19.08.2023 yildagi 402-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ekologik audit sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik audit to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, ishlab chiqarishning ekologik nazoratini amalga oshirishda ekologik audit faoliyatini samarali tashkil qilish hamda ekologik auditorlik xizmati sohasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik audit to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish xavfi kam bo‘lgan yoki unchalik ko‘p bo‘lmagan (lokal ta’sirga ega) ekologik audit subyektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda o‘tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitga yuqori va o‘rtacha ta’sir ko‘rsatish xavfiga ega bo‘lgan ekologik audit subyektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan o‘tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik faoliyati ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkiloti shtatida asosiy ish joyi ekologik auditorlik tashkiloti bo‘lgan kamida to‘rt nafar ekologik auditor mavjud bo‘lishini ta’minlanishi shartligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorga unda ekologik auditorning malaka sertifikati mavjud bo‘lishi talabi qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, malaka sertifikatini berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestrlarini yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish uchun Ekologiya vazirligi huzurida imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda imtihon komissiyasining shaxsiy tarkibi va uning nizomi tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestrlari Ekologiya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtirib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-son qaroriga
1-ILOVA

Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) ekologik auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

talabgor — malaka sertifikatini olish uchun murojaat qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditor — ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;

ekologik auditorning malaka sertifikati (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati) — ekologik auditorning malakasini tasdiqlovchi va ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlar reyestri — vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan ekologik auditorlar ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malaka sertifikatini berish va qayta rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologik auditorning malaka sertifikati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Malaka sertifikatini olish uchun talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy ma’lumotga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgor malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi anketani elektron shaklda to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anketa davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilganda, talabgor undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirgandan so‘ng, uni o‘z elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘z ERIsini shu joyning o‘zida olishi uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, tegishli ma’lumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning belgilangan shakldagi fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer godeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki oliy ma’lumot haqidagi xorijiy hujjatni tan olish to‘g‘risida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ o‘rtasida axborot almashinuvi ERIni qo‘llagan holda, faqat idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etganda, uning anketasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgorning ERIsi bilan tasdiqlangandan so‘ng real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqt ichida, YIDXP orqali murojaat qilganda esa avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgorning malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi murojaatini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im (keyingi o‘rinlarda — yigim) undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi yagona billing tizimi orqali davlat xizmati ko‘rsatilganda) Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning anketasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida vakolatli organ talabgorni uch ish kuni ichida elektron shaklda xabardor qiladi. Ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, uning asoslari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tomonidan anketa tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganligi, yigim to‘lanmaganligi, talabgorning ushbu Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmasligi, shuningdek, ushbu Reglamentning 51-bandida nazarda tutilgan holat talabgorga davlat xizmatlari ko‘rsatilishini hamda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Murojaati rad etilgan talabgor rad etish uchun sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etganidan so‘ng ushbu Reglamentda belgilangan tartibda vakolatli organga o‘n ish kunida qayta murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor belgilangan muddatda qayta murojaat qilganda yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor o‘n ish kuni o‘tgandan keyin murojaat qilgan taqdirda, murojaat yangidan berilgan deb hisoblanadi va talabgordan yigim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgorning arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha malaka imtihonini topshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, vakolatli organ malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxatini imtihon komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ tomonidan malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganda, malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida imtihon o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda uni talabgorga anketada ko‘rsatilgan elektron manzil bo‘yicha yuboradi. Davlat xizmatlari markazi talabgorning so‘roviga ko‘ra xabarnomani qog‘oz shaklida ham berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan talabgorga undirilgan yig‘im qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Imtihon komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish uchun vakolatli organ tomonidan doimiy faoliyat yurituvchi, jami to‘qqiz nafar a’zodan iborat tarkibda imtihon komissiyasi tashkil qilinadi. Imtihon komissiyasi rais, rais o‘rinbosari, komissiya a’zolari va kotibdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organning xodimlari va boshqa davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi to‘g‘risidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Imtihon komissiyasi kuyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini o‘tkazish tartibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni savollarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt bo‘yicha taklif tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni natijalarini rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Imtihon komissiyasining majlislari zarurat bo‘lganda, lekin har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi, talabgorlardan ariza kelib tushmagan hollar bundan mustasno. Imtihon komissiyasining kotibi komissiya majlislarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasining majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan tarkibda va rais yoki rais o‘rinbosarining ishtirokida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Imtihon komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka imtihonini o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka imtihoni kamida uch nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Malaka imtihonini o‘tkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Malaka imtihoni test ko‘rinishida kompyuter vositasi orqali olinadi. Malaka imtihonining test savollari imtihon komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonining test savollariga kiritilgan sohalar bo‘yicha mavzular vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi raisining imzosi qo‘yilmagan test savollari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonining test savollari mazmuni qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Talabgor tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) taqdim etilgan taqdirda, unga malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat beriladi. Ushbu hujjatlari bo‘lmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan talabgor imtihonga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka imtihonining test savollari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha jami 50 ta nazariy savollardan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simlik va hayvonot dunyosini (shu jumladan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni) muhofaza qilish sohasida — 10 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida — 10 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida — 10 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va yer resurslari muhofazasi sohasida — 10 