Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 10-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 990-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 462-son “Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-oktabr,
26-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 3-oktabr
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. ShERMATOV
2023-yil 11-oktabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 19-oktabr
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2023-yil 5-oktabr
Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. NAZAROV
2023-yil 29-sentabr
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2023-yil 24-oktabr
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2023-yil 23-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-oktabrdagi 26-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi tomonidan 2000-yil 30-noyabrda 01/960-son bilan tasdiqlangan Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari (roʻyxat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 23 son).
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2011-yil 25-fevraldagi 33-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-1, 2011-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 107-modda).
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2012-yil 8-avgustdagi 142-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-2, 2012-yil 7-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 36-son, 420-modda).
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 26-martdagi 56-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-3, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 232-modda).
5. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2015-yil 21-maydagi 30-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-4, 2015-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y, 21-son, 282-modda).
6. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2016-yil 15-dekabrdagi 50-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-5, 2016-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 592-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 2-son “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 990-6, 2019-yil 25-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/990-6/2817-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2023-y., 10/23/990-7/0848-son)