16.02.2023 yildagi PF-24-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda yaylovlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, kavrak yetishtirishni yanada rivojlantirish hamda yaylovlarda resurs tejovchi texnologiyalarni keng qoʻllash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) Ispaniya va Portugaliyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda xalqaro moliya institutlarining 7,8 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari hisobidan 2023-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida yillik quvvati 10 ming tonna boʻlgan mayda shoxli mollar uchun vitamin va minerallar bilan boyitilgan omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatida Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasiga aʼzo qorakoʻlchilik-naslchilik xoʻjaliklarida 500 ming bosh mayda shoxli mollarni raqamli identifikatsiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu omuxta yem ishlab chiqarish korxonalari tomonidan yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy etgan holda don yetishtirish uchun Qoʻmitaga qarashli 800 gektar yaylov oʻzlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), Qoʻmita (B. Sharipov) xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan mablagʻlari hisobidan Qoʻmitaga qarashli 500 gektar yaylovda quyosh energiyasida ishlaydigan nasos agregatlari yordamida yerosti suvlarini chiqarish hamda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha namunaviy pilot loyihani amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) mazkur Farmonning 1- va 2-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar uchun jalb etilgan xalqaro moliya institutlarining, shu jumladan Fransiya taraqqiyot agentligining (chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan) grant mablagʻlarini ajratish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qoʻmita bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilgan yaylov yer maydonlarini (oʻrmon fondi yerlari bundan mustasno) xatlovdan oʻtkazsin, yaylovlardan foydalanishning holati hamda shartnoma talablari bajarilganligini oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov va oʻrganish natijalariga koʻra shartnoma shartlarini bajarmagan, xususan yaylov yer maydonlaridan maqsadsiz foydalangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrsin va ushbu yaylov yer maydonlarini Qoʻmitaning doimiy foydalanishiga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylov yer maydonlarining elektron hisobini yuritishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra madaniy kavrak plantatsiyalarini tashkil etishda ekish dalolatnomalari rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab ikki yil davomida Qoʻmita tomonidan davriy monitoring amalga oshiriladi hamda monitoring yakuniga koʻra oʻsimlik unib chiqqan maydon Tabiat resurslari vazirligi tomonidan plantatsiya sifatida davlat reyestriga kiritiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita Tabiat resurslari vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda uch oy muddatda yaylov yer maydonlarida tashkil etilgan kavrak oʻsimligining madaniy plantatsiyalarini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat resurslari vazirligi xatlov va oʻrganish natijalari yakuniga koʻra madaniy kavrak plantatsiyasi deb topilmagan plantatsiyalarning davlat reyestridan chiqarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Tabiat resurslari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasiga aʼzo xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasida joylashgan yaylovlardan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻsimlik dunyosi obyektlariga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan sassiq kavrak (Ferula assa-foetida) oʻsimligining har bir kilogramm shirasi (smola), urugʻi va har bitta tupi uchun yetkazilgan zararni hisoblash miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 koeffitsiyenti, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi (Ferula tadshikorum Pimenov) oʻsimligining har bir kilogramm shirasi (smola), urugʻi va har bitta tupi uchun yetkazilgan zararni hisoblash miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 koeffitsiyenti etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi oʻsimligining tabiiy populyatsiyasi, takror koʻpayishi va qayta tiklanishini taʼminlash maqsadida joriy yildan boshlab uch yil muddatga tojik kavragidan foydalanishga moratoriy joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita Tabiat resurslari vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda unga qarashli yer maydonlarida kavrak oʻsimligining Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hamda kiritilmagan barcha turlaridan tegishli ruxsatnomasiz foydalanganlik (tabiatdan ajratib olish, yigʻish, kesish, zarar yetkazish, nobud qilish) va sotganlik uchun tegishli choralarni koʻrib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ichki ishlar vazirligi Qoʻmita talabnomalariga koʻra yaylov xoʻjaligi yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻmita Tashqi ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kavrak yetishtirishga ixtisoslashgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni malakali ishchilar bilan taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur subyektlar talabnomalariga asosan respublika hududlarida tashkil etilgan monomarkazlarda yaylovlardan samarali foydalanish, resurs tejamkor texnologiyalarni qoʻllash, kavrak oʻsimligini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha tayyorlov kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov kurslarida oʻquv mashgʻulotlari sifatli oʻtkazilishi, shu jumladan mashgʻulotlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy kavrak plantatsiyalarini tashkil etish hamda tabiiy kavrak oʻsimligi mahsulotlarini yigʻib olishda tadbirkorlik subyektlarining talabnomasiga asosan xorijiy davlatlardan mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda bir oy muddatda yaylovlardan samarali foydalanish, choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklarini koʻpaytirish hamda ularning serhosil yangi nav va duragaylarini yaratish, shuningdek, kavrak yetishtirish yoʻnalishida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda yaylovlardan samarali foydalanish, choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklarining yangi nav va duragaylarini yaratish, shuningdek, kavrak yetishtirish yoʻnalishida davlat ilmiy-texnik loyihalarini eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi kavrak mahsulotlarini olib kirishda Hindiston davlatining import bojlarini bekor qilish masalasini ushbu davlat bilan oʻtkaziladigan hukumatlararo komissiya majlislarining kun tartibiga kiritish boʻyicha muzokaralar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Qoʻmitaning doimiy foydalanishidagi yaylov yer maydonlarini ijaraga berish tartibini hamda Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan oqilona foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoʻmita, Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-sentabrga qadar yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-24-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PF-24-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

