24.11.2023 yildagi 620-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-avgustdagi 332-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda yongʻin xavfsizligini yaxshilashga, aholi va boshqa tashrif buyuruvchilarning hayoti va sogʻligʻini, shuningdek, mol-mulkini yongʻin xavfidan asrashga qaratilgan ishlarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-avgustdagi 332-son qarorining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yildan boshlab har yili “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovi (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibi talabgorlarning yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishini oʻrganish orqali aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibiga 100 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi hamda uning faoliyati ikki yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov qonuniylik, xolislik, shaffoflik va tenglik tamoyillari asosida oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda oʻtkazilishi belgilangan tanlov natijasiga koʻra 2025-yil 1-fevralga qadar Nizomni takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda Nizom asosida hududlar va tuman (shahar) darajasida nomzodlarning tanlovda ishtirok etishini taʼminlasin hamda tanlov gʻoliblarini taqdirlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Kuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
620-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-noyabrdagi 620-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tanlov 2024-yildan boshlab har yili oktyabr — dekabr oylarida yongʻin chiqish xavfi boʻyicha I va II guruhga mansub obyektlarga ega tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida navbat bilan yillar ketma-ketligida oʻtkaziladi (yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital taʼmirlanayotgan obyektlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — nomzod) oʻzaro teng huquqli boʻlib, alohida nomzodlarga ustunlik yoki imtiyozlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlovda ishtirok etish shartlari, tanlov bosqichlarini oʻtkazish muddati, tanlovda ishtirok etish uchun arizalar va tanlov materiallarini qabul qilish muddati va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanlov boshlanishidan bir oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻida, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirish orqali taqdim etilgan maʼlumot va materiallarning toʻgʻriligini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan obyektda soʻnggi 12 oy davomida yongʻin sodir boʻlgan va (yoki) tadbirkorlik subyektiga yongʻin xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida davlat yongʻin nazorati organining yozma koʻrsatmasi yoxud obyekt yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosasi berilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektining tanlovda ishtirok etish uchun arizasi qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlovda ishtirok etish bepul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlov qonuniylik, xolislik, shaffoflik va tenglik tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda yongʻin xavfsizligi holatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni ragʻbatlantirish orqali ushbu obyektlarda inson hayoti va sogʻligʻini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining mol-mulkini yongʻin xavfidan asrash tizimini joriy qilish tanlovning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yongʻin xavfsizligi talablariga amal qilishning yangi mexanizmini joriy etish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasida tashabbuskorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda yongʻinlarning oldini olish, aholi va boshqa tashrif buyuruvchilarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, shuningdek, tadbirkorlarning mol-mulkini yongʻindan muhofaza qilish tadbirlari samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovga hujjatlarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovda nomzodlar yakka holda ishtirok etadi va hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nomzodlarning arizalari tanlov eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 kun mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar oʻz arizalari bilan birga quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumot (obyektning manzili, faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy shakli va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tadbirlarning bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, fotoalbom, 5 daqiqadan oshmagan, sifati yuqori boʻlgan videolavhali taqdimot materiali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tanlov bosqichlari va ularni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlov uch bosqichda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Birinchi bosqichda tanlovda ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida tuman (shahar) darajasida saralash tadbirlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) darajasidagi saralash tadbiri ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilgan tuman (shahar) komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tuman (shahar) darajasidagi saralash tadbiri ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublika darajasidagi tanlov ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tuzilgan “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tuman (shahar) darajasidagi saralash tadbirida tuman (shahar) komissiyalari nomzodlarni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan asosiy yoʻnalishlar boʻyicha oʻrganadi va 5 balli oʻnlik sonlar tizimida baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) komissiyalari saralash natijalarini tashkiliy qoʻmita ishtirokida komissiyaning yigʻilishida koʻrib chiqib, eng koʻp ball toʻplagan uchtadan nomzodni tanlab oladi va saralash natijalarini yigʻilish bayoni asosida tasdiqlaydi. Tashkiliy qoʻmita komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar darajasidagi saralash bosqichida ishtirok etish uchun yuqori turuvchi tashkiliy qoʻmitaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ikkinchi bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) darajasida eng koʻp ball toʻplagan nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni (tuman (shahar) komissiyalari yigʻilish bayonlari, nomzodlarni baholash hisobotlarini va boshqalar) ushbu Nizomga 5-ilovadagi mezon asosida koʻrib chiqadi va baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari eng koʻp ball toʻplagan nomzodni saralab oladi va bayonnoma asosida gʻolib deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashkiliy qoʻmita komissiya qarori asosida gʻolib deb topilgan nomzodni tanlovda ishtirok etish uchun