22.08.2023 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchining malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikat hamda attestatsiyadan oʻtganligi haqidagi guvohnomalar shaklini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi 409-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya guvohnomasi — roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning ushbu Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) tashkil etiladigan va doimiy asosda ishlaydigan roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni attestatsiyadan oʻtkazuvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish — tegishli oʻquv dasturlari va rejalari asosida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasiga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahorati oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oʻqitish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka talablari — roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalari darajasiga qoʻyiladigan talablar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning ushbu Nizomda belgilangan tartibda malakasini oshirganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturi — roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishning umumiy tartibini belgilovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejasi — oʻquv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni oʻrganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasi ularning lavozim majburiyatlarini bajarishi uchun zarur boʻlgan kasbiy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini saqlab turish maqsadida oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar attestatsiyadan ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, qonunchilikda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash hamda zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — markaz) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasi har uch yilda kamida bir marta oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslari koʻp bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning reyestrini (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, maʼlumoti, mutaxassisligi, mehnat staji, malakasini oshirgan va attestatsiyadan oʻtgan vaqti hamda boshqa zarur maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ reyestrdagi maʼlumotlarga asosan roʻyxatdan oʻtkazuvchining malaka oshirish muddati kelishidan oʻn besh kun oldin uning malakasini oshirish boʻyicha markazga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning murojaatini kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida koʻrib chiqadi va roʻyxatdan oʻtkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi hamda bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ taqdim qilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmaganda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning murojaati rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning murojaatini boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar markaz tomonidan belgilangan vaqt davomida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va ular ushbu davr mobaynida markazning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz roʻyxatdan oʻtkazuvchi malaka oshirish kurslarida uzrsiz sabablarga koʻra qatnashmasa yoki ichki tartib-qoidalarni buzsa, bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilgan holda uni malaka oshirish kursidan chetlatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish oʻquv dasturlari va rejalari markaz tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malaka oshirish oʻquv dasturlari va rejalari roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning asosiy faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka oshirish kurslari tamomlangandan soʻng roʻyxatdan oʻtkazuvchilar markaz tomonidan test shaklida sinovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslarida oʻtilgan oʻquv dasturlari va rejalari asosida elliktadan iborat test tuziladi hamda ularni tuzishda boshqa manbalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarga test sinovlarini topshirish uchun bir soat vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Test sinovlari natijasiga koʻra ellik olti foizdan yuqori ball toʻplagan roʻyxatdan oʻtkazuvchilar test sinovidan oʻtgan hisoblanadi hamda ularga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchining malaka oshirish kurslarida oʻqiganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovadagi namunaga muvofiq sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Test sinovlaridan oʻta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchilar olti oy davomida malaka oshirish kurslarida qayta oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka oshirish bilan bogʻliq xarajatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlaridan oʻta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchilar malaka oshirish kurslarida qayta oʻqib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtguniga qadar ularning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish harakatlarini amalga oshirish vakolati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar malaka oshirish kurslari yakunlari boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlaridan takroran oʻta olmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir oy muddat ularni boshqa ishga oʻtkazish masalasini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaz roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Markaz malaka oshirish kurslarini bitirib, sertifikat olgan roʻyxatdan oʻtkazuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni malaka oshirish tugaganidan keyin besh ish kunida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taqdim etilgan maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning reyestriga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar markaz rahbari va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oʻrtasida shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslarida qatnashayotgan roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni oʻqitish qiymati markazning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq Kadastr agentligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka oshirish davrida roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar har uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oliy taʼlim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik boʻyicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik boʻyicha ikki yildan kam ishlagan boʻlsa, attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun Kadastr agentligida kamida besh nafardan iborat tarkibda attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Attestatsiya komissiyasi tarkibi Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi direktorining tegishli oʻrinbosari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga kelishuvga koʻra ilmiy va oliy taʼlim muassasalari vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Attestatsiya komissiyasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning roʻyxat boʻyicha tarkibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kadastr agentligining tegishli tarkibiy boʻlinmasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchining hujjatlarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning belgilangan muddatlarda attestatsiyadan oʻtishini taʼminlashga tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ roʻyxatdan oʻtkazuvchining attestatsiyadan oʻtish muddati kelishidan ikki oy oldin uni attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasiga murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchining diplomidan nusxa, agar chet elda taʼlim olgan boʻlsa, chet mamlakatlarda taʼlim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbari nomidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hujjatlar attestatsiya komissiyasi tomonidan tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni muddatda koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, attestatsiyaga qoʻyish rad etiladi va tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bildirishnoma yuboriladi va unda aniqlangan kamchiliklar, kamchiliklarni bartaraf etish hamda takroriy koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, Attestatsiya komissiyasi tomonidan bir oy muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Attestatsiyadan oʻtishning rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ taqdim qilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmaganda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, attestatsiyadan oʻtishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtishga boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Attestatsiya komissiyasi attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Attestatsiya komissiyasi, agar uning majlisida komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Attestatsiya suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan asoslar boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayoni uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollarning aniq roʻyxati va attestatsiya komissiyasining ish reglamenti Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Attestatsiya komissiyasi roʻyxatdan oʻtkazuvchining bilim va ish tajribasini hisobga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchini attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchini attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida hozir boʻlgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish roʻyxatdan oʻtkazuvchining ishtirokisiz oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Attestatsiya komissiyasining qarori attestatsiya komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga ikki ish kuni ichida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovadagi namunaga muvofiq guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ uni takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida uch oy oʻtgach, biroq olti oydan kechikmay attestatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar roʻyxatdan oʻtkazuvchi takroriy attestatsiyadan oʻta olmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga bu haqda bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bildirishnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida roʻyxatdan oʻtkazuvchini mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida uch kun muddatda Kadastr agentligini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligini Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali uning identifikatsiya raqamini kiritish yoki undagi QR-kodni skaner qilish yoʻli bilan tekshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Homilador ayollar, shuningdek, uch yoshgacha bolalari bor ayollardan muddati kelishidan qatʼi nazar, malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malaka oshirish va attestatsiyadan oʻtish jarayonida huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda, belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari

Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish uchun Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga xat yuboradi.

Malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin

2-bosqich

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

1. Roʻyxatdan oʻtkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi hamda bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qiladi.

Xat kelib tushgan kundan boshlab 5 kun ichida

2. Malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil qiladi.

Eng koʻp hajmi 72 soat

3. Test sinovlaridan oʻta olmagan yoki malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni malaka oshirish kurslarida qayta oʻqitadi.

Olti oy davomida

4. Malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat beradi.

Oʻquv kurslari yakunlangandan soʻng

5. Markaz malaka oshirish kurslarini bitirib, sertifikat olgan roʻyxatdan oʻtkazuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etadi.

Malaka oshirish tugaganidan keyin besh ish kunida

3-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari

Attestatsiya komissiyasiga roʻyxatdan oʻtkazuvchini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida xat yuboradi.

Attestatsiyadan oʻtish muddati kelishidan 2 oy oldin

4-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

1. Roʻyxatdan oʻtkazuvchining hujjatlarini koʻrib chiqadi.

2 ish kuni ichida

2. Attestatsiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qiladi.

Attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida 10 kun oldin

3. Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarni attestatsiyadan oʻtkazadi.

Bir oy muddatda

4. Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beradi.

2 ish kuni ichida

5-bosqich

Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari

1. Attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchini takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya komissiyasiga xat yuboradi.

Attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida 3 oy oʻtgach, biroq 6 oydan kechikmay

2. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi takroriy attestatsiyadan oʻta olmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchini mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.

Attestatsiya komissiyasining xati kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida

3. Koʻrilgan choralar toʻgʻrisida Kadastr agentligini yozma ravishda xabardor qiladi.

3 kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchining malaka oshirish kurslarida oʻqiganligi toʻgʻrisida

SERTIFIKAT

MO № 000000000

(roʻyxatdan oʻtkazuvchining F.I.O.)

20____-yil “____” -_____________dan 20____ -yil “____” -_____________gacha Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida ______ soatga moʻljallangan

(kurs hajmi)

malaka oshirish kursini tamomladi.

(malaka oshirish kursining nomi)

Sertifikat _________________________gacha amal qiladi.

(yil, kun va oy)

Markaz direktori_______________________________________________

Markaz direktori____________(imzo va muhr)_______ ________(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan

oʻtkazuvchining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida

GUVOHNOMA

______________ ____________

(seriyasi)_____ _______________

Ushbu bilan __________________________________________________________________________ning

(roʻyxatdan oʻtkazuvchining F.I. O.)

Kadastr agentligida attestatsiyadan oʻtganligi tasdiqlanadi va u roʻyxatdan oʻtkazuvchi lavozimida ishlashi mumkin.

Guvohnoma ___________________________gacha amal qiladi.

(yil, kun va oy)

Attestatsiya komissiyasi raisi__________________________________

Markaz direktori____________ (imzo)_______ ________ (F.I.O.)

QR-code

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/409/0645-son)