2-ILOVA
|
T/r |
Tashkilotning amaldagi toʻliq (rasmiy) nomi |
Tashkilotning taklif qilinayotgan toʻliq (rasmiy) nomi |
Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar |
|
1. |
Respublika oliy sport mahorati maktablari |
Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarietib qaytatashkil qilinmoqda |
a) Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi davlat muassasalari shaklida saqlab qolinadi hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi; b) Markazlar faoliyati tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sportchilar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish hamda bu boradagi ishlarni tizimlashtirish va natijadorlikni taʼminlashga yoʻnaltiriladi; v) hududlardagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari Markazlarning zaxira sportchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beruvchi hududiy tuzilmasi sifatida faoliyat yuritadi; g) Markazlarga sport turlari boʻyicha amaldagi trenerlar kontingenti doirasida faqatgina milliy terma jamoa bosh treneri, katta treneri va trenerlari fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishiga ruxsat beriladi; d) Markazlar boshqa xodimlarining ish haqlari respublika oliy sport mahorati maktablari xodimlari uchun belgilangan amaldagi miqdorlarda saqlab qolinadi va ularga, shuningdek, trenerlarga ustamalar faqatgina Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va kuboklari gʻolib va sovrindorlari uchun toʻlanadi. Bunda, ayrim sport turlari boʻyicha tabaqalashtirilgan toʻlov tizimi joriy etiladi, shuningdek, istisno tariqasida jamoaviy sport turlari boʻyicha hududiy Osiyo chempionatlari xam hisobga olinadi. Markazlarga Respublika oliy sport mahorati maktablarining barcha huquq va majburiyatlari hamda tovar-moddiy boyliklari oʻtkaziladi. |
|
2. |
“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” DUK |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi muassisligidagi “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ etib qaytatashkil qilinmoqda |
Axborot xavfsizligi siyosatini saqlab qolgan holda uning ustav kapitalidagi davlat ulushining 3/1 qismi xususiy sektorga oʻtkaziladi. |
|
3. |
“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi” DUK |
Xususiy sektorga oʻtkaziladi |
“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi” DUK faoliyati tugatilib, uning funksiya va vazifalari hamda koʻrsatadigan xizmatlari toʻliq xususiy sektor orqali amalga oshiriladi. |
|
4. |
“Sport” gazetasi tahririyati” DUK |
Ommaviy savdolar orqali toʻliqligicha sotiladi |
“Sport” gazetasi tahririyati” DUKning davlat ulushi ommaviy savdolar orqali toʻliqligicha xususiy sektorga sotiladi. Ushbu yoʻnalishdagi xizmatlarni xususiy sektor ishtirokida tashkil etish orqali, isteʼmolchilarga yoʻnaltirilgan zamonaviy, ochiq, shaffof sportga oid islohot va axborotlarni yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi. |
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish muddati | Masʼul boʻlgan vazir oʻrinbosarlari | Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi |
I. Yoshlar siyosati va sport vazirligining asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish | ||||
1. | Vazirlikning yoshlar siyosati va sport sohalaridagi faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash. Bunda: yoshlar siyosati va sport sohalaridagi vazirlik zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni (10 dan ortiq) belgilash; vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining funksiyalarini (150 ga yaqin)belgilash; vazirlik hamda uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash. Vazirlik va Yoshlar agentligining mazkur normalarni oʻzida aks ettirgan nizomlarini tasdiqlash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 2-chorak | A. Saʼdullayev M. Ismailov Sh. Maxmudov D. Raximova | Vazirlik hamda hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining birlashtirilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan ularning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi. Bir-birini takrorlovchi, bugungi kunda amalda boʻlgan, lekin oʻz ahamiyatini yoʻqotgan 10 ga yaqin funksiyalar chiqarib tashlanadi. Yoshlar siyosati va sport sohalarida vakolatli organ va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati toʻgʻri yoʻlga qoʻyiladi. |
