Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2954-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 26-oktabrdagi 13-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2954, 2017-yil 7-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2954/0389-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-noyabr,
9-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 9-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.”.
2. 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “respublika oliy sport mahorati maktablarida” degan soʻzlar “Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 9-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli sport turi boʻyicha Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi mavjud boʻlganda, ushbu markaz rahbari tomonidan imzolanadi va markazning muhri bilan tasdiqlanadi.”.
4. 10-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga (bundan buyon matnda Sportni rivojlantirish vazirligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligiga (bundan buyon matnda Yoshlar siyosati va sport vazirligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tegishli sport turi boʻyicha Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi mavjud boʻlganda, taqdimnoma ushbu markaz rahbari bilan kelishilgan holda markaz tomonidan taqdim etiladi.”.
5. 11, 12 va 16-bandlardagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 13-banddagi “respublika oliy sport mahorati maktabi”, “Sportni rivojlantirish vazirligining” va “Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi”, “Yoshlar siyosati va sport vazirligining” va “Yoshlar siyosati va sport vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 14-banddagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” va “respublika oliy sport mahorati maktabi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” va “Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 15-bandning birinchi xatboshisidagi “respublika oliy sport mahorati maktabi” va “Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi” hamda “Yoshlar siyosati va sport vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 17-banddagi “Sportni rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar “Yoshlar siyosati va sport vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2954-4/0878-son)