08.10.2015 yildagi 286-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmat to‘g‘risidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda metodik yordam ko‘rsatishni va ko‘maklashishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ularga idoraviy mansub tashkilotlarda idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Funksiyalariga tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil qilish va (yoki) muvofiqlashtirish, shuningdek o‘zlariga idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyati atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lsa, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan idoraviy ekologik nazoratni yuritish majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy majburiyatlari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat sohasida idoraviy mansub tashkilotlarda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va unga chek qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning ifloslanishiga, o‘zlariga foydalanishga berilgan tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlar bajarilishini, idoraviy ekologik dasturlar amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati natijasida atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va o‘z vakolati doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuklangan majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazorat sohasidagi ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik normativlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va ularga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqarish tadbirlari rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini hamda bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarda atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi va oqizilishi, atrof muhit va tabiiy resurslarning holati ustidan uzluksiz kuzatish tizimi yaratilishiga ko‘maklashadi hamda ular ishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xizmatlar xodimlari tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarda ishlab chiqarish ekologik nazorati olib borilishiga metodik yordam ko‘rsatadi va ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan, shuningdek idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasligida aybdor bo‘lgan xodimlarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Idoraviy ekologik nazorat obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idoraviy ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Idoraviy ekologik nazorat subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat subyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari nomidan idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining nizomiga (ustaviga) muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqaruv organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan ekologik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining boshqaruv organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ichki idoraviy hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar idoraviy ekologik xizmat va (yoki) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirayotgan xodimlari o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining xodimlari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining ekologik xizmati faoliyatni mehnat shartnomalariga, lavozim yo‘riqnomalariga va boshqa idoraviy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Idoraviy ekologik nazoratning shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar idoraviy ekologik nazoratning shakllari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarni tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoraviy ekologik nazorat atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olish, atrof muhit hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Idoraviy ekologik nazoratning normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilmagan shakllari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, tadbirlar rejalari va dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, tadbirlar rejalari va dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish (keyingi o‘rinlarda tekshirish deb ataladi) rejali tekshirish, rejadan tashqari tekshirish va nazorat tartibidagi tekshirish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tekshirish tekshirilayotgan tashkilotning tegishli ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan vaqt davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tekshirilayotgan tashkilotning ishlab chiqarish bo‘linmalari, sexlari, shuningdek xizmatlari va ma’muriyatining ish vaqti rejimlari tekshirish o‘tkazish vaqtiga to‘g‘ri kelmagan hollarda ishlab chiqarish bo‘linmalari, sexlar, shuningdek xizmatlar va ma’muriyatning ish vaqti tekshirishni o‘tkazish vaqti deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tekshirishni amalga oshirishning muddati va davriyligi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tekshirish o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari yoxud uning kollegial boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni amalga oshirishning yillik va (yoki) istiqbolli rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik va (yoki) istiqbolli tekshirish rejasi asosida va uni bajarish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbari yoki uning o‘rinbosarining tekshirish muddati, ijrochilar va o‘rganishga doir masalalar doirasi ko‘rsatilgan tekshirishning maqsadi to‘g‘risida qabul qilgan buyrug‘i (farmoyishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tekshirish idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilgan holatlarda yuridik va jismoniy shaxslardan asoslangan shikoyatlar tushganda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli qarorlari bilan, shuningdek avariya, favqulodda vaziyatlar va ruxsat etilmagan atrof muhitni ifloslantirish xavfi yuzaga kelgan vaziyatlarda ham tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tekshirish davomida quyidagilar o‘rganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati tartibida amalga oshirilgan oxirgi tekshirish hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va normativ hujjatlar (atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirishni me’yorlash bo‘yicha materiallar, yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, kon ajratmasi dalolatnomalari, litsenziyalar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan obyekt hududida boshqa tabiatdan foydalanuvchilarning mavjudligi va faoliyatni amalga oshirishning asoslari, shuningdek ular tomonidan tegishli faoliyat bo‘yicha shartnoma shartlariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning idoraviy monitoringi materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik nazorat organlari ko‘rsatmalarining bajarilishi holati, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturlari, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlar va ushbu ishlab chiqarish obyektiga tegishli bo‘lgan boshqa rejalar va tadbirlar, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish bo‘yicha rejalar va tadbirlar amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek atrof muhit ifloslantirilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etishning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvlarni tozalash obyektlarining va atmosferaga chiqarishning, ifloslantiruvchi moddalar atrof muhitga chiqarilishi va oqizilishi ustidan nazorat qiluvchi asbob-uskunalar, priborlar va qurilmalarning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va obyektlar