelgacha

Energetika vazirligi (Sultonov)

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov), “O‘zbekneftgaz”
AJ (Siddikov)

31.

Og‘ir yuk tashuvchi va yirik gabaritlitransport vositalarining “Qamchiq” dovoni orqali o‘tishini, shu jumladan tashishlarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari uchun Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘ylab muqobil aylanma yo‘llardan foydalanish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish yo‘li bilan kamaytirish yuzasidan choralarni ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil davomida

Transport vazirligi (Maxkamov),

TIV (Kamilov)

32.

Temir yo‘l tashuvlari sohasida faoliyatni amalga oshirishga, shu jumladan asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan mehmonxona va boshqa mol-mulkini tadbirkorlik subyektlariga autsorsing asosida berish yoki sotish bo‘yicha takliflarni kiritish yo‘li bilan, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-iyulgacha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xasilov)

33.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda, og‘ir vaznli va/yoki yirik gabaritliyuklarni tashish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-avgustgacha

Transport vazirligi (Abduvaliyev)

34.

Yo‘l yoqasi infratuzilmasi obyektlarini (kemping, parkovka, motel, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, sanitar punkti va boshqalarni) xorij tajribasidan kelib chiqib, davlat-xususiy sheriklik asosida respublikaning tranzit yo‘laklari bo‘ylab joylashtirish va qurish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-iyungacha

Transport vazirligi (Abduvaliyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov),

Qurilish vazirligi (Tuxtayev)

IV. Tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

35.

Xorijiy tashuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida yo‘lovchilar va yuklar tashishni amalga oshirgani, shuningdek, katta gabaritlar bo‘yicha cheklangan parametrlaridan oshganligi uchun javobgarlik choralarini belgilash.

Qonun loyihasi

2019-yil 1-avgustgacha

Transport vazirligi (Maxkamov), IIV (Bobojonov),

DSQ (Musayev),

DBQ (Azimov)

36.

Xorijiy tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish muddatlariga nisbatan mos choralarni ko‘rish tartibini joriy etish, respublika hududida uzoq muddat bo‘lish uchun ruxsatnomani faqatgina asoslangan sabablar mavjudligida taqdim etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), IIV (Bobojonov), DBQ (Azimov)

37.

O‘zbekiston Respublikasining TRASEKA Hukumatlararo Komissiyasining Doimiy Kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish to‘g‘risida 2005-yil 21-apreldagi Bitimga qo‘shilishi yo‘li bilan TRASEKA doirasida hamkorlikni faollashtirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumot ko‘rinishida xulosa

2019-yil 1-aprelgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Moliya vazirligi (Xaydarov)

V. Tashuvchilar va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliklarini

majburiy sug‘urtalash mexanizmlarini takomillashtirish

38.

Tashuvchilar va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliklarini majburiy sug‘urtalash mexanizmlarini, shu jumladan sug‘urta qoplamasi miqdorini oshirish, sug‘urta kompaniyalarini respublika hududiga (bojxona) kirish joylarida joylashtirish tartibini belgilash masalalarini nazarda tutgan holda takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil 1-aprelgacha

Moliya vazirligi (Xaydarov)

39.

Xorijiy transport vositalarini qo‘shaloq sug‘urtalanishi holatlariga yo‘l qo‘ymagan holda, avtosug‘urtaning yagona namunalari qo‘llanishini ta’minlash.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy asosda

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

VI. Transport sohasida tariflar, yig‘imlar va to‘lovlarni belgilash tartibini takomillashtirish

40.

Davlatlar va mahsulotlar kesimida raqobatbardosh narxlarni ta’minlashni hisobga olgan holda, eksport mahsulotlarini tashish tariflarini optimallashtirish.

Idoraviy hujjatlar

2019-yil 1-iyungacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Xosilov), “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ (Xakimov),

Transport vazirligi (Maxkamov)

41.

Xorijiy davlatlarning katta hajmli yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun yo‘l yig‘imlari kilometrli yoki vaqtbay hisoblash tizimini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tajribani, asosan davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘llash yuzasidan takliflarni kiritish.

Tahliliy ma’lumot ko‘rinishida xulosa

2019-yil 1-aprelgacha

Transport vazirligi(Maxkamov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

DBQ (Azimov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4230/2713-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son)