24.07.2021 yildagi PQ-5197-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionni tashkil etish va o‘tkazish tartibini soddalashtirish hamda unifikatsiya qilish, jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini oshirish, ishtirokchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, aholining auksionda qatnashishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab “E-auksion” elektron savdo platformasidagi (keyingi o‘rinlarda — elektron savdo platformasi) elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etilsin va unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan bepul taqdim qilinadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan obyektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar u o‘tkaziladigan kundan 30 kun oldin e’lon qilinadi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son))
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga qadar ishtirokchilarga obyektni sotib olish bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan o‘z narx taklifini kiritish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilgan obyektning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravarigacha bo‘lganda, to‘lovlarni 10 ish kuni, besh ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda to‘lovlarni 15 ish kuni mobaynida to‘lash imkoniyati yaratiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion g‘olibi to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sischilari, ular tomonidan tashkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkor hamda ta’sischiligidagi boshqa tadbirkorlik subyektlari hisoblangan shaxslar (aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari bundan mustasno) nohalol ishtirokchi sifatida elektron savdo platformasidagi auksionlardan chetlatiladi. Bunda, to‘lovlarni to‘lamaslik holati birinchi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinchi marta takrorlansa muddatsiz davrga auksionlardan chetlatiladi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur tartib qonunchilik hujjatlari bilan elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinishi yoki ijaraga berilishi belgilangan barcha turdagi aktivlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektron onlayn-auksion ishtirokchilari huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash maqsadida, belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-oktabrdan boshlab auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari Markazning maxsus hisob raqamida yig‘iladi va auksion g‘olibi tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng, ular buyurtmachi hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni realizatsiya qilish uchun o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion g‘olibi nomiga mulkni, mulk huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos hisoblanadi. Bunda majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan ma’muriy jarimalarni to‘lash majburiyati mol-mulkning sobiq egasi zimmasida qoladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionni tashkil etish va o‘tkazish tartibidan tashqari bo‘lgan tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagilarni elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yo‘li bilan amalga oshirish haqidagi takliflari ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) ulushlari, ko‘chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizatsiya qilish, bundan auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish, shu jumladan, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilish mustasno;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar ko‘chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini (xalqaro yuk tashishlarda temir yo‘l harakat tarkibi bundan mustasno) ijaraga berish.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.01.2025-y., 07/25/28/0076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulklarini ijaraga berishda, ularning davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari, avtomototransport vositalarini ijaraga berishda jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari miqdorida, boshqa asosiy vositalarini ijaraga berishda esa O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan amortizatsiyaning kamida yillik eng yuqori normasi summasi miqdorida boshlang‘ich narxi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini ijaraga berish yoki ularni va ulushni realizatsiya qilish hamda elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi hamda davlat nomidan aksiyador (ta’sischi, mulkdor) vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlari yig‘ilishlarida ularga tegishli bo‘lgan ulushlar, ko‘chmas mulklar, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanish, shu jumladan ularni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash tashabbusi bilan chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushlari ko‘chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalari ularni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish bo‘yicha elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionga chiqarilishini boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yo‘li bilan ijaraga berishda shartnomalarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, elektron onlayn-auksion natijasiga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, shartnomani notarial tartibda tasdiqlash talabini bekor qilish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4427-son qarori bilan Davlat xizmatlari markazlarida jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish imkoniyatini yaratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida Markazning hududlardagi 3 nafardan vakillari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning zimmasiga auksionga chiqarilayotgan obyektlar bo‘yicha reklama ishlarini tashkil etish, aholi orasida auksionni ommalashtirish hamda unga chiqarilayotgan obyektlar yuzasidan ma’lumotlarni sifatli tayyorlashga ko‘maklashish vazifasini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududlardagi vakillari obyektlarni reklama qilish uchun Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga tegishli uchuvchisiz uchish apparatlaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasini “E-auksion” elektron savdo platformasi deb qayta nomlash haqidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazning hududlardagi vakillari faoliyatini Davlat xizmatlari markazlarida yo‘lga qo‘yish va ularni zaruriy vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Markazning tashkiliy tuzilmasida Ichki audit va komplayens-nazorat xizmati tashkil etilishini hamda uning zimmasiga auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishda korrupsiya alomatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish, shuningdek, Markaz xodimlari orasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish vazifasining yuklanishini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer uchastkalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yo‘li bilan realizatsiya qilish yoki ijaraga berish tartibini takomillashtirish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini auksionga investitsiya kiritish sharti bilan chiqarish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi yer uchastkalari bo‘yicha auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan paytdan boshlab barcha ishtirokchilarga mazkur yer uchastkalarini oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) imkoniyatini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari to‘liq ko‘rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, u kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika bo‘ylab barcha tuman va shaharlarda auksionni targ‘ib qilish bo‘yicha seminar va davra suhbatlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tele- va radiokanallarda har kuni auksionda ishtirok etish bo‘yicha video- va audiolavhalarni berib borish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda turkum ko‘rsatuvlar tayyorlash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-avgustga qadar elektron savdo platformasida auksionda ishtirok etuvchilar soni, shuningdek, auksion jarayonini onlayn rejimda kuzatib borishni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-oktabrga qadar elektron savdo platformasining demo versiyasini ishlab chiqish, uni maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda axborot texnologiyalari sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan tashkilotlarni jalb etgan holda, elektron savdo platformasining yangilangan dasturiy ta’minotini yaratish uchun texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqib, tender savdolarini e’lon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, auksion natijalari bo‘yicha ishtirokchilarning o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini (kliring) yurituvchi axborot tizimini joriy qilish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Markaz bilan birgalikda obyektlar, shu jumladan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionda sotib olib, qisqa muddat davomida undan foydalanmagan holda ularning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni tahlillar asosida aniqlab, savdolardan belgilangan tartibda chetlatish choralarini ko‘rib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, elektron savdo platformasida tashkil etiladigan elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibini, shu jumladan auksion natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan bayonnomaning namunaviy shaklini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yagona tartibda ijro hujjatlari bo‘yicha obyektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va realizatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib Bosh vazirning o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5197-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 07/21/5197/0701-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 28.01.2025-y., 07/25/28/0076-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)