27.11.2023 yildagi 625-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat mulki obyektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-129-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda davlat mulki obyektlari negizida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat mulki obyektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari uch oy muddatda sotilmagan taqdirda, ularni “E-auksion” elektron savdo platformasida tanlov asosida eng yaxshi taklifni bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda sotiladigan davlat mulki obyektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlari miqdorini aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalarini rasmiylashtirish va davlat mulki obyektini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ommaviy savdolarda uch oy davomida sotilmagan davlat mulki obyektlari boʻyicha investitsiya kiritish majburiyatlarini belgilagan holda, “E-auksion” elektron savdo platformasida tanlovga chiqarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi davlat mulki obyektlari ommaviy savdolarda uch oy muddatda sotilmagan taqdirda, “E-auksion” savdo platformasi orqali belgilangan tartibda tanlovga chiqariladi. Bunda davlat mulki obyektlari savdoga chiqarilgan kundan boshlab ikki oy davomida sotilmagan taqdirda, hududiy tanlov komissiyasi tomonidan ularga investitsiya kiritish majburiyatlari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ommaviy savdolarda uch oy muddatda sotilmagan davlat mulki obyektlarining tanlov shartlari belgilanguniga qadar ularning savdolari davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
625-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 625-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat mulki obyektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat mulki obyektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklifni bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlari bilan alohida davlat mulki obyektlarini sotishning boshqacha tartibi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlari — davlatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya kiritish majburiyatlari (keyingi oʻrinlarda — investitsiya majburiyatlari) — pulli qiymatga ega boʻlgan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan, davlat mulki obyektini sotib olishda davlat mulki obyektiga investitsiyalar qoʻyish boʻyicha xaridor qabul qiladigan majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — savdo platformasida tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo platformasi — “E-auksion” elektron savdo platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) — savdo platformasi orqali tanlov obyekti boʻyicha tanlov hujjatlarining mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan jismoniy yoki nodavlat yuridik shaxsni tanlab olish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibi — tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi narx taklifini taqdim etgan ishtirokchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy tanlov komissiyasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi rahbarligidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy organi rahbarlaridan iborat tanlov komissiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat mulki obyektlari sotuvchi tomonidan tanlov asosida eng yaxshi taklifni bildirgan talabgorga investitsiya majburiyatlari bilan ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlov shartlarini belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi davlat mulki obyektlari ommaviy savdolarda ikki oy davomida sotilmagan taqdirda, savdoni davom ettirgan holda uch ish kuni ichida tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻiga investitsiya majburiyatlarining miqdorini belgilash toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi davlat mulki obyektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlarining miqdori va investitsiya kiritish muddati boʻyicha takliflarni sotuvchiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sotuvchi uch ish kuni ichida takliflarni hududiy tanlov komissiyasiga kiritadi. Hududiy tanlov komissiyasi oʻn ish kuni ichida taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqib, davlat mulki obyekti boʻyicha investitsiya miqdori va kiritish muddatini hamda uni tanlovga chiqarishda ommaviy savdolarga chiqarishda belgilangan boshlangʻich narxining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda yangi boshlangʻich narxini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya majburiyatlarining miqdori davlat mulki obyektini taʼmirlash, tiklash va uning atrofini koʻkalamzorlashtirish, dov-daraxtlar ekish, shuningdek, biror-bir faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun asbob-uskunalar xarid qilishga sarflanadigan xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga chiqariladigan narxi davlat koʻchmas mulk obyekti (qurilishi tugallanmagan obyekt) boʻyicha uning tanlovga chiqarish kunigacha qoldiq (balans) qiymatidan, masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushi boʻyicha uning nominal qiymatidan past boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlov shartlarida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya kiritish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektining yangi boshlangʻich narxi miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sotuvchining buyurtmanomasiga ilova qilingan davlat mulki obyektini tanlovga chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻida tanlov shartlari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida operator tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat mulki obyektlari ommaviy savdolarda uch oy muddatda sotilmagan taqdirda, savdo platformasi orqali belgilangan tartibda investitsiya majburiyatlari bilan tanlovga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sotuvchi elektron onlayn-auksion (tanlov) savdolari bekor boʻlgan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat mulki obyektini tanlovga chiqarish boʻyicha operatorga buyurtmanoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat mulki obyekti tanlovga chiqarilgan kuni operatorning rasmiy veb-saytida tanlov shartlari toʻgʻrisida xabarnoma eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabgor xabarnoma eʼlon qilingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida savdo platformasida ochilgan hisobvaragʻiga tanlov shartlariga muvofiq zakalat pulini oʻtkazgan holda tanlovda qatnashish uchun ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklifi davlat mulki obyektini sotib olish boʻyicha belgilangan boshlangʻich narxidan kam boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zakalat puli taklif etilgan narxning 5 foizidan kam boʻlganda yoki toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat yuridik shaxs boʻlgan talabgorning tugatish jarayonida ekanligi yoki bankrot deb eʼtirof etilganligi aniqlangan taqdirda, tanlovda qatnashish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra tanlovda qatnashishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat mulki obyektini sotib olish boʻyicha taklif etilayotgan narx talabgor tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor tomonidan taklif etilayotgan narx belgilangan boshlangʻich narxidan kam boʻlmasligi hamda narx taklifining 5 foizi miqdorida zakalat pulini toʻlagan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov ikki va undan ortiq talabgor mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat mulki obyekti tanlovda eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya majburiyatlari bilan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov natijalari boʻyicha gʻolib tanlov oʻtkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ikki va undan ortiq talabgorlarning taklif etgan narxlari teng boʻlgan taqdirda, oldinroq ariza bergan talabgor tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov boshlangunga qadar ariza kelib tushmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun bir nafar talabgordan ariza kelib tushgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor oʻn ish kuni ichida oldi-sotdi shartnomasini imzolamasa yoki investitsiya majburiyatlarini qabul qilmasa, tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi hamda mazkur davlat mulki obyekti har oʻn kunda bir marotaba takroriy tanlovga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki takroriy tanlovda uch oy davomida sotilmagan taqdirda, hududiy tanlov komissiyasi ushbu davlat mulki boʻyicha belgilangan tanlov shartlarini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tanlov natijalarini rasmiylashtirish va davlat mulki obyektini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov gʻolibi tomonidan operatorning xizmat haqiga yetarli mablagʻ besh ish kuni ichida unga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Operator xizmat haqi toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay, tanlov natijasi boʻyicha bayonnomani elektron raqamli imzo orqali imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada tanlovning barcha ishtirokchilari, ularning takliflari va gʻolib toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma imzolangandan soʻng oʻn ish kunidan kechiktirmay, sotuvchi, tanlov gʻolibi hamda balansda saqlovchi (masʼuliyati cheklangan jamiyatining ijro etuvchi organi) ishtirokida oldi-sotdi shartnomasi elektron shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat mulki obyektlarini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, xaridorlarga yuklangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish hamda mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderini berish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat mulki obyektlarini tanlov asosida sotishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat mulki obyektlarini elektron tanlov asosida eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat mulki obyektlari sotuvchi tomonidan tanlov asosida eng yaxshi taklifni bildirgan talabgorga investitsiya majburiyatlari bilan sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi

Davlat mulki obyektlari ommaviy savdolarda ikki oy davomida sotilmagan taqdirda, savdoni davom ettirgan holda tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻiga investitsiya majburiyatlarining miqdorini belgilash toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.

Uch ish kuni ichida

2-bosqich

Tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi

Davlat mulki obyektlari boʻyicha investitsiya majburiyatlarining miqdori va investitsiya kiritish muddati boʻyicha takliflarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.

Soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab bir hafta muddatda

3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi

Takliflarni hududiy tanlov komissiyasiga kiritadi.

Uch ish kuni ichida

4-bosqich

Hududiy tanlov komissiyasi

Takliflarni koʻrib chiqib, davlat mulki obyekti boʻyicha investitsiya miqdori va kiritish muddatini hamda uni tanlovga chiqarishda ommaviy savdolarga chiqarishda belgilangan boshlangʻich narxining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda yangi boshlangʻich narxini tasdiqlaydi.

Oʻn ish kuni ichida

5-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi

1. Davlat mulki obyektlari ommaviy savdolarda uch oy muddatda sotilmagan taqdirda, “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali belgilangan tartibda investitsiya majburiyatlari bilan tanlovga chiqaradi.

Belgilangan muddatlarda

2. Davlat mulki obyektini tanlovga chiqarish boʻyicha operatorga buyurtmanoma beradi.

Elektron onlayn-auksion (tanlov) savdolari bekor boʻlgan kundan boshlab uch ish kuni ichida

6-bosqich

Operator

Rasmiy veb-saytda tanlov shartlari toʻgʻrisida xabarnomani eʼlon qiladi.

Davlat mulki obyekti tanlovga chiqarilgan kuni

7-bosqich

Talabgor

Savdo platformasida ochilgan hisobvaragʻiga tanlov shartlariga muvofiq zakalat pulini oʻtkazgan holda tanlovda qatnashish uchun ariza beradi.

Xabarnoma eʼlon qilingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida

8-bosqich

Savdo platformasi

Tanlov natijalari boʻyicha gʻolibni avtomatik ravishda eʼlon qiladi.

Tanlov oʻtkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5)

9-bosqich

Tanlov gʻolibi

Operatorning xizmat haqiga yetarli mablagʻni toʻlaydi.

Besh ish kuni ichida

10-bosqich

Operator

Tanlov natijasi boʻyicha bayonnomani elektron raqamli imzo orqali imzolaydi.

Operator xizmat haqi toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay

11-bosqich

Sotuvchi, tanlov gʻolibi va balansda saqlovchi

Oldi-sotdi shartnomasini elektron shaklda tuzadi.

Bayonnoma imzolangandan soʻng oʻn ish kunidan kechiktirmay

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/625/0899-son)