respublika tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tuman (shahar) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasidagi saralash tadbirlari natijalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ular boʻyicha nomzodlarning elektron pochta manziliga keyingi bosqichga oʻtganlik (oʻtmaganlik) toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya aʼzolari bir vaqtning oʻzida tuman (shahar) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasidagi komissiya tarkibida ishtirok etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uchinchi bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tanlovning yakuniy bosqichi har yili dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tanlovda nomzodlar oʻziga tegishli boʻlgan obyektda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirgan ishlarni ushbu Nizomga 5-ilovadagi har bir yoʻnalish boʻyicha koʻrgazmali tarzda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Zaruratga qarab, respublika komissiyasiga taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi ushbu komissiya tarkibidan tuzilgan ekspertlar guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomga 5-ilovadagi mezonlar boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan, shuningdek, zaruratga qarab joyiga chiqqan holda ekspertlar guruhi tomonidan oʻrganilgan va taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tasdiqlangan nomzod Respublika komissiyasining qarori bilan tanlov gʻolibi deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Nomzodlar tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalar va komissiyalar faoliyatiga, shuningdek, tanlov natijalari va oʻtkazish jarayonlariga aralashish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tanlov oʻtkazilishini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tanlovni tashkil etish uchun mos ravishda tuman (shahar) hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, favqulodda vaziyatlar, iqtisodiyot va moliya, soliq hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik idoralarining masʼul xodimlaridan iborat tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va respublika darajasida tashkiliy qoʻmitalar (keyingi oʻrinlarda — tashkiliy qoʻmita) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Quyidagilar tashkiliy qoʻmitalarning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov bosqichlarini oʻtkazish sanasini, joyini belgilash va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning mazkur Nizom talablari asosida oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning tashkil etilishi, oʻtkazilishi va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalari va komissiyalar qarori (bayoni) asosida gʻoliblarni keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yuqori turuvchi tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tanlovni oʻtkazishga umumiy rahbarlik va uni muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tanlov doirasida saralash tadbirlarining adolatli va shaffof oʻtkazilishi mos ravishda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman (shahar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tanlov komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga daxldor vakolatli davlat organlari va hokimliklar vakillaridan iborat tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda respublika darajasida komissiyalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quyidagilar komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar tomonidan tanlov shartlarining bajarilishini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar tomonidan tanlovni oʻtkazish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, ularni tanlovdan chetlashtirish toʻgʻrisida komissiya raisiga taqdimnoma kiritish, shuningdek, tanlov shartlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasidagi saralash tadbirlari gʻoliblarini aniqlovchi komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Komissiyalar yigʻilishi faqat komissiya aʼzolari toʻliq boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Komissiyalar qarorlari aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Komissiya qarorlari ikki nusxada tuziladigan va yigʻilishda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar komissiyalarning huquqlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlardan mazkur Nizom talablari asosida tegishli hujjatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat tugʻilganda, taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning haqqoniyligini joyiga chiqqan holda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoliblarni aniqlashda oʻz ovozi bilan ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Quyidagilar komissiyalarning majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlariga oid maʼlumotlarni oshkor etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni saralashda qonuniylik, xolislik, shaffoflik va tenglik tamoyillariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalarga qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tuman (shahar) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasidagi komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Apellatsiya komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tuman (shahar) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasidagi saralash tadbirlarining apellatsiya komissiyalari tegishli hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarma boshliqlari, tanlov apellatsiya komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan tashkil etiladi hamda komissiyalarning ish reglamenti belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya komissiyalari tarkibi saralash yoki tanlov komissiyalarida ishtirok etmagan shaxslardan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Apellatsiya komissiyasiga ariza tanlov (saralash) natijalari eʼlon qilingandan soʻng uch kun ichida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Apellatsiya komissiyasi qabul qilingan arizani uch kun mobaynida koʻrib chiqadi va ariza beruvchi ishtirokida asoslantirilgan qarorni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tanlovda gʻolib deb topilgan nomzod 100 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi hamda uning faoliyati tanlov natijalari rasmiy eʼlon qilingan kundan keyingi ikki yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasidagi saralash tadbirlarida hamda tanlovda ikkinchi va uchinchi oʻrinni olgan ishtirokchilar Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tanlovda koʻrib chiqilgan barcha hujjatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligida uch yil muddatda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tantanali ravishda tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

