30.11.2023 yildagi PQ-381-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotining raqamli sektori kengayib, uning asosiy o‘sish omillari hisoblangan elektron tijorat platformalari, raqamli servislar va ularda amalga oshiriladigan to‘lovlarni sifatli va xavfsiz qayta ishlash bilan bog‘liq moliyaviy texnologiyalar shiddat bilan rivojlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda bank kartalaridan foydalangan holda o‘g‘rilik yoki firibgarlik holatlarining ko‘payishi aholining raqamli moliyaviy savodxonligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasi yetarli emasligi, tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olishning zamonaviy tizimlari mavjud emasligidan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish, shuningdek, aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha talablar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyuldan boshlab — to‘lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so‘mni, to‘lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so‘mni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyuldan boshlab — to‘lov tashkilotlari uchun 20 mlrd so‘mni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Milliy banklararo protsessing markazi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining elektron tijoratni tartibga solish va rivojlantirish sohasidagi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘g‘rilik, firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarga o‘z vaqtida chek qo‘yish maqsadida Markaziy bankka tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar sodir etilgan taqdirda, bank kartalari, bank hisobvaraqlari va mobil ilovalardagi hisobvaraqlardan foydalanishni uch kungacha muddatga vaqtincha cheklash to‘g‘risida majburiy ko‘rsatmalar berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy bank manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari tomonidan fuqarolarga onlayn xizmatlar ko‘rsatishda texnik himoya usullarini takomillashtirish, antifrod tizimlarini joriy etish, ketma-ket uch yoki undan ortiq o‘tkazmalar nazoratini avtomatlashtirish, bank kartalaridan foydalanishni hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida katta miqdordagi pul o‘tkazmalarini qo‘shimcha biometrik va boshqa himoya choralarini qo‘llagan holda nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy tahdidlar, bank kartalari (karta rekvizitlari) bilan, shu jumladan elektron to‘lov tizimlari orqali noqonuniy operatsiyalarning oldini olish uchun aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar rahbarlariga “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larni oluvchi tomonidan qimor o‘yinlari tashkil etish va o‘tkazish faoliyati hamda kapital harakati operatsiyalari amalga oshirilayotganligi to‘g‘risidagi to‘lov tizimining operatsiya kodi yoki boshqa identifikatorlar belgilanganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, tijorat banklari tomonidan bank kartasi yordamida O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan mablag‘larni qabul qiluvchiga transchegaraviy o‘tkazish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik murojaatlari asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan qonunga xilof ravishda qimor o‘yinlarida qatnashish hamda kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi Internet tarmog‘idagi axborot resurslari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh prokuratura Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Agentlik, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga raqamli texnologiyalar vositasida jinoyat sodir etilgan joy va usulini aniqlashning jinoiy va jinoyat-protsessual asoslarini, elektron (raqamli) dalillarni aniqlash, to‘plash, tekshirish, ekspertiza qilish, hisobga olish va saqlash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish metodikasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarini aniqlash, ushbu soha bo‘yicha kadrlarni tayyorlash davlat buyurtmasi parametrlarida davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida, Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida hamda Davlat xavfsizlik xizmatining ta’lim muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovoldi tekshirishni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha doimiy kurslarni tashkil etishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-381-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-381-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Onlayn savdo platformalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshirilayotgan elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash.

1. Barch� onlayn savdo platformalarining sotuvchi va xaridorlarining mulkiy manfaatlarini kafolatlashga qaratilgan metodologiyani o‘rganish, tahlil qilish, shu jumladan:

onlayn savdo platformalarida tomonlar mulkiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash tartibotini o‘rnatish;

onlayn savdo platformalari faoliyatini baholash reytingini ishlab chiqish va e’lon qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(ILMA),

Markaziy bank,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Elektron savdo maydonchalari (raqamli marketpleys) faoliyatini tashkil etish uchun ruxsat etish tartib-tamoyillarini belgilash. Banklar tomonidan berilgan EPOS terminallarida qonunga zid ravishda faoliyat olib borgan tashkilotlarga nisbatan ularning faoliyatini cheklashgacha bo‘lgan ta’sirchan choralarni ko‘rish.

Qonun loyihasi

2024-yil fevral

3. Qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilmasdan ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn savdo platformalarida elektron tijorat tashkil etish holatlari uchun huquqiy ta’sir choralarini ko‘rish bo‘yicha yagona mexanizmni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

soliq idoralari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruh tashkil etish hamda ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn savdo platformalarida elektron tijorat tashkil etish holatlarini aniqlash bo‘yicha samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish;

ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan savdo maydonlaridan foydalanishda sotuvchi va xaridorning mulkiy huquqlari kafolatlanmaganligini aholi orasida keng tushuntirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Soliq qo‘mitasi,

ILMA,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2.

To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish.

Quyidagi talablarni joriy etish:

a) 2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish;

b) ustav kapitalning eng kam miqdori 2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so‘m, to‘lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so‘m va 2025-yil 1-iyuldan boshlab 20 mlrd so‘m.

Qonun loyihasi

2024-yil yanvar

Markaziy bank,

ILMA,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

To‘lov tizimlari operatorlari faoliyati uchun teng raqobat muhitini ta’minlash

To‘lov tizimlari operatorlari faoliyati uchun teng raqobat muhitini ta’minlashga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2024-yil mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Raqobat qo‘mitasi

4.

Banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida antifrod tizimlarini joriy etish.

1. To‘lov tizimi operatorlarida tranzaksion antifrod tizimini hamda banklar va to‘lov tashkilotlarida session antifrod tizimlaridan foydalanish uchun Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizimini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2023-yil dekabr

(dasturni tasdiqlash)

Markaziy bank,

Banklar assotsiatsiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

ILMA

2. Zamonaviy biometrik identifikatsiya tizimini qo‘llagan holda, Markaziy bankda mijozlarni identifikatsiya qilish tizimini joriy etish.

3. SIM-karta, mobil qurilma IMEI-kodi, Internet tarmog‘i (rouming) orqali ma’lumotlarni identifikatsiya qilish tizimini banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida joriy etish.

4. Banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish (yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining 1 soatgacha mablag‘larni o‘tkazish imkoniyatini cheklash va asosiy foydalanuvchiga uning profiliga kirilganlik haqida darhol SMS-xabar yuborish, mobil qurilmalar xususida IMEI, IMSI, DeviceID va boshqa qo‘shimcha ma’lumot yig‘ish).

5. Foydalanuvchilarning SMS-xabarlar orqali olinadigan bir martalik (one time password) parollarini himoya qilish mexanizmini joriy etish.

6. Bank kartalaridan mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari haqida kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni (bloklash va boshqalar) ko‘rish.

2024-2025-yillar

(dastur ijrosini ta’minlash)

5.

Bank karta ma’lumotlarini xavfsizligini kuchaytirish.

Internet tarmog‘idagi axborot resurslarida bank karta ma’lumotlari tarqalishi bo‘yicha xabardor bo‘lish hamda ularni monitoring qilish maqsadida zamonaviy dasturiy vositalarni joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Markaziy bank

6.

Jinoyat ishlari doirasida kripto-aktivlarni olib qo‘yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibini belgilash.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda yoki jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibini belgilash.

Kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kripto-hamyonlar ochish va ularni yuritish tartibini joriy qilish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2024-yil yanvar

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

ILMA,

Adliya vazirligi

7.

Tergovchiga abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborotni mustaqil olish vakolatini berish.

Jinoyat-protsessual kodeksini tergov harakati sifatida abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olishni nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirish.

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Davlat xavfsizlik xizmati

8.

Elektron dalillarni rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish.

“Elektron (raqamli) dalil” tushunchasi, ularni aniqlash, to‘plash, tekshirish, ekspertizadan o‘tkazish, baholash, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash.

Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha kibermakonni xolislar ishtirokisiz, majburiy videoyozuv yordamida ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish tartibini belgilash.

Axborot resurslarida raqamli izlarni saqlashda saqlanayotgan ma’lumotlarga aniq talablarni (ma’lumot turlarini) belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2024-yil fevral

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy sud,

Davlat xavfsizlik xizmati

9.

Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma-bosqich tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini joriy etish.

1. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha bosqichma-bosqich kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarini belgilash va ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash kvotalarini davlat buyurtmasiga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning har yilgi davlat buyurtmasi parametrlarini belgilashda inobatga olish.

2. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab kamida bir nafar yetakchi milliy va xorijiy mutaxassisni, ekspert va professor-o‘qituvchilarni raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olishning tashkiliy-texnik yechimlari va bunda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlarini o‘qitish, ularning malakasini oshirishda ishtirok etish uchun jalb qilish.

3. Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura va Oliy sud tasarrufidagi ta’lim muassasalarida jinoyatlarni aniqlash, fosh etish hamda ular yuzasidan tergov va sud harakatlarini olib borish yo‘nalishida xizmat qiluvchi xodimlarni kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha har ikki yilda bir marta, qisqa muddatli malaka oshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

4. “Raqamli kriminalistika” yo‘nalishi bo‘yicha tergovchilar hamda prokuratura organlarining tezkor-qidiruv xizmati xodimlari uchun doimiy maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, shuningdek, “kiber huquq” magistratura yo‘nalishini ochish.

5. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishini tashkil etish va unda axborot texnologiyalari sohasida dastlabki bilimga ega bo‘lgan o‘quvchi yoshlarni saralab olib, ushbu yo‘nalishda malakali ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

10.

Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

Raqamli kriminalistika ilmiy-metodik markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish.

Institut faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish uchun zarur moddiy-texnik baza hamda qo‘shimcha 10 ta shtat birliklarini ajratish masalasini ko‘rib chiqish.

Institut tarkibida “Ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi”, “Raqamli tergovga ko‘maklashuvchi guruh”, “Metodik yordam ko‘rsatish guruhi va “Raqamli kriminalistika laboratoriyasi” (Digital forensic lab) faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2024-yil mart

Bosh prokuratura,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

11.

Onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar ustidan davlat nazoratini takomillashtirish.

Manfaatdor idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni samarali tartibga solish tizimi joriy etilgan mamlakatlar (Gruziya, Koreya Respublikasi, Singapur, Vengriya, Estoniya va boshqa mamlakatlar) tajribasini joyida o‘rgangan holda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil mart-aprel

ILMA,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyun

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 07/23/381/0913-son)