2. | Yoshlar siyosati va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yoʻl xaritalari”ni qayta koʻrib chiqib, tahlil qilish hamda ularni Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2023-yil 3-chorak | A. Saʼdullayev M. Ismailov Sh. Maxmudov D. Raximova | Yoshlar siyosati va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya, “yoʻl xaritalari” qayta koʻrib chiqiladi va tahlil qilinadi hamda ular Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlariga muvofiqlashtiriladi. |
II. Sohalarda hal qilinishi lozim boʻlgan masalalarga yechim topishga yoʻnaltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish | ||||
3. | “Sport sohasida huquqiy koʻmak markazi” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotinitashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda moliyalashtirish manbalari etib quyidagilarni belgilash: davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining shartnoma asosida Markazga ajratiladigan budjetdan tashqari mablagʻlari; shartnoma (pullik) asosida koʻrsatiladigan xizmatlar; yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari; xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. | 2023-yil 2-chorak | Sh. Maxmudov M. Ismailov | Sport sohasida huquqiy munosabatlar rivojlantiriladi, sportchi va trenerlarning professional faoliyati davomida qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yanada kuchaytiriladi hamda ularni huquqiy maslahat xizmati bilan taʼminlash tizimi joriy qilinadi. |
4. | Sport arbitraji sohasini rivojlantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda sport arbitraji sohasini tartibga solish boʻyicha qonunchilik bazasini shakllantirish hamda uni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini kiritish. | 2024-yil 1-chorak | Sh. Maxmudov M. Ismailov | Sport arbitraji tartibga solinadi hamda sport sohasida kelib chiqqan nizolarni tez fursatda hal qilish takomillashtiriladi. |
5. | Sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarini(keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tashkil etish. Bunda: Markazlar faoliyatini tegishli sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sportchilar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish hamda bu boradagi ishlarni tizimlashtirish va natijadorlikni taʼminlashga yoʻnaltirish; hududlardagi sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining Markazlarning zaxira sportchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beruvchi hududiy tuzilmasi sifatida faoliyat yuritishini belgilash; Markazlarga sport turlari boʻyicha amaldagi trenerlar kontingenti doirasida faqatgina milliy terma jamoa bosh treneri, katta treneri va trenerlarini fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etishga ruxsat berish; Markazlar boshqa xodimlarining ish haqlarini sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari xodimlari uchun belgilangan amaldagi miqdorlarda saqlab qolish; ularga va trenerlarga ustamalar faqatgina Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va kuboklari gʻolib va sovrindorlari uchun toʻlashni nazarda tutish hamda ushbu musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish tartibinibelgilash; sportning ayrim turlari boʻyicha tabaqalashtirilgan toʻlov tizimini joriy etish, shuningdek, istisno tariqasida jamoaviy sport turlari boʻyicha hududiy Osiyo chempionatlari (futbol boʻyicha Osiyo kuboklari)ning ham hisobga olinishini nazarda tutish; Markazlarga sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalarni biriktirish; Markazlar faoliyatini tashkil etish hamda sportchi va trenerlarni ragʻbatlantirish tartibini belgilash boʻyicha yuqoridagi normalarni oʻzida aks ettirgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 3-chorak | Sh. Maxmudov M. Ismailov D. Raximova | Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarini tashkil etish hisobiga milliy terma jamoalar bilan ishlash tizimi yaxshilanadi, natijadorlik oʻsadi. Gʻolib va sovrindor sportchilar hamda ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti hisobidan ragʻbatlantirish tartibi belgilanadi. Sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar ushbu Markazlarga biriktiriladi. |