rejimining ta’minlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit muhofazasi mablag‘larining shakllantirilishi va sarflanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaviy va amaldagi ko‘rsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish maydonlari va sexlarning joylashtirilishi, ishlab chiqarish texnologik sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishning holati (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish hamda ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining manbalari, tarkibi, hajmlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy resurslarning, shu jumladan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining qayta tiklanishi va ularning sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar to‘lanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan obyektdagi tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga oid boshqa materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avariyalar, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va ular xavf solganda, atrof muhit ruxsat berilmagan holda ifloslantirilganda, tabiiy resurslardan foydalanish buzilganda yuridik va jismoniy shaxslarning shikoyatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli qarorlariga ko‘ra ularning paydo bo‘lishi sabablari va shart-sharoitlar bilan bog‘liq holatlar o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tekshirilayotgan tashkilotning obyektlarida namunalar olish tabiiy muhitni ifloslantirish manbalari mavjud bo‘lganda, chiqindilar joylashtirilganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Atmosfera havosiga zararli moddalarni chiqarish, oqova suvlarni oqizish manbalaridan, tuproqdan namunalar olish va ulardagi zararli moddalar miqdorini tahlil qilish davlat ekologik nazorati organlarida qo‘llaniladigan metodikalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ifloslantiruvchi moddalar emissiyasini baholash olingan ko‘rsatkichlarni belgilangan ekologik normativlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Atrof muhitning idoraviy ekologik nazoratini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Atrof muhitning idoraviy ekologik nazorati quyidagi tizimda yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tabiiy obyektlar, ifloslantirish manbalari, xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar bo‘yicha, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fon monitoringi shaklida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan ichki idoraviy hujjatlarda belgilangan tartibda atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan ichki idoraviy monitoring.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, agar ularga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lsa, atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan ichki idoraviy ekologik nazoratni yuritish majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari idoraviy mansub tashkilotlarda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining o‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va chek qo‘yish, shuningdek atrof muhitni ifloslantirish, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash maqsadida idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish ularning faoliyati bilan tezkor tanishish imkoniyatini ta’minlovchi aylanib chiqish, ko‘zdan kechirish va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nazorat qilish ichki idoraviy ekologik nazorat uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan namunalarni olish, foto va video tasvirlar hamda hujjatlashtirishning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan nazorat qilinganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoatchilik ekologik nazoratining inspektorlari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nazorat qilishning muddati, davriyligi va boshqa shartlari ichki idoraviy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Idoraviy ekologik nazorat natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tekshirish yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u tuzilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishni amalga oshirishda qatnashgan shaxslarning, shuningdek nazorat qilinadigan tashkilot vakillarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlarning rekvizitlari ko‘rsatilgan holda tekshirishni o‘tkazishning asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishning amalda boshlangan va yakunlangan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganish uchun qo‘yilgan savollar ro‘yxati va ularga javoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari talablari, davlat idoraviy, ishlab chiqarish ekologik nazorati organlarining ko‘rsatmalari va tavsiyalari, ruxsat beruvchi va normativ hujjatlar bajarilmasligi yoki buzilishi holatlari, oxirgi kalendar yil mobaynida tegishli sohada lavozim majburiyatlari bajarilmasligi munosabati bilan xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslarini tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida huquqni buzishlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortish holatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining aniqlangan holatlari bo‘yicha choralar ko‘rish uchun takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma tekshirishni amalga oshirishda qatnashayotgan shaxslar va nazorat qilinadigan tashkilotning vakillari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar nazorat qilinadigan tashkilotning vakili dalolatnomani imzolashni rad etsa, u holda dalolatnomada tegishli yozuv qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Dalolatnomaga tushuntirish va ma’lumotnoma materiallar, tushuntirishlar va mulohazalar, nazorat qilinadigan tashkilot vakilining e’tirozlari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Nazorat qilinadigan tashkilotning rahbari idoraviy ekologik nazorat natijalari bo‘yicha dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda unda bayon qilingan holatlarning ishonchliligi masalasi dalolatnomaga ilova qilinadigan materiallarni va nazorat qilinadigan tashkilotning rahbarining imzolashni rad etishni yozma asoslashini o‘rganib chiqish yo‘li bilan idoraning rahbari tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nazorat qilish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u tuzilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilishda qatnashgan shaxslarning, shuningdek nazorat qilinadigan tashkilot vakillarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlarning rekvizitlari ko‘rsatilgan holda nazorat qilishni amalga oshirishning asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilishning amalda boshlangan va tamom bo‘lgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganish uchun qo‘yilgan savollarga javoblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotnoma nazorat qilishni amalga oshirishda qatnashgan shaxslar va nazorat qilinuvchi tashkilotning vakillari tomonidan, agar ular nazorat qilishda hozir bo‘lsalar, imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotnomaga tushuntirish va ma’lumotnoma materiallar, tushuntirishlar va mulohazalar, nazorat qilingan tashkilotlarning vakili (vakillari), kino-foto hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Atrof muhitni idoraviy ekologik nazorat qilish jarayonida namunalar olish dalolatnomalari, o‘lchash bayonnomalari, ma’lumotnoma, tahliliy hujjatlar va boshqa hujjatlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, shuningdek fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining mansabdor shaxsi tegishli choralar