1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil energiya” sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish va “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoni hamda “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-maydagi PQ-156-son qaroriga muvofiq, shuningdek, “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini takomillashtirish va “yashil energiya” sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmonining 13-bandiga muvofiq “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini tatbiq etish, shu jumladan, “yashil sertifikat”, “yashil kreditlar” va xalqaro tajribada keng foydalaniladigan boshqa institutlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-maydagi PQ-156-son qarorining 7-bandiga muvofiq “yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son “ Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (generatsiya obyektlari) va ularning xaridorlarini (ishtirokchilarni) roʻyxatdan oʻtkazish shartlari, “yashil energiya” sertifikatlarini muomalaga chiqarish, ularning savdosini onlayn platforma orqali amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlari birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda birja savdolari qoidalariga muvofiq tovar-xomashyo birjasi orqali “yashil energiya” sertifikatlarini sotishga moʻljallangan “yashil energetika seksiyasi”da sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlarini muomalaga chiqarish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushadigan mablagʻlar vazirlik huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisining alohida maxsus hisobvaraqlarida jamlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini ishtirokchilar oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
515-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi 515-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, muomalaga kiritish va savdosini tashkil etish hamda monitoringini yuritish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza — muayyan davrda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligi va yagona elektr tarmogʻiga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri soʻnggi foydalanuvchiga uzatilganligini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikatlarini berish uchun emitentga generatsiya obyektini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generatsiya obyekti — qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilma;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi — platforma reyestrida savdo hisob qaydnomalariga ega boʻlgan, sertifikatlar bilan savdo qiladigan va ulardan foydalanadigan emitent boʻlmagan mahalliy yoki xorijiy yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaz — “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va “yashil” rivojlanish tamoyillarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlanmalarini qisqartirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro donor tashkilotlarning texnik koʻmagini jalb qilgan holda tegishli shartnomalarni imzolashi vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi taʼsischiligida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladigan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — emitentni qoʻllab-quvvatlovchi va platforma faoliyatini taʼminlovchi xalqaro tashkilot (Evident/ I-REC Services BV);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
registrant (generator) — generatsiya obyektlariga egalik qiluvchi subyekt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlar reyestri — “yashil energiya” sertifikatlarining toʻliq hayotiy davri va ulardan foydalanish yozuvlarini saqlovchi platformadagi maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlarni chiqarish — platformada hisob qaydnomasida bir yoki bir nechta “yashil energiya” sertifikatlari qayd etilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh, shamol, gidroelektr, geotermal va biogaz elektr stansiyalari;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob qaydnomasi (akkaunt) — “yashil energiya” sertifikatlarini roʻyxatga olishda ishtirokchi roʻyxatga olinganda unga platformada ochiladigan maxsus akkaunt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent — “yashil energiya” sertifikatlari tizimini yuritish, shu jumladan, “yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, ularning savdosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha masʼul organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasining qoldiq hajmi — talab qilinmagan yoki muayyan sanaga qadar saqlangan va hisob-kitob qilingan milliy energiya balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikati (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) — platforma reyestriga kiritilgan generatsiya obyekti tomonidan tegishli hajmda ishlab chiqarilgan hamda yagona elektr energetika tarmogʻiga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri oxirgi foydalanuvchiga uzatilgan elektr energiyasini tasdiqlovchi yozuv;