6. | Yoshlar ishlari agentligi tizimida Raqamlashtirilgan situatsion-tahliliy markazni tashkil etish. Bunda: Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida ushbu markazning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlim sifatida faoliyatini yoʻlga qoʻyish; markaz faoliyatini yoshlar bilan ishlash sohasida tadqiqotlar olib borish, tizimli muammolar yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etib borishga yoʻnaltirishni nazarda tutish. | 2023-yil 3-chorak | A. Saʼdullayev | Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida Raqamlashtirilgan situatsion-tahliliy markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali yoshlar muammolarini oʻrganish, istiqbolli yoʻnalishlarni oldindan belgilash hamda sohada ilmiy tadqiqotlar jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish imkoniyatlari kengaytiriladi. |
III. Budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish | ||||
7. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Musulmonlar idorasi va Davlat xavfsizlik xizmati Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Turkiya Respublikasining “Sportloto” tizimini Oʻzbekistonga joriy etish yuzasidan joyida oʻrganishlar olib borish va yakuni yuzasidan Hukumatga axborot kiritish. Bunda, ushbu tizimni Oʻzbekistonga joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 3-chorak | M. Ismailov | Natijada jamgʻarilgan mablagʻlar evaziga sport maydonchalari, sport zallari va inshootlari qurilishiga yoʻnaltiriladi. |
8. | Davlat organlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida oʻtkaziladigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar yagona kalendar reja asosida oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish. Bunda: davlat organlarining takliflari asosida Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini shakllantirish; tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, ishtirokchi yoshlarni ragʻbatlantirish ishlarini Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy Nizom asosida amalga oshirish; kalendar reja doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga joylashtirib borish hamda tadbirlarda ishtirok etadigan yoshlarni ushbu tizim orqali elektron roʻyxatga olishni yoʻlga qoʻyish; manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlarining yoshlar bilan ishlash yoʻnalishidagi faoliyati boʻyicha maʼlumotlar bazasini yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlash. Mazkur normalarni oʻzida aks ettirgan tegishli nizom loyihasini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 4-chorak | A. Saʼdullayev D. Raximova | Vazirlik va idoralar tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yagona tizimga birlashtiriladi. Shuningdek, joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida oʻtkaziladigan turli tadbirlar rejali amalga oshiriladi hamda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi. |
9. | Yoshlar siyosatini amalga oshirish hamda sportni rivojlantirish uchun davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning sarflanish jarayoni samaradorligi va hisobdorligini oshirish maqsadida sohani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish. Bunda: yoshlar bilan ishlash va sport tadbirlarini moliyalashtirish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ajratilayotgan mablagʻlar manzilliligi va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha onlayn nazoratni yoʻlga qoʻyish; sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va sport tadbirlarini oʻtkazishning ilgʻor xorij tajribasiga asoslangan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan trenerlarni ragʻbatlantirish tartibini tizimlashtirish; tizimni moliyalashtirish, infratuzilmani yaratish, sport taʼlim muassasalarini inventarlar bilan jihozlash jarayonlarini toʻliqraqamlashtirish; Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan joylarda sport obyektlari va inshootlarini barpo etishni ovoz berish yoʻli bilan aholining haqiqiy ehtiyojini aniqlash orqali amalga oshirish; | 2024-yil 4-chorak | M. Ismailov Sh. Maxmudov | Davlat budjetidan sportga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadliligi va samarali nazorat tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu jarayonlar toʻliq raqamlashtiriladi va yagona “shaffof sport” elektron platformasi ishga tushiriladi. Mazkur platformaga budjetdan mablagʻ oluvchi barcha davlat va nodavlat sport tashkilotlari ulanadi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga start berilib, bosqichma-bosqich budjetdan mablagʻ olish kamaytirib boriladi. |
10. | Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida sifatli va maqbul sport jihozlari hamda boshqa inventarlarni xarid qilishning amaldagi tizimi hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammo va masalalar yechimi yuzasidan davlat xaridi tizimini takomillashtirish boʻyicha Hukumatga puxta ishlangan takliflarni kiritish. Bunda: buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan texnik talab va topshiriqlarga asosan tovarlar narxini oʻrganish va xulosa berish boʻyicha davlat ekspertiza xulosasi yakuniy boʻlishini taʼminlash; xarid.uzex.uz portalida toifalar boʻyicha tovarlarning oʻrtacha narxini eʼlon qilib boruvchi interaktiv xizmatni joriy etish; xarid.uzex.uz portalida roʻyxatdan oʻtkazilgan mahalliy tovar, ish va xizmatlarning texnik talablari boʻyicha interaktiv xizmatni joriy etish; davlat xaridlarida raqobatni taʼminlash uchun tadbirkorlarning mavjud salohiyati, moliyaviy imkoniyati, bajargan ishlari va sifati boʻyicha ularning reytingini joriy etish. Bunda: yetkazib berilgan tovar, ish va xizmatlar sifati, maqbulligi, shartnoma majburiyatining oʻz muddatida bajarilishi kabi muhim mezonlarni inobatga olish; tovar, ish xizmatlarning sifatliligi, belgilangan talablar va shartnoma shartlarini taʼminlamagan yetkazib beruvchilarga nisbatan shartli jarima ballarini qoʻllash va buni reyting ballaridan kamaytirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish; tovar, ish va xizmatlarni maqbul boʻlmagan sunʼiy narxlarda yetkazib berish taklifini takroriy bildirgan yoki shartnoma-shartlarini buzgan yetkazib beruvchilarga yoʻl qoʻygan kamchiliklari va buning takroriyligidan kelib chiqib, ularni davlat xaridlari tizimida 6 oydan 3 yilgacha ishtirok etishdan chetlatish boʻyicha normalarni belgilash. | 2023-yil 2-chorak | M. Ismailov | Tizimda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi takomillashadi hamda budjet mablagʻlaridan foydalanishda ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi. |
11. | Sport turlari boʻyicha sport jihozlari, uskunalar va anjomlar bilan jihozlash (zaruriy jihozlar va anjomlar va boshqa vositalarning eng kam miqdori, nomenklaturasi, shuningdek, ulardan foydalanish muddatlari) meʼyorlarini belgilash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash. | 2023-yil 3-chorak | M. Ismailov | Tizim tashkilotlarini sport jihozlari, uskunalar va anjomlar bilan jihozlashda noaniqliklar bartaraf etiladi. |
IV. Energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish | ||||
12. | Davlat budjeti mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan namunaviy tarzda har bir hududda kamida 5 tadan yoshlar siyosati va sport sohasi tizimidagi tashkilotlar balansidagi bino-inshootlarga quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish. | 2023-yil davomida | M. Ismailov | Namunaviy tarzda har bir hududda tizimdagi binolarga quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatiladi. Kelgusi yillardan boshlab, ushbu amaliyot kengaytirib boriladi. |
13. | Hududlarda barpo etilayotgan barcha tipdagi sport maydonchalarini yoritish uchun sarflanadigan anʼanaviy elektr energiyasidan butunlay voz kechgan holda, uning oʻrniga zamonaviy muqobil energiya manbalaridan foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2024-yildan boshlab | M. Ismailov | Tizimdagi bino va inshootlarda energiya sarfini kamida20 foizga qisqartirishga erishiladi. |
V. Tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, 2023-yildan boshlab vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish | ||||
14. | Har bir hududda tajriba-sinov tariqasida kamida 1 tadan davlat sport taʼlim muassasasini bosqichma-bosqich qisman oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2023-yil 4-chorak | M. Ismailov | Sport taʼlim muassasasida xizmat koʻrsatish koʻlami va sifatini oshirish, budjet mablagʻlarini tejash, korrupsiya va suiisteʼmolchilik holatlarini minimallashtirishga erishiladi. |
15. | Davlat sport taʼlim muassasalarida xoʻjalik, jumladan sportchi-oʻquvchilarni ovqatlantirish xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. Bunda, sport sohasidaautsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 3-chorak | M. Ismailov | Ushbu tizimni yoʻlga qoʻyish orqali sport taʼlim muassasalarida sportchilarni maqbul ovqatlantirish hamda korrupsion holatlarning oldini olish imkoniyatlari kengayadi. |
16. | Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish. Bunda: tizimdagi sport maktablarining yopiq va ochiq suzish havzalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berish hamda ushbu yoʻnalishda sportchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish; “Yoshlar daftari”ga kirish boʻyicha murojaatlar bilan ishlaydigan “1093” qisqa raqamli Call-markaz faoliyatini autsorsingga berish orqali tashkil etish; yoshlar bilan ishlash sohasida oʻtkaziladigan forum, tadbir, yarmarka va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlarni xususiy sektor orqali amalga oshirish; davlat sport taʼlim muassasalarining sportchi-oʻquvchilarini oziq-ovqat bilan taʼminlash va ovqatlantirish xizmatlari; sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va tizimni raqamlashtirish boʻyicha xizmatlar; yoshlar ongida milliy gʻururni shakllantirish hamda mustahkamlashga qaratilgan publitsistik chizma, foto va video materiallar tayyorlash kabi xizmatlarni xususiy sektor orqali amalga oshirish. | 2023 — 2026-yillarda | A. Saʼdullayev M. Ismailov | Sport maktablarida mavjud boʻlgan 100 dan ortiq yopiq va ochiq suzish havzalari faoliyati xususiy sektor ishtirokida yangidan yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu xizmatlar boʻyicha oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtiladi va budjetdan moliyalashtirish qisqartiriladi. Tadbirlarni oʻtkazish xususiy sektor ishtirokida sogʻlom raqobat asosida amalga oshiriladi. |
VI. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat koʻrsatish, davlat tomonidan subsidiya, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qoʻllab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish | ||||
17. | “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi”ni taʼsis etish hamda stipendiyani tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash. | 2023-yil 4-chorak | Sh. Maxmudov M. Ismailov | Stipendiya miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi. Mablagʻlar sportchi lavozimi uchun belgilangan ish haqi, �yerma jamoalar va ularning zaxirasi, sportchilar energiya sarfini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun ajratiladigan maqsadli toʻlovlarni maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi. |
18. | “Yoshlar daftari” orqali yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish tizimini takomillashtirish. Bunda: yoshlarga koʻrsatiladigan yordam turlarini 30 taga yetkazish (2022-yilda 20 ta); nogironligi boʻlgan 500 nafargacha yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash (2022-yilda 240 nafar); ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash bilan birga iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish; “Yoshlar daftari” axborot tizimini raqamlashtirish darajasini 80 foizga yetkazish (2022-yilda 60 foiz); ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni koʻrsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy majburiyatlarni qoʻllash amaliyotini joriy etish; “Yoshlar daftari” orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar, jumladan yoshlarga subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordam berish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2023-yil davomida | A. Saʼdullayev D. Raximova | “Yoshlar daftari” tizimi takomillashtirilishi natijasida 300 ming nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etiladi hamda iqtidorli yoshlar ragʻbatlantiriladi. |
19. | intellektual oʻyinlarni ommalashtirish orqali 1 mln nafar yoshlarni qamrab olish (2022-yilda 1,3 mln nafar); xalqaro imtihon tizimlari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va b.) boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan 10 ming nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish; chet tillarini oʻrganishni ommalashtirishga qaratilgan loyihalar orqali 50 ming nafar yoshlarni qamrab olish (2022-yilda 30 ming nafar); onlayn fan olimpiadalarini tashkil etish orqali nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga 300 ming nafar yoshlarni tayyorlash (2022-yilda 246 ming nafar); taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalarining liderlik koʻnikmalarini rivojlantirish, istiqbolli gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlar stipendiyasi”ni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2023-yil davomida | A. Saʼdullayev | 1,4 mln nafar yoshlarning intellektual salohiyati oshiriladi, ularning ilmiy faoliyati va chet tillarini oʻrganishi ragʻbatlantiriladi. |
