1-ILOVA
|
1. |
Choʻlliyev Shuxrat Askarovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari |
|
2. |
Parpiyev Maxmud Mamatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
Ishchi guruh aʼzolari: | |||
|
3. |
Musurmanov Iskandar Ubaydullayevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori |
|
4. |
Mirzaaxmedov Zufar Tashmuxamedovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari kotibiyatining bosh mutaxassisi |
|
5. |
Yuldashov Muxammadyusuf Dilmuhammad oʻgʻli |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi siyosati boshqarmasi Xususiy bandlik agentliklari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi |
|
6. |
Xamrayev Islomjon Olimovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yuridik taʼminlash boʻlimi bosh yuriskonsulti |
|
7. |
Aripov Toxir Erkinovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining birinchi kotibi |
|
8. |
Patxullayev Diyor Zafarovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining uchinchi kotibi |
|
9. |
Sattarov Dilshod Talatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi katta prokurori |
|
10. |
Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yuridik taʼminlash boshqarmasining Shartnomaviy-huquqiy boʻlimi boshligʻi |
|
11. |
Vasliyev Axror Anvarovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijga chiqishlarini rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi |
|
12. |
Nusratullayev Shaxboz Jumanazar oʻgʻli |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi |
|
13. |
Neʼmatov Inatillo Ubaydullayevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi |
|
14. |
Aliboyev Vaxobjon Xasanboyevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi bosh inspektori |
|
15. |
Ibragimov Jasur Oʻtkir oʻgʻli |
— |
“Yuksalish” umummilliy harakati bosh kordinatori |
|
16. |
Azizov Ildar Rafaelevich |
— |
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy inves�itsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi |
|
17. |
Axmedov Mirjalol Axmedovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi |
2-ILOVA
| T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Masʼullar |
| 1. | Tashqi mehnat migratsiyasi sohasini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish. 2. Normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud boʻshliqlar va ular oʻrtasidagi oʻzaro nomuvofiqliklarni oʻrganish. 3. Inventarizatsiya natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. | 2023-yil 15-dekabr | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi |
| 2. | Noqonuniy migratsiya muammolari, xususiy bandlik agentliklari faoliyati bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish. | 1. Noqonuniy migratsiya bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarni oʻrganish. 2. Xususiy bandlik agentliklarining faoliyati yuzasidan jamoatchilik oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish. 3. Ijtimoiy tarmoqlarda tashqi mehnat migratsiyasi hamda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga oid eʼlon qilingan maqolalarni oʻrganish. 4. Natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlash. | 2023-yil 20-dekabr | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati |
| 3. | Xorijiy davlatlarga chiqish uchun vizalar rasmiylashtirish tartibini tahlil qilish. | 1. Xorijiy davlatlarga chiqish uchun vizalar rasmiylashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda viza rasmiylashtirish tartibini tahlil qilish. 2. Viza rasmiylashtirish talablarini soddalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil 15-dekabr | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi |
| 4. | Hukumatlararo hamkorlik doirasida tashqi mehnat migratsiyasi uchun istiqbolli davlatlar bilan ikki tomonlama bitimlar tuzish masalasini oʻrganib chiqish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi uchun istiqbolli davlatlar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil 15-dekabr | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. Ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar orqali oʻzaro kelishuvlarga erishish masalasini oʻrganib chiqish hamda natijasi yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil 20-dekabr | |||
| 5. | Xorijiy davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklarni tayyorlash boʻyicha chet tillari va kasb-hunarga oid oʻquv kurslarini tashkil qilish choralarini koʻrish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi uchun istiqbolli davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil 15-dekabr | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
| 2. “Ishga marhamat” monomarkazlari bazasida xalqaro donor tashkilotlar (KOICA, JICA va h.k.) bilan birgalikda namunaviy loyiha sifatida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil 20-dekabr | |||
| 3. Xorijiy davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolari uchun qoʻshimcha chet tillari oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil 25-dekabr | |||
| 6. | Xorijiy davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr taʼlim yoʻnalishlarini joriy etish mexanizmlarini oʻrganish. | 1. Oliy taʼlim muassasalarining faoliyati va mavjud texnik imkoniyatlarini oʻrganib chiqish. | 2023-yil 15-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. Oliy taʼlim muassasalarida tashqi mehnat migratsiyasi uchun istiqbolli davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha intensiv (qisqa muddatga moʻljallangan) bakalavr taʼlim yoʻnalishlarini joriy etish masalasini koʻrib chiqish. | 2023-yil 20-dekabr | |||
| 3. Natijalari boʻyicha maʼlumotnoma hamda takliflar tayyorlash. | 2023-yil 25-dekabr | |||
| 7. | Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid xalqaro tajribani oʻrganish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid rivojlangan xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va tajribasini tahlil qilish. 2. Huquqni qoʻllash amaliyotida samarali natija koʻrsatgan qonunchilik normalarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2023-yil 30-dekabr | Adliya vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi |
| 8. | Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish. | 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amaliyotchilar, ekspertlar, olimlar va mutaxassislar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida seminar hamda davra suhbatlari tashkil etish. | 2024-yil 15-yanvar | Adliya vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
| 2. Seminar hamda davra suhbatlarida ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarni tahlil qilish. | 2024-yil 20-yanvar | |||
| 3. Davlatning migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiya loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil 25-yanvar | |||
| 4. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan dastlabki qonun loyihasi ishlab chiqish. Bunda qu?idagi masalalarni qayta koʻrib chiqish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish: - shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq undirish; - xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar koʻrsatish uchun zaxira sifatida jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻ miqdorini optimallashtirish masalasini oʻrganish. 5. Dastlabki qonun loyihasi yuzasidan tushuntirish xati, taqqoslama jadval va boshqa materiallar tayyorlash. | 2024-yil 1-fevral |