yaylov yerlaridan samarali foydalanish, jumladan, ilgʻor xorijiy tajriba asosida yaylovlar tushunchasi va uning huquqiy maqomini qayta koʻrib chiqish;

yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, yaylovlarni barpo etish, yerlarni yaylov yerlari toifasiga oʻtkazish;

yaylov yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berish va boshqa qoidalarni nazarda tutish.

1. Loyihani ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2. Yaylovlar boʻyicha milliy va xorijiy tajriba hamda qonunchilikni oʻrganish.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish va dastlabki muhokamani oʻtkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Yaylov yer maydonlarini yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov asosida ijaraga berish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Loyihani ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2. Yaylovlardan foydalanish sohasiga oid milliy va xorijiy tajribalarni oʻrganish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Respublikamiz choʻl hududlarida 6,6 ming gektarda yaylov oʻsimliklari urugʻchiligi maydonlarini tashkil etish.

8,4 ming gektar maydonga ekilgan va kelgusida ekiladigan 6,6 ming gektar urugʻchilik maydonlarini payhon boʻlishdan himoya qilish, parvarishlash hamda qurgʻoqchilik va issiqqa chidamli choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻlarini yetishtirish.

1. Hududlardan choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklarning birlamchi urugʻchilik maydonlarini tashkil etish uchun yaylov yer maydonlarini ajratish.

2023-2024-yillarda

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

2. Hududlarning iqlim sharoiti va tuproq tarkibidan kelib chiqib, qurgʻoqchilik va issiqqa chidamli boʻlgan koʻp yillik choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar turlarini joylashtirish, ekish va urugʻchilik agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish.

2023-yildan boshlab mavsum davomida

4.

Yaylovlar degradatsiyasining oldini olish maqsadida serhosil choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻlarini ekishni tashkil etish.

2024-yildan boshlab yaylovlardan foydalanuvchi subyektlar tomonidan oʻzlari tomonidan foydalanib turgan yaylov yer maydonlarining hosildorligini oshirib borish maqsadida choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻlarini ekishni tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi

5.

Yaylovlar hosildorligi pasayib ketishining oldini olish maqsadida yaylovlardan chorva mollarini boqishda foydalanuvchi subyektlar hamda aholi oʻrtasida yaylovlardan mavsumiy almashlab foydalanishning samaradorligini keng targʻib qilish.

1. Yaylovlardan foydalanuvchilarga yaylovlar holati yomonlashib ketishining oldini olish maqsadida ulardan foydalanish tartibi, meʼyorlari toʻgʻrisida koʻrgazmali seminarlar tashkil etish.

2. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy tushunchalar va tavsiyalar berib borish.

Doimiy

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi,

ilmiy-tadqiqot muassasalari

6.

Yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini gʻamlash (yigʻish) va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratishda kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etish talabini belgilash.

1. Yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini gʻamlash (yigʻish) va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratishda kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etish talabini belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil mart

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi

2. Yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini yigʻishda foydalanilgan har bitta oʻsimlik uchun shu turdagi oʻsimlik urugʻining ikki baravar miqdorda qayta ekilishini monitoring qilish.

Doimiy

7.

Oʻsimlik dunyosi obyektlariga noqonuniy zarar yetkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan sassiq kavrak (Ferula assa-foetida) oʻsimligining har bir kilogramm shirasi (smola), urugʻi va har bitta tupi uchun yetkazilgan zararni hisoblash miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 koeffitsiyenti, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi (Ferula tadshikorum Pimenov) oʻsimligining har bir kilogramm shirasi (smola), urugʻi va har bitta tupi uchun yetkazilgan zararni hisoblash miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 koeffitsiyenti etib belgilash.

Oʻsimlik dunyosi obyektlariga noqonuniy zarar yetkazganlik uchun amaldagi javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil mart

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Tabiat resurslari vazirligi

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi oʻsimligining tabiiy populyatsiyasi, takror koʻpayishi va qayta tiklanishini taʼminlash maqsadida joriy yildan boshlab uch yil muddatga tojik kavragidan foydalanishga moratoriy joriy etish.