VII. Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi davlat unitar korxonalari (muassasalari), masʼuliyati cheklangan jamiyatlar hamda davlat ulushi boʻyicha aksiyalar paketi boshqaruviga berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha taklif tayyorlash | ||||
20. | Vazirlik tasarrufidagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi faoliyatini tugatish hamda uning funksiya, vazifalari va koʻrsatadigan xizmatlarini xususiy sektor orqali amalga oshirish. | 2023-yil 2-chorak | M. Ismailov | DUK faoliyatini tugatish orqali tadbirlarni oʻtkazish xususiy sektor ishtirokida sogʻlom raqobat va mablagʻlarni iqtisod qilgan holda amalga oshiriladi. |
21. | “Raqamlashtirish va sertifikatlash” davlat unitar korxonasi faoliyatini xususiy sektor ishtirokida qayta tashkil etish orqali sohaga zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va raqamlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlar, donor va xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmak va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak (grant) mablagʻlarini jalb etish. | 2023-yil 4-chorak | M. Ismailov | DUK faoliyatini xususiy sektor ishtirokida qayta tashkil etish orqali zamonaviy Ay-Ti tizimlari joriy etiladi. |
22. | Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi “Sport” gazetasi tahririyati DUKningdavlat ulushini toʻlaligicha xususiy sektorga sotish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2023-yil 4-chorak | M. Ismailov | DUK faoliyatini xususiy sektorga oʻtkazish orqali isteʼmolchilarga yoʻnaltirilgan zamonaviy, ochiq, shaffof sportga oid maʼlumotlar va islohotlarni yetkazib berishga kengroq imkoniyatlar yaratiladi. |
VIII. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning modelini takomillashtirish | ||||
23. | Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari koʻlamini kengaytirish va soddalashtirish,shuningdek,sport sohasidagi boshqa xizmatlar hajmini 2 barobargacha oshirish choralarini koʻrish. Bunda: nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash hamda asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tizimini yanada soddalashtirish; xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish tizimini takomillashtirish; “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga isteʼmol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish; jismoniy tarbiya va sport sohasida koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlari koʻlamini 1,5 barobargacha oshirish va modelini takomillashtirish; tizimda budjet yukini kamaytirib borish maqsadida sport taʼlim muassasalarida asosiy dars mashgʻulotlaridan tashqari vaqtlarda aholiga pullik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pullik xizmatlar uchun masofadan turib toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratishni nazarda tutish. | 2023-yil 4-chorak | A. Saʼdullayev M. Ismailov | Yoshlar bilan ishlash va sport sohasida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari yanada soddalashtiriladi va ular soni ikki barobarga oshiriladi. |
IX. Vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini oʻrganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qoʻyish” hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish | ||||
24. | Yoshlar va sport sohasi tizimi tashkilotlari hamda sport taʼlim muassasalarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sunʼiy monopoliya, yopiq sxemalar va korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan huquqbuzarlik xavfini avtomatik tarzda tahlil qilish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil 4-chorak | A. Saʼdullayev M. Ismailov | Vazirlik va tizim tashkilotlari, qolaversa, sport taʼlim muassasalari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi. Davlat budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va aholiga xizmat koʻrsatish samaradorligi bevosita oʻrganib boriladi. Tizimda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yoʻlga qoʻyish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi. |
25. | Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: tizim tashkilotlari va sport taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishda inson omilini qisqartirish hamda tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish; tizimda oldindan “tashxis qoʻyish” amaliyotini hamda elektron dasturiy taʼminot yordamida “xavfni tahlil qilish” orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini joriy etish; sport taʼlim muassasalari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va aholiga xizmat koʻrsatish samaradorligini oʻrganish natijalarini oʻzining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirib borish hamda ushbu yoʻnalishda jamoatchilik fikrini tizimli ravishda tahlil qilish; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni taʼminlaydigan jamoatchilik bilan hamkorlikning zamonaviy shakllarini keng joriy etish; tizimda korrupsiyaga moyilligi yuqori deb baholangan hamda soha yoʻnalishlari va tashkilotlari boʻyicha elektron reyestr yuritilishini tashkil etish hamda ularning profilaktikasini amalga oshirish. | Doimiy | A. Saʼdullayev M. Ismailov Sh. Maxmudov D. Raximova | |
X. Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan vazirlik va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish | ||||
26. | Yoshlar siyosati va sport sohasini 24 ta yoʻnalishda raqamlashtirish boʻyicha “ERP Sport” yagona elektron platformasini toʻliq ishga tushirish. | 2024-yil 1-chorak | M. Ismailov | Yoshlar bilan ishlash va sport tizimini raqamlashtirish uchun zarur axborot tizimlari ishga tushiriladi hamda tizimda ochiq va shaffof maʼlumotlar bazasi yaratiladi. Shuningdek, ushbu elektron platformani “UzASBO” dasturiga integratsiya qilish orqali Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish taʼminlanadi. |
27. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarida sogʻlom turmush tarzi va sportga boʻlgan qiziqishni uygʻotish boʻyicha oʻyinli dasturlar, multfilmlar yaratilishini taʼminlash. | 2023-yil 4-chorak | M. Ismailov | Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga qamrab olingan bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha milliy kontentlar yaratiladi. |
28. | Yoshlar siyosati va sport sohasini raqamlashtirish, bu bilan bogʻliq boʻlgan yoʻnalishlar kesimida zarur axborot tizimlarini ishga tushirish, ularni tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar elektron tizimlari bilan integratsiya qilish. Bunda: | 2023-yil 4-chorak | A. Saʼdullayev D. Raximova M. Ismailov | Yoshlar bilan ishlash va sport tizimini raqamlashtirish uchun zarur axborot tizimlari ishga tushiriladi. Davlat sport taʼlim muassasalarining sportchi oʻquvchilarini identifikatsiya kartalar bilan taʼminlash koʻrsatkichi amaldagi 40 foizdan 60 foizga yetkaziladi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini 2 barobarga oshirish orqali ular soni 12 taga yetkaziladi. Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti va Universitet faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha ishlar 2023-yil yakuniga qadar oʻrtacha hisobda 50 foizga yetkaziladi. |
sportni moliyalashtirishning yangi tiziminijoriy etish, jumladan Davlat budjetidan sohaga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi nazorati yuritiladigan yagona elektron platformani ishga tushirish hamda ushbu platformaga budjetdan mablagʻ oluvchi barcha davlat va nodavlat sport tashkilotlarini integratsiya qilish; davlat sport taʼlim muassasalari oʻquvchilarini identifikatsiya kartalar (ID-karta) bilan taʼminlash darajasini oshirish; Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tashkiliy-boshqaruv jarayonini 60 foizga, oʻquv-uslubiy jarayonini 60 foizga, ilmiy-tadqiqot jarayonini 30 foizga raqamlashtirish; Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining oʻquv-uslubiy jarayonini 50 foizga, ilmiy-tadqiqot jarayonini 30 foizga raqamlashtirish. | 2023-yil davomida | |||
XI. Sohada faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va masʼuliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, oʻz ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish | ||||
29. | Tizimda faoliyat yuritayotgan eng istiqbolli kadrlarni oʻqitish hamda ilgʻor xorijiy davlatlarga stajirovkaga bosqichma-bosqich yuborish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan dasturni qabul qilish. | 2023-yil 2-chorak | A. Saʼdullayev | Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasi va professionallik darajasi oshirib boriladi. |