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlari yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) — Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti (I-REC) standartlari asosida ishlab chiqilgan “yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, savdosini tashkil qilish va monitoringini yuritish, shuningdek, “yashil energiya” sertifikatlari tizimining barcha ishtirokchilari uchun xizmatlar koʻrsatish imkoniyatiga ega elektron tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-REC — Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisida nizom”ning 11-bandi “i” kichik bandi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda monitoringini yuritish ishlari emitent nomidan markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va “yashil” rivojlanish tamoyillarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlanmalarini qisqartirish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqish va amalga oshirish hamda “yashil energiya” sertifikatlari muomalasini taʼminlash choralarini koʻradi hamda muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, savdosini tashkil etish va monitoringini yuritish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muayyan davr davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan hamda yagona elektr tarmogʻiga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri oxirgi foydalanuvchiga uzatilgan tegishli miqdordagi MVt/soat elektr energiyasi uchun sertifikatlar faqat bir marta beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sertifikatning amal qilish muddati chegaralanmagan. Foydalanilgan sertifikatlar ishtirokchi tomonidan platforma orqali hisobdan chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sertifikatlar ishtirokchilarning hisob qaydnomalarida saqlanadi. Aynan bir sertifikatga faqat bir registrant yoki ishtirokchi ega boʻlishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarida oʻz isteʼmoli uchun ishlab chiqarilgan va foydalanilgan elektr energiyasi miqdori uchun sertifikatlar berilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishtirokchilar oʻz ehtiyojidan ortiq sertifikatlarga ega boʻlgan taqdirda, ularni boshqa ishtirokchilarga platforma orqali oʻtkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sertifikatdan faqat bir marta foydalanish mumkin, sertifikat foydalanilganda yoki hisobdan chiqarilganida, ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Generatsiya obyektlari va ishtirokchilarni roʻyxatga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Registrant va emitent oʻrtasida sertifikat chiqarishning standart shartlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registrant platformada roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi hujjatlarni I-REC bosh ofisiga emitent orqali yuborish toʻgʻrisida murojaat yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat chiqarishning standart shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi 12 oylik buxgalteriya balansi va tashqi audit xulosasi (audit qilingan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CSD01 shaklidagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma (korxonaning umumiy, rahbariyat va aksiyadorlar toʻgʻrisidagi hamda aloqa maʼlumotlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Emitent registrantning akkauntini platformada ochish maqsadida yuqoridagi hujjatlarni besh ish kuni davomida I-REC bosh ofisiga yuboradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. I-REC tomonidan qabul qilingan sanadan soʻng bir oy davomida registrantning elektron pochtasiga platformaga kirish uchun registrant akkaunti boʻyicha maʼlumotlar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Generatsiya obyektlarini roʻyxatga olish maqsadida registrant tomonidan emitentga platforma orqali belgilangan shakldagi elektron ariza yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Roʻyxatga olish uchun berilgan arizada quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSD02 elektron arizasi toʻldirilgan va imzolangan holda (generatsiya obyektining turi va joylashuvi, uning nominal quvvati, ulangan tarmogʻi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generatsiya obyektining fotosurati (maksimal darajada qamrab oluvchi rasmi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir chiziqli elektr sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan beriladigan generatsiya obyektlarida elektr energiyasi qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Generatsiya obyektini roʻyxatga olish uchun registrant tomonidan emitentga quyidagi miqdordagi bir martalik yigʻim amalga oshirilayotgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy valyuta kursi boʻyicha milliy valyutada undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy quvvati 1 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun — 100 yevro miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy quvvati 1 MVtdan 5 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun — 500 yevro miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy quvvati 5 MVtdan 10 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun — 1 000 yevro miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy quvvati 10 MVtdan 50 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun — 1 500 yevro miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy quvvati 50 MVtdan katta boʻlgan generatsiya obyektlari uchun — 2 000 yevro miqdorida.