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bo‘yicha — 10 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bitta to‘g‘ri javob uchun bir ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Malaka imtihoni natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos bo‘ladigan to‘plangan ballar yig‘indisi 40 balldan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan vaqtda qonunchilik hujjatlari va yo‘riqnoma materiallari, ma’lumotnomalar hamda maxsus adabiyotlardan foydalanish, boshqa talabgorlar bilan gaplashish, shuningdek, aloqa vositalaridan foydalanish man qilinadi. Ushbu talablarni buzgan talabgorlarga malaka imtihonini o‘tkazish tartibi buzilganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, ular auditoriyadan chiqarib yuboriladi hamda malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonida begona shaxslarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi va ushbu videomateriallar vakolatli organda kamida bir yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka imtihoni natijalari imtihon o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihoni natijalari imtihon o‘tkazilgan sanadan so‘ng bir ish kunida imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda vakolatli organ rahbariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon komissiyasining tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar ro‘yxati va ularning to‘plagan ballari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlar ro‘yxati va ularning to‘plagan ballari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka imtihonini o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar (test savollari va ularga javoblar), shuningdek, imtihon komissiyasining bayonnomalari vakolatli organda besh yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor yig‘imni to‘lash sharti bilan malaka imtihonini topshirish uchun hujjatlarni mazkur Reglamentga muvofiq qayta taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlarga yig‘im qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Malaka sertifikatini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ekologik auditor malaka sertifikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalarini qabul qilib olganidan so‘ng bir ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qo‘yilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat xizmatlari markazi vakolatli organdan malaka sertifikati elektron shaklda kelib tushgandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi hamda talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markaziga talabgor o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, talabgorning so‘roviga ko‘ra unga malaka sertifikati elektron yoki qog‘oz shaklida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan talabgorga YIDXP orqali elektron shaklda yuborilganda, u avtomatik ravishda talabgorning elektron kabinetida namoyon bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikati hisobga olish seriyasi va raqamiga ega bo‘ladi hamda besh yil muddatga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Malaka imtihoni natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorlar natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida vakolatli organga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma shaklda taqdim etiladi. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish muddati o‘n besh ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan Apellyatsiya komissiyasi tashkil qilinadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organ rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga imtihon komissiyasi tarkibiga kirgan shaxslar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi besh ish kunida berilgan apellyatsiyani talabgor ishtirokida ko‘rib chiqadi. Apellyatsiya komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma apellyatsiya komissiyasining barcha a’zolari va talabgor tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va malaka sertifikatini berish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Imtihon komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya ushbu Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyada keltirilgan sabablar o‘z tasdig‘ini topmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qaror malaka imtihoni ushbu Reglament talablari buzilgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Malaka sertifikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng vakolatli organ talabgorga malaka sertifikatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qayta apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Ekologik auditorlarning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta ekologik auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ekologik auditorlarning malakasini oshirish Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi yoki belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan nodavlat ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Malaka oshirish kurslari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan yagona o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Malaka oshirish kurslari yakuni natijalariga ko‘ra Ekologik auditorlar reyestriga ekologik auditorlarning malaka oshirganligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar kiritiladi. Bunda ta’lim tashkilotlari tomonidan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan ekologik auditorlar ro‘yxati malaka oshirish kursi tugagan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay, Ekologik auditorlar reyestriga tegishli yozuvlar kiritish uchun vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ilgari berilgan malaka sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, talabgor malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun o‘n ish kunida davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali murojaat qiladi yoxud YIDXP orqali elektron shakldagi tegishli murojaat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anketaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Anketada xato ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, murojaat avtomatik ravishda rad etiladi hamda bu haqda talabgorga onlayn tarzda elektron shaklda javob qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Vakolatli organ talabgorning murojaati kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda dastlab berilgan malaka sertifikatining raqami va amal qilish muddati bilan malaka sertifikatini qayta rasmiylashtiradi hamda ushbu Reglamentning 31-bandida belgilangan tartibda talabgorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Vakolatli organ malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun talabgor qayta imtihondan o‘tkazilmaydi va yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Malaka sertifikatining egasi ushbu sertifikat qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan malaka sertifikati asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Malaka sertifikatini bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati egasi tomonidan sertifikatni bekor qilish to‘g‘risida murojaat etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati egasi vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati egasi o‘z vaqtida malaka oshirish kursidan o‘tmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi isbotlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati egasi tomonidan ekologik audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan maxfiy axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganda, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi isbotlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati egasi soxta ekologik audit xulosasini tuzganligi isbotlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizomning 49-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda malaka sertifikati vakolatli organning qaroriga muvofiq bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 49-bandi oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda malaka sertifikati sud tomonidan bekor qilinadi. Vakolatli organ malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilgan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, malaka sertifikatini bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda bu haqda malaka sertifikatini olgan shaxsni yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51.Ushbu Nizomning 49-bandi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikati bekor qilingan shaxs ushbu malaka sertifikatini bekor qilish haqidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini qayta olish uchun malaka imtihonini topshirishga qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Malaka sertifikatining bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Ekologik auditorlar reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Vakolatli organ Ekologik auditorlar reyestrini yuritadi hamda unda ekologik auditorlar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlari va yashash manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining seriyasi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;

malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish va bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ zarur deb hisoblaydigan boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ekologik auditorlar reyestridagi quyidagi ma’lumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda barchaning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining seriyasi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlar malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish va bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Malaka sertifikatini olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki elektron shaklda YIDXP orqali murojaat qiladi.

Talabgorning xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Talabgor davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, uning anketasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgorning ERIsi bilan tasdiqlangandan so‘ng yoki YIDXP orqali murojaat qilganda — anketa talabgor tomonidan mustaqil ravishda to‘ldirilib, so‘ng vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqtda, YIDXP orqali esa avtomatik tarzda

3-bosqich

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (vakolatli organ)

1. Talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1. Murojaat elektron ko‘rinishda kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kunida

2. Ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror haqida vakolatli organ talabgorni elektron shaklda xabardor qiladi.

2. Qaror qabul qilingan sanadan keyin uch ish kunida

3. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar, malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda xabarnoma yuboradi.

3. Malaka imtihoni o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin

Davlat xizmatlari markazi

4. Vakolatli organdan kelib tushgan elektron shakldagi xabarnomani talabgorga anketada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

4. Vakolatli organ tomonidan elektron shaklda xabarnoma kelib tushgan kunda

4-bosqich

Talabgor

Belgilangan sana va vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan imtihon o‘tkaziladigan joyga yetib keladi.

