ILOVA
| Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar | |
|---|---|---|---|---|
| I. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (YoSTZ) faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
| 1. | Tashkil etilishi belgilangan 210 ta YoSTZni maqbullashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda tashkil qilingan YoSTZ yer toifasini oʻzgartirish masalasini oʻrganib, tegishli takliflar tayyorlash | 1. Infratuzilma obyektlari ishga tushirilishi noqulay va aholiga uzoq boʻlgan hududlarda hamda toifasi oʻzgartirilmagan yerlarda joylashgan YoSTZ roʻyxatini shakllantirish va ularning samaradorligini tahlil qilish. | 2023-yil noyabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. Tahliliy axborot va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | ||
| 3. YoSTZ yer toifasini oʻzgartirish masalasini Hukumat komissiyasida muhokama qilish. | 2024-yil yanvar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | ||
| 2. | Bugungi kunga qadar tuman (shahar)larda tashkil kilingan YoSTZlarning boʻsh yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularni maqbullashtirish choralarini koʻrish. | 1. Tuman (shahar)larda YoSTZlarning boʻsh yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularni maqbullashtirish boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iktsodiyot va moliya vazirligiga takliflar kiritish. | 2023-yil noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kadastr agentligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iktisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. YoSTZlarni maqbullashtirish yuzasidan umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. | 2023-yil dekabr | |||
| 3. | YoSTZdagi yerlar, bino va inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish, shuningdek, belgilangan muddatlarda loyihani amalga oshirish choralarini koʻrmagan tadbirkorlik subyektidan yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonlarini qaytarib olish tartibini belgilash. | 1. Barcha YoSTZning yerlari, b�no va inshootlarining elektron onlayn-auksionga joylash ishlari holatini oʻrganib chiqish. | 2023-yil dekabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
| 2. YoSTZning yerlari, bino va inshootlarini elektron onlayn-auksionga Direksiyalar tomonidan joylashning yagona tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash. | 2023-yil dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi | ||
| 3. Auksionda gʻolib boʻlgan, biroq belgilangan muddatlarda loyihani amalga oshirish choralarini koʻrmagan tadbirkorlik subyektidan yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonlarini qaytarib olish tartibi boʻyicha takliflar tayyorlash va bunda Direksiyalarga yerlarni zaxiraga qaytarish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritishda davlat boji yuzasidan imtiyozlar berilishi masalasini koʻrib chiqish. | 2024-yil yanvar | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
| 4. Tahliliy axborot va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil fevral | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
| 4. | YoSTZda yer va bino-inshoot munosabatlarini | 1. YoSTZda yer va bino-inshoot munosabatlarini tartibga solish, shu jumladan, ularni xususiylashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
| 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil fevral | |||
| 5. | YoSTZ jozibadorligini oshirish hamda yosh tadbirkorlik subyektlarini mazkur zonalarga keng jalb qilish maqsadida yer maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda boshlangʻich narxi boʻyicha toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash tartibini takomillashtirish. | 1. YoSTZ yer maydonlari va bino-inshootlarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda boshlangʻich narxi boʻyicha toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash tartibini yigirma toʻrt oygacha uzaytirish masalasini oʻrganib, tegishli taklif tayyorlash. | 2023-yil noyabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat aktivlari�i boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
| 2. Tahliliy axborot va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil dekabr | |||
| II. YoSTZ infratuzilmasini yaxshilash, faoliyat samaradorligini oshirish va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish | ||||
| 6. | Respublika boʻyicha YoSTZni infratuzilma bilan taʼminlash uchun Davlat budjetidan hamda mahalliy budjetdan yoʻnaltirilishi belgilangan mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishi, shuningdek, maqsadli sarflanishini qatʼiy nazoratga olish. | 1. YoSTZning tashqi muhandislik va kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlanish holatini tahlil qilish. | 2023-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. YoSTZ infratuzilmalarini barpo etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilmagan infratuzilma obyektlarini tahlil qilish, sabablarini oʻrganish. | 2023-yil dekabr | |||
| 3. Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tayyorlangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil yanvar | |||
| 7. | Yoshlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirishga koʻmaklashish. | 1. Yoshlarning tadbirkorlikka oid bilimini oshirish va loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqishga koʻmaklashish. | doimiy | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti |
| 2. Yosh tadbirkorlik subyektining eksport salohiyatini oshirish maqsadida har chorakda mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda motivatsion biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etish. | ||||
| 3. Mazkur seminar, trening va biznes-forumlarga Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolarini jalb qilish. | ||||