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Roʻyxatdan oʻtuvchining arizasi yigʻim undirilgandan soʻng emitent tomonidan besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, roʻyxatdan oʻtkaziladi va generatsiya obyekti platformaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Arizani koʻrib chiqish quyidagi holatlarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan talablarga zid boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa qayta tiklanuvchi energiyani sertifikatlash tizimlarida roʻyxatdan oʻtgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin ariza qayta kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Generatsiya obyektining platformaga kiritilganligi ushbu obyekt roʻyxatdan oʻtgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Generatsiya obyekti platformada boʻlish muddati besh yilni tashkil etadi, ushbu muddat tugagandan soʻng generatsiya obyektni qayta roʻyxatga olish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlarni berishning uzluksizligini taʼminlash maqsadida generatsiya obyektining platformada boʻlish muddati tugashidan oldin ushbu muddatni uzaytirish boʻyicha murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sertifikatlarni chiqarish uchun registrant tomonidan platforma orqali emitentga ariza beriladi va quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yagona elektr energetikasi tarmogʻiga uzatilgan elektr uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CCD04 shakldagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma (generatsiya obyekti yoki obyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori, ishtirokchi nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning umumiy faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generatsiya obyektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (“Oʻzenergosotish” AJ yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ) tomonidan tasdiqlangan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat chiqarish uchun moʻljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻgʻridan-toʻgʻri soʻnggi foydalanuvchiga uzatilgan elektr uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CCD04 shakldagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma (generatsiya obyekti yoki obyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori, ishtirokchi nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning umumiy faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilgan soʻnggi foydalanuvchi va generatsiya obyekti egasi tomonidan tuzilgan muayyan davrda uzatilgan elektr hajmini tasdiqlovchi dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat chiqarish uchun moʻljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generatsiya obyektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidan (EHNAT) olingan va elektr energiyasini sotib oluvchi tomonidan tasdiqlangan hujjat.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishtirokchilar platformadan foydalanish va u orqali sertifikatlar savdosi boʻyicha xizmatlardan foydalanish uchun operator bilan shartnoma tuzadi hamda oʻzining hisob qaydnomalarini ochadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sertifikatlarni chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sertifikatlarni chiqarish toʻgʻrisidagi rasmiy soʻrov registrant tomonidan platforma orqali emitentga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hisoblash nuqtasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energetika tarmogʻiga uzatilganida — elektr tarmogʻiga uzatish joyida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri oxirgi foydalanuvchiga uzatilganida — elektr tarmoqlarining balans boʻyicha mansublik chegarasi boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tekshirish natijalariga koʻra ishlab chiqarilgani va yagona elektr energetika tarmogʻiga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri soʻnggi foydalanuvchiga uzatilgani tasdiqlangan “yashil elektr” energiyasi hajmiga mos ravishda emitent tomonidan platforma orqali har 1 MVt/soat elektr energiyasi uchun 1 ta noyob identifikatsiya raqamli sertifikat chiqariladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hisobga olinmasdan qolgan har qanday ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmini keyingi ishlab chiqarish davriga oʻtkazish mumkin. Bunda hisobga olish davri I-REC tomonidan belgilangan talablarga mos kelishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining va ulardan ishlab chiqariladigan energiyaning davlat hisobini yuritish toʻgʻrisidagi Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sertifikatlar berilishi mumkin boʻlgan davr I-REC talablariga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sertifikatni oʻchirib yoki oʻzgartirib boʻlmaydi, xatolikni tuzatish holatlari bundan mustasno. Agar sertifikat xatolik bilan berilgan boʻlsa, operator tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar operator sertifikatning kelib chiqishi registrant va emitent oʻrtasida “Sertifikat chiqarishning standart shartlari toʻgʻrisidagi shartnoma” shartlari buzilganligidan xabar topsa, vaziyat aniqlangan paytdan boshlab sertifikatlarni berish yoki undan foydalanishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xatolik tasdiqlangan taqdirda, operator sertifikat tafsilotlariga oʻzgartirish kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat foydalanilganidan soʻng unga tuzatishlar kiritib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sertifikatlar savdosini amalga oshirish, ulardan foydalanish va ularni hisobdan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sertifikatlardan ishtirokchi tomonidan uning hisob qaydnomasi