Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 09.10.2023 yildagi 534-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 10.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaylov yerlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yaylov yerlarni muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanishni taʼminlash hamda degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yaylov yerlardan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil etish, ushbu sohada taʼsirchan davlat nazorati va oqilona boshqaruvini amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yaylov yerlardan foydalanishda ochiq va oshkoralikni taʼminlash, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlar yaratish, chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish, shuningdek, yaylov yerlarda yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklarning nobud boʻlishi va nazoratsiz yigʻib olinishining oldini olish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 16-fevraldagi PF-24-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish koʻmitasining doimiy foydalanishida boʻlgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan samarali hamda maqsadli foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining doimiy foydalanishida boʻlgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining doimiy foydalanishida boʻlgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlarda geodeziya, topografiya, geologiya, gidrogeologiya, yoʻlsozlik va boshqa izlanishlar, shuningdek, chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarining suv rejimini oʻzgartirish bilan bogʻliq gidrotexnik, melioratsiya, chorva mollarini boqish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarni amalga oshirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlarni xatlovdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
534-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-oktabrdagi 534-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41-bob. Chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) doimiy foydalanishida boʻlgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan (keyingi oʻrinlarda — yaylov yerlar) Qoʻmita tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlariga kalendar yilda bir marta taqdim etiladigan roʻyxatga kiritilgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yerdan foydalanuvchilar) foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Yaylov yerlardan ijara huquqi asosida yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Yerdan foydalanuvchilar yaylov yerlardan faqat kunning yorugʻ vaqtida foydalanadi, tunda chegara mintaqalarida qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosi oʻsimliklar resurslari nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymagan va yaylov xoʻjaligiga zarar yetkazmagan holda tegishli vosita va usullar orqali yigʻib-terib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Yerdan foydalanuvchilar yaylov yerlardan samarali va maqsadli foydalanishi, shuningdek, ekinlarga va hayvonot dunyosiga zarar yetkazilishiga, yaylov yerlarning maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi hamda yongʻin xavfsizligiga va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Yaylov yerlarda yongʻin yuzaga kelganda va ularni bartaraf etish vaqtida yerdan foydalanuvchilarning yaylov yerlarga kirishi cheklanadi hamda transport vositalarining umumiy foydalanishda boʻlgan avtomobil yoʻllaridan boshqa yoʻllarda harakatlanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Qoʻmita yerdan foydalanuvchining yaylov yerlardan foydalanish huquqi tugaganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarini va ichki ishlar organlarini 10 kun muddat ichida xabardor qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 35-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“geodeziya, topografiya, geologiya, gidrogeologiya, yoʻlsozlik va boshqa izlanishlar, shuningdek, chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari suv rejimini oʻzgartirish bilan bogʻliq gidrotexnik, melioratsiya, chorva mollarini boqish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (ruxsatnomasi boʻyicha) va ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda hamda davlat oʻrmon fondi yoki Qoʻmitaning doimiy foydalanishida boʻlgan yaylov yerlar tegishlicha oʻrmon xoʻjaligi organlari yoki Qoʻmita bilan kelishilgan holda”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son; 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son)