—

tuman (shahar) hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

—

tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

—

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

—

tuman (shahar) savdo-sanoat boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

—

tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

—

tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra

—

tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼul xodimi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar shuʼbalari masʼul xodimlari

4.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari boshliqlari

5.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar savdo-sanoat boshqarmalari boshliqlari

7.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshliqlari

8.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalari boshliqlari

9.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari masʼul xodimlari, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

S.T. Zuparov

—

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

J.O. Urunov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

R.E. Turdiboyeva

—

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbo�ari

4.

J.R. Oʻroqov

—

Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari

5.

M.M. Maxkamov

—

Soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

6.

T.N. Xusanov

—

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori

7.

I.A. Nimatullayev

—

Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

8.

Oʻ.T. Muzafarov

—

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshligʻi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarning ijrosini oʻrganish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashkiliy-texnik tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari (oraliq masofalar, yongʻin-qutqaruv texnikalarining harakatlanishi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bino, inshoot va xonalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari (qavatlar, olovga bardoshlilik darajasi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash (evakuatsiya yoʻllari va chiqish joylari, tark etish rejalari va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Texnologik jarayonni tashkil etishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari (ishlab chiqarish obyektlari uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moddalar va materiallarni saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektr uskunalari, erga ulash va yashindan himoya tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Isitishda yongʻin xavfsizligi talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari (shu jumladan, tutunga qarshi himoya tizimi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yongʻin haqida xabar berish va yongʻinni oʻchirish texnik vositalarini saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar (meʼyor boʻyicha talab etiladigan obyektlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov nomzodlarining yongʻin xavfsizligi darajasini baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar

Ballar

(1 — 5)

Izoh

Yuz bergan baxtsiz hodisalar boʻyicha

1.

Sodir boʻlgan yongʻinlar soni

1.1. Yongʻinlarda jarohat olganlar soni

1.2. Yongʻinlarda halok boʻlganlar soni

1.3. Yongʻinlardan koʻrilgan moddiy zarar miqdori

2.

Sodir boʻlgan havo-gaz aralashmasining chaqnash holatlari soni

2.1. Chaqnashda jarohat olganlar soni

2.2. Chaqnashda halok boʻlganlar soni

2.3. Chaqnashdan koʻrilgan moddiy zarar miqdori

3.

Sodir boʻlgan is gazidan zaharlanish holatlarining soni

3.1. Zaharlanganlar soni

3.2. Zaharlanib halok boʻlganlar soni

Xavfsizlik choralarining meʼyorlarga muvofiqligi boʻyicha

4.

Evakuatsiya chiqish joylari sonining meʼyorlarga muvofiqligi

5.

Evakuatsiya chiqish joylarining “Chiqish” yoki “Vixod” degan yonib turuvchi belgilar bilan taʼminlanganligi

6.

Evakuatsiya yoʻlaklarining meʼyorlarga muvofiqligi

7.

Yongʻin signalizatsiyasi tizimining meʼyorlarga muvofiqligi

8.

Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish tizimining meʼyorlarga muvofiqligi

9.

Tutunga qarshi avtomatik tizimning meʼyorlarga muvofiqligi

10.

Yongʻindan xabar berish tizimining meʼyorlarga muvofiqligi

11.