orqali foydalaniladi. Sertifikatlar hisob qaydnomasidan chiqarilishi va undan qaytib foydalanib boʻlmaydigan qilib hisob qaydnomasiga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agar registrant oʻzida ishlab chiqarilgan va uzatilgan elektr energiyasi uchun berilgan sertifikatdan oʻzi foydalanishni xohlasa, ushbu sertifikatni oʻzi uchun ochilgan qaytib foydalanib boʻlmaydigan hisob qaydnomasiga oʻtkazishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 225-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Foydalanilgan sertifikatlarni hisobdan chiqarishini monitoring qilib borish uchun generatsiya obyekti va ishtirokchilar tomonidan platforma orqali foydalanilgan sertifikatlar va elektr energiyasining qolgan hajmi toʻgʻrisida maxsus hisobot yuritiladi va har chorak yakuni bilan emitentga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Elektr energiyasining qoldiq hajmining rasmiy hisob-kitoblari boʻlmagan taqdirda, sertifikatlarni ikki marta hisoblashning oldini olish maqsadida operator mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asoslanib, elektr energiyasining qoldiq hajmini baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo sessiyasida sotiladigan bir “yashil energiya” sertifikatining loti 1000 kVt/soat miqdorida belgilanadi. Sertifikatlar boʻyicha tuzilgan bitimlarga muvofiq mijozlarning oʻzaro majburiyatlari birjaning Hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan hisobga olinadi va monitoring amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy talabgorlar uchun sertifikatlar boʻyicha birja savdolarida ishtirok etishda “bir elektron ariza” tamoyili asosida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlar boʻyicha birja savdolari hamda hisob-kitob-kliring operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar emitentga onlayn ravishda shaxsiy kabinet orqali taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. “Yashil energiya” sertifikatlari boʻyicha savdolarga xorijiy talabgorlarni keng jalb qilish maqsadida birja savdolarida yaratilgan imkoniyatlar va birja mexanizmlarining qulayliklari toʻgʻrisidagi birjaning chet davlatlarda savdo maydonchalari orqali tushuntirish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Reyestrni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Reyestr markazlashtirilgan holda Internet tarmogʻi orqali kuzatish mumkin boʻlgan ishtirokchilarning hisob qaydnomalari reyestri hamda generatsiya obyektlari reyestridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Reyestrda generatsiya obyektining quyidagi xususiyatlari koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan hajmi (oʻtgan yilgi koʻrsatkich, mln.kVt/soatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlar berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish quvvati (yillik quvvat, MVt.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Hisob qaydnomalari va hisobotlarning reyestrdagi maʼlumotlarini yaratish va yangilash, sertifikatlarni chiqarish uchun soʻrovlarni platformaga joylashtirish, shuningdek, generatsiya obyektlarini qoʻshish va sertifikatlarni berish emitent tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 477-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 100 va 101-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, savdosini tashkil etish va monitoringini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Emitent
(Iqtisodiyot va moliya vazirligi)
1. I-REC bilan tegishli shartnoma imzolaydi.
2. I-REC akkreditatsiyasidan oʻtadi.
Akkreditatsiyadan oʻtish muddatlarida
2-bosqich
Roʻyxatdan oʻtuvchi
(registrant)
Roʻyxatdan oʻtish uchun emitent bilan shartnoma tuzadi va platformada registrant akkauntini ochish uchun emitentga ariza yuboradi.
Zaruratga koʻra
3-bosqich
Emitent
1. Roʻyxatdan oʻtuvchining arizasini koʻrib chiqadi.
2. I-RECga registrantni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni yuboradi.
5 ish kuni ichida
4-bosqich
I-REC
1. Roʻyxatdan oʻtuvchining arizasini koʻrib chiqadi.
2. Registrantning elektron pochtasiga platformaga kirish uchun registrant akkaunti, registrantning ishtirokchi akkaunti boʻyicha maʼlumotlar yuboradi.
Bir oy ichida
5-bosqich
Roʻyxatdan oʻtuvchi
(registrant)
Platforma orqali emitentga generatsiya obyektlarini roʻyxatga olish boʻyicha ariza yuboradi.
Zaruratga koʻra
6-bosqich
Emitent
Generatsiya obyektini platformaga kiritadi.
5 ish kuni ichida
7-bosqich
Roʻyxatdan oʻtuvchi
(registrant)
1. Birjada tuzilgan shartnoma asosida Emitentga generatsiya obyektida ishlab chiqarilgan elektr energiyasiga mos sertifikat chiqarishga talabnoma yuboradi.
2. Shartnomaga muvofiq Emitentga yigʻimni toʻlaydi.
Zaruratga koʻra
8-bosqich
Emitent
Registrant soʻroviga asosan sertifikatlarni tegishli akkauntga chiqarib beradi.
5 ish kuni ichida
9-bosqich
Roʻyxatdan oʻtuvchi
(registrant)
“Yashil energiya” sertifikatini birja savdolariga standart lotlar asosida sotuvga qoʻyadi.
Zaruratga koʻra
10-bosqich
Ishtirokchi
1. I-REC hisob qaydnomasini ochadi.
2. Roʻyxatdan oʻtuvchidan sertifikatni oʻzi yoki mijozi nomidan sotib oladi.
Zaruratga koʻra
11-bosqich
Ishtirokchi
Sertifikatlarni birjada tuzilgan shartnoma asosida oʻzining yoki mijozning nomiga hisobdan chiqaradi.
5 ish kuni ichida
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 09/23/515/0738-son; 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son)