10.11.2021 yildagi PQ-2-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini yetishtirish va uning yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosi yetishtirish va uning yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish hamda mahsulotni chuqur qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil hosilidan boshlab paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish tegishli hosil yili uchun oldingi yilning 1-oktabridan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetishtirish maqsadida paxta-toʻqimachilik klasterlariga ajratilgan imtiyozli kreditlar paxta xom ashyosi yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarni moliyalashtirish uchun fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltiriladi, bundan paxta-toʻqimachilik klasterlariga ular tomonidan ijaraga olingan qishloq xoʻjaligi yerlarida paxta xom ashyosini yetishtirish uchun ajratilgan kreditlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan fermer xoʻjaliklariga paxta xom ashyosi yetishtirish uchun oldindan toʻlov pul shaklida amalga oshiriladi. Bunda, oldindan toʻlovni natura shaklida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan mineral oʻgʻit, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, texnika va texnika xizmatlariga (oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalaridan tashqari) oid masalalar, shu jumladan ularni import qilishni mustaqil hal qilinadi, bunga har qanday tarzda aralashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishi va klasterlarning moliyaviy holati ustidan doimiy monitoringni tashkil etish maqsadida Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga Jamgʻarma tarkibida 5 shtat birligidan iborat boʻlim tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga oʻzi tomonidan ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishini audit va biznes konsalting tashkilotlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda auditdan oʻtkazish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaziy bank, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar paketini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar omborlariga qoʻyiladigan talablar, tovar omborlari faoliyatini tashkil etish va saqlash uchun berilgan mol-mulk boʻyicha tomonlar majburiyatining bajarilishini taʼminlash tartibi, shuningdek, qatʼiy hisobda turuvchi ombor guvohnomasiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborga saqlash uchun berilgan mol-mulk miqdori, turi, saqlash muddati va boshqa maʼlumotlarni aks ettiruvchi Ombor guvohnomasi yagona reyestrini yaratish hamda unda tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklariga mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan qonunchilik hujjatlari qabul qilingunga qadar, kreditlash uchun paxta-toʻqimachilik klasterlarining ip-kalava zaxirasini, basharti ushbu zaxira qarz majburiyatlaridan va garovdan holi boʻlgan taqdirda, garovga olish tavsiya etilsin. Bunda, garovga qoʻyilgan ip-kalava zaxiralari garovga oluvchi tijorat bankining roziligi asosida tasarruf etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va moliya vaziri T.A. Ishmetov qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda bugʻdoyni bozor narxlarida xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish uchun 2022-yilda Jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 5 trln soʻm begʻaraz moliyaviy yordam hamda Jamgʻarmaning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra 7,5 trln soʻmgacha budjet ssudasi ajratilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlariga 2021-yil hosili uchun paxta xom ashyosini yetishtirishga ajratilgan imtiyozli kreditlar 2022-yil sentabr oyidan boshlab 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Jamgʻarma hisobidan ushbu maqsadlar uchun tijorat banklariga ajratilgan resurslarni qaytarish imtiyozli kreditlarni qaytarish muddatiga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlashda masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4633-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Belgilansinki, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining imtiyozli kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlaridan paxta-toʻqimachilik klasterlari va urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urugʻchilik xoʻjaliklari agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 53-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandda “1-noyabrigacha” soʻzlari “1-oktabrigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-bandning birinchi xatboshisiga “har oyning 5-sanasiga qadar” soʻzlaridan soʻng “, paxta yigʻim-terimi xarajatlari uchun mavsum davrida har besh kunda” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “1-noyabridan” soʻzlari “1-oktabridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga asosan kredit resurslarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta-toʻqimachilik klasterlarining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkadan oshmagan miqdorda, 18 oy imtiyozli davr bilan umumiy foydalanish muddati 24 oyga joylashtiradi, bunda, kreditni qaytarish 19-oydan boshlanadi hamda u soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddat bilan paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkada kredit resursini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha yillik 8 foiz stavkadan oshmagan miqdorda 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oyga kredit resursini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 7-bandning “a” kichik bandidan “fermer xoʻjaliklari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Tijorat banki qarz oluvchi bilan paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun tuzgan kredit shartnomasiga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta-toʻqimachilik klasterlarining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkadan oshmagan miqdorda (shundan, bank marjasi 2 foiz), 18 oy imtiyozli davr bilan umumiy foydalanish muddati 24 oyga kredit ajratadi, bunda, kreditni qaytarish 19-oydan boshlanadi hamda u soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun 14 oy muddat bilan paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha yillik 10 foiz stavkadan oshmagan miqdorda (shundan, bank marjasi 2 foiz) 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oyga kredit ajratadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Nizomga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son; 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)