30.11.2023 yildagi PQ-382-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va suv resurslarini samarali boshqarish, elektr energiyasi sarfini maqbullashtirish, shuningdek, “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasi samaradorligini yanada oshirish orqali Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan yerlarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasi (kelgusi o‘rinlarda — Loyiha) doirasida qiymati 70,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan ishlar amalga oshirilayotganligi hamda o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra 34,6 mln AQSh dollari, shundan Saudiya taraqqiyot jamg‘armasining 19,82 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘lari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 14,78 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlari iqtisod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Loyiha doirasida iqtisod qilingan 34,6 mln AQSh dollari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 9 ta nasos agregatlarini modernizatsiya qilish, turli rusumdagi 7 ta maxsus texnikalarni hamda 4 ta zemsnaryadlarni xarid qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) 2024-yil 1-aprelga qadar Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B. Zakirov) hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nasos stansiyalari orqali chiqarilayotgan suv erga singib ketishining oldini olish va elektr energiyasi resurslaridan samarali foydalanish maqsadida nasos stansiyalariga biriktirilgan kanallarning texnik nosoz qismlarini betonlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida pilot loyihasi sifatida Qamashi va Koson tumanlaridagi nasos stansiyalariga biriktirilgan MK-2, Zafarobod va Qo‘ng‘irtog‘ kanallarining 26 km qismini betonlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 2024-yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2025-yildan boshlab qurilish ishlarini amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy va mahalliy mutaxassislarning Turkmanistonga kirish vizalarini rasmiylashtirish bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligining murojaati Turkmaniston tarafiga belgilangan tartibda yetkazilishida ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosi uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-382-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-382-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2977-son qarori 1-bandining “v” kichik bandidagi “2023” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4170-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” va “Moliya vazirligi” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 07/23/382/0915-son)