30. | Faoliyati davomida yuqori bilim va koʻnikma orttirgan, malakali va chuqur nazariy bilimlarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini samarali va masʼuliyat bilan bajarib namuna koʻrsatgan yoshlar yetakchilarini tizim tashkilotlaridagi yuqori lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha “sotsial lift” loyihasini amalga oshirish. | 2023-yil 2-chorak | A. Saʼdullayev M. Ismailov Sh. Maxmudov D. Raximova | Mahallalardagi 9 370 nafar yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi oshiriladi. |
XII. Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kiritilgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirish | ||||
31. | Vazirlik hamda uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining tuzilmalarini tasdiqlash. Bunda: vazirlik tizimiga kiruvchi boʻlinmalar va tizim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilib, ularni qayta tashkil etish choralarini koʻrish; vazirlik markaziy apparati hamda uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini lavozimlarga tayinlash va qayta tayinlash; vazirlik markaziy apparati hamda hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarini malakali, chuqur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini samarali va masʼuliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan toʻldirish. | 2023-yil 2-chorak | A. Saʼdullayev M. Ismailov | Vazir oʻrinbosarlari, bosh boshqarma va boʻlimlar hamda hududiy va tarkibiy tuzilmalarning yoʻnalishlar boʻyicha aniq vazifalari belgilab beriladi. Kadrlar tanlab olinadi, mutaxassis kadrlarning yoʻnalishi va salohiyatiga qarab ish yuritishi tartibga keltiriladi. |
32. | Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibiy tuzilmalariga boshqaruv, kadr, moliya va boshqa yoʻnalishlardagi vazifa va talablarni aniq belgilash orqali ularning bu boradagi mustaqilligini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish. Buning uchun, tarkibiy boʻlinma va tuzilmalar Nizomlari hamda boshqa ichki meʼyoriy hujjatlarini tubdan qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2023-yil 2-chorak | A. Saʼdullayev M. Ismailov | Tizim faoliyatini samarali tashkil etishda boshqaruv, kadr, moliya va boshqa yoʻnalishlarda inson omili, sansolarlik, byurokratiya va har xil yopiq sxemalar ishlashining oldi olinadi. Asosiy energiya va resurslar inson omilini boshqarishga emas, balki tizimni takomillashtirishga yoʻnaltiriladi. |
XIII. Qonunchilik hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish | ||||
33. | Yoshlar siyosati va sport sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish choralarini koʻrish. Bunda, quyidagilarga asosiy eʼtiborni qaratish: qonunchilik hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish; qonunchilik hujjatlarida takrorlanish, kolliziya, huquqiy boʻshliqlarni aniqlash va bartaraf etish; toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqish hisobiga qonunosti hujjatlarning ulushini kamaytirish; tartibga solish yukini va ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish hisobiga huquqni qoʻllash amaliyotini soddalashtirish. | 2023-yil 4-chorak | A. Saʼdullayev M. Ismailov | Yoshlar bilan ishlash va sport yoʻnalishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasi tizimlashtiriladi hamda bir-birini takrorlovchi hujjatlar soni qisqartiriladi. |
6-ILOVA
|
T/r |
Funksiya |
Vakolatli organ |
Funksiyani xususiy sektorga oʻtkazish muddati |
|
1. |
Sport sohasini raqamlashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-texnologiyalarini keng joriy etish xizmatlari |
Yoshlar siyosativa sport vazirligi |
2023-yil 4-chorak |
|
2. |
Yoshlar siyosati va sport sohasida isteʼmolchilarga yoʻnaltirilgan zamonaviy, ochiq, shaffof maʼlumotlarni va islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish bilan bogʻliq noshirlik xizmatlari | ||
|
3. |
Ayrim davlat sport-taʼlim muassasalari tasarrufidagi sport inshootlari, jumladan yopiq va ochiq suzish havzalarida aholiga xizmat koʻrsatish va sportchilar tayyorlash |
2024-yil 1-chorak | |
|
4. |
Ayrim davlat sport-taʼlim muassasalarining sportchi-oʻquvchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash | ||
|
5. |
Yoshlar va sport sohasidagi tadbirlar, sohaga oid publitsistik, chizma, foto va video materiallar tayyorlash xizmati |
Yoshlar ishlari agentligi |
2023-yil 2-chorak |
|
6. |
Yoshlarning murojaatlarini qabul qilish boʻyicha yagona “Call-markazi” orqali koʻrsatiladigan xizmatlar |
7-ILOVA