1. 2023-yildan boshlab 3 yil muddatga tojik kavragi oʻsimligidan foydalanishni toʻxtatishni qatʼiy nazoratga olish.

2. Moratoriy davrida yovvoyi holda oʻsuvchi tojik kavragidan foydalanganlik holatlari aniqlanganda mazkur holatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishini taʼminlash.

Moratoriyning amal qilish muddati

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

Tabiat resurslari vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Kavrak oʻsimligi urugʻini yigʻib olish mavsumida tabiat resurslaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi va urugʻlarning nes-nobud qilmasdan yigʻib olinishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.

Kavrak oʻsimligi urugʻini yigʻib olish davrida urugʻ yigʻib olish miqdori boʻyicha kvotalarni har yili 1-aprelgacha ajratish hamda ajratilgan kvotaga asosan berilgan maxsus ruxsatnoma bilan urugʻ yigʻib olish hamda noqonuniy urugʻ yigʻib olinishining oldini olish choralarini koʻrish.

Har yili mavsum davomida

Tabiat resurslari vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

3. Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish uchun maʼmuriy bino hamda qorakoʻlchilik va kavrakchilik mahsulotlari shourumini tashkil etish.

2023-2024-yillarda

10.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) va Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish, shuningdek, qorakoʻlchilik va kavrakchilik mahsulotlari shourumini tashkil etish.

1. Uyushmaning xoʻjalik yurituvida boʻlgan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon koʻchasi 1b-uy manzilidagi binoni Qoʻmitaga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish.

Bir oy muddatda

Qoʻmita,

Uyushma, Toshkent shahar hokimligi

2. Qoʻmitaga, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon koʻchasi 1b-uy manzilidagi bino oʻrnida yangi zamonaviy turar va noturar binolar (keyingi oʻrinlarda — obyekt) qurish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzishga ruxsat berish.

Bir oy muddatda

Qoʻmita,

xususiy sherik

3. Xususiy sherikni jalb qilgan holda Toshkent shahar hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qurilish ishlarini oʻrnatilgan tartibda boshlash.

Shartnoma asosida

Qoʻmita,

Uyushma

4. Qurilishi tugallangan obyekt foydalanish uchun davlat sherigiga topshirilgandan soʻng, obyektning bir qismini xususiy sherikka mulk huquqi asosida oʻtkazish. Bunda, qurilishi tugallangan obyektdan keyinchalik foydalanish tartibini davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim bilan belgilash.

Shartnoma asosida

Qoʻmita,

xususiy sherik,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

5. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilgan binoda Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish hamda qorakoʻlchilik va kavrakchilik mahsulotlari shourumini tashkil etish.

Qurilish tugallangandan keyin

Qoʻmita,

Uyushma

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PF-24-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6059-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-banddagi “2021 — 2025-yillarga” soʻzlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yaylovlarda 2021 — 2025-yillarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy egaligiga” soʻzlari “doimiy foydalanishiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 14-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻmita tomonidan klasterlarga ijaraga berilib, foydalanilmayotgan yaylovlarning Qoʻmitaga qaytarilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tanlov orqali ijaraga berilishini taʼminlasin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yaylovlarda 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida qorakoʻlchilikni rivojlantirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI PARAMETRLARI”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Respublikada kavrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-116-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) Qoʻmitaning doimiy foydalanishidagi yer maydonlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligining Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hamda kiritilmagan barcha turlarini gʻamlash (yigʻish) uchun kvotalar Qoʻmitaning buyurtmasiga koʻra, toʻlov evaziga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida Tabiat resurslari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kvotalar doirasida yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligi xomashyosidan maxsus foydalanish uchun hamda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligining Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hamda kiritilmagan barcha turlarini chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar Qoʻmita tomonidan beriladi. Bunda yovvoyi holda oʻsuvchi kavrak oʻsimligini gʻamlash (yigʻish) va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “1-fevraligacha” soʻzlari “1-apreligacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “doimiy egaligida” soʻzlari “doimiy foydalanishida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 10-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) Qoʻmita Uyushma bilan birgalikda qorakoʻl va qorakoʻlcha teri, jun va kavrak mahsulotlari (TIF TN boʻyicha 4302197500, 0504000000, 5101 — 5109, 5602, 570110, 5701109, 1301 90 0000 kodlari) eksport hajmlari monitoringini yuritadi va ushbu mahsulotlarning eksport hajmini oshirish choralarini koʻradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh: kavrak plantatsiyalari maydonlari hajmi yillar kesimida oʻsib borish tartibida koʻrsatilgan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5178-son qarorining 1-bandi “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 249-son qarori 1-ilovasi 454-pozitsiyasining “Asosiy birliklar” ustunidagi “Yuza” soʻzi “Yuza/miqdor” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2023-y., 06/23/24/0096-son; 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son; 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)