ko‘rish uchun idoraviy mansub tashkilotning rahbariga takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat natijalari bo‘yicha o‘z nizomiga (ustaviga), shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlariga (ustavlariga) muvofiq amalga oshirishning boshqa choralarini ko‘rishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalar xavfsizligiga tahdid soluvchi atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalariga xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashish, teng ravishda idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslarga qandaydir shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Idoraviy mansub tashkilot bilan idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan idoraviy ekologik nazorat sohasidagi nizolar tegishli idoraning boshqaruvchi organi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bir tomondan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan, ikkinchi tomondan ekologik nazoratning boshqa subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan idoraviy nazorat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Idoraviy ekologik nazorat sohasidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Namunaviy nizom “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishning asosiy talablari va tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tabiatdan foydalanishning majburiy sharti hisoblanadi va “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqarish ekologik nazorati xo‘jalik yurituvchi subyektning ekologik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmat departament, boshqarma, bo‘lim yoxud boshqa shaklda tashkil qilinadi, shuningdek bir xodimdan iborat bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari mehnat shartnomasida, lavozim yo‘riqnomalarida nazarda tutilgan lavozim majburiyatlariga hamda boshqa ichki hujjatlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasidagi asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasida quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning ifloslanishiga, ularga berilgan tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlarni, ishlab chiqarish ekologik rejalari va dasturlar bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati oqibatida atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanish va vakolat doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlariga yuklangan majburiyatlarni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazorat sohasidagi ichki hujjatlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish dasturlarini tasdiqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik normativlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularga rioya etilishini ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqarish tadbirlari va dasturlar ishlab chiqilishini va bajarilishini ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga zararli moddalar chiqarilishi va oqizilishini, atrof muhitning hamda ularga egalik qilish yoki foydalanish uchun berilgan tabiiy resurslarning holatini uzluksiz kuzatish tizimini yaratadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirishni ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga va ekologik nazoratni amalga oshirishga qaratilgan majburiyatlar bajarilmasligida aybdor bo‘lgan xodimlarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlab chiqarish ekologik nazorati subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish ekologik nazoratining subyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar xo‘jalik yurituvchi subyekt nomidan ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari va/yoki rahbarlik qiluvchi organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomalariga, lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlarga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan ekologik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari va/yoki rahbarlik qiluvchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi lavozim yo‘riqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazorati amalga oshirilishini va moddiy-texnik ta’minlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazoratining boshqa subyektlari bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazorati jarayonida aniqlangan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda atrof muhit muhofazasi masalalari bo‘yicha hisobotlar fuqarolar yig‘inlariga topshirilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.Xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari, shuningdek ekologik xizmat faoliyatni mehnat shartnomalari, lavozim yo‘riqnomalari va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishlab chiqarish ekologik nazoratining shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar ishlab chiqarish ekologik nazorati shakllari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit holatini hamda atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa bo‘linmalari tomonidan atrof muhitga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ta’sirni tartibga soluvchi ekologik normativlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa bo‘linmalarini nazoratdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Atrof muhit holatini hamda atrof muhitning ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni kuzatib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Atrof muhit holatini kuzatib borish xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati tabiiy muhit obyektlariga: atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosiga bevosita ta’sir zonasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatish paytida obyektlarning son va sifat ko‘rsatkichlari o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Atrof muhitning ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni kuzatib borish ko‘zdan kechirish, shuningdek fan, texnika yutuqlari, axborot tizimlari, aloqa tarmoqlari va axborot-telekommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuzatishning davriyligi va davomiyligi atrof muhit va uning obyektlari holatini xolisona aks ettiruvchi ma’lumotlar to‘planishini hamda atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari o‘z vaqtida ko‘rilishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Faoliyati atrof muhit ifloslanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (belgilangan) metodikalarga va davriylikka muvofiq ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha ifloslantiruvchi moddalar amalda chiqarilishi va oqizilishini asboblar yordamida o‘lchashlari shart.