1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Allergologiya yoʻnalishida huquqiy bazani takomillashtirish va sohani raqamlashtirish | |||||
1. | Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida (keyingi oʻrinlarda — Markaz) allergik kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish. | 1. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladigan allergik kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash. 2. Allergik kasalliklarga chalingan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Allergik kasalliklarga chalingan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tartibini amaliyotga tatbiq qilish. | 2024-yil 1-yanvar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (Ermatov), Markaz (Razikova) |
2. | Allergik kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolash klinik standartlari va bayonnomalarini takomillashtirish. | 1. Allergik kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolash klinik standartlari va bayonnomalarini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta koʻrib chiqish. 2. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda allergik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishning klinik bayonnomalarini, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida faoliyat koʻrsatayotgan shifokorlar uchun soddalashtirilgan klinik algoritmlarni ishlab chiqish. 3. Mazkur klinik standartlar va bayonnomalarni tasdiqlash. 4. Tasdiqlangan klinik standartlar va bayonnomalarni Markaz, uning hududiy boʻlinmalari va boshqa tegishli yoʻnalishdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi shifokorlarga yetkazish. | 2024-yil yakuniga qadar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) |
3. | Respublika hududlari boʻylab allergik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi aeroallergenlar tarkibi, ularning mavsumiy tarqalish koʻlami va oʻzgaruvchanligini oʻrganish. | 1. Respublikaning barcha hududlariga havodagi aeroallergenlarni aniqlash moslamalarini oʻrnatish. 2. Havodagi aeroallergenlarni aniqlash moslamalaridan olinadigan maʼlumotlarni atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid maʼlumotlar bilan integratsiyalashni taʼminlash. 3. Aeroallergenlar tarkibi va ularning mavsumiy tarqalish koʻlami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid maʼlumotlar bilan birgalikda eʼlon qilib borish tartibini joriy qilish. | 2023-2024-yillar | Xalqaro grant mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari | Xalqaro molekulyar allergologiya markazi (Roʻziyev), Markaz (Razikova), Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Xabibullayev) |
4. | Markaz faoliyatini samarali tashkil qilish. | 1. Markazning yangi bino va inshootlarida jihozlash ishlarini yakunlash. 2. Markazda bolalar allergologiyasi va klinik immunologiyasi, jonlantirish, bolalar va kattalar teri allergik kasalliklari, klinik immunologiya boʻlimlari hamda yordamchi boʻlimlar, konsultativ-tashxislash poliklinikasi, maxsus molekulyar allergologik va klinik immunologik laboratoriyalar va ilmiy-oʻquv simulyatsion boʻlinmalar tashkil qilinishini inobatga olgan holda uning tuzilmasi, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil yakuniga qadar | Mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova) |
II. Aholi orasida allergik va immunologik kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish, tashxislash va davolash sifatini oshirish | |||||
5. | Allergik kasalliklar (shu jumladan mavsumiy allergiya) koʻrsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlarini oʻtkazish. | 1. Sanoati rivojlangan va kasallik koʻrsatkichlari yuqori hududlarda viloyat allergologlari va oilaviy shifokorlar bilan birgalikda skrining tekshiruvlarini oʻtkazish. | 2023 — 2025-yillar | Mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi orasida mavsumiy allergik kasalliklar va immunologik kasalliklar toʻgʻrisida axborot-targʻibot ishlarini olib borish (teledasturlar, videoroliklar, tarqatma materiallar va boshqalar). | 2023 — 2025-yillarda media-reja asosida (har yili 1-yanvargacha tasdiqlanadi) | ||||
6. | Skrining tekshiruvlari natijasida aniqlangan allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklari mavjud bemorlarni allergologlar tomonidan tizimli kuzatuvi va individual sogʻlomlashtirish ishlarini tashkillashtirish. | 1. Allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligini aniqlash maqsadida ikki bosqichli soʻrovnomalar ishlab chiqish. 2. Oilaviy shifokorlar tomonidan aholi orasida soʻrovnomalar oʻtkazish. 3. Soʻrovnoma natijalariga koʻra aniqlangan bemorlarni sogʻlomlashtirish reja-jadvalini tasdiqlash va sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish. | 2023 — 2025-yillar | Mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
7. | Allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklariga chalingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bemor vakillariga ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalarini bepul tarqatish. | 1. Allergik va immunologik kasalliklar aniqlangan bemorlarga ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalarini bepul tarqatish mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil 1-yanvar | Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov) |
2. Allergik va immunologik kasalliklar aniqlangan bemorlarni ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul taʼminlash. | 2024-yildan boshlab | Hisob-kitoblar asosida | |||
8. | Markaz va uning hududiy boʻlinmalari laboratoriyalari hamda shifokor-allergolog kabinetlarida diagnostika sifatini oshirish. | 1. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan allergen reagentlar va davolovchi-tashxislovchi allergenlar roʻyxatini tasdiqlash. | 2024-yil 1-yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) | |
2. Reagentlar va davolovchi-tashxislovchi allergenlarni xarid qilish. 3. Markazning va uning hududiy boʻlinmalari laboratoriyalarini allergen reagentlar hamda shifokor-allergolog kabinetlarini davolovchi-tashxislovchi allergenlar bilan taʼminlash. | 2023 — 2025-yillar | Mahalliy budjet mablagʻlari, Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov) | ||
9. | Hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yoʻnalishlarida kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash sifatini oshirish. | 1. Markazning yetakchi xodimlaridan iborat ishchi guruhlarni shakllantirish. 2. Ishchi guruhlarni Markazning hududiy boʻlinmalari hamda chekka va olis hududlarga xizmat safariga yuborish. Tashriflar doirasida bemorlarni koʻrikdan oʻtkazish. 3. Markazning hududiy boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini oʻrganib, uni yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash. 4. Markazning hududiy boʻlinmalarida allergologiya va klinik immunologiya yoʻnalishida yuqori texnologik tashxislash amaliyotlari turini bosqichma-bosqich oshirish. | 2023 — 2025-yillar (reja-jadval asosida) | Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova) |
10. | Toshkent shahri aholisi uchun allergik kasalliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni takomillashtirish. | 1. Markaz tomonidan Toshkent shahri aholisi uchun allergik kasalliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. 2. Toshkent shahri aholisiga allergik kasalliklar boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Markazda 20 ta oʻringa moʻljallangan boʻlim tashkil etish va ularni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali Toshkent shahri budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish. | 2024-yildan boshlab | Mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (Ermatov) |
III. Allergologiya xizmati kadrlarining kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirish va sohada ilm-fanni rivojlantirish | |||||
11. | Allergolog va immunolog mutaxassislarni nufuzli xorijiy allergologiya va immunologiya markazlariga malaka oshirishga yuborish. | Markaz hamda hududiy tibbiyot muassasalaridan kamida 10 nafar allergolog va immunolog mutaxassislarni tanlab olish hamda ularning nufuzli xorijiy allergologiya va immunologiya markazlarida malaka oshirishlarini tashkil etish. | 2024-2025-yillar | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova) |
12. | Allergologiya va klinik immunologiya yoʻnalishida ilmiy tadqiqotlar koʻlamini oshirish, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish. | 1. Allergik va immunologik kasalliklarni aniqlash, tashxislash va zamonaviy davolash borasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish. Sanoati rivojlangan hududlarda nafas aʼzolari va teriga taʼsir etuvchi allergologik omillarni oʻrganish boʻyicha ilmiy asoslangan tadqiqotlarni oʻtkazish va ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. 2. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish. 3. 2024-2025-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini tasdiqlash. | 2024-2025-yillar | Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov), Markaz (Razikova), Xalqaro molekulyar allergologiya markazi (Roʻziyev) |
13. | Allergologiya yoʻnalishida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatini oshirish. | Allergologiya yoʻnalishida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha qoʻshma oʻquv dasturlari va adabiyotlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2023 — 2025-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova), Xalqaro molekulyar allergologiya markazi (Roʻziyev) |
Allergik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha keng doiradagi mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha maxsus kurslarni joriy etish. | Reja-jadval asosida | ||||
14. | Markaz qoshida ustoz-shogird anʼanalari boʻyicha allergologiya maktabini yaratish. | 1. Markaz qoshida allergologiya maktabini tashkil qilish va uning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2023 — 2025-yillar | Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova) |
2. Butunjahon allergiya tashkiloti tavsiyalariga koʻra barcha yoʻnalishlar shifokorlari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish. | Reja-jadval asosida | ||||
15. | Pediatr mutaxassislarni bolalar allergologi mutaxassisi sifatida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshirish. | Respublika hududlarida bolalar allergologi mutaxassislariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish, hududiy pediatr mutaxassislar bilan uch tomonlama shartnoma tuzish va ularni shakllantirilgan roʻyxat asosida bolalar allergologi mutaxassislari sifatida tayyorlash, bolalar allergologlari vakant oʻrinlarini mutaxassislar bilan toʻldirish. | 2023 — 2025-yillar | Mahalliy budjet mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
16. | Molekulyar allergologiya va klinik immunologiya yoʻnalishlarida xalqaro aloqalarni rivojlantirish. | 1. Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash. 2. Doimiy asosda oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish. Bunda, yuqori texnologik tashxislash usullari, molekulyar allergologiya va klinik immunologiya sohasida hamkorlik oʻrnatish, xorijiy markazlardan mutaxassislarni taklif qilish va mahorat darslari, vebinarlar oʻtkazish, telemeditsina amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 2023 — 2025-yillar | Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
17. | Aholi orasida allergologik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklarini erta aniqlash, davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish uchun xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish. | 1. Aholi orasida allergik va immunologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish boʻyicha grant loyihalarini ishlab chiqish. 2. Grant loyihalarini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etish. 3. Xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrish. | 2023 — 2025-yillar | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov) |
18. | Allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklariga chalingan bemorlarni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish. | 1. Geografik iqlim sharoitidan kelib chiqib, allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni reabilitatsiya qilish dasturini ishlab chiqish. | 2024-yil 1-mart | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Markaz (Razikova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Markaz va uning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida allergolog mutaxassislar tomonidan dasturda belgilangan mashgʻulotlarni oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish hamda zarur materiallarni tayyorlash va aholiga yetkazish. 3. Mashgʻulotlarni oʻtkazuvchi mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish. | 2023 — 2025-yillar | ||||
4. Markazda allergik va ikkilamchi immunitet tanqisligi kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni reabilitatsiya qilish uchun fizioterapevtik boʻlim tashkil etish. | 2024-yil yakuniga qadar | Xalqaro grant mablagʻlari | |||
2-ILOVA