Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Qashqadaryo viloyatidagi sugʻoriladigan yerlarni suv bilan kafolatlangan taʼminlash, Qarshi nasos stansiyalari kaskadi ishonchliligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza) loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2977-son qarorini amalga oshirish doirasida 2018-yil 3-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi oʻrtasida 43,2 mln. AQSH dollari miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi bilan tuzilgan Qarz bitimi shartlariga muvofiq “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshiriladigan davrda besh shtat birligidan iborat loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2024-y., 07/24/331/0741-son)
Belgilab qoʻyilsinki, loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish va taʼminlab turish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, loyiha doirasida jalb qilinadigan konsalting kompaniyasi xarajatlari esa Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga loyihani moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasining “Agrobank” ATB oldidagi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolatini belgilangan tartibda berish vakolati berilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-382-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 07/23/382/0915-son)
“Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ va “Agrobank” ATB loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan valyuta mablagʻlarining bir qismini komissiya undirmagan holda sotishni hamda 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha loyihani moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirishni taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2977-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Hamroyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-fevral,
PQ-4170-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi PQ-4170-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga doir tadbirlarga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan kreditning bir qismidan maqsadli foydalanish
SXEMASI
1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi valyuta mablagʻlarining bir qismini “Agrobank” ATBga ajratadi. “Agrobank” ATB mazkur valyuta mablagʻlarini “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ orqali sotadi.
2. “Agrobank” ATB milliy valyutada olingan mablagʻlarni Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasiga oʻtkazadi.
3. Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi olingan mablagʻlarni loyiha boʻyicha tovarlar toʻlovi uchun — “Oʻzelektrapparat-Elektroshiyeld” AJ va “Gidromexmontaj” QK MCHJga yoʻnaltiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi PQ-4170-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2977-son qarorining rus tilidagi matniga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-noyabrdagi PQ-4515-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2019-y., 07/19/4515/4013-son)
2. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ispolnitelnim organom, otvetstvennim za selevoye ispolzovaniye sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan i chasti sredstv Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan po kontraktam, zaklyuchayemim s postavshikami, ukazannimi v abzatsax chetvertom i pyatom punkta 4 nastoyashego postanovleniya, yavlyayetsya Upravleniye ekspluatatsii Karshinskogo magistralnogo kanala Ministerstva vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan, a takje sredstv Saudovskogo fonda razvitiya i chasti sredstv Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan — Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya;”.
3. 4-bandning uchinchi xatboshidagi “GUP “Spetsializirovannaya peredvijnaya mexanizirovannaya kolonna № 97” Upravleniya ekspluatatsii Karshinskogo magistralnogo kanala Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva” soʻzlari “GUP “Maxsus yirik nasos taʼmir” Respublikanskogo obyedineniya “Uzsuvkurilishtaʼminot” Ministerstva vodnogo xozyaystva” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mejvedomstvennoy komissii po provedeniyu zakupochnix protsedur po utverjdeniyu postavshikov tovarov (rabot i uslug), a takje stroitelno-podryadnix organizatsiy po otdelnim investitsionnim proyektam Ministerstva vodnogo xozyaystva v ustanovlennom poryadke organizovat i provesti tendernie torgi po opredeleniyu pobediteley zakupayemix tovarov (rabot i uslug) v ramkax realizatsii proyekta.”.
5. 7-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Respublikanskogo obyedineniya “Uzvodremekspluatatsiya” Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva” soʻzlari “Ministerstva vodnogo xozyaystva” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshi “v ustanovlennom poryadke.” soʻzlaridan keyin “, a takje po drugim kontraktam.” soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 8-bandning birinchi xatboshidagi “selskogo i” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. 9-bandda:
“Ministerstvu selskogo i vodnogo xozyaystva” soʻzlari “Ministerstvu vodnogo xozyaystva, Ministerstvu selskogo xozyaystva” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy” soʻzlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2019-y., 07/19/4170/2595-son, 12.11.2019-y., 07/19/4515/4013-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 07/23/382/0915-son; 24.09.2024-y., 07/24/331/0741-son)