Ichki yongʻinga qarshi suv tizimi (ichki yongʻin oʻchirish kranlari)ning meʼyorlarga muvofiqligi

12.

Tashqi yongʻinga qarshi suv tizimi (gidrantlar)ning meʼyorlarga muvofiqligi

13.

Elektr sim va kabellarning profilaktik sinovlardan oʻtkazilganligi

14.

Elektr jihoz va uskunalarning erga ulanganligi va erga ulash moslamalarining profilaktik sinovlardan oʻtkazilganligi

15.

Isitish tizimidan tashqari boshqa maqsadlar uchun tabiiy gazdan foydalanish holatlari

16.

Gaz jihozlari oʻrnatilgan qozonxonalarning meʼyorlarga muvofiqligi

17.

Gaz jihozlari oʻrnatilgan qozonxonalarda gaz signalizatorlarining oʻrnatilganligi

18.

Gaz jihozlari oʻrnatilgan qozonxonalardagi gaz jihozlarining qiyoslash sinovlaridan oʻtkazilganligi

19.

Qozonxonalardagi bosim ostidagi sigʻimlarning qiyoslash sinovlaridan oʻtkazilganligi

20.

Eskalatorlarning sinovdan oʻtkazilganligi

21.

Liftlarning sinovdan oʻtkazilganligi

22.

Yopiq avtoturargohlarda gaz ballonli avtotransport vositalarining vaqtincha saqlanishi

23.

Mehnat muhofazasi tuzilmasining mavjudligi

24.

Yongʻin xavfsizligi muhandisi shtatining mavjudligi

25.

Mehnat muhofazasi sohasidagi mutaxassislarning tayanch maʼlumotlarini egallab turgan lavozimlariga mosligi

26.

Yongʻinga qarshi tizimlarga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan texnik xizmat koʻrsatilishining tashkil etilganligi:

26.1. Yongʻin signalizatsiyasi va yongʻindan xabar berish tizimiga

26.2. Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish tizimiga

26.3. Tutunga qarshi avtomatik tizimiga

26.4. Ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimiga

27.

Har chorakda kamida bir marotaba turli sharoitlarda tashrif buyuruvchilarni evakuatsiya qilish boʻyicha mashqlarning tashkil etilishi

28.

Yongʻin-texnik komissiyasining tuzilganligi

29.

Koʻngilli yongʻindan saqlash drujina yoki komandasining tuzilganligi

30.

Yongʻin oʻchirgichlar sonining normalarga muvofiqligi

31.

Yongʻin oʻchirgichlarning ishga yaroqliligi

32.

Mehnat muhofazasiga masʼullarning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida malaka oshirish doirasida tahsil olganliklari (oʻqiganliklari toʻgʻrisida sertifikat yoki diplomlarning mavjudligi)

33.

Mehnat muhofazasiga masʼullarning favqulodda hodisa yuz berganda bajaradigan vazifalarini bilishlari

34.

Ishchi va xizmatchilarning yongʻin-texnik minimumi doirasida muntazam ravishda tahsil olishlari (test yoki ogʻzaki va yozma imtihon topshirish yoʻli bilan)

35.

Ishchi va xizmatchilarning favqulodda hodisa yuz berganda bajaradigan vazifalarini bilishlari

36.

Mavjud ekran/tablolarda kishilarning yongʻin yuz bergandagi evakuatsiya jarayonida toʻgʻri harakat qilishlari yoki shov-shuvli yongʻin yoki favqulodda hodisalar boʻyicha materiallarning muntazam ravishda namoyish etilishi

37.

Videokuzatuv tizimining mavjudligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tanlov nomzodlarining yongʻin xavfsizligi taʼminlanganligi darajasi Vazirlar Mahkamasining “Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarorida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Baholash 5 balli mezon asosida (1 ball “oʻta qoniqarsiz”, 2 ball “qoniqarsiz”, 3 ball “qoniqarli”, 4 ball “yaxshi”, 5 ball “aʼlo”) amalga oshirilib, gʻoliblar eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar kesimida aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2023-y., 09/23/620/0895-son)