Imtihon o‘tkazish sanasi uch nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko‘ra, lekin kamida uch oyda bir marta belgilanadi

5-bosqich

Vakolatli organ huzurida tashkil etiladigan imtihon komissiyasi

1. Malaka imtihonini o‘tkazadi va imtihon natijalarini e’lon qiladi.

1. Imtihon o‘tkazilishi belgilangan kuni

2. Malaka imtihoni natijalarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi va vakolatli organga topshiradi.

2. Bir ish kunida

6-bosqich

Vakolatli organ

1. QR-kod qo‘yilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi murojaat etganda) yoki talabgorga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

1. Imtihon komissiyasining bayonnomasi qabul qilib olingandan so‘ng keyingi bir ish kuni mobaynida

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

2. Malaka sertifikatini elektron shaklda talabgorning elektron pochta manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Malaka sertifikati elektron shaklda kelib tushgandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida

3. Davlat xizmatlari markaziga talabgor o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, talabgorning so‘roviga ko‘ra unga malaka sertifikatini elektron yoki qog‘oz shaklda beradi.

3. Talabgorning so‘roviga ko‘ra

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

ANKETA

fotosurat

(elektron hamkorlik asosida ma’lumotlar bazasidan olinadi)

Anketani to‘ldirish qoidalari:

anketa elektron shaklda to‘ldiriladi;

barcha sanalar arab sonlarida keltiriladi;

anketaning barcha savollariga to‘liq javob berilishi lozim;

anketaning barcha qatorlari to‘ldirilishi lozim (to‘ldirilmagan qatorning mavjudligi butun anketaning to‘ldirilmaganligini anglatadi).

T/r

Talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar

1.

Familiyasi (o‘zgargan bo‘lsa, yozilishi kerak)

2.

Ismi (o‘zgargan bo‘lsa, yozilishi kerak)

3.

Otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, yozilishi kerak)

4.

Tugilgan yili va sanasi

avtomatik to‘ldiriladi

5.

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzil

avtomatik to‘ldiriladi

6.

Pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami

avtomatik to‘ldiriladi

7.

Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

8.

Telefon raqami

Talabgorning elektron raqamli imzosi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Hujjat raqami:

Hujjat yaratilgan sana:

EKOLOGIK AUDITORNING

MALAKA SERTIFIKATI

JSHSHIR:

_______________________

Fotosurat

(elektron hamkorlik asosida ma’lumotlar bazasidan olinadi)

F.I.O.:

_______________________

Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriya raqami:

_______________________

Qachon berilgan:

_______________________

Sertifikatning amal qilish muddati:

_______________________

______________________________________________

0000

(Vakolatli organ mansabdor shaxsining F.I.O.)

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga o‘ting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishi qat’iyan taqiqlangan.

QR-kod

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Mazkur Nizom Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditor — ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkiloti — ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Reyestrga kiritish vakolatli organ tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish va manfaatdor shaxslar uchun ular to‘g‘risidagi ma’lumotlardan elektron foydalanish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotlari tomonidan ekologik auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotlarining holati va salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli jamlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini yuritish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reyestrni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reyestrni shakllantirish va tizimli yuritish vakolatli organ rahbarining buyrug‘i bilan belgilangan mas’ul xodim (keyingi o‘rinlarda — mas’ul xodim) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin Reyestrga kiritish haqida vakolatli organga mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza bilan ixtiyoriy ravishda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda vakolatli organning elektron yoki pochta manziliga olinganligi to‘g‘risida xabardor qilish sharti bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekologik auditorlik tashkilotining arizasi vakolatli organ tomonidan qabul qilingandan so‘ng besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan taqdim etilgan arizada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamchiliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mas’ul xodim tomonidan imzolangan hamda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan xulosaga asosan ekologik auditorlik tashkiloti Reyestrga kiritiladi va ekologik auditorlik tashkilotiga uning Reyestrga kiritilganligi haqida (reyestr raqamini ko‘rsatgan holda) xabarnoma yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, uch ish kunida vakolatli organ bu haqda asoslarni ko‘rsatgan holda, ekologik auditorlik tashkilotini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan Reyestrga kiritmaslikka asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilganda, arizani qabul qilishda takroran rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Reyestrni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reyestr elektron ma’lumotlar bazasi shaklida vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrning shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Reyestrda ekologik auditorlik tashkiloti to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatiga olish raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefoni raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron pochta manzili va rasmiy veb-sayti (agar mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlarning jamoat birlashmalariga a’zoligi (agar a’zo bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot rahbari va ekologik auditorlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorning malaka sertifikati berilgan sanasi, raqami va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotining Reyestrga kiritilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotining Reyestrdan chiqarilish asoslari va sanasi (agar mavjud bo‘lsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar ekologik auditorlik tashkilotlari arizasida ko‘rsatilgan, shuningdek, vakolatli organ tomonidan o‘zaro ma’lumot axborot hamkorligi orqali belgilangan tartibda olinadigan boshqa vakolatli organlardagi qo‘shimcha ma’lumotlar asosida mustaqil yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu o‘zgarishlar haqida o‘n ish kunida vakolatli organga o‘zgarishlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etilishi lozim. Bunday ma’lumotlar vakolatli organga taqdim etilganda, besh ish kunida mas’ul xodim tomonidan imzolangan hamda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan xulosa asosida Reyestrga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi hollarda Reyestrdan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan Reyestrdan ixtiyoriy chiqarish to‘g‘risida yozma murojaat qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotining faoliyat turi o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkiloti tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotining qonunchilik hujjatlarida ekologik auditorlik tashkilotiga qo‘yilgan talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mas’ul xodim tomonidan imzolangan hamda vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli xulosa sanasi Reyestrga kiritish yoki undan chiqarish sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Reyestrni yuritish davomida to‘plangan barcha hujjatlar vakolatli organda besh yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Reyestrdan ma’lumotlar taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan Reyestr ma’lumotlari barcha foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Reyestrdan ma’lumotlar manfaatdor shaxslarning murojaatlariga asosan ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ ma’lumotlarning Reyestrga to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritilishi hamda undan doimiy ravishda ma’lumotlar olish imkoniyatining yaratilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga

________________________ga

(F.I.O)

__________________________dan

(ariza beruvchi F.I.O)

Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritish uchun

ARIZA

Sizdan ___________________________________________________________ ni

Sizdan __________(ekologik auditorlik tashkilotining to‘liq nomi)____________ ni

Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritishingizni so‘rayman.

Ekologik auditorlik tashkiloti to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni tasdiqlayman:

joylashgan yeri (pochta manzili) ______________________________________

telefon raqami (kodi bilan) _________________________________________

STIR raqami ______________________________________________________

elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ________________________________

rasmiy veb-sayti (mavjud bo‘lsa) _____________________________________

ekologik auditorlarning jamoat

birlashmalariga a’zoligi (agar a’zo bo‘lsa)

__________________________

_(jamoat birlashmasi nomi)

ekologik auditorlarning malaka sertifikati raqamlari

1) _____________________

2) _____________________

_______________________

Tashkilot rahbari

imzo yoki

elektron

raqamli imzo

o‘rin

______________________

(F.I.O)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekologik xizmat to‘g‘risidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilova 65-bandining “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-apreldagi 258-son qaroriga 1-ilova izohining to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi-o‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“****** Maktabgacha va maktab ta’limi, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Kadastr va Adliya bo‘limlariga, shuningdek, Soliq inspeksiyalariga 1 tadan navbatchi xizmat avtotransport vositalari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ilovada belgilangan eng yuqori narx (bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan) me’yorlari davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xarid qilinadigan elektrodvigatelli va gibrid quvvatli avtotransport vositalariga nisbatan ham tatbiq etiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)