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi chiqarilishi va oqizilishini ushbu ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilgan attestatsiyadan o‘tkazilgan laboratoriyalari kuchlari bilan mustaqil, shuningdek shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning ixtisoslashtirilgan attestatsiyadan o‘tkazilgan ekologik laboratoriyalari kuchlari bilan asboblar yordamida o‘lchashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Atrof muhitga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ta’sirni tartibga soluvchi ekologik normativlarning belgilangan me’yorlardan oshgan holatlari aniqlanganda xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagilarga majburdir:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu haqda zudlik bilan o‘zining yuqori turuvchi tashkilotiga va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga xabar qilish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa bo‘linmalarini nazoratdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mansabdor shaxslar va vakolatli organlar xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa bo‘linmalarida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining o‘z vaqtida oldini olish, aniqlash va ular buzilgan hollarda ularga barham berish, shuningdek ulardagi atrof muhit ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradilar va ularni nazorat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nazorat qilish xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli faoliyati bilan tezkor tanishish imkoniyatini ta’minlovchi aylanib chiqish, ko‘zdan kechirish va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilish ichki idoraviy ekologik nazorat uchun nazarda tutilgan tartibda namunalarni olish, foto va video tasvirlar hamda hujjatlashtirishning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazoratni amalga oshirishning davomiyligi, davriyligi va boshqa shartlari xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nazorat qilishda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ekologik nazoratning jamoatchilik inspektorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari talablari buzilishi, shu jumladan atrof muhitga zararli ta’sirning belgilangan bunday talablar buzilishi xavfi mavjud bo‘lgan hollarda davlat ekologik ekspertizasi va ekologik audit natijalari bo‘yicha dalolatnoma va tavsiyalar bildirilgan ma’lumotnoma tuziladi va ular tegishli choralar ko‘rish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalari bo‘yicha hisobot tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishga aralashish, ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli shaxslarga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatish, ular faoliyatiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha talablar buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmat to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Ekologik xizmat to‘g‘risidagi Namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar ekologik xizmatlarining maqomini, ularni tashkil qilishga va ularning faoliyatini ta’minlashga doir asosiy talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tegishli organning, xo‘jalik yurituvchi subyektning ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatini hisobga oluvchi ekologik xizmati to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekologik xizmat faoliyati tabiatdan foydalanish, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish va boshqa salbiy ta’sir bilan bog‘liq bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Namunaviy nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologik xizmat – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining korxona va tashkilotlari tizimida, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida atrof tabiiy muhit muhofazasini va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashni nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmasi yoxud alohida mansabdor shaxsidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologik xizmat o‘z faoliyatida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa tarkibiy bo‘linmalarining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish faoliyatidagi vazifalarini ularning o‘rniga bajarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologik xizmatlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Namunaviy nizomga hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hujjatlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektning mahalliy hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekologik xizmat o‘z faoliyati davomida o‘z vakolatlari doirasiga kiradigan barcha masalalar bo‘yicha davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga yoxud uning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish masalalariga mutasaddilik qiluvchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ekologik xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologik xizmatning asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil qilish va ta’minlashdan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini ta’minlash hamda mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekologik xizmat o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hamda idoraviy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ta’sirni tartibga soluvchi ekologik normativlarni ishlab chiqadi yoki ularni ishlab chiqishda hamda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi, shuningdek xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda atrof muhit va tabiiy resurslar holatini kuzatish tizimining ishlashini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tasarrufidagi, shuningdek ular tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam ko‘rsatadi va ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning boshqa subyektlariga ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda yordam ko‘rsatish, ekologik nazorat jarayonida aniqlangan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etishni tashkillashtirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ekologik xizmatning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekologik xizmat o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish yuzasidan idoraviy va mahalliy qonun hujjatlarini ishlab chiqish hamda xo‘jalik va davlat boshqaruvi organi, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga tasdiqlash uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy hamda ishlab chiqarish ekologik nazorati xizmatlarini hamda ularning tabiatni muhofaza qilish va resurslarni saqlash faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tasarrufidagi yoki ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlardan ularning vakolatiga oid masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar, ma’lumotlar va boshqa materiallarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologik xizmat ushbu Namunaviy nizom, shuningdek ekologik nazorat sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, idoraviy hujjatlar bilan o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekologik xizmatga bevosita unga yuklangan vazifalar bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlarni yuklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ekologik xizmat faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologik xizmatni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekologik xizmat xodimlari o‘rtasida vazifalar taqsimoti mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekologik xizmat faoliyatini nazorat qilish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining, xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari, uning o‘rinbosari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ekologik xizmatning tuzilmasi va shtatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekologik xizmatning tuzilmasi va xodimlari soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmatning tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu tarmoqda (sohada) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir ishlar hajmidan kelib chiqqan holda, mehnat qonunchiligiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekologik xizmatda ishlash uchun ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida maxsus bilimga va ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mehnatni tashkil etish va ekologik xizmat xodimlariga ish haqi to‘lash mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 402